Mavzu-5. TO‘LOV BALANSINING MAKPOIQTISODIY TAHLILI
5.1. To‘lov balansini prognozlashtirish omillari
5.2. To‘lov balansining tarkibiy tuzilishi
5.3. Importni tahlil qilish
5.4. Eksportning tahlil qilish
5.5. Xizmat va transfertlar tahlili va kapital operatsiyalar hisobi
5.6. O‘zbekistonda to‘lov balansi
5.7. O‘zbekistonda to‘lov balansi holati tahlili
5.1. To‘lov balansini prognozlashtirish omillari
Quyida u yoki bu davlatning to‘lov balansini prognozlashtirishda e’tiborga olinishi kerak bo‘lgan bir qancha omillar ro‘yxati keltirilgan.
Jahon iqtisodiyotidagi tendensiyalar. Tashqi sektor prognozlari butun dunyo bilan o‘zaro aloqador bo‘ladi. SHuning uchun ham unda asosiy savdo hamkorlari va shuningdek, raqobatchi davlatlar iqtisodiyotining rivojlanish tendensiyasi hisobga olinishi kerak. Eksport, import jahon bozoridagi xom ashyo tovar narxi va hamkorlik qilinadigan davlatlarda iqtisodiy faollik darajasiga bog‘liq.
Jahon iqtisodiyoti rivojlanishi tendensiyasi prognozlariga ma’lum miqdordagi noaniqlik xarakterlidir. SHuning uchun xom ashyo tovarlarning narxi industriya rivojlangan davlatlarda ishlab chiqarishning usuli va foiz stavkasi darajasi kabi oilalarning prognozlashtirishga qay darajada ta’sir etishini tahlil qilish maqsadga muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |