Тузувчи : Файзуллаева Н



Download 13,29 Mb.
bet124/405
Sana15.01.2022
Hajmi13,29 Mb.
#367128
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   405
Bog'liq
4 Макроиктисодий тахлил УМК 2019 2020 Автосохраненный

9.5. Prognozlar tasnifi
Prognozlarning tasnifi maqsadlar, vazifalar, prognozlashtirish ob’ektlari, ogohlantirish vaqtlari, ilmiy-uslubiy asoslar va prognozlashtirish tashkilotlari hamda uning yakuniy natijalari shakllari kabi bir qancha belgilarga bog‘liq holda amalga oshiriladi.

Prognozlashtirish tizimining ko‘lamiga ko‘ra jahon xo‘jaligidan tortib, to korxonalar va alohida ishlab chiqaruvchi xo‘jaliklargacha differensiatsiya (tabaqalanish) sur’ati ancha yuqori. Shundan kelib chiqqan holda quyidagi prognoz guruhlarini ajratib ko‘rsatishimiz mumkin:



  • xalqaro iqtisodiyot prognozi, shu jumladan, tashqi savdo va jahon bozori kon’ukturasi;

  • mamlakat iqtisodiyotining yaxlit, yagona mahsulot tarzida hamda tarmoqlararo tarzda prognoz qilinishi;

  • yoqilg‘i-energetika majmuasi, agrosanoat majmuasi va boshqa xalq xo‘jaligi majmualarining prognozi;

  • bir mahsulotli yoki ko‘p mahsulotli xalq xo‘jaligi tarmoqlarining prognozi;

  • imkoniyati darajasida butun mintaqaviy ijtimoiy-iqtisodiy tizimni qamrab oluvchi hududlar prognozi;

  • tashkilotlar, alohida ishlab chiqarishlarni birlashtirishni ko‘zda tutuvchi xalq xo‘jaligining birinchi darajali bo‘g‘inlari prognozi.

Prognozlarning bunday tasniflanishi 9.1-rasm (chap tomoni)da yoritib o‘tilgan bo‘lib, shu yer (o‘ng tomon)da prognozlashtirish ob’ektlari bo‘yicha prognozlar tipologiyasi keltirib o‘tilgan. Shunday prognozlarining to‘liq yoki qisman to‘liq (demografik, ekologik kabi) ijtimoiy-iqtisodiy prognozlashtirishga tegishli bo‘lgan 10 ta guruhi ajratib ko‘rsatilgan. Ushbu guruhlardan har birining mazmuniga to‘xtalib o‘tamiz.

Demografik prognozlar aholining jinsiy jihatdan yoshiga bog‘liq bo‘lgan tuzulishidan, tug‘ilish va o‘lim to‘g‘risidagi ma’lumotlardan hamda umr ko‘rish davomiyligidan iborat bo‘lgan aholi dinamikasini o‘z ichiga oladi. Bandlik va mehnat resurslarini takror ishlab chiqarish, oilalar soni va kattaligi hamda aholi migratsion oqimlarining yo‘nalishlari va hajmi tadqiq etilmoqda. Boshqa iqtisodiy va ijtimoiy hisob-kitoblar uchun asosiy mazmun bo‘lib mehnatga layoqatli aholini joylashtirish, ularning soni va tarkibi hisoblanadi.

Resurslar prognozi eng avvalo tabiiy resurslar: yoqilg‘i-energetika, mineral-xomashyo, suv, o‘rmon resurslari va hokazolarni o‘z ichiga oladi. Ko‘pgina hollarda resurslarning mavjudligi orqali xalq xo‘jaligining tuzilishi aniqlanadi. Zahiralarning kamayishi, sifatning pasayishi, turli xildagi resurslarni qazib olish sharoitlarining og‘irlashuvi kelajakdagi ana shu kabi muammolar holati to‘g‘risida asosli ma’lumotlarni taqozo etadi.

Ishlab chiqarish prognozlari ko‘p tomonlama har xil ishlab chiqarish kuchlari va munosabatlarini o‘z ichiga oladi. Bu – iqtisodiy o‘sish sur’ati, xalq xo‘jaligining yakuniy mahsulot hajmi va tuzilishi, tarmoqlararo aloqalar, ishlab chiqarishni hududiy joylashtirish, asosiy ishlab chiqariluvchi mahsulotlarning hajmi, tarkibi va sifatining sof hisobi.

Kapital qo‘yilmalar va kapital qurilish prognozlariga kapital qo‘yilmalar hajmi va tuzilishi, amalga oshirilayotgan qurilish bahosi, asosiy fondlarning amalga tadbiq etilishi, bino, inshootlarning qurilishi, ularning yaroqlilik muddati, ishdan chiqishi va almashtirilishi kabilar kiradi.

Moliya, daromad, narxlarning prognozlari pul-moliya tizimining – davlat byudjeti, aholining pul daromadlari va xarajatlari balansi, moliyaviy resurslar balansi, ijtimoiy sug‘urta byudjeti kabi muhim balanslarini o‘z ichiga qamrab oladi. Bundan tashqari ishlab chiqarish xarajatlari, foyda hamda umumimkoniy narxni shakllantiruvchi omillar ham ushbu ro‘yhatga kiritiladi. Ilm-fanning bevosita jamiyat ishlab chiqarish kuchiga aylanishi yo‘qolib borayotganligi tufayli, fan va texnikaning prognozi ahamiyati oshib bormoqda. Ilmiy-texnik prognozlar muhim va amaliy tadqiqotlarni, ilmiy-texnika yutuqlarining rivojlanishi va ularni turli xildagi ishlab chiqarishlarga joriy etish prognozlarini, iqtisodiyot tarmoqlarini, jamiyat hayotiga ilmiy-texnik jarayonning ijtimoiy ta’siri prognozi kabilarni o‘z ichiga oladi Iste’mol prognozlariga ikki xil shaklga – shaxsiy va ishlab chiqarish ehtiyojlariga olib keluvchi umumiy ehtiyojni tadqiq qilish to‘g‘ri keladi.

Iste’molni prognozlashtirishdagi muhim jihat etiyojlarning kattaligi va tuzilishi kelajakda nihoyatda ehtimolli tus oladi hamda ko‘plab omillarga bog‘liq bo‘ladi. Ehtiyojlar to‘g‘risida etarli bilimga ega bo‘lmasdan turib, ishlab chiqarishni to‘g‘ri rejalashtirib bo‘lmaydi.

Ijtimoiy prognozlar sifatida hayot tarzi, qolaversa, odamlarning, jamoalarning, ijtimoiy guruhlarning, mehnat sharoiti nuqta’i nazardan jamiyatning, turmush va dam olishning hayot kechirish usullari, umumimkoniy moddiy va ma’naviy ehtiyojlarni qondirish darajalari, ijtimoiy infratuzilmaning shakllanishi, madaniyat doirasidagi tendensiyalar, ta’lim, sog‘liqni saqlash va hokazolar kabi murakkab umumiylik tadqiq qilinadi. Bu erdagi sezilarli ulushni aholining barcha turdagi tovar va xizmatlarga bo‘lgan talabi prognozlari egallaydi.

Tashqi iqtisodiy prognozlar – jahon iqtisodiyoti, mamlakatimizning kapital va rivojlanayotgan mamlakatlar bilan o‘zaro iqtisodiy aloqalari, tashqi savdo va xalqaro bozor kon’ukturasi shakllanishining umumiy tendensiyalarini qamrab oladi.

Ekologik prognozlar – atrof-muhitdan foydalanish holatini, tabiiy muhitning ifloslanish muammolarini, o‘simlik va hayvonot dunyosining rivojlanish istiqbollarini, qishloq xo‘jaligi hosillarining unumdorligini, salbiy ekologik oqibatlarni minimallashtirish maqsadida ishlab chiqarishni amalga oshirish imkoniyatlarini tadqiq etadi.

Ushbu ajratib ko‘rsatilgan 10 ta guruhlarning barchasi jamiyat rivojlanishining ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarini tahlil qilish va boshqarish uchun juda zarur. Ma’lum bir mustaqil prognozlarning o‘ziga xos xususiyatlari ham aniqlashtiriladi, masalan, rejalar bilan taqqoslanganda. Axir, yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan 10 ta guruhlardan (2-rasm) faqatgina uchtasida to‘liq, umumqamraboluvchi prognozlashtirishni amalga oshirish mumkin. Bular: “Ishlab chiqarish”, “Kapital qo‘yilmalar va kapital qurilish”, “Moliyalar, daromadlar, narxlar” guruhlaridir. Qolgan ettita guruh to‘liqsiz boshqariladigan jarayonlar va hodisalarga tegishlidir; ushbu guruhlar bo‘yicha qisman prognozlashtirishni amalga oshirish mumkin. YAxlit tarzda esa ularni faqatgina prognozlar qamrab oladi.

Prognozlashtirish muddati (ogohlantirish davri) bo‘yicha operativ, qisqa muddatli, o‘rta muddatli, uzoq muddatli, o‘ta uzoq muddatli prognozlarga ajratiladi. Ulardan har birining turli xildagi tipi va guruhi prognozida vaqt oraliqlari doimiy bo‘lmaydi, ammo ijtimoiy-iqtisodiy prognozlashtirish uchun ushbu intervallar rejalashtirishning umumbelgilangan muddatlariga yaqin hisoblanadi. Muddati 1 oygacha bo‘lgan prognozlar operativ prognozlar hisoblanadi. Qisqa muddatli prognozlarning ogohlantirish muddati 1 oydan 1 yilgacha bo‘ladi. O‘rta muddatli prognozlarda imkoniyat darajasi 1 yildan 5 yilgacha bo‘ladi. 5 yildan 15 yilgacha bo‘lgan prognozlar uzoq muddatli prognozlar hisoblanadi. 15 yildan yuqori bo‘lgan prognozlar esa – o‘ta uzoq muddatli prognozlar sirasiga kiradi.

Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan prognozlar faqatgina oy va yillar jihatidan emas, balki boshqa yana ko‘plab o‘zining ma’noli xususiyatlari orqali ham farqlanadi. Qisqa muddatli va operativ prognozlar asosan boshqarilmaydigan jarayonlarni, shuningdek, boshqariladigan jarayonlar bo‘yicha rejaning bajarilishiga baho berishni qamrab oladi. O‘rta muddatli prognozlar kompleks tarzda tendensiyalarni, sur’atlarni, nisbatlarni, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning sabab-oqibat omillarini,kapital qurilish hamda investitsion qarorlarning istiqbollarini, pul-moliya tizimidagi o‘zgarishlarni namoyon etadi. Uzoq va o‘ta uzoq muddatli prognozlar yordamida ilmiy-texnika taraqqiyoti, demografik jarayonlar, tabiiy resurslardan foydalanish va ularning holatidan kelib chiquvchi xalq xo‘jaligi va ijtimoiy sohalarning strategik jihatlari tadqiq qilinadi.


Download 13,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   405




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish