Тузувчи : Файзуллаева Н



Download 6,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/288
Sana31.03.2022
Hajmi6,61 Mb.
#521402
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   288
Bog'liq
Макроиқтисодиёт Янги УМК. 2021-2022

 
Yx – Yp 
------------- 100 = - β [ u -u


Yp 
Ouken konuni izoxlagan mikdoriy bogliklikning teskari jixatiga e’tibor karatamiz. Iktisodiy 
tadkikotlar shuni ko‘rsatadiki YaIMning 2-3 foizga o‘sishi davriy ishsizlik darajasini 1 foizga 
kiskarishini keltirib chikarmas ekan. Ya’ni dastlabki 1 foizlik iktisodiy o‘sish fan-texnika 
tarakkiyoti natijasida resurslardan foydalanish samaradorligi xisobiga erishilishi mumkin, 
shuningdek bu paytda axoli sonining ko‘payishi xam ishsizlik soninining pasaymasligiga sabab 
bo‘ladi. Dastlabki 2-3 foizdan yukori bo‘lgan xar 2-3 foiz iktisodiy o‘sish esa davriy ishsizlikni 
1 foizga kiskarishini keltirib chikaradi. Demak 1foizlik davriy ishsizlikni tugatish uchun yillik 
4-6 foizlik iktisodiy o‘sish ta’minlanishi kerak.
 
4. Inflyatsiyaning moxiyati va o‘lchanishi.
Inflyatsiya ( lotincha inflatio - shishish, bo‘rtish, taranglashish) –
ma’lum davr 
mobaynida mamlakatda baxolar o‘rtacha (umumiy) darajasining barkaror o‘sishi, pulning xarid 
kobiliyatini uzok muddatli pasayishi. Inflyatsiya bozor iktisodiyotining asosiy izdan chikaruvchi 
omillari jumlasiga kiradi, uning sur’ati kanchalik yukori bo‘lsa, iktisodiyotga xavfli ta’siri 
shunchalik katta bo‘ladi. Ayniksa bir iktisodiy tizimdan ikkinchi bir iktisodiy tizimga o‘tayotgan 
mamlakatlarda inflyatsiyaning iktisodiyotga ta’siri ancha xavfli. Chunki, bu davr narxlarning 
erkinlashuvi va shunga muvofik ularning umumiy darajasi keskin oshib ketishi bilan boglik. 
Ammo inflyatsiya davrida barcha tovarlarning baxolari xam oshavermaydi: ayrimlariniki 
barkaror bo‘lib tursa, ba’zilariniki esa tushishi mumkin.


30 
“Inflyatsiya” atamasi ilk bor Shimoliy Amerikada 1861-1865 yillardagi Fukarolar urushi 
davrida ko‘llanildi. Inflyatsiyaning atamasi muomaladagi kogoz pul massasining tovarlarning 
real taklifiga nisbatan xaddan ziyod ko‘payib ketishi xolatini izoxlangan. . Ammo 
inflyatsiyaning bunday tavsifi mukammal emas va uning sabablarini ochib bermaydi. Umuman 
olganda inflyatsiya pul muomalasi konunlarining buzilishi shakli sifatida makroiktisodiy 
muvozanatning buzilishini, talab va taklif nomutanosibligini anglatadi. 
Keynschiar maktabi namoyondalari bunday nomutanosiblikning sababi to‘lik bandlik 
sharoitida talabning xaddan ziyod bo‘lishida deb bilishadi. Shu sababli ular ishlab chikarish 
kuvvatlaridan foydalanish darajasi past bo‘lsa budjet takchilligi va ko‘shimcha pul chikarish 
yo‘li bilan xarid kobiliyatini, boshkacha aytganda yalpi talabni ko‘paytirish inflyatsiyaga olib 
kelmaydi deb xisoblashishadi. 
Neoklassik yondoshuv tarafdorlari inflyatsiyaning manbai ishlab chikarishning xaddan 
ziyod o‘sishida, ishlab chikarish xarajatlarining ko‘payishida deb bilishadi. Demak keynschilar
inflyatsiyaga talab tomonidan, neoklassiklar esa taklif tomonidan yondoshishadi.
Agar iktisodiyotda tovarlar va xizmatlar massasi yalpi talabga nisbatan sekinrok o‘ssa, 
yoki yalpi talab ko‘paygani xolda o‘zgarmasdan tursa, bu nomutanosiblik baxolar darajasining 
ko‘tarilishi orkali bartaraf etiladi. Okibatda pul birligining xarid kobiliyati pasayadi va milliy 
iktisodiyotning ko‘shimcha pul massasiga extiyoji paydo bo‘ladi.
Inflyatsiya nafakat pul muomalasining izdan chikishi, balki butun takror ishlab chikarish
mexanizmining kasali, makroiktisodiy buzilishlar natijasidir. Baxolarning o‘sishi, pul birligi 
xarid kobiliyatining pasayishidan tashkari inflyatsiya namoyon bo‘lishining kuyidagi uch belgisi 
xam bor. Bular: 
1)
valyuta kururslarining o‘zgarishi; 
2)
kredit berish shartlarining kimmatlashuv va muddatlarining kiskarishi tomon o‘zgarishi; 
3)
kundalik extiyoj mollaridan iborat iste’mol savati baxosining o‘sishi.
Inflyatsiya baxo indekslari - deflyator va iste’mol narxlar indeksi yordamida aniklanadi.
Baxolar o‘rtacha (umumiy) darajasining nisbiy o‘zgarishi 

Download 6,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   288




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish