Тузувчи : Файзуллаева Н


 O’zbekiston Respublikasi byudjet-soliq siyosati va jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi



Download 6,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/288
Sana31.03.2022
Hajmi6,61 Mb.
#521402
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   288
Bog'liq
Макроиқтисодиёт Янги УМК. 2021-2022

 
4. O’zbekiston Respublikasi byudjet-soliq siyosati va jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi 
sharoitida uning xususiyatlari. 
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan fiskal siyosatni yanada takomillashtirish, soliqlar 
va byudjet xarajatlaridan iqtisodiyotni barqaror o’stirishni rag’batlantirishning amaliy vositalari 
sifatida foydalanish borasida chora-tadbirlar belgilanayotganda bugun jahon iqtisodiyotida 
yuzaga kelgan va mamlakatimiz iqtisodiyotiga ham o’z ta’sirini o’shtkazayotgan jahon 
moliyaviy-iqtisodiy inqirozini hisobga olish zarur bo’ladi.
Mamlakatimiz iqtisodiyoti jahon xo’jalik va iqtisodiy-moliyaviy tizimiga integratsiyalashgan 
bir sharoitda jahon moliyaviy inqirozi, avvalo uning oqibatlari bizga ham salbiy ta’sir 
ko’rsatmoqda. 
Bu ta’sirlar quyidagilar: 
-
jahon bozorida talabning pasayishi natijasida O’zbekiston eksport qiladigan 
mahsulotlarga talab vaularning narxi tushib ketishi( natieada eksport uchun mahsulot 
ishlab chiqaruvchi korxonalarning moliyaviy-iqtisodiy holati yomonlashadi; 
-
mamlakatimizga investitsiya qilishi mumkin bo’lgan potensial xorijiy investorlar 
moliviy ahvolining yomonlashuvi natijasida xorijiy investitsiyalar miqdorining
ehtimol tutilgan pasayishi. 
“Dunyoning nufuzli ekspertlari tomonidan bildirilayotgan fikrlarga ko’ra, bu inqiroz joriy 
yilda va 2010 yilda ham davom etishi va ehtimol yanada chuqurlashishi kutilmoqda.
Shundan kelib chiqqan holda, o’z-o’zidan ayonki, mamlakatimizda jahon iqtisodiy 
inqirozining salbiy oqibatlarini bartaraf etish bo’yicha 2009 -2012 yillarga mo’ljallab qabul 
qilingan Inqirozga qarshi choralar dasturi O’zbekistonni 2009 yilda ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlantirishning eng ustuvor yo’nalishi bo’lib qoladi”

.
Dasturda belgilangan asosiy chora-tadbirlar yo’nalishlari quyidagilardir: 
1) eksportga mahsulot chiqaruvchi korxonalarni qo’llab-quvvatlash va barqaror ishlashini 
ta’minlash; 
2)mahalliy ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlariga bo’lgan ichki talabni rag’batlantirish; 
3)iqtisodiyotning real sektori sohasidagi investitsion faollikning resurs bazasini kengaytirish 
va o’sishini ta’minlash; 
4)elektr-energetika 
sohasini 
modernizatsiyalash, 
energiya 
sig’imini 
qisqartirish 
hamdaenergiya tejamkorlik tizimini joriy etish; 

Каримов И.А. Жаҳон молиявий-иқтисодий инқирози, Ўзбекистон шароитида уни бартараф этишнинг 
йўллари ва чоралари ., Т.: Ўзбекистон, 2009. 30-бет 


127 
5)kichik biznes rivojlanishini qo’llab quvvatlash, aholi bandliligi va yangi ish o’rinlari 
tashkil etishga ko’maklashishni kuchaytirish. 
Mamlakatimiz iqtisodiyotini tubdan tarkibiy o’zgartirish va diversifikatsiya qilish, qisqa 
muddatda biz uchun mutlaqo yangi, lokomotiv rolini bajaradigan tarmoqlarni barpo etish, ishlab 
chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash dasturlarini amalga oshirish, 
zamonaviy bozor infratuzilmasini shakllantirish borasida o’z vaqtida boshlangan, chuqur 
o’ylangan va uzoq istiqbolga mo’ljallangan ishlar natijasida keyingi yillarda eksport sohasida 
katta yutuqlar qo’lga kiritildi. 
2008 yilda eksport 28,7 % ga, tashqi savdoning ijobiy sal’dosi 78,3 % ga oshdi. 
Eksport qiluvchi korxonalarni qo’llab quvvatlash borasida 2009 yilda quyidagi fiskal 
choralar ko’rilmoqda: 
-korxonalarning byudjet, byudjetdan tashqari fondlar, kommunal xo’jaligi oldidagi qarzlari 
bo’yicha penyalarni hisobdan o’chirish; 
-ortiqcha to’langan qo’shimcha qiymat solig’i summasini korxonalarga qaytarish muddatini 
10 kunga, ya’ni 30 kundan 20 kungacha qisqartirish; 
- “tayyor mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan, xorijiy investitsiya ishtirokida tashkil 
etilgan korxonalarni byudjetga barcha turdagi soliq va to’lovlardan – qo’shimcha qiymat solig’i 
bundan mustasno – ozod qilish muddatini 2012 yilgacha uzaytirish”

;
-o’z vaqtida valyuta tushumlari kelib tushmaganligi uchun jarima choralari 
hisoblanadigan muddatni 30 kundan 60 kungacha uzaytirish.
Investitsiyalar hajmining qisqarishiga yo’l qo’ymaslik iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi 
shartlaridan biridir. 
2009 yilda mamlakatimiz iqtisodiyotiga jalb etiladigan xorijiy investitsiya hajmi 1 milliard 
800 million dollarga ko’payadi, buning to’rtdan uch qismi to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalardir.
2008 yilda mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasi ham barqaror 
rivojlandi. Xo’jalik yurituvchi sub’yektlarning soliq yukini yanada kamaytirish, mikrofirma va 
kichik korxonalar uchun yagona soliq to’lovining 10 foizdan 8 foizga, 2009 yildan boshlab esa 7 
foizga tushirilishi, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i stavkalarining kamaytirilishi 
va ayni paytda uni hisoblash tartiblarining takomillashtirilishi tadbirkorlik, kichik va xususiy 
biznesni izchil rivojlantirish uchun kuchli rag’batlantiruvchi omillar yaratdi. Natijada so’nggi olti 
yil mobaynida faoliyat yuritayotgan kichik biznes sub’yektlari soni 1,9 barobar ko’paydi va 2008 
yili qariyb 400 mingtani tashkil etdi.
2008 yilda kasanachilar tomonidan 34 milliard so’mlik mahsulot ishlab chiqarildi va 
xizmatlar ko’rsatildi. Kasanachilik uchun ish o’rinlari ochgan korxonalar, shu borada o’zlariga 
berilgan imtiyozlar hisobidan 1 milliard so’mdan ortiq mablag’ni tejashga erishdi.
Inqirozga qarshi chora tadbirlar qatorida 2009 yilning 1 yanvaridan sanoat sohasida faoliyat 
ko’rsatayotgan kichik korxonalar uchun yagona soliq to’lov stavkasi 8 foizdan 7 foizga 
kamaytirildi, moliyaviy, maishiy va boshqa xizmatlarni ko’rsatayotgan mikrofirmalar va kichik 
korxonalar yagona soliq to’lovidan 3 yil muddatga ozod etildi. Bunda mikrofirmalar va kichik 
korxonalar, 
nodavlat 
xo’jalik 
yurituvchi 
sub’yektlarni 
oladigan 
dividendlarining 
investitsiyalarga, avval olingan kreditlar uchun hisob-kitob qilishga yo’naltiriladigan qismi 5 yil 
muddatga soliqdan ozod etildi. 
Shuningdek, Inqirozga qarshi choralar dasturida 2009 yilda xo’jalik yurituvchi sub’yektlarni 
tekshirishlar sonini kamida yana 30 foizga kamaytirish ko’zda tutilgan.
Bu chora tadbirlar sanoat tarmoqlarini barqaror rivojlantirish, sanoat ishlab chiqarishinig 
YAIMdagi ulushi orttirish, tejamkor texnologiyalar joriy qilish uchun moliyaviy resurslarni 
kengaytirish, mahsulot tarnnarxini pasaytirish imkonini beradi. 
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida milliy iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishda
ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini kengaytirish katta o’rin tutadi. Respubliukamizda 
inqirozga qarshi dastur doirasidagi loyihalar hajmini 3-4 barobar ko’paytirish mo’ljallanmoqda. 

Каримов И.А. Жаҳон молиявий-иқтисодий инқирози, Ўзбекистон шароитида уни бартараф этишнинг 
йўллари ва чоралари ., Т.: Ўзбекистон, 2009. 30-бет 


128 
2008 yilda jahon bozorlarida oziq-ovqat mahsulotlari narxining keskin ko’tarilishi ro’y 
berdi. Bunday sharoitda oziq-ovqatmahsulotlarining ishonchli ta’minotini izdan chiqarmaslik, 
ichki ishlab chiqarish hajmini ko’paytirish maqsadlarida oziq ovqat ekinlari maydonini 
kengaytirish to’g’risida O’zbekiston respublikasi Prezidentining qarori qabul qilindi.

Download 6,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   288




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish