Тузувчи : Файзуллаева Н


 Davlat byudjetining soliqlarga ko’ra tarkibi. Soliq yuki



Download 6,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/288
Sana31.03.2022
Hajmi6,61 Mb.
#521402
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   288
Bog'liq
Макроиқтисодиёт Янги УМК. 2021-2022

4. Davlat byudjetining soliqlarga ko’ra tarkibi. Soliq yuki. 
Respublikamizda 1992 yilda jami 24 turdagi soliqlar va yig’imlar amalda bo’lgan bo’lsa 
ularning soni 2000 yili 17 tagacha, 2006 –yilga kelib esa 12 tagacha qisqardi. Soliqlar turining 
qisqarishi ayrim soliqlarning bekor qilinishi, ayrimlarini esa qo’shib yuborish-unifikatsiya qilish 
hisobiga ta’minlandi. Masalan ijtimoiy infratuzilma solig’iga obodonlashtirish yig’imi qo’shib 
yuborilgan bo’lsa, 2006 yilda ekologiya solig’i mutlaq bekor qilindi.
2000-2007 yillarda foyda solig’i stavkasi 31 %dan 10 foizga tushirildi, Shuningdek, 
tadbirkorlik sub’yektlaridan olinadigan yagona soliq unifikatsiya qilindi, ya’ni unga nobyudjet 
davlat jamg’armalariga o’tkaziladigan majburiy to’lovlardan yagona yo’l jamg’armasi, maktab 


112 
ta’limini rivojlantirish jamg’armasiga ajratmalar ham qo’shib yuborildi. YAgona soliq stavkasi 
2007 yilda 13 % ga, 2007 yilda esa 8 % gacha pasaytirildi.* 
10.2
-jadval. 
O’zbekiston Respublikasida Davlat byudjeti daromadlari tarkibi (YAIMga nisbatan % da) 
Davlat byudjeti daromad qismining bajarilishi (YAIMga nisbatan % da) 
Ko’rsatkichlar 
2005y. 
2006 y 
2007y. 
2008 y 
Daromadlar jami 
22.6 
20.7 
21.8 
23.7 
1. Bevosita soliqlar 
6.5 
6.0 
6.2 
6.5 
2. Bilvosita soliqlar 
10.5 
9.7 
10.3 
11.2 
3.Resurs to’lovlari hamda mulk solig’i 
4.5 
3.6 
3.54 
3.6 
4.Ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’i 
1.1 
1.4 
0.7 
0.8 
5. Boshqa daromadlar 
1.1 
1.4 
1.7 
1.7 
Manba
: 1.“
O’zbekiston Iqtisodiyoti”. Axborot va tahliliy sharh 2008yil. T.: 2009y. avgust., 19 
b. 
Bu chora tadbirlar iqtisodiyotga soliq yukini kamaytirish imkonini berdi.
Agar davlat byudjeti daromaadlarining YAIMdagi ulushi 2000 yilda 28,5 % bo’lgan bo’lsa 
2005 yilda 22,5 % ni 227 yilda 21,8 % ni tashkil etdi (10.2-jadval).
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo’lib 
o’tdi. Deputatlar O’zbekiston Respublikasining 2018 yilgi Davlat byudjeti va davlat maqsadli 
jamg’armalarining byudjetlari, shuningdek soliq va byudjet siyosatining asosiy yo’nalishlarini 
ko’rib chiqdilar. 
Deputatlar ta’kidladilarki, joriy yilda belgilangan chora-tadbirlarni o’z vaqtida va to’liq 
moliyalashtirishni ta’minlashga qaratilgan kuch-g’ayratni safarbar etish yuzasidan talay tizimli 
ishlar amalga oshirildi. Bunda mahalliy byudjetlar mustaqilligini oshirish, daromadlar 
tushumlarining qo’shimcha manbalarini aniqlash, shuningdek ularni jalb etish hisobiga 
byudjetning daromad qismini shakllantirish borasida sifat jihatidan yangicha yondashuvlardan 
foydalanildi. Bularning barchasi pirovard natijada belgilangan makroiqtisodiy ko’rsatkichlarga 
erishish imkonini berdi. Joriy yil byudjeti barcha nazarda tutilgan xarajatlar bajarilgan va 
tasdiqlangan dasturlar moliyalashtirilgan holda YAIMga nisbatan 0,1 foiz profitsit bilan ijro 
etilishi kutilmoqda. 
Davlat byudjeti birinchi marta jahon moliya institutlari tomonidan e’tirof etilgan 
makroiqtisodiy ko’rsatkichlar, baholash indekslari asosida tuzilganligi ko’rsatib o’tildi. 2018 
yilda YAIM 290,6 trln. so’m miqdorida bo’lishi prognoz qilinmoqda, deflyator 14,1 foizni, 
iste’mol narxlari indeksi 12-13 foizni tashkil etadi. Davlat byudjetini YAIMga nisbatan 0,02 foiz 
profitsit bilan tasdiqlash taklif etildi. 
Shu bilan birga, 2018 yilgi soliq siyosatining xo’jalik yurituvchi sub’yektlar va aholi 
daromadlariga soliq yukini yanada kamaytirishni, mahalliy byudjetlar daromadini oshirishni 
nazarda tutuvchi asosiy yo’nalishlari belgilanganligi alohida e’tirof etildi. Jismoniy shaxslar 
daromadidan olinadigan soliq yuki darajasini fuqarolarning shaxsiy jamg’arib boriladigan 
hisobraqamlariga 
ajratmalar 
miqdorini 1 
foizdan 

foizgacha 
oshirish 
hisobiga 
kamaytirish, yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qat’iy belgilangan soliq stavkasini 
pasaytirish taklif etildi. Shuningdek bir xildagi soliq solinadigan bazaga ega bo’lgan soliqlar va 
to’lovlarni birlashtirish yo’li bilan soliqlar hamda boshqa majburiy to’lovlar sonini qisqartirish 
taklif etilmoqda. 
Prognoz ko’rsatkichlar 2018 yilda ijtimoiy sohani qo’llab-quvvatlash bo’yicha ishlar 
davom ettirilishidan dalolat bermoqda. Xususan, ijtimoiy soha xarajatlari 34,7 trln. so’mni 
tashkil etadi. 
Deputatlar tibbiy xizmatning avtomobil’ parkini yangilash, respublika va hududiy 
muvofiqlashtirish-dispetcherlik xizmatlarining ma’lumotlarini yagona uzatish tarmog’iga 
birlashtirish bo’yicha ishlarni davom ettirishga taalluqli takliflarni qo’llab-quvvatladilar. Ana shu 
maqsadlar uchun 141 mlrd. so’m ajratish rejalashtirilmoqda. 


113 
Barcha siyosiy partiyalar fraksiyalari va Ekologik harakat deputatlar guruhining so’zga 
chiqqan vakillari Hukumat tomonidan taqdim etilgan 2018 yilgi Davlat byudjeti va davlat 
maqsadli jamg’armalari byudjetlarining loyihasini, shuningdek soliq va byudjet siyosatining 
asosiy yo’nalishlarini qo’llab-quvvatlashni taklif etdilar. Loyiha Qonunchilik palatasi tomonidan 
tasdiqlandi. 

Download 6,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   288




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish