Qisqacha xulosalar
Pul emissiyasi faqat Markaziy bank vakolatiga kirsada, tijorat banklari ham kredit berib
pul taklifini ko’paytirish qobiliyatiga ega.
Tijorat banklarining pul taklifini keltirib chiqarish imkoniyati majburiy zahira normasini
belgilash orqali tartibga solib turiladi.
Umumiy pul taklifi nafaqat joriy hisoblardagi mablag’lardan, balki aholi qo’lidagi naqd
pullardan ham tashkil topadi. Pul taklifi miqdori majburiy zahira normasi, deponentlash
koefitsenti va pul bazasi miqdoriga bog’liq.
Mahsulotlar bozoridagi kabi pul bozorida ham pulga bo’lgan umumiy talab va taklif
muvozanat nuqtada kesishadi. Mahsulotlar bozorida muvozanat nuqtani narxlar tengligi asoslasa,
pul bozorida esa bunday tenglikni foiz stavkasi belgilaydi.
Nazorat va muhokama uchun savollar
1.
Pul taklifi asosida nimalar yotadi? Bank mul’tiplikatori qanday aniqlanadi?
2.
Pul bazasining mohiyatini tushuntirib bering.
105
3.
Pul taklifining umumiy modeli mohiyatini tushuntirib bering.
4.
Deponentlash koeffitsenting pasayishi pul mul’tiplikatori va pul taklifiga qanday ta’sir
ko’rsatadi?
5.
Pul bozoridagi muvozanat nuqtasi nimani bildiradi? Pul bozorida muvozanat qay yo’sinda
ta’minlanadi?
16- Mavzu: Fiskal va monetar siyosat
Reja:
1. Davlat byudjetining mohiyati va funksiyalari.
2. Davlat byudjeti xarajatlari.
3. Soliqlarning turlari va funksiyalari.
4. Davlat byudjetining soliqlarga ko’ra tarkibi.Soliq yuki.
5. O’zbekiston Respublikasida soliq siyosati va soliq islohotlarining asosiy yo’nalishlari.
1. Davlat byudjetining mohiyati va funksiyalari.
Davlat o’z iqtisodiy funksiyalarini bajarishda moliyaviy manba sifatida davlat byudjetiga
tayanadi.
Davlat byudeti mamlakat moliya tizimining markaziy unsuri bo’lib makroiqtisodiy
barqarorlikni ta’minlashda muhim rol o’ynaydi.
Davlat byudjeti moliyaviy balans sifatida ikki qismdan iborat bo’lib, bu qismlarni sodda
qilib daromadlar va xarajatlar deb atash mumkin.
Davlat byudjeti daromadlari soliq va soliq bo’lmagan tushumlar hisobiga shakllansada,
makroiqtisodiy tahlilda u soliqlar hisobigagina shakllanadi deb qaraladi.
Davlat
byudjeti
xarajatlari
tarkibida
iqtisodiyotga
xarajatlar,
markazlashgang
investitsiyalarni moliyalashtirish, ijtimoiy himoya, ijtimoiy soha, davlat boshqaruv va sud
idoralarini moliyalashtirish moddalari mavjud.
Davlat byudjet xarajatlarini (davlat xarajatlari va transfert to’lovlari) ko’paytirish yoki
qisqartirish orqali mamlakat iqtisodiyotiga aralashadi. Davlat tomonidan tartibga solishning
bevosita usullari yoki byudjet siyosati tovar va xizmatlarning davlat xaridi, YAIMni taqsimlash
va qayta taqsimlash, ijtimoiy dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, davlat byudjetining
daromadlar va xarajatlar qismidagi mutanosiblikni ta’minlash, ishlab chiqaruvchilarga moliyaviy
yordam shakllarini ko’rsatish, baholar ustidan nazorat o’rnatish, eksport va import qilinadigan
tovarlarga kvotalar o’rnatish va shuningdek, mamlakat aholisini himoya qilish maqsadida olib
borilayotgan chora-tadbirlar majmuasidan iborat.
Davlat tomonidan ko’rsatiladigan moliyaviy yordamlar dotatsiya, subvensiya va subsidiya
shakllarida olib boriladi.
Subsidiyalar – bu, pul yoki natura ko’rinishidagi yordam turi bo’lib, byudjet va byudjetdan
tashqari fondlardan ko’rsatiladi. Subsidiyalar bevosita va bilvosita bo’lishi mumkin. Bevosita
subsidiyalarga kapital qo’yilmalar, ilmiy tadqiqotlar, kadrlarni qayta tayyorlashga ajratilgan
mablag’lar kirsa, bilvosita subsidiyalarga soliq imtiyozlari, imtiyozli shartlarda kreditlar berish,
pasaytirilgan bojxona bojlari va boshqalar kiradi.
Bundan tashqari davlat aholini davlat transfertlari ko’rinishida himoya qiladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ko’p qirrali soliqlar tizimidan foydalaniladi. Aholi davlat
byudjetiga har oyda olgan daromadlariga qarab daromad solig’i to’laydi, korxonalar esa olgan
foydasiga qarab foydadan soliq to’laydilar. Shu kabi juda ko’p mavjud soliq turlaridan oqilona
va ilmiy asosda foydalanish orqali davlat soliq siyosatini, soliq stavkalari miqdorlarini va
imtiyozlari turlarini aniqlaydi va shu bilan butun makroiqtisodiy vaziyatga ta’sir ko’rsatadi.
Soliqlarni o’zgartirish orqali investitsiyalar va jamg’armalar rag’batlantiriladi.
106
Davlat byudjeti mablag’lari hukumatning daromadlarni va resurslarni qayta taqsimlash
funnksiyasin bajarishi uchun imkoniyat yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |