23
Bunda xususiy jamg’armalar daromadlar (U), transfert to’lovlari (TR), davlat zayomlari
bo’yicha foizlar yig’indisidan (N) soliqlar (T) va iste’mol (S) xarajatlari yig’indisini ayirish
natijasiga teng bo’ladi.
Sp = (U + TR + N - T) – C
Davlat jag’marmalari quyidagi miqdorga teng bo’ladi:
Sg = (T - TR - N) – G
Agar davlat jamg’armalari nolga teng bo’lsa, davlat byudjeti muvozanatlashgan,
jamg’arishning manfiy miqdori byudjet taqchilligini (BT) bildiradi:
BT = - Sg
Bu yerda: BT – byudjet taqchilligi miqdori.
Boshqa mamlakatlarning jamg’armalari tashqi dunyoning bizning importimiz hisobiga
olgan daromadlaridan ularning bizning eksportimizga sarflangan harajatlarini ayirib topiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: