Tuzlarning o‘simliklarga ta’siri. Tuzlar zararli ta’sirining sabablari
Tuzlarning o'simliklarga ta’siri turlicha. Bu ta'sir o'simliklarning ko'pgina biokimyoviy va fiziologik funksiyalari, ularning suv va oziqlanish rej inti hamda ildiz sistemasi holatining buzilishida namoyon boTadi. Tuproqning sho'rlanish ta'siri ostida o'simliklarda fotosintez va nafas olish jadalligi (intensivligi) sezilarli darajada kamayadi. modda kamroq to'plana boshlaydi. Sulfat-xlorid tuzlar bilan sho'rlangan tuproqlarda xlorid-sulfat tuzlar bilan sho'ralangan tuproqlardagiga nisbatan quruq modda kamroq yig'iladi (3.2.1 -jadval). Tuproqning sulfat-xlorid sho'rlanishi xlorid-sulfatli sho'rlanishga qaraganda o'simliklami ko'proq rivojlantirmaydi, xloridlar esa sulfatlidan ham kuchli ta'sir ko'rsatadi. 56 3.2.1-jadval. Tuproqdagi tuzlcir miqdori va sho ‘raUmish turiga qarab g'o‘zaning quruq qoldiq to‘p las/lining o‘zgarishi (B.P.Stroganov va E.F.Ivanitskaya ma'lumotlari) Sho'rlanish turi Tuproqda- O'simiikning quruq qoldiq og'irligi, g gi tuzlar miqdori. % bargi Poyasi, barg chuplari Hosil unsur-lari Yer usti organ 1 arming umumiy og'irligi Ildizning og'irligi Butun o'simiikning umumiy og'irligi ]\azorat (Sho'rlanishsiz) " 5.88 5.74 1.96 13.58 1.54 15.12 Xlorid-sulfatli 0.3 6.14 5.69 2,65 14.48 1,74 16.22 0.5 5.21 5.65 2.70 13.56 1.76 15.32 0.8 5.15 4.46 2.90 12.51 1,51 14.02 Sulfat-xloridli 0.3 5.20 4.48 2,34 12.02 1,42 13.44 0.5 4.58 4.04 3,57 12.19 1,48 13.67 0.8 3.62 3.10 1,34 8,06 0.97 9,03 Sho'rlangan tuproqlarda uglevodlar va azotli moddalar quruq modda birligiga hisoblanganda ko‘paysa-da, o'simliklarda umumiy miqdori ancha kamayib ketadi. Bunga sabab sho'rlangan tuproqlardagi o‘simliklarda uglevodlar va azotli moddalarning yig'ilishi iste'mol qilinishiga nisbatan tezroq boradi. B.P.Stroganovning sho'rlangan tuproqlardagi o'simliklarning suv rejimiga oid tekshiruvlariga ko'ra, tuproq xlorid tuzlar bilan sho'rlangan bo'lsa. o'simliklarda galosukkulentlik a'lomatlari rivojlanadi. Bunday o'simliklarning xujayralari kattalashadi. barg tomirlari kamavadi, ammo ancha yo'g'onlashadi. O'simliklarning suv so'rishi va shira ajratishi susayadi. O'simliklarning transpiratsiya (barglardan bug'lantirish) intensivligi keskin pasayib ketadi. Tuproqning sulfatli sho'rlanishida o'simliklarda kseromorfizm a'lomatlari paydo bo'ladi. Bunday o'simliklarning xujayralari kichiklashadi. barg tomirlari ko'payadi. Shuningdek, transpiratsiya jadalligi ortadi 57 Umumiy qonuniyat shuki. transpiratsiya jadalligidan qat'iy nazar. tuproqning sho‘rlanganlik darajasi ortishi bilan o‘simliklarning o'sish davridagi umumiy suv sarfi kamaya boradi ( 3.2.2-jadval). 3.2.2-jadval. Turlicha sho'rlangan maydonlardagig‘o‘z.alarn'mg o‘sish davridagi suv sarfi (B.P.Stroganov та 'lumotlari bo'yicha) Tuproqning Bir tup g'o'zaning suv sarfi. / O'sish davridagi suv sho'rlangan- sarfi lik darajasi iyun iyul avgust sentyabr oktyabr Bir tup g‘o‘zaning suv sarfi, / ’§) Oft "k- ra r ? C ’2 y; _ C u s; -r-j ГЧ ^ ^4. Л V > о “ ^ Oij 3 ^ IT. Kuchsiz 1.20 11.88 57.46 62,94 22.62 156,10 6514 Kuchli 0,66 7,52 30.52 36,57 17,08 92,35 2695 Bunga sabab shuki, tuprog'i kamroq sho'rlangan joydagi o‘simliklarda umumiy bugManish yuzasi, ayniqsa barg sirtining yuzasi juda kichrayib ketadi. Tuproqning shoTlanganlik darajasi ortishi bilan maydon birligiga to’g'ri keladigan o'simlik tup soni ham kamayadi. 3.2.3-jadval. Tuproq tarkibidagi tuzlar va tiamlik miqdoriga qarab suv ushlab turish qobiliyati (V.S.Shardakov та ’lumotlari) Sho‘rl tu anmagan Proq Kam sho'rlangan tuproq (tuzlar 0,55 %) Kuchli sho'rlangan tuproq (tuzlar 2,13 %) Tuproqning namligi, % Suv ushlab turish kuchi, atm Tuproqning namligi, % Suv ushlab turish kuchi, atm Tuproqning namligi, % Suv ushlab turish kuchi, atm 9,4 20 9,3 35 9,9 143 12,2 10 12,4 26 13,3 59 18.3 2 18,6 18 19,6 30 - - 24,8 11 25.8 17 58 T'uproqda qanchalik tuz ko'p va namlik oz bo‘Isa. uning suv tutib turish kuchi ham shunchalik katta bo'ladi (3.2.3-jadval). O'simliklarning so'rish kuchi tashqi muhit sharoiti. o'simlikning turi va xili hamda yoshiga qarab o'zgarib turadi. Masalan. sho'rlanmagan tuproqlarda sabzavot ekinlari (masalan, bodring)ning so'rish kuchi 2-5 atmosfera, g'o’zaniki 10-15 atmosfera. sho'rlangan tuproqlarda esa g’o’zaning so'rish kuchi 18-30 atmosfera atrofida boiadi. Cho'l kseforitlarining so'rish kuchi 40-50 atmosferagacha, sho'rxok tupi'oqli yerlardagi o'simliklarda esa 50-100 atmosferagacha va undan ham yuqori bo'ladi. Tuproqning sho'rlanish darajasi ortishi bilan tuproq eritmasining osmotik bosimi o'simlikning so'rish kuchidan ortib ketadi. Shu sababli o'simliklarning suv ichishi qiyinlashadi. Tuproqning fiziologik quruqligi deb ataladigan sharoit vujudga keladi. bunda tuproqda namlik bo'lishiga qaramay, o'simlik yetarlicha suv icha olmaydi. Natijada o'simliklarning hayot faoliyati yomonlashadi, rivojlanishi sekinlashadi. Sho'rlangan tuproqlarda tuzlar o'simlikning to'qima va organlariga kirib boradi. Tuzlarning kirishi hujayra protoplazmasining o'tkazuvchanligi bilan rostlanadi. A.A.Rixter fikricha, tuz konsentratsiyasi muayyan miqyosga etguncha ildiz to'qimalarining tuz o'tkazmasligi saqlanib turadi, shundan keyin tuzlar «teshib o'tadi» va o'simlikni zaharlaydi.(3.2.4-jadval) O'simliklarda to'planadigan tuzlarning zaharli ta'siri ostida o'simliklarning tuzdan zaharlanish xodisasi ro'y beradi. Bu hodisa o'simliklarda xlor. natriy kabi unsurlarning miqdori ortib ketganda ayniqsa yaqqol ko'rinadi. Kuchli sho'rlangan tuproqdagi o'simliklarda xlor me’yordan 2-3 marta, natriy esa 5-10 marta ortib ketishi mumkin. Tuproq sulfat tuzlar bilan sho'rlanganda o'simlik (g'o'za) asosan tuzlarning osmotik ta'siriga uchraydi, xloridlar bilan Sho'rlanganda esa, birinchi navbatda tuzlarning zaharli ta’siri namoyon bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |