Tuxum va tvorogdan taomlar tayyorlashni o’rgatish Mundarija



Download 171,31 Kb.
bet6/22
Sana13.05.2023
Hajmi171,31 Kb.
#938084
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
Tuxum va tvorogdan taomlar

Tuxum tolqoni. Qaysi xom ashyo ishlatilganiga qarab tuxum tolqoni (tuxum oqi bilan sarig‘ining aralashmasig), shuningdek tuxum oqi va sarig‘i chiqariladi. Tuxum tolqoni olish uchun tu­xum massani melanj tayyorlanganidek tayyorlanad'i, lekin tuxum oqini va sarig‘ini plyonkali yoki purkash usulida quritiladi. Tuxum tolqonnning rangi och sariq, butun massa bо‘ylab bir jinsli, ta’mi va hidi quritilgan tuxumga xos, begona ta’msiz va hidsiz, konsistensiyasi kukunsimon, dumaloqlarsiz bо‘ladi. Eruvchanligi oliy navida kupi bilan 85% va 1-navida ko’pi bi­lan 70%. Namligi ko’pi bilan 9%. Namiqqan mog‘orlagan, begona maza va hid aralashgan tuxum tolqon bо‘lishiga yо‘l qо‘yilmaydi.
Quruq quymoq. Tuxum tolqondan farqi shundaki, bunga pasterizatsiya qilingan sof sut yoki yog‘i olingan sut qо‘shiladi.
Tuxum tolqon 100, 200 g dan briket qilib, faner barabanlarga 50 kg dan, germetik yopiladigan oq tunuka bankalarga esa og‘irligi 10 kg gacha qilib joylashtiriladi. Tuxum melanji—9°S dan yuqori bо‘lmagan haroratda, nisbiy namligi 80—85% bо‘lgan havoda 8 oygacha saqlanadi. /Tuxum tolqon +10°S dan —2°S gacha haroratda, nisbiy namligi 70% dan ortiq bо‘lmagan havoda ger­metik yopilmagan idishda 8 oygacha, germetik idishda esa 12 oy­gacha saqlanadi.
Tvorog. Bu oqsilli qatiq mahsulot. Unda tо‘la qimmatli sut oqsillaridan tashqari, yana odam uchun muhim mineral moddalar ham bor. Tvorog keksa yoshli kishilarga (yog‘sizi), shuningdek о‘rqa va suyak sili kasalliklariga, oshqozon, buyrak xastaliklariga duchor bо‘lganlarga foydali bо‘ladi.
Ishlab chiqarilish usuliga kо‘ra tvorog pasterizatsiya qilingan sutdan olingan kislota-shirdonli tvorog kо‘p kislotali pas­terizatsiya qilingan sof yoki yog‘i olingan sutdan olingan kislo­tali tvorog, pasterizatsiya qilingan sutdan olingan atsidofil-achitqili tvorog bо‘ladi. Pasterizatsiya qilingan sutdan olingan tvorogni bevosita tanovul qilaverish mumkin, pasterizatsiya qilinmagan sutdan esa yarim fabrikatlar ishlab chiqarilib, iste’mol etishdan oldin ularga termik ishlov beriladi.
Kislota-shirdonli tvorog olishda sutni sof sut kislota bakteriyalar solib ivitiladi va shirdon fermenti qо‘shiladi (shirdon fermenti qо‘zilar, buzoqlar me’dasining bir bо‘limidan— shirdonidan olinadi), oqsil moddasi ivigandan keyin zardobi ajratib olinadi. Kislotali tvorog ishlab chiqarilayotganda zar-dob ajralishini tezlatish uchun hosil bо‘lgan quyuqlikni isitib turiladi. Atsidofil-achitqili tvorog faqat saryog‘ qilib chiqariladi, u sal surkaladigan konsistensiyali va achitqi hidi kelib turadigan bо‘ladi.
Tarkibidagi yog‘iga qarab seryog‘ tvorog—18% yog‘i, kam yog‘ tvo­rog—9% yog‘i bor va yog‘siz tvorog bо‘ladi. Yumshoq parhezbop tvo­rog yog‘i olingan sutga qaymoq qо‘shib olinadi. Unda yog‘ 11% dan kam bо‘lmaydi. Krestyanskiy tvoroga ham yog‘siz sutga qaymoq qо‘­shiladi. Unda yog‘ 5% dan kam bо‘lmaydi. Xonaki pishloq yoki qaymoq aralash donador tvorog tarkibidagi oqsillari, yog‘i, namligi jihatidan kam yog‘ tvorogga yaqin bо‘ladi, lekin tuzilishi donador bо‘ladi. Tarkibida 8% yog‘i, 1% tuzi bо‘ladi.
Tvorogning sifat kо‘rsatkichlari. Seryog‘, kamyog‘ va yog‘siz tvo­rog oliy va 1-navlarga bо‘linadi. Tvorogning boshqa turlari navlarga bо‘linmaydi. Tvorog yumshoq bо‘lishi kerak; konsistensiyasi bir xil bо‘lmasligi mumkin, yog‘siz tvorog esa qumoq, oz-roq dona-dona tvorog bо‘lishi, ozroq zardob ajralib turishi mumkin. Parhezbop tvorog konsistensiyasi salgina surtiladigan mayin, begona ta’msiz va hidsiz bо‘lishi, 1- nav tvorogda sezilar-sezilmas yem-xashak ta’mi, idish mazasi kelib turishiga, sal­gina achchiqlik bо‘lishiga yо‘l qо‘yiladi. Tvorogning rangi oqsariqroq aralash oq yoki sal sarg‘ish bо‘lishi kerak.
Kislotaliligi quyidagidan iborat (°T hisobida, kupi bi-lan): seryog‘ida—210, kamyog‘ida — 225, yog‘sizida—250, yumshoq parhezbopida—210, krestyanskiyda—200, donadorida—150. Shilimshiqlangan, mog‘orlagan, konsistensiyasi chо‘ziluvchan va kirlangan tvorog sotuvga chiqarilmasligi kerak.
Tvorogni joylashtirish, tamg‘alash saqlash. Tvorog sotuvga tortib sotiladigan va qadoqlangan tarzda chiqariladi. Seryog‘, kamyog‘ va yog‘siz tvorog g‘о‘la kо‘rinishida pergamentga, podpergamentga, polimer qoplangan qog‘ozga asosan 250 g dan og‘irlikda, parhezbop donador tvorog esa paketdarga, polimer materiallardan yasalgan stakanchalarga 100, 200, 250 g dan qilib qadoqla-nadi.
Tortib sotiladigan tvorog yog‘och bochkalarga 50 kg gacha, temir flyagalarga 35 kg dan, alyumin bitonlarga 10 kg gacha qilib joylanadi. Idishni og‘zigacha tо‘ldiriladi, ustidan pergament yopiladi, qopqog‘ini zichlab yopiladi va tamg‘alanadi, qadoqlangan tvorog yog‘och va polimer yashiklarga yoki karton qutichalarga 12 kg dan qilib joylanadi, yog‘och va polimer yashiklar plombalanib, karton idishlarga esa qog‘oz lenta yopishtirib qо‘yilishi kerak. Sovitilgan tvorog magazinlarda 8°S li haroratda ko’pi bilan 36 soat saqlanadi.
Uzoq vaqt saqlash uchun tvorogni—25°S li haroratda muzlatib, harorat—18°S bо‘lgan joyda: qadoqlangan tvorog—4 oygacha, tortib sotiladigan tvorog—6 oygacha saqlanadi.
Tvorogli mahsulotlar. Bu seryog‘, kamyog‘ va yog‘siz tvorogdan olingan oqsilli mahsulotlar bо‘lib, pasterizatsiya qilingan sut­dan qand, saryog‘, qaymoq, tuz, shuningdek ta’m beradigan va xushbо‘y moddalar (sukatlar, mayiz, kakao tolqoni, vanilin va h. k.) qо‘shib hosil qilinadi.
Massalarning retsepturasi va ishlov berilishiga qarab ular sirki va massalarga, tortlar, kremlar, pastalarga bо‘linadi.
Sirki va tvorog massalar tvorogni maydalab va ta’m bera­digan hamda xushbо‘y tо‘ldirgichlar bilan birga yaxshilab aralashtirib olinadi.
Sirki shirin va shо‘r, yog‘i kо‘paytirilgan (20 dan 40% gacha), seryog‘ (13 dan 17% gacha), qamyog‘ (5 dan 9% gacha) va yog‘siz qilib chiqariladi. Sotuvga quyidagi yog‘i kо‘paytirilgan mahsulotlar chiqariladi: massa va Osobiye sirki, Detskiye sirki, Qoplamali sirki, Slavyanskiye sirki.

Download 171,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish