Tutun quvurlar Reja: Qozon qurulmalari Havo qizdirgichlar



Download 32,17 Kb.
bet2/3
Sana23.04.2022
Hajmi32,17 Kb.
#576416
1   2   3
Bog'liq
Tutun quvurlari

Havo qizdirgichlar
Energetik qurilmalarning havo qizdirgichlarini yuzasini past haroratda hosil
bo'ladigan zanglashdan saqlash metodlari quyidagicha: Metall haroratini tp dan
yuqori ko'tarish, metall yuzasini zangga bardosh metaldan foydalanish, yonish
mahsulotidagi agressiv zangni kamaytirish. Umumiy qabul qilingan metodga
asosan, past haroratli gazlarda hosil bo'ladigan zanglashdan saqlash metodi, metall
haroratini tp nuqtasidan oshirish, bu esa havoni dastlabki qizdirishdan keyin havo
qizdirgichga uzatish demakdir. Metall yuzasining minimal harorati havo
qizdirgichga kiradigan sovuq havoga teng,

Bu formuladan ko'rinib turibdiki, devor haroratini kirayotgan havo haroratiga juda
bog’liq hamda havo va gaz haroratlar farqiga, havo va gaz oqimining issiqlik
berish koeffisientining nisbatiga bog’liq Х/Г .
Devor haroratini oshirish uchun t1
х ko'tarish va Х kamaytirish kerak.
Havoning kirish haroratini oshirish usullaridan biri bug’ kaloriferi yordamida
havoni dastlabki qizdirish, yoki issiq havoning bir qismini havo qizdirgichga
berish. Dastlabki havoni qizdirish metodining kamchiligi atmosferaga
chiqarilayotgan gazning haroratining oshishi va tejamkorlikning kamayishi havo
qizdirgichga kirayotgan havo harorati chiqib ketayotgan gaz harorati orasidagi
bog’liqlik shuni ko'rsatadiki, ikkalasida ham haroratlari o'zgarish quyidagi
tenglamaga bo'ysunadi.

Vчик  0,5  0,7tb ,

bu erda  Vчиқ – chiqib ketayotgan gaz haroratining o'zgarish, th –havo


qizdirgichga kirayotgan havo haroratining o'zgarishi. Shunday qilib agarda
187
kirayotgan havoni 300 C dan 700C ga oshirsak, (th=400S, undan chiqib ketayotgan
gaz haroratini 20-300S ga oshadi. Bu esa qozonning FIK pasayishiga olib keladi.
Ko'pincha dastlabki havoni qizdirish harorati chegaralanadi, bu esa metallning kam
zanglashiga qozonning FIK kam miqdordapasayishiga olib keladi hamda qizdirish
yuzasining ko'r vaqt ishlashini ta'minlaydi. Qo'shimcha usullar bilan kirishdagi
havo haroratining oshirish metodining hammasida ham havo qizdirgichning bir
qismi sovuq holatda. Bu devor harorati tp dan kichik deganidir. Bu xildagi havo
qizdirgichlarni ta'minlash osonlashadi, chunki shu seksiyasigina almashtiriladi.
RVP ishlash vaqtini oshirish uchun sovuq qismini qalinligini 0,5÷0,8 mm o'rniga
1,0÷1,5 mm qalinlikda yig’iladi. RVP ning sovuq qismi asosan issiqqa chidamli
emal bilan qoplanadi. Bu qoplama zanglashni kamaytiradi va ishlash vaqti 3-4
yilga etadi. Gaz va mazutda ishlaydigan bug’ qozonlaridan havo isitishning
boshlanish zonasida (havo isitishning) past haroratli zanglash intevsiv amalgs
oshadi, shuning uchun bu metalli havo qizdirgichlar o'rniga diametri 30-40 mm,
qalinligi 4 mm bo'lgan shishali quvurlar bo'lgan havo qizdirgichga almashtiriladi.
Boshqa bir foydalaniladigan qizdirgich boshlang’ich RVP bilan keramik issiqlik
almashishi yuzasi orqali amalga oshadi. Bu g’isht bloklaridan yig’ilgan to'g’ri
teshikli yoki keramik quvurlardan yig’ilgan bo'ladi va issiqlik almashinuv
jarayonini jadallashtiradi hamda oqimning turbulentligini oshiradi.
Oltingugurtli mazut yoqilg’isini yoqishda va yonganda chiqadigan gaz
mahsulotining VNIINP – 102 – VNIINP – 106 ishqori, suvli xlorli magniy rastvor
va boshqalar qo'shilsa, foydalanish muddati oshadi. Bu qo'shimchalar qizdirish
yuzasidagi oltingugurt kislotasini neytirallashtiradi, tp kamaytiradi, bu esa zich
joylashgan qatlamni yumshashtiradi va oson tozalaniladi. Suyuq qatlam mazutning
yonish jarayonini jadallashtiradi, mazut uzatish traktidagi qatlamlarning miqdorini
kamaytiradi.

Qatlamli o‘txonalarda yoqilg‘i yongandan keyin hosil bo‘ladigan kulning 70–


80 % i o‘txona cho‘g‘doni va shlak bunkerida qoladi, 20–30% esa tutun gazlari
bian birga atmosferaga chiqib ketadi. Kamerali o‘txonalarda aksincha, kulning
ko‘p qismi (90 % yaqini) mo‘ri orqali tutun gazlari bilan birga atmosferaga chiqib
ketadi. Kulning qolgan qismi shlakka aylanadi va o‘txona tagida joylashgan
bunkerlarga tushadi. Kul va shlak qozonxonadan muntazam ravishda chiqarilib
turiladi. Tutun gazlari bilan atmosferaga chiqib ketuvchi kulni yo‘qotish ancha
qiyin ish. Juda mayin uchuvchan kul atrof muhitni ifloslantiradi, tirik
organizmlarga va o‘simliklarga zararli ta’sir etadi. Sanitariya talablariga ko‘ra
nafas olish sohasida kulning kunlik o‘rtacha kontsentratsiyasi 0,15 mg/m3 dan ortib ketmasligi kerak. Bundan tashqari, abraziv xususiyatlarga ega bo‘lgan kul tutun tortish yo‘llarini tez ishdan chiqaradi.
Har yili jaxonda organik yoqilg‘ilarning yoqilishidan atmosferaga o‘rtacha
100 mln. tonna kul va 150 mln. tonna karbonat angidrid gazi chiqariladi. Masalan,
mayda antratsit yoqiladigan quvvati 950 t/soat bo‘lgan qozon mo‘risida bir
kechayu kunduzda 60 tonnagacha azot oksidi atmosferaga chiqariladi. Shuning
uchun qattiq yoqilg‘ini yoqishda qozon agregati gaz yo‘llarining boshidan
oxirigacha kulni tutib qoluvchi qurilmalar o‘rnatiladi. Hozirgi vaqtda tutun
gazlarini kuldan tozalash uchun inertsion kul tutgichlar (quruq va xo‘l),
elektrofiltrlar va kombinatsiyalangan kul tutgichlar ishlatiladi. Quruq inertsion kul
tutgichlarda (4.10.-rasm, a) harakatlanayotgan kul zarrachalarining markazdan
qochuvchi kuchidan foydalaniladi.
Tutun gazlar oqimi uyurmalovchi naycha 1 lar orqali siklon 2 ga yo‘naladi, bu
yerda gazlarning harakati uyurmali harakatga aylanadi. Kul zarralari markazdan
qochuvchi kuch ta’sirida siklon qobig‘iga urilib to‘xtaydi va harakatlanayotgan gaz oqimida ajralib bunkerga tushadi. Bunday siklonda tutun gazlarining tozalanish darajasi 60 % ga yetadi. Hozirgi paytda bir nechta o‘nlab kichik siklonlardan iborat batareyali siklonlar keng qo‘llanilmoqda.
Ho‘l inertsion kul tutgichlar ham inertsiya kuchidan foydalanish asosida ishlaydi. Forsunka orqali yuboriladigan suv qobiq devorlarida
yupqa parda hosil qilib to‘xtovsiz oqib turadi va kulni yuvadi.
Tutilgan kul va kir suv qurilmaning pastki qismidan, tozalangan gaz esa
yuqori qismidan atmosferaga chiqib ketadi. Bunday turdagi kul tutgichlarda tutun
gazlarining tozalanish darajasi 85 – 90 % yetadi. Elektr filtrlarda gazlarning yuqori kuchlanishli tok ta’sirida ionlashishidan hosil bo‘lgan zaryadlarni ajratish
xususiyatidan foydalaniladi (4.10-rasm). Changli gaz po‘lat silindr (musbat qutb) va nixrom sim (manfiy qutb) o‘rtasida hosil bo‘lgan elektr maydonidan o‘tadi. Yuqori kuchlanishli elektr maydon ta’sirida tutun gazlari ionlashadi. Kulning asosiy massasi manfiy zaryadlanib silindr devoriga tortiladi, kulning ozroq qismi musbat zaryadlanib simga tortiladi. Elektrofiltrni vaqti vaqti bilan silkitib(kuchlanish ajratib qo‘yilib) elektrofiltrlar kuldon tozalanadi. Elektr energiyasining sarfi katta emas (1000 m3 gazga 0,15 KVt) , lekin yuqori kuchlanish (90 ming V gacha) elektrofiltrlar bilan ishlashda nixoyatda extiyot bo‘lishni talab etadi. Kombinatsiyalangan kul tutgichlar ikki bosqichli bo‘lib, ko‘p hollarda batareyali siklondan ( birinchi bosqich) va elektrofiltrdan (ikkinchi bosqich) tashkil topgan bo‘ladi. Kul tutgichlarning samaradorligi tozalik koeffitsienti orqali baholanadi:

=Sk/S0100%,



Bu yerda Sk, S0 – mos ravishda kul tutgichdan keyingi va kul tutgichdan
oldingi gazlardagi kul miqdori.

Download 32,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish