26-mavzu: Bargda organik moddalarning hosil bo‘lishi. (1 soat, A2+: 1 soat)
Bargda organik moddalarning hosil bo‘lishi - fotosintez jarayoni. Fotosintez uchun yorug‘likning ahamiyati. Yorug‘likda bargda kraxmal hosil bo‘lishi va barglarning karbonat angidrid gazini o‘zlashtirishi. O‘simliklar avtotrof organizmlardir. Barglarda hosil bo‘lgan organik moddalarning o‘simlikning hayotiy faoliyati uchun sarflanishi.
27-mavzu: O‘simliklarning nafas olishi, oziqlanishi. O‘simliklarda moddalar almashinuvi. (1 soat, A2+: 2 soat)
O‘simlik uchun nafas olishning ahamiyati. Fotosintez va nafas olish jarayonlarining bog‘liqligi. O‘simliklarda moddalar almashinuvi.
Do'stlaringiz bilan baham: |