Tushuntirish xati


Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 15 avgustdagi 666-sonli qaroriga sharx



Download 166,79 Kb.
bet13/18
Sana18.11.2019
Hajmi166,79 Kb.
#26271
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
2 5233545932259198295

Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 15 avgustdagi 666-sonli qaroriga sharx



Ma’lumki 2018 yil 15-avgustda Vazirlar Mahkamasining “Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarini zamonaviy yagona maktab formasi bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 666-sonli qarori qabul qilinib, unda o’quvchilar tomonidan maktab formasini kiyishda qo’yilgan talablar ko’rsatib o’tilgan. 2019 yil 18-iyunda esa Vazirlar Mahkamasining “Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarini zamonaviy yagona maktab formasi bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 666-sonli qaroriga o’zgartirish haqidagi 509-sonli qarori qabul qilindi.

Ushbu qarorga o’zgartirish kiritilganda esa ko’pchilik (ota-onalar, pedagog va o’quvchilar) 666-sonli qarori bekor qilindi degan fikrga bordilar.Aslida esa 666-sonli qaror o’z kuchida qolgan.Faqat qarorning 3-bandidagi va 7-bandining xatboshisi “2019-2020 o’quv yilidan boshlab” so’zlari “2024-2025 o’quv yilidan boshlab” so’zlari bilan almashtirildi. Demak, qarorning qolgan qismi hali ham amalda.
Ta’lim muassasalari o‘quvchilarini zamonaviy yagona maktab formasi bilan ta’minlash va ularga qo‘yilgan talablar:

1. O‘quvchilar tomonidan maktab formasini kiyishda quyidagi talablarga rioya etilishi lozim:

  • kiyimlarning o‘ta tor yoki o‘ta keng bichimda bo‘lmasligi;

  • qizlar uchun yubkaning uzunligi tizzadan 5 — 15 sm pastda bo‘lishi;

  • o‘g‘il bolalar uchun shimning uzunligi oyoq to‘pig‘idan pastda bo‘lishi;

  • oyoq kiyimlar poshnasining 3 santimetrdan baland bo‘lmasligi;

  • ko‘ylakning eng yuqoridagi faqat bitta tugmasidan tashqari boshqa tugmalarning qadalgan bo‘lishi;

  • kiyimlarning toza va dazmollangan bo‘lishi.

2. O‘quvchilar ta’lim muassasasi binosi ichida bosh kiyimsiz yurishlari lozim, ta’lim muassasasida o‘tkaziladigan turli tadbirlar jarayoni bundan mustasno.

O‘zbekiston Respublikasida aholi turli millat va diniy konfessiyalar vakillaridan iboratligi hamda majburiy umumiy o‘rta ta’lim dunyoviy xarakterga egaligi munosabati bilan o‘quvchilarning maktab formasiga turli din va konfessiyalar xamda turli submadaniyatlarga mansublikni aks ettiruvchi elementlarni (hijob, kipa, kashaya, xoch va boshqalar) qo‘shishga yo‘l qo‘yilmaydi.



Shuningdek, umumta’lim maktablarida:

  • o‘g‘il bola o‘quvchilarning ta’lim muassasasiga tanasining ochiq qismiga tatuirovka tushirgan yoki pirsing qilgan, soqol qo‘ygan, sochi 2-3 santimetrdan uzun bo‘lgan va yorqin ranglarga bo‘yagan holda kelishlariga;

  • qiz bola o‘quvchilarning ta’lim muassasasiga tanasining ochiq qismiga tatuirovka tushirgan yoki pirsing qilgan, sochini yorqin ranglarga bo‘yagan, yuzini ko‘zga tashlanadigan darajada makiyaj qilgan, qulog‘iga bittadan ortiq sirg‘a taqqan, barmoqlariga uzuk taqqan, qo‘l tirnoqlarini bo‘yagan va uzun qilib o‘stirgan holda kelishlariga yo‘l qo‘yilmaydi.

3.Ob-havo sharoitidan kelib chiqib, o‘quvchilar maktab formasining nimchasini yoki kostyumini, ko‘ylakning yengi uzun yoki kalta shaklini ixtiyoriy ravishda kiyishlari mumkin. Shuningdek, qishki o‘qish davrida o‘quvchi qizlarga yagona maktab formasiga mos shim kiyishga ruxsat beriladi.

4.Ta’lim muassasasi tomonidan maktab formasining namunaviy yagona shakllarining rangli rasmlari va texnik ko‘rsatkichlari — matoning tarkibi va rangi haqidagi ma’lumotlar 1 — 6-sinflar va 7 — 11-sinflar kesimida ta’lim muassasasining barchaga ko‘rinarli joyiga osib qo‘yiladi.

5.Ta’lim muassasasi rahbariyati har yili 20-fevralga qadar o‘quvchilarning taxminiy soni to‘g‘risidagi ma’lumotlarni sinflar va jins (o‘g‘il/qiz) kesimida tegishli tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limiga taqdim etadi.

6.Tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari har yili 1-martga qadar o‘quvchilarning sinflar va jins (o‘g‘il/qiz) kesimidagi tuman (shahar) bo‘yicha umumlashtirilgan ma’lumotlarni (prognoz) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasiga taqdim etadi.

7.Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi tomonidan tasarrufidagi ta’lim muassasalaridagi jami o‘quvchilarning sinflar va jins (o‘g‘il/qiz) kesimidagi soni (prognoz) to‘g‘risidagi ma’lumotlarni umumlashtirgan holda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligiga har yili 10-martga qadar taqdim etadi.

8.O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan umumta’lim maktablari jami o‘quvchilarining sinflar va jins (o‘g‘il/qiz) kesimidagi soni (prognoz) to‘g‘risidagi ma’lumotlarni hududlar bo‘yicha umumlashtirilgan holda “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasiga har yili 20-martga qadar taqdim etiladi.

9.“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi taqdim etilgan ma’lumotlarni hisobga olgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda har yili aprel-avgust oylari davomida hududlar bo‘yicha maktab formalarining ishlab chiqarilishini tashkil etadi.

10.“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi maktab formalarining hududlar va tuman (shahar)lar bo‘yicha ishlab chiqarish va savdosi tashkil etiladigan joylar to‘g‘risidagi manzilli ma’lumotlarni har yili 20-aprelga qadar O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligiga taqdim etadi va ommaviy axborot vositalari orqali savdosi tashkil etiladigan joylar to‘g‘risidagi manzilli ma’lumotlarni e’lon qiladi.

11.O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi ishlab chiqaruvchilar va savdo shohobchalarining manzillari haqidagi ma’lumotlar har yili 25-aprelga qadar barcha ta’lim muassasalarga yetkazilishini ta’minlaydi.

12.Ta’lim muassasasi rahbariyati tomonidan har yili 1 mayga qadar ta’lim muassasasining barchaga ko‘rinadigan joylariga maktab formasini qayerda va qanday tartibda xarid qilish mumkinligi to‘g‘risida tegishli e’lon joylashtiriladi hamda ta’lim muassasalari tomonidan ota-onalar o‘rtasida tushuntirish ishlari olib boriladi.

O‘quvchilar tomonidan zamonaviy yagona maktab formasini kiyish tartibiga rioya qilmaganlik uchun javobgarlik

1.O‘quvchilarning maktab formasini kiyish tartibiga rioya qilmaslik ta’lim muassasasining ichki tartib-qoidalarini buzish deb baholanadi va bunday o‘quvchilarga quyidagi choralar qo‘llanishi mumkin:



  • ogohlantirish;

  • kundalik daftariga qayd etish;

  • tushuntirish ishlarini olib borish uchun ota-onasini xabardor qilish;

  • fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va ta’lim muassasasidagi yig‘ilishlarda ota-onalar ishtirokida muhokama qilish.

Yakuniy qoidalar

1.O‘quvchilarning ta’lim muassasasiga maktab formasida kelishlarini ta’minlash uchun ota-onalar mas’ul hisoblanadi.

2.Ta’lim muassasasida o‘quvchilar tomonidan maktab formasini kiyish tartibiga rioya qilinishi ta’lim muassasasi rahbariyati, sinf rahbarlari, yoshlar yetakchisi va pedagog xodimlar tomonidan nazorat qilib boriladi.

Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 21 maydagi 139-son qaroriga ILOVA


O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarida mobil telefonlardan foydalanish tartibi to‘g‘risida

NIZOM

I. Umumiy qoidalar

1. Ushbu Nizom, idoraviy mansubligidan qat’i nazar, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalarida (keyingi o‘rinlarda ta’lim muassasasi deb ataladi) mobil telefonlardan (keyingi o‘rinlarda telefon deb ataladi) foydalanish tartibini belgilaydi hamda sifatli ta’lim olish va kasbiy tayyorgarlikka ega bo‘lishda, davlat va jamiyat manfaatlari yo‘lida o‘quvchi yoshlarning sog‘lig‘ini saqlashda xavf-xatarlarni kamaytirishda o‘quvchilar va talabalarning (keyingi o‘rinlarda ta’lim oluvchilar deb ataladi) konstitutsiyaviy huquqlarini ta’minlashga yo‘naltirilgan.

2. Ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish samaradorligiga erishish va o‘quvchi yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish uchun shart-sharoitlar yaratish ushbu Nizomning maqsadlari hisoblanadi.

3. Ushbu Nizom davlat va nodavlat ta’lim muassasalariga tatbiq etiladi hamda ta’lim oluvchilarga, shuningdek ta’lim muassasalarining barcha toifalardagi xodimlariga nisbatan amal qiladi.

4. Telefonning saqlanishi uchun faqat uning egasi (ota-onalar) javob beradilar.

5. Ushbu Nizomning maqsadlariga muvofiq uni ishlab chiqish quyidagi vazifalarni hal etishga yo‘naltirilgan:

a) boy intellektual meros asosida yosh avlodni Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni, milliy mustaqillik g‘oyalarini hurmat qilish va ularga sadoqat ruhida tarbiyalash;

b) o‘quv jarayonida, shu jumladan ta’lim oluvchilar tomonidan telefonlardan foydalanish bilan bog‘liq quyidagi salbiy hodisalarning oldini olish va bartaraf etish:

o‘quv materiallarini ulardan shpargalkalar sifatida foydalanish uchun, shuningdek mashg‘ulotlar vaqtida ta’lim oluvchilar foydalanishadigan turli o‘yinlarni yozib olish va telefon xotirasida saqlash;

yoshlar o‘rtasida ma’naviy-axloqiy xislatlarni buzuvchi, zo‘ravonlik, shafqatsizlik va pornografik, shuningdek reaksion-sektant, soxta diniy mafkurani targ‘ib qiluvchi, atrofdagilarni salbiy harakatlarga undovchi materiallardan iborat bo‘lgan, ko‘rgazma, fon sifatida xizmat qiluvchi rasmlar, audio-videoyozuvlar, chizma va suratli tasvirlar, ovozli video roliklarni namoyish etish, tarqatish, qo‘llanish;

v) ta’lim muassasalarining ichki tartib-qoidalariga rioya etishni ta’minlash uchun ta’lim muassasalarida ta’lim oluvchilar tomonidan telefonlardan foydalanishni tartibga solish.

II. Ta’lim muassasalari hududi va xonalarida telefonlardan foydalanish tartibi

6. Ta’lim muassasasiga kirib kelishda har bir ta’lim oluvchi, xodim, keluvchi va boshqa shaxslar o‘z telefoni abonentining chaqiruv ovozini to‘liq o‘chirib qo‘yishi (telefonni “ovozsiz” rejimga o‘tkazishi) shart.

7. Ta’lim muassasalarida o‘tkaziladigan o‘quv mashg‘ulotlari va tadbirlar (saflanish, tarbiyaviy soatlar, bayram, sport tadbirlari va shu kabilar) boshlanishidan oldin ta’lim oluvchilar:

telefonini o‘chirib qo‘yishi;

telefonini portfeli, sumkasi va shu kabilarga solib qo‘yishi shart.

8. Ta’lim oluvchilarga quyidagilar qat’iyan taqiqlanadi:

a) telefonini bo‘yniga osib olish, ko‘krak cho‘ntaklarida, shim, yubkalari cho‘ntaklarida va shu kabilarda saqlash;

b) telefon akkumulyatorini zaryadlash uchun ta’lim muassasasi elektr tarmoqlariga ulash;

v) telefoni yordamida:

atrofdagilarga zo‘ravonlik, shafqatsizlik, pornografiyani targ‘ib qiluvchi video va suratlarni namoyish qilish;

ta’lim muassasasining nufuziga, shu jumladan zo‘ravonlik va vandalizm holatlarini suratga olish va keyinchalik ularni atrofdagilarga namoyish etish yo‘li bilan zarar yetkazish;

g) o‘quv mashg‘ulotlari vaqtida:

telefon orqali so‘zlashish hamda SMS (MMS) va boshqa turdagi xabarlarni jo‘natish;

telefonni stol ustiga qo‘yish;

musiqa, shu jumladan naushniklar orqali tinglash;

surat va video tasvirlarni ko‘rsatishda telefondan foydalanish (o‘yinlar bilan shug‘ullanish), tasvir (matn, rasm, videoyozuv va fotosuratlar) ko‘rish, diktofon, kalkulyator, kalendar, bloknot, yon daftarcha kabilar sifatida foydalanish;

suratga olish va video tasvirga tushirish;

telefon (GPRS, Bluetooth, Internet va shu kabilar) orqali boshqa xizmatlardan foydalanish.

9. Ta’lim muassasasida ta’lim oluvchilarga mashg‘ulotlar va tadbirlar oralig‘ida faqat asosli va kechiktirib bo‘lmaydigan zarur holatlarda ota-onasi (ularning o‘rnini bosuvchilar), yaqin qarindoshlari, ta’lim muassasalarining rahbarlari yoki xodimlari bilan zudlik bilan bog‘lanish maqsadida telefonlardan foydalanishga (qo‘ng‘iroq qilishga, SMS, MMS, GPRS jo‘natishga, Bluetooth, Internet va shu kabilar xizmatidan foydalanishga) ruxsat etiladi.

10. Mashg‘ulotlar va turli tadbirlar oralig‘ida telefon orqali so‘zlashish uchun xonadan yo‘lakka yoki foyega chiqish, past ovozda va qisqa muloqot qilish zarur.

11. Favqulodda vaziyatlar vujudga kelgan taqdirda ta’lim muassasalarida telefondan foydalanish cheklanmaydi.

12. Ta’lim muassasasining o‘qituvchilari va boshqa xodimlari:

o‘quv mashg‘ulotlari vaqtida telefondan foydalanish huquqiga ega emas;

darsdan tashqari vaqtda ta’lim oluvchilar ishtirokida telefondan foydalanishni imkoni boricha cheklashlari shart.



III. Nizom talablarini buzganlik uchun javobgarlik

13. Ushbu Nizom talablarini buzgan ta’lim oluvchilarga nisbatan quyidagi ta’sir ko‘rsatish choralari qo‘llanadi:

ogohlantirish;

ularning kundalik daftariga yozib qo‘yish;

ota-onalarini (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarni) xabardor qilish yoki tushuntirish suhbati o‘tkazish uchun ta’lim muassasasiga chaqirish.

Ushbu Nizom talablarini buzgan talabalarga nisbatan oliy ta’lim muassasasining ichki tartib-qoidalariga muvofiq choralar ko‘riladi.

14. Ushbu Nizom talablari buzilgan taqdirda ta’lim muassasasining har qanday pedagog xodimi ta’lim oluvchidan telefonni olib qo‘yish, ushbu Nizomni buzganlik holati to‘g‘risida bildirishnoma rasmiylashtirish va uni telefon bilan birga ta’lim muassasasining (fakultetning) direktoriga (dekaniga) yoki direktor (dekan) o‘rinbosariga, keyinchalik uni ota-onalarga (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarga, oliy ta’lim muassasalarida esa - kuratorga) berish, ushbu Nizom talablari buzilganligi holatlari to‘g‘risida ogohlantirish berish huquqiga ega.

15. Ushbu Nizom talablarining har qanday buzilishi ta’lim muassasasida (fakultetda) tuziladigan direktor (dekan) rahbarligidagi komissiya tomonidan, sinf rahbari (kurator), ta’lim oluvchining ota-onalari (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar) ishtirokida, shuningdek ota-onalar (talabalar) majlisida muhokama qilinadi.

16. Ushbu Nizom talablariga rioya etilishini ta’lim muassasasining direktori (fakultet dekani) va uning o‘rinbosarlari nazorat qiladi.

IV. Yakunlovchi qoidalar

17. Ta’lim muassasasi ta’lim oluvchilarga tegishli bo‘lgan telefonlarning saqlanishi uchun javob bermaydi, ushbu Nizomning 14-bandida nazarda tutilgan holatlarda telefonlarning olib qo‘yilishi hollari bundan mustasno.



18. Ushbu Nizom talablari har yili imzo qo‘ydirilgan holda har bir ta’lim oluvchiga va uning ota-onasiga (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarga), oliy ta’lim muassasalarida esa tegishli ravishda har bir talabaga yetkaziladi.

O’quvchilarning odоb-аxlоq qоidаlаri, maktab ichki tartib qoidalari, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 15 avgustdagi 666-sonli qarori va O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarida mobil telefonlardan foydalanish tartibi to‘g‘risida nizomlarini sinf rahbarim tanishtirdi hamda ularga rioya etaman.




O`quvchilаrning fаmiliyasi vа ismi

Tanishtirilganligi to’g’risida imzо


















































































































































































































































































































































O’quvchi qizlаr bilаn ishlаsh


T.r

Bаjаrilаdigаn ishlаr nоmi

Muddаti

Mаs’ul shаxs

Bajarilishi

1

Sinflаrdа Xоtin-qizlаr kengаshi tаrkibini tuzish


Sentyabr



Sinf rahbari






2

Sinf qizlаrining оilаviy shаrоitini o`rgаtish

Sentyabr


Sinf rahbari






3

Qizlаr yig`ilishini o`tkаzish

Hаr chоrаkdа



Sinf rahbari






4

Uchrаshuvlаr o`tkаzish

-tibbiyot xоdimlаri bilаn

-nаmunаli оilаlаr bilаn


Chоrаkdа bir mаrtа


Sinf rahbari






5

«Оrаstа qizlаr», «Iqbоl» ,«Sаnаmlаr sаrvаri» tаnlоvini o`tkаzish

Mаrt


Sinf rahbari






6

Qizlаr o`rtаsidа «Libоs, xusn, kiyinish, yurish, muоmаlа» haqida suhbаtlаr tаshkil etish

Dоimо


Sinf rahbari






7

Qizlаr bilаn muоmаlа qilgаndа, shаxsiyatgа tegmаslikni bаrchа chоrаlаrini ko`rish

Dоimо


Sinf rahbari






8

Yakkа tаrtibdа suhbаt qilishni yo`lgа qo`yish

Dоimо


Sinf rahbari







Download 166,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish