TUSHUNTIRISH XATI
Mazkur ishchi dastur Kompyuter grafikasi va dizayn operatori yo‘nalishida ta’lim oluvchi o‘quvchilarda axborot texnologiyalariga oid bilom va ko’nikmalarini o‘stirish va shakllantirishga qaratilgan.
Axborot texnologiyalari asoslari fani o‘quvchilarni “Kompyuter grafikasi va dizayn operatori” yo’nalishida keng miqiyosda bilimga ega bo‘lishda axborot texnologiyalarining o’rni va roli, mutaxassislikning axborot texnologiyalari bilan uzviy bog’liqligi va mutaxassislik bo’yicha faoliyat yuritishda axborot texnologiyalaridan foydalanish kabi ko’nikmalarni shakllantirishga qaratilgan.
Ta’lim jarayonida o‘qitish ishlari zamon talabiga mos ravishda kompyuterlar yordamida dasturlash asoslariga oid yozilgan kompakt-disklardan, so‘nmas internet tarmog‘ining Informatika va AT faniga oid ma’lumotlaridan, yangi texnologiyalar na’munalari berilgan video filmlar, slayda va albomlar kabi ko‘rgazmali qurollarni namoyish qilish asosida olib boriladi.
Axborot texnologiyalari asoslari fani o‘quv rejasidagi dars soatlaridan 44 soat dars soati 32 soat nazariy va 12 soat amaliy darslarga va o’quvchilarning mustaqil ishlashi uchun 15 soat mustaqil ishlar uchun ajratilib, Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institute tomonidan ishlab chiqilgan O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Oliy va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yo’nalishlari boyicha o’quv-uslubiy birlashmalar faoliyatini Muofiqlashtiruvchi kengashning 2020-yil 14-avgustdagi 3-son yig’ilishida ma’qullangan va Vazirlikning 2020-yil 14-avgustdagi 419-son buyrug’I bilan tasdiqlangan va joriy etilgan “Kompyuter grafikasi va dizayn operatori” kasbining malaka talablari asosida kasb-hunar maktablarida 3.52.01.03- Kompyuter grafikasi va dizayn operatori tayyorlov yo’nalishlari uchun ishlab chiqildi
Malaka talablari bo‘yicha mavzular 2 soatlik dars mashg’ulotlari uchun mo’ljallab tayyorlandi.
MUNDARIJA
1.O‘quv fani (moduli)ning maqsad va vazifalari, o‘zlashtirish natijasi;
2.O‘quv fani (moduli)ning mashg‘ulot turlari bo‘yicha mavzular rejasi va mazmuni;
3.O‘quv fani(moduli)ning moddiy-texnik ta’minoti;
4.Fan (modul)ning o‘zlashtirish darajasini nazorati va baholash;
5.Tavsiya etilgan adabiyotlar va saytlar ro‘yxati.
.
Do'stlaringiz bilan baham: |