Andijon mashinasozlik instituti "Transport va Logistika " fakulteti "Tashishlarni tashkil etish va Transport logistikasi " yo'nalishi 334-19 guruh talabasi Mirkomilov Muhammadalining Yo’l harakati qoidalari va amaliy boshqarish fanidan tayyorlagan MUSTAQIL ISHI
Tushunchalar, atamalar va harakat ishtirokchilarining vazifalari, yol bеlgilari, ularni har хil yo’l sharoitlarida qo`llanilishi.
Yo`l belgi chiziqlarining guruhlari va ularning turli yo`l ko`cha sharoitida qo`llanilishi
Aholi yashaydigan joy Kirish va chiqish yo’llari 5.22 – 5.25 belgilari bilan belgilangan hudud.
Aholi yashaydigan joy Kirish va chiqish yo’llari 5.22 – 5.25 belgilari bilan belgilangan hudud.
Ajratuvchi bo’lak Yo’lning yonma-yon joylashgan qatnov qismlarini ajratuvchi, relssiz transport vositalari va piyodalarning harakatlanishi yoki to’xtashi uchun mo’ljallanmagan alohida qismi. Ajratuvchi bo’lak yotiq chiziq, yo’l sathidan baland qurilma, ko’kalamzorlashtirilgan joylar ko’rinishida bo’lishi mumkin.
Arava Ot (yoki boshqa hayvonlar)ga qo’shib tortiladigan, yoki odam mushak kuchi bilan tortib (itarib) harakatga keltiriladigani yurgizgichsiz (dvigatelsiz), yuk tashishga mu’ljallangan qurilma.
Asosiy yo’l Tuproqli yo’lga nisbatan qattiq qoplamali (asfalt va tsement betonli, tosh yotqizilgan va shunga o’xshashlar), kesishayotgan yoki tutashgan yo’lga nisbatan 2.1, 2.3.1–2.3.3 yoki 5.1 belgilari bilan belgilangan yo’l yoxud yondosh hududdan chiqadigan yo’lga nisbatan har qanday yo’l. Ikkinchi darajali yo’lning bevosita chorrahaga tutash qismining qoplamali bo’lishi uni asosiy yo’l bilan teng huquqli qilmaydi.
Avtomagistral5.1 belgi bilan belgilangan yo’l.
Avtomagistral5.1 belgi bilan belgilangan yo’l.
Belgilangan yo’nalishli transport vositasi Belgilangan yo’nalishi va bekatlari bo’lgan, yo’lovchi tashish uchun mo’ljallangan umumiy foydalanishdagi transport vositalari (trolleybus, avtobus, tramvay, yo’nalishli taksi).
Chorraha Yo’lning o’zaro bir sathda kesishadigan, tutashadigan va ayriladigan joyi. Chorraha chegarasi uning markazidan qatnov qismlari ohiridagi qarama-qarshi tomonlarning eng uzoqroqdagi burila boshlagan joylarini tutashuvchi hayoliy chiziqlan bilan aniqlanadi. Yondosh hududlardan chiqish joylari chorraha hisoblanmaydi. Yo’l harakati svetofor yoki tartibga soluvchining ishoralari orqali boshqarilayotgan chorraha tartibga solingan chorraha deb hisoblanadi. Miltillovchi sariq ishorada, svetoforlar ishlamayotgan yoki tartibga soluvchi bo’lmagan chorraha tartibga solimanagan chorraha deb hisoblanadi.