Tushunchalar asosida matn tuzish



Download 17,54 Kb.
Sana26.02.2022
Hajmi17,54 Kb.
#471818
Bog'liq
akademik yozuv


Bajardi: 315-20 guruh talabasi
Hayotov Azizbek

KITOB 2021


1- topshiriq. “Tushunchalar asosida matn tuzish” metodi bo‘yicha matn tuzish.
Quyida berilgan kalit so‘zlar yordamida matn yarating.
Kalit so‘zlar: Pifagor, tenglik,matematik, kasr sonlar, uchburchak, teorema, katet, gipotenuza, kvadrat, bo‘lish, ko‘paytirish, qo‘shish, ayirish, tub sonlar.

Matematika jozibasi


Matematika fanlar ichida qirol desak ham bo’ladi .Matematika deganda ko’pchilikni hayoliga birinchi manimcha Pifagor teoremasi kelsa kerak. Eslashingiz uchun aytib ketay “tog’ri burchakli uchburchak gipotenuzasini kvadrati katetlar kvadrati yig’indisiga teng “Pifagor matematik olim bo’lgan.
Gap matematika haqida ketar ekan sonlar haqida to’xtalmay ilojim yo’q.Eng katta yangilik bu kasr sonlarni kiritilishi bo’lsa kerak.Kasr sonlarni qo’shish, ko’paytirish, ayirish, qo’shish naqadar muhim narsa ekanligni faqat matematiklar bilsa kerak.Meni ko’p o’ylantirgan narsa yoshligimda bu tub son va murakkab sonlar edi.Bu sonlar meni ko’p hayratga solardi .Keyinchalik esa bu sonlar ham muhim ekanligini amin bo’ldim.Shuni ayta olamanki matematik faqat misol masaladan iborat emas.Bu fan fikrlashni o’rgatadi .Fikrlash esa hamma javhada kerak bo’ladi .

2- topshiriq. Fan rivojiga katta hissa qo‘shgan taniqli o‘zbek olimlari haqid a yozma ma’lumot tayyorlang.


Habib Muhammedovich Abdullayev (31-iyul, 1912 – 20-iyun, 1962) oʻzbek sovet geologi, OʻzSSR Fanlar Akademiyasi akademigi (1947-yildan) va prezidenti (1956-1962) boʻlgan.
O‘rta Osiyo industriya institutining konchilik fakultetini tugatgach (1935), geol.-razvedka partiyasi boshlig‘i. Keyinroq O‘zbekistondagi Langar volfram-molibden konining geologik tuzilishi, mineral tarkibi va hosil bo‘lishini tadqiq qildi. 1940 yildan O‘rta Osiyo industriya institutining foydali qazilmalar kafedrasida do-sent, so‘ngra shu institutda direktor, 1942 yildan O‘zbekiston hukumati raisining o‘rinbosari, 1944 yildan ayni vaqtda Dav-lat plan komissiyasi raisi. 1946 yil „O‘rta Osiyoning sheelitli skarnlari geologiyasi“ mavzuida doktorlik dissertatsiyasini yoqladi va bu asar 1947 yilda nashr etildi.A. 1947 yildan O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi vitse-prezidenti. Ayni vaqtda Geologiya instituti direktori hamda uning Petrologiya va metallogeniya bo‘limi rahbari. A. 1952 – 55 yillarda O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi texnika va geol.-kimyo fanlari bo‘limining raisi, 1955–56 yillarda O‘zbekiston hukumati raisining o‘rinbosari va 1956 yildan O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi prezidenti. A. 1959 yilda ruda paydo bo‘lishining granito-id intruziyalar bilan genetik bog‘liqligi sohasidagi ilmiy ishi uchun yuksak mu-kofot bilan taqdirlangan. U endogen ruda hosil bo‘lishi nazariyasini rivojlan-tirdi. 130 dan ortiq ilmiy asar (jum-ladan, 7 monografiya) yozgan. A. Toshkent va Moskvada nashr etilgan ko‘pgina mo‘’tabar ilmiy jurnallar, to‘plamlar, ilmiy-ommabop nashrlarning mas’-ul muharriri, tahrir hay’ati aʼzosi edi, jumladan O‘rta Osiyoda birinchi – „O‘zbekiston geologiya jurnali“ni tash-kil qildi va uning mas’ul muharriri bo‘ldi.A. volfram, qalay, rangli va qora metallar ruda konlarining turli yo‘llar bilan hosil bo‘lganligini ko‘rsatib berdi. A. ruda paydo bo‘lish jarayonlarini mag-matizm hamda bu jarayonlar ro‘y beradigan geologik muhit taʼsiri bilan chambar-chas bog‘liq ekanligini aniqladi. Uning bevosita ishtiroki va rahbarligida „Chatqol-Qurama tog‘lari magmatizmi va metallogeniyasining asosiy xususiyatlari“ monografiyasi yaratildi (1957), „O‘rta Osiyo magmatizmi va rudalanish jarayoni“ asari nashr etildi (1960).A.ning so‘nggi turkum ishlaridan biri „Rudapetrografiya provinsiyalari va ularni tasniflash masalalari“ (1961) bo‘ldi. Jahondagi barcha yirik ruda konlari shakllanish xususiyatlariga bag‘ishlangan „Metallogeniya – foydali qazil-ma konlarini qidirib topishning geologik asosi“ monografiyasi uchun 1970 yilda (vafotidan keyin) Beruniy nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti berilgan.A.ning geol.ga oid nazariy fikrla-9ri amaliyotda tasdiqlandi. U birinchi bo‘lib O‘rta Osiyoni alohida metalloge-nik maxsus provinsiya sifatida ajrat-di. Skarnlar tuzilishi, ruda uchraydigan va ruda hosil bo‘ladigan skarnlar mav-judligi qayd etildi. A.ning rudalarning granitoid intruziyalar bilan bog‘liq ravishda hosil bo‘lishiga doir asarlari ilmiy munozaraga sabab bo‘ldi. Asarlarda konlarning intruziyalardan uzoq-yaqinligiga qarab tasniflanganligi El-shonsning mavhum batolit konsepsiyasi-dan tubdan farq qiladi. A. O‘rta Osiyoga doir tadqiqotlarini tahlil qilib, ki-chik intruziyalar o‘chog‘i bilan rudali jin-slarning umumiyligini hamda magma-tizm bosqichlari bilan bog‘liq bo‘lgan ruda hosil bo‘lish jarayonlarining takrorla-nib turishini ko‘rsatib berdi. A.ning so‘nggi asarlarida ayrim joylarda mu-ayyan tipdagi magmatizm hodisalari ro‘y berishi va rudalar hosil bo‘lishi muam-molari o‘rganilgan.A.ning „O‘rta Osiyoning metallo-genik ocherki“ (1949), „Rudalanishning granitoid intruziyalar bilan genetik bog‘liqligi“ (1954 – 57), „Daykalar va rudalanish“ (1957), „Ruda-petrografik provinsiyalari va ularni tasniflash ma-salalari“ (1961) kabi asarlari jahonga mashhur bo‘ldi. „Rudalanishni granitoid intruzivlar bilan genetik bog‘liqligi“ asari xorijiy olimlar taklifi bilan ne-mis, ingliz va xitoy tillariga tarjima qilingan.A. regional kengashlar, Xalqaro geo-logiya kongressining, bir necha sessiyalarning faol tashkilotchisi, qatnashchisi, kengash to‘plamlarining muhar-riri bo‘lgan. A. bir necha chet el geol. jamiyatlari aʼzosi edi. O‘zbekiston Respublikasi miqyosidagi ko‘pgina ilmiy va ilmiy-texnika jamiyatlariga, qo‘mitalariga boshchilik qilgan. Asarlari o‘zbek va rus tillarida nashr etilgan. Bular orasida O‘zbekistonda fan, ilmiy-texni-ka, iqtisodiyot va madaniyat ravnaqiga bag‘ishlanganlari anchagina.A. O‘zbekistondagina emas, balki bu-tun O‘rta Osiyodagi geologik ishlab chiqarishda, il-miy muassasalar va oliy o‘quv yurtlarida ishlaydigan katta jamoani birlashtir-gan ilmiy maktabning tashkilotchisi va rahbari bo‘ldi. Ilmiy maktab olimlari Tyanshan toglaridagi jinslar asosida petrologiya va metallogeniya masalalarini hal qilish sohasida birgalikda ish olib bordilar. A. O‘zbekistonda iqtidorli yoshlardan fanning turli sohalarida, jumladan geol. bo‘yicha milliy kadrlar tayyorlashga katta hissa qo‘shdi. A. rahbarligida 7 kishi doktorlik, 28 kishi nomzodlik dissertatsiyasi-ni yoqladi.A. ToshPI (hozirgi ToshTU) geol.-raz-vedka ftida geol. oliy o‘quv yurtlari orasida birinchi bo‘lib Petrologiya va metallogeniya kafedrasini tashkil etdi va unga rahbarlik qildi. Urush davri-da A. hukumat aʼzosi va geolog olim sifatida front va front ichkarisini zarur resurslar bilan taʼminlash va stra-tegik ahamiyatdagi qazilma boyliklar qidirish va ishga solishda katta ishlar-ni amalga oshirdi.A. 1950 yildan umrining oxiriga-cha mineralogiya jamiyati O‘zbekiston bo‘limini boshqardi. 1960 yildan Fransiya geol. va Buyuk Britaniya Qirollik mine-ralogiya jamiyatlarining aʼzosi. Tan-langan asarlaridan 7 jildi nashr etil-gan (1964 – 69).
3-topshiriq. Uslubiy qo‘llanmaga berilgan annotatsiya namunasidan foydalanib, biron-bir fan bo‘yicha darslik yoki qo‘llanmaga annotatsiya yozing.

Annotatsiya


Maskur qo‘llanma fizika fanidan mustaqil shug’ullanuvchlar uchun mo’ljallangan bo’lib , Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tavsiya qilgan namunaviy testlar asosida tuzilgan. Qo‘llanma kerak bo’ladigan barcha mavzular to’liq yoritilib berilgan. Qo‘llanmada turli xil kitob va manbalardan foydalanilgan shu sababli foydalanuvchi uchun qulay va ishonchli. Shuningdek, har bir mavzudan keyin mavzuga doir namunaviy testlar berilgan.
Qo‘llanmada berilgan namunaviy testlardan tashqari mustaqil yechish uchun ham masalalar berilgan.Masalalar esa yangi sifatli qilib tuzilgan .Yecha olgan inson shu mavzudagi barcha masalalarni yecha oladi .
Download 17,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish