Tushintirishxat I


Bunda quyidagilarni amalga oshirish maqsad qilingan



Download 0,98 Mb.
bet5/21
Sana24.07.2022
Hajmi0,98 Mb.
#845839
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
1 5001581302722331993

Bunda quyidagilarni amalga oshirish maqsad qilingan:

  • aholi punktlarning jamoat transport bilan qamrovini 95 foizga yetkazish;

  • o‘rta va yirik shaharlarda jamoat transportidan foydalanish ulushini 22 foizdan 35 foizga oshirish;

viloyat markazlarida «Damas» rusumli yengil avtomobillar faoliyat ko‘rsatuvchi yo‘nalishlarni bosqichma-bosqich avtobus va mikroavtobuslar bilan almashtirish;

  • 52 ta avtostansiya qurish hamda 29 tasini rekonstruksiya qilish;

  • 278 ta yangi avtobus yo‘nalishlari ochish;

  • 60 ta yangi shaharlararo avtobus yo‘nalishlarini tashkil etish;

  • avtobus haydovchilarining mehnat va dam olish rejimiga rioya etilishi ustidan nazorat tizimini takomillashtirish.

Muntazam yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlari uchun yangi avtobus va mikroavtobuslarni olib kirishda yoki mahalliy ishlab chiqaruvchidan xarid qilishda QQSni foizsiz va uning to‘lanishini ta’minlash talab etilmagan holda kechiktirib (bo‘lib-bo‘lib) to‘lash tizimini joriy etish kutilmoqda.
Qarshi va Andijon shaharlarining jamoat transporti tizimini takomillashtirish va uning infratuzilmasini rivojlantirish Konsepsiyalarini ishlab chiqish ham rejada bor.
Mavzuning dolzarbligi.
Andijon shaxrida jamoat transpotini rivojlantirish maqsadida Xitoydan yangi avtobuslar olib kelinmoqda. Albatta ushbu transporlarga qishki va yozgi turar joylari texnik xizmatlar ko‘rsatish uchun avtobus saroyi bo‘lishi kerak men shu sababdan diplom ishi mavzuyimni “Andijon shaxrida 200 ta avtobus uchun avtobus saroyini loyihalash” deb tanladim.

  1. ASOSIY QISM



ADABIYOTLAR SHARHI.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, 1 fevral kuni “Transport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida​”gi farmonni imzoladi.[1]
M.Z.Musajanov «Avtotransport tarmog’i korxonalarini loyihalash» darsligida avtotransport tarmog’i korxonalarini loyihalash asoslari va uslubiyati berilgan, korxonalar tasnifi, ularni loyihalash tartibi, texnologik loyihalash me’yorlari, shuningdek, har xil turdagi avtotransport korxonalarining texnologik hisobi, ularni rejalashtirish, respublikamiz va xorijiy mamlakatlar zamonaviy loyihalash amaliyotida yaratilgan korxonalarning yangi va qayta qurish rejalari, ularning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari keltirilgan. [2]
“Avtotransport tarmog’i korxonalarini loyihalash jihozlash” fanining o‘quv uslubiy majmuasi. Mazkur uslubiy qo‘llanma to‘rt qism va ilovalardan iborat bo‘lib, birinchi qismda transport vositalari korxonalarining ishlab chiqarish texnik bazasi(ICHTB) haqida tushuncha va uning istiqbolli rivojlanish yo‘nalishlari hamda turli vazifalarni bajaruvchi avtotransport korxonalarining texnologik hisoblari, ikkinchi qismda yoritilayotgan masalalar yuzasidan chizmalarni bajarish tartibi, uchinchi qismda yechiladigan masalalar tadbiqining iqtisodiy samaradorligi hisobi, to‘rtinchi qismda shu fan bo‘yicha bajariladigan kurs loyihasining tarkibi va uning bajarilishi bo‘yicha asosiy talablar, turli xildagi yo‘riqnomalar, ko‘rsatmalar, kerakli me'yoriy materiallar keltirilgan. [3]
Avtotransport tarmog’i korxonalarini loyihalash (II qism). Sh. E. Islomov O‘quv qo‘llanmada avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish stansiyalari, markazlashgan texnik xizmat ko‘rsatish bazalari, servis markazlari, avtovokzal va avtostansiyalar, yonilg’i quyish stansiyalari, logistik markazlar, tashxislash markazlari va avtosaqlash joylarining tasnifi, tarkibi, turlari va vazifalari, ularni texnologik loyihalashning uslubiyati, me’yorlari, ularni rejalashtirish bo‘yicha namunalar keltirilgan. [4]
O.Hamraqulov, Sh.Magdiev «Avtomobillarning texnik ekspluatatsiyasi» darsligida amaliy faoliyatdagi avtomobillar texnik ekspluatatsiyasining holati. Ya’ni avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish va joriy ta’mirlash tenologiyasi, hamda avtotransport korxonalarida ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan texnologik jihozlar, harakatdagi tarkibga moddiy-texnik ta’minotni tashkil qilish va resurslarni tejash usullari, avtomobil transportini turli ekstremal tabiiy-iqlim va yo‘l sharoitlaridagi, asosiy ishlab chiqarish bazalaridan ajralgan holdagi, hamda mahsuslashtirilgan harakatdagi tarkibning ekspluatatsiyasi, avtomobil transportining atrof-muhitga zararli ta’sirining yo‘nalishlari va ularni kamaytirish yo‘llari keltirilgan. [5]
Q.M.Sidiqnazarov umumiy tahriri ostida tarjima qilingan «Avtomobillar texnik ekspluatatsiyasi» darsligida avtomobillar texnik ekspluatatsiyasining holati fan tarmog‘i va amaliy faoliyat sifatida, ekspluatatsiya sohasida ishlayotgan muhandisga talablar yoritilgan, avtomobillar texnik holatining o‘zgarish sabablari, texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash rejali-ogohlantirish tizimi, ularning me’yorlari, xizmat ko‘rsatish vositalarining o‘tkazish qobiliyatini shakllantirish qonuniyatlari, avtomobillarga TXK va ta’mirlash texnologiya asoslari, ishlab chiqarishni boshqarish uslublari va moddiy texnik ta’minotni tashkil etish, mahsus sharoitlarda avtomobillarning texnik ekspluatatsiyasi, avtomobillar texnik ekspluatatsiyasi taraqqiyotining istiqbollari va ekologik xavfsizlikni ta’minlash uslublari bayon etilgan. [6]
B.A.Xo‘jaev «Avtomobillarda yuk va passajirlar tashish asoslari» darsligida avtomobil transporti vositalari, ular ish ko‘rsatkichlari, ekspluatatsiya xususiyatlari, unumi, ularni tanlash va hisoblash, yuk va passajirlar tashish hamda yuk ortish-tushirish ishlarini tashkil etish asoslari yoritilgan. «Yagona transport tizimi va har xil transportlar o‘zaro yondashuvi» darsligida respublikamizdagi barcha transport turlarining ahamiyati, ularning o‘rni va istiqbollari, texnik- iqtisodiy xususiyatlari hamda ulardan maqsadga muvofiq foydalanish masalalari yoritilgan. [7]
B.A.Xo‘jaev «Avtomobillarda yuk va passajirlar tashish asoslari» darsligida avtomobil transporti vositalari, ular ish ko‘rsatkichlari, ekspluatatsiya xususiyatlari, unumi, ularni tanlash va hisoblash, yuk va passajirlar tashish hamda yuk ortish-tushirish ishlarini tashkil etish asoslari yoritilgan. «Yagona transport tizimi va har xil transportlar o‘zaro yondashuvi» darsligida respublikamizdagi barcha transport turlarining ahamiyati, ularning o‘rni va istiqbollari, texnik- iqtisodiy xususiyatlari hamda ulardan maqsadga muvofiq foydalanish masalalari yoritilgan. [8]
S.A.Usmonov, M.Raxmatullaev «Texnik tizimlarni boshqarish» avtomobil transporti texnik ekspluatatsiyasida boshqarishni tashkil qilish, boshqaruv qarorlarini optimallashtirishning va transport tizimlarida tashqiliy tarkiblarni qurishning ilmiy asoslari qarab chiqilgan. Texnik ekspluatatsiyada boshqaruv va qaror qabul qilish usullari, harakat tarkibining sifati, texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash tizimi hamda ishlab chiqarish hodimlarning texnik ekspluatatsiya samaradorligiga ta’siri ilmiy tadqiq etilgan. [9]
I.Abdukarimov, M.Pardaev, B.Ikromov “Korxonaning iktisodiy salohiyati tahlili” hamda V.V.Semyonov “Ekonomika predpriyati” o‘quv qo‘llanmalarida ishlab chiqarish korxonalarning iqtisodiy salohiyati, iqtisodiy xarajatlarni asoslash, bozordagi resurs narhlaridan foydalanish, ishlab chiqariladigan mahsulotni raqobot darajasi hisobga olish, loyiha orqali tayyorlangan mahsulotni narhi hisoblanib bozordagi narhga solishtirish, ishlab chiqarish dasturini tuzishda raqobat darajasi hisobga olish, loyihani amalga oshirish uchun kerakli mablag‘ni bank kredit foizi hisobga olish, ishlab chiqishni asosiy fondi hamda ishlab chiqarish fondi hisoblab chiqish, yillik ishlab chiqarish xajmi va tayyorlov narhi (mahsulot birligiga) hisoblash, daromad, tannarh, foyda, amortizatsiya va samaralar hisoblash uslublari bayon etilgan. [10]

4.1 Avtomobillarning ishlash sharoitida yuqori texnik tayyorligi ishlab chiqarish texnika negizi tomonidan ta’minlanadi.


Avtomobillar texnik tayyorligini va ulardan samarali foydalanishni ta’minlaydigan korxonalar majmuiga avtotransport tarmog‘i korxonalari (ATTK) deyiladi. Avtotransport tarmog‘i korxonalari ish bajarish funksiyalariga ko‘ra quyidagi 4 guruhga bo‘linadi:
-Avtoekspluatatsion
-Xizmat ko‘rsatish
-Avtota’mirlash
-Yordamchi
1. Avtoekspluatatsion korxonalar avtomobillarning ekspluatatsiya qilinishini ta’minlaydi va quyidagi vazifalarni bajaradi:
a) yuk yoki yo‘lovchi tashish;
b) Avtomobillarni saqlash;
v) TX va T xizmati ko‘rsatish;
g) Yonilg‘i - moy mahsulotlari va ehtiyot qismlar bilan ta’minlash.
Agar yuqoridagi 4 ta funksiya to‘liq bajarilsa, kompleks korxona deb ataladi, agar bironta funksiya yoki uning bir qismi bajarilmasa u nokompleks korxona hisoblanadi va kooperatsiyalashgan korxona deb ataladi.
Avtomobillar soniga qarab avtoekspluatatsion korxonalar quyidagilarga bo‘linadi:

  • avtotransport korxonalari (tarkibida 100-500 avtomobili bo‘ladi);

  • avtokombinatlar (tarkibida 800-1500 avtomobili bo‘ladi);

  • ishlab chiqarish avtotransport birlashmalari (shahar va viloyatlarda 600 dan 3000 gacha avtomobili bo‘ladi).

Avtokombinatlar bosh korxona (kompleks) va sho‘balardan (nokompleks) tashkil topadi. Sho‘balarda TX-2 va katta o‘lchamdagi JT ishlari o‘tkazilmaydi, ular bosh korxonada bajariladi.
Korxonalar, o‘z navbatida, avtomobil turiga qarab quyidagilarga bo‘linadi:

  1. Yuk; 2. Avtobus; 3. Yengil avtomobil; 4. Aralash; 5. Maxsus.

Mulkiy taqsimlanishiga ko‘ra korxonalarning quyidagi turlari bor:
1. Davlat; 2. Xissadorlik; 3. Xususiy.
Avtotransport tarmog‘i korxonalari ichida ishlab chiqarish texnika negiziga sarflangan moddiy mablag‘lar salmog‘i bo‘yicha (70-85 %) avtoekspluatatsion korxonalar birinchi o‘rinda turadi.
II. Xizmat ko‘rsatish korxonalari quyidagilarga bo‘linadi:
1. Avtomobillarga xizmat ko‘rsatish korxonalari (texnik xizmat ko‘rsatish stansiyalari, markazlashgan texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash bazalari, servis xizmati ko‘rsatish markazlari, yoqilg‘i quyish shaxobchalari, tashxislash markazlari, saqlash joylari).
2. Yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish korxonalari (avtovokzal, avtostansiya, dispetcherlik punktlari).
3. Yuklarga xizmat ko‘rsatish korxonalari (transekspeditsiya korxonalari, yuk stansiyalari, mexanizatsiyalash bazalari).
4. Aholiga xizmat ko‘rsatish korxonalari (transport ekspeditsiya korxonalari, prokat punktlari).
5. Sayyohlarga xizmat ko‘rsatish korxonalari (motellar, kempinglar).
Xizmat ko‘rsatish korxonalari ichida eng ko‘p tarqalgani avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish stansiyalari bo‘lib, ulardagi ishchi postlari soni bittadan (xususiy tadbirkorlar) 50 tagacha (toshkent shahridagi "VAZ" avtomobil Markazi, "Avtotexxizmat" bosh korxonasi va boshqalar) boradi.
III. Avtota’mirlash korxonalari (avtota’mirlash zavodlari, avtota’mirlash ustaxonalari, agregatlarni ta’mirlash zavodlari).
IU. Yordamchi korxonalar (markaziy dispetcherlik, hisoblash-ma’lumot markazi, loyiha-texnologiya byurosi, moddiy ta’minot bazalari, o‘quv markazlari).

“Shahar yo‘lovchilar transporti to‘g‘risida”, “Avtomobil transporti to‘g‘risida”, “Shahar yo‘lovchilar transportidan bepul foydalanishni tartibga solish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:


1. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasida yo‘lovchilar aylanmasini va umumiy foydalaniladigan avtomobil va elektr transportida shaharda, shahar atrofida, shaharlararo, xalqaro yo‘nalishlarda hamda soatlar bo‘yicha tashilgan yo‘lovchilar sonini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomdan.
O‘zbekiston Respublikasida cheklangan ta’riflar bo‘yicha aholiga xizmatlar ko‘rsatish munosabati bilan shaharda yo‘lovchilarni muntazam tashish bilan band bo‘lgan tashuvchilar ko‘radigan zararlarni moliyalashtirish va qoplash tartibi to‘g‘risidagi nizomdan.






Download 0,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish