Potensial energiya - mexanik tizim umumiy energiyasining maʼlum ulushi. U shu tizimni tashkil etgan zarralarning oʻzaro joylashishi va tashki kuch maydonidagi (mas, gravi-tatsion maydon) vaziyatiga bogʻliq. Potensial energiya tushunchasi konservativ (kinetik va potensial energiyasi oʻzgarmay qoladigan) tizimlar uchun oʻrinlidir, yaʼni bunday tizimga taʼsir qilayotgan kuchlarning ishi tizimning boshlangʻich va oxirgi vaziyatiga bogʻliq.
3. Fizika materiya oʻzaro bogʻlangan modda va maydon shaklida oʻrganiladi. Materiyaning harakatlariga mos holda energiya shartli ravishda mexanik, ichki, elektromagnit, kimyoviy va boshqalar turlarga ajratib tekshiriladi. Masalan, kimyoviy energiya elektronlarning kinetik energiyasi hamda elektronlarning bir-biri va atom yadrolari bilan oʻzaro taʼsirlari natijasida vujudga kelgan energiyalar yigʻindisiga teng . Muayyan tizimning holatini ifodalovchi parametrlarga bogʻliq boʻlib, tizimning har bir holatiga aniq bir energiya qiymati toʻgʻri keladi. Tizim1shng istalgan holatidagi energiya qiymati tizim bu holatga qanday usul bilan kelganligiga bogʻliq emas. Binobarin, energiya tizim holatining funksiyasidir. Tutash muhit yoki maydon uchun energiya zichligi va energiya oqimi tushunchalari qoʻllaniladi.
4. Dissipativ sistemalar (lot. dissipatus — tarqalib ketgan, sochilib ketgan) — harakat davomida toʻla mexanik energiyasi (kinetik va potensial energiyalar yigʻindisi) uzluksiz kamaya borib, boshqa energiya shakllariga, mas, issiklik, nurlanish va h. k. energiyaga aylana boradigan dinamik sistemalar. Dissipativ yeda mexanik energiyaning kamaya borish surʼatini tavsiflovchi funksiya dissipativ funksiya deyiladi. Dissipativ yeni konservativ va konservativ boʻlmagan (energiya oluvchi va beruvchi) sistemalardan farq qilish kerak, chunki Dissipativ yeda tashkaridan energiya olin-maydi va tashkariga energiya berilmaydi. Suyuklik yoki gaz oqimida harakatlanadigan va shu oqim taʼsiriga uchraydigan jismlar; bir jiyemning boshqa jismda ishqalanib harakat qilishi; jiyemning qovushoq muhitdagi harakati va b. unga misol boʻlishi mumkin. Samolyotlar dinamikasida, ballistika va mexanikaning boshqa boʻlimlarida Dissipativ sistema alohida oʻrganiladi.
5. Energiyaning saqlanish qonuniga binoan sharchaning B nuqtadagi kinetik energiyasining qiymati sharchani A nuqtadan B nuqtaga ko‘chirganda potensial energiyasining kamayishiga teng bo‘lishi kerakQurilma stoliga oq qog‘oz qo‘yilib, ko‘chirma qog‘oz bilan qoplanadi (K) kalit orqali elektromagnit o‘chiriladi. Chizg‘ich bilan Li=B’Ci
masofa o‘lchanadi va qog‘ozda qolgan sharchaning izi belgilanadi Qog‘ozni biroz surib, yana ko‘chirma qog‘oz qoplanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |