Tursunova Sayhuna Amirzoda qizi



Download 74,42 Kb.
bet1/7
Sana16.03.2022
Hajmi74,42 Kb.
#493984
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2 5291965970045211851


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA‘LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA
UNIVERSITETI
Boshlang‘ich ta‘lim va sport tarbiyaviy ish yo‘nalishi 3-kurs talabasi Tursunova Sayhuna Amirzoda qizi
“Boshlangʻich sinf matematika darslarida geometrik materiallarni oʻrgatishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish “mavzusidagi

KURS ISHI

Ilmiy rahbar: Sh.Y.Yusupova

Talaba:A.S.Tursunova


TOSHKENT – 2022


Mundareja:
KIRISH

  1. BOB MATEMATIKA DARSLARIDA GEOMETRIK ELEMENTLARNI O’QITISH




  1. Boshlang’ich sinflar matematika kursida o’rganiladigan geometrik materialning mazmuni




  1. Boshlang’ich sinflarda geometrik materialni o’rgatishning umumiy masalalari

2.BOB . GEOMETRIK SHAKLLARNI VA MATERIALNI O’RGATISH JARAYONIDA KO’RGAZMA HAMDA DIDAKTIK O’YINLARDAN FOYDALANISH YO`LLARI



  1. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida uzunlik haqida tasavvurlarni shakllanritish, uzunliklarni o’lchash malakalarni hosil qilish




  1. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida yuza haqidagi tasavvurlarni shakllantirish, yuzalarni o’lchash malakalarni hosil qilish usullari



  1. Boshlang’ich sinf matematika kursida geometrik materialni o’rganishda fanlararo integratsiyadan foydalanish usullari



XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

Kirish

O’quvchilarni matematika faniga qiziqtirish, befarq qaramasligini ta’minlash har bir bugungi kun pedagogining vazifasi hisoblanadi. Matematika fanida to’rt amalning bajarilishini o’rgatish bilan birga shakllar, ular tuzilishi, farqini va o’lchamini o’rgatish zaruriyati ham ahamiyatga ega. Bu geometriya fanining ilk tushunchalari hisoblanadi. Bunda boshlang’ich sinf o’qituvchisining roli nihoyatda kattadir.


Geometriya 2500 yildan avvalroq paydo bo`lgan. Geometriya yunoncha so’z bo’lib “yerni o’lchash” degan ma’noni bildiradi (“geo” –yer , “metrio” –o’lchayman). Geometriyaning fan sifatida shakllanishiga qadimgi Misr, Bobil, ayniqsa Yunoniston olimlari katta hissa qo’shdilar. Yer maydonlari sathini o’lchash, ariqlar o’tkazish, turli ko’rinishdagi idish, savatlar, omborlarga qancha suyuqlik, don va boshqa mahsulotlar sig’ishini bilish zaruriyati geometriyaga oid dastlabki ma’lumotlarni paydo bo’lishiga olib keldi.
Nuqta, kesma, siniq chiziq, to’g’ri chiziq , ko’pburchak, uchburchak, to’g’ri to’rtburchak, kvadrat, aylana, doira, shar, kub bularning hammasi geometrik shakldir. Har qanday geometrik shakl nuqtalar to`plamidan iborat.O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan “Davlat ta’lim standarti to’g’risidagi Nizom”ga binoan umumiy o’rta ta’lim, shu jumladan, boshlang’ich ta’lim bosqichi uchun ham alohida-alohida davlat ta’lim standarti talablari va me’yoriy ko’rsatkichlari belgilab qo’yadi.
“Ta’lim to’g’risida”gi Qonunda ta’kidlanganidek: “Maktabning birinchi sinfiga bolalar olti-yetti yoshdan qabul qilinadi. “Boshlang’ich ta’lim konsepsiyasi”da e’tirof etilganidek, olti yoshga to’lgan har qanday bola aqliy, ruhiy hamda jisminiy jihatdan maktabda o’qish uchun tayyor bo’lganida, maktabning moddiy-texnik bazasi bunday bolalarga ta’lim berish uchun yetarli deb hisoblanganda hamda o’qituvchilar pedagogik va psixologik jihatdan olti yoshli bolalarni o’qitishga qodir deb topilganda maktabga qabul qilinadilar.
“O’zbekiston Respublikasida umumiy o’rta ta’lim to’g’risida”gi Nizomda ta’kidlanganidek: “Boshlang’ich ta’lim o’qish, yozish, sanash, o’quv faoliyatining asosiy malaka va ko’nikmalari, ijodiy fikrlash, o’zini-o’zi nazorat qilish uquvi, nutq va xulq-atvor madaniyati, shaxsiy gigiena va sog’lom turmush tarsi asoslarining egallab olishini ta’minlashga da’vat etilgan. Shunday ekan, ushbu asosda boshlang’ich sinflarda o’quvchilarning umummadaniy va axloqiy ko’nikmalari, dastlabki savodxonlik malakalari shakllantirilishi lozim.
Boshlang’ich ta’lim jarayoni bolalarning mantiqiy tafakkur qila olish salohiyati, aqliy rivojlanishi, duyoqarashi, kommunikativ savodxonligi va o’z- o’zini anglash salohiyatini shakllantirishga, jismonan sog’lom bo’lishga, moddiy borliq go’zalliklarini his eta olishga, go’zallik va nafosatdan zavqlana olish, milliy urf-odatlarni o’ziga singdirish va ardoqlash, ularga rioya qilishga o’rgatadi.
Boshlang’ich ta’lim bosqichi oldiga qo’yilgan vazifalarning bajarilishini nazorat qilish orqali amalga oshiriladi. Ta’lim standarti asosida boshlang’ich sinf o’quvchilaridan standartda belgilab qo’yilgan ko’rsatkichga erishishni talab qiladi va o’z navbatida, bu ko’rsatkichlarga erishish uchun zarur bo’lgan ta’limiy xizmatlar va vositalar bilan ta’minlaydi. Boshlang’ich ta’lim bosqichiga davlat va jamiyat tomonidan qo’yilgan talabda ta’lim sohalari bo’yicha o’zaro muvofiqlik, mutanosiblik, uyg’unlik to’la ta’minlangan bo’lmog’i kerak. Shu jihatdan boshlang’ich talim standartini belgilash ta’lim jarayoning tarkibini xuddi shu tarkib komponentlarining mazmunini modernizatsiyalash, boshlang’ich ta’lim jarayonida yangi, zamonaviy pedagogik texnologiyani qo’llash imkonini beradi1.
Boshlang’ich sinf o’quvchilariga matematikadan samarali ta’lim berilishi uchun bo’lajak o’qituvchi boshlang’ich sinflar uchun ishlab chiqilgan matematika o’qitish metodikasini egallab, chuqur o’zlashtirib olmog’i zarur.

Download 74,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish