E’lon qilingan ishlar ro’yxati
Список опубликованных работ
List of published works ........................................................................................... 49
3
АNDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
HUZURIDAGI ILMIY DARAJA BERUVCHI
PhD.03/30.12.2019.Fil.60.02 RAQAMLI ILMIY KENGASH
АNDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
TURSUNOVA NODIRABEGIM FAYZULLO QIZI
TURLI TIZIMLI TILLARDAGI MILLIY-MADANIY XUSUSIYATLARNI
IFODALOVCHI FRAZEOLOGIZMLAR VA ULARNING
LINGVOKULTUROLOGIK TAHLILI
10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik
FILOLOGIYA FANLARI BO‘YICHA FALSAFA DOKTORI (PhD)
DISSERTATSIYASI AVTOREFERATI
Аndijon – 2021
4
5
KIRISH (falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi annotatsiyasi)
Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati.
Jahon tilshunosligida
frazemalar masalasi, ularning struktur-semantik tuzilishidagi oʻziga xos milliy-
madaniy xususiyatlari oʻtgan asrning ikkinchi yarmidan boshlab turli tillar
materiallari asosida keng doirada oʻrganib kelinmoqda. Jumladan, XXI asrga kelib
frazema masalasini lingvomadaniyatshunoslik doirasida tadqiq qilish, turli xalqlar
tafakkurida olamning idrok etilishi va tilda aks etishining noyob, oʻziga xos milliy
usullari bilan bogʻliq bir qator oʻrganilmagan muammolarni oʻrganish kun tartibiga
qoʻyilmoqda. Shu oʻrinda, olamning lisoniy manzarasini insonning olam haqidagi
tasavvurlar tizimi sifatida oʻrganish maqsadida tilning oʻziga xos frazeologik
birliklarini turli tizimli tillar misolida chogʻishtirma tadqiq etish masalasi ham
nazariy, ham amаliy jihatdan dolzarb ahamiyatga egadir.
Dunyo tilshunosligida frazeologik birliklarni noyob namunalar sifatida
oʻrganish, qiyosiy-chogʻishtirma, tasnifiy, tavsifiy tadqiqotlar olib borish, shu bilan
birgalikda, ingliz va oʻzbek tillaridagi frazeologizmlarning semantikasidagi
izomorf va allomorf xususiyatlarini aniqlash boʻyicha ilmiy izlanishlarni amalga
oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu sababli har bir tildagi frazeologizmlar
oʻsha xalq yashab turgan muhiti ta’siri hisobiga boyib borishini ochib berish, ingliz
va oʻzbek tillaridagi frazemalarni lingvomadaniy aspektda oʻrganish zaruriyatini
ifodalaydi.
Oʻzbek tilining frazeologik zaxirasi, shubhasiz, milliy madaniyatning
ajralmas qismi, uning “oltin sandigʻi” sanaladi. Uni oʻzbek tiliga qardosh
boʻlmagan tillar bilan chogʻishtirma tadqiqi oʻzbek frazeologiyasi asosida yotgan
boy milliy madaniyatimiz durdonalarini, tilimizning nodir namunalarini jahon ahli
e’tiboriga taqdim etish imkonini beradi. Aynan ana shu maqsadni amalga oshirish
uchun fundamental tadqiqotlar istiqbolini jahon fani yutuqlari darajasida belgilash
lozim boʻladi. Chet tillar ta’limiga e’tibor davlat siyosatining ustuvor
yoʻnalishlaridan biriga aylangan bir davrda “Oʻzbekiston Respublikasini yanada
rivojlantirishning 2017-2021-yillarga moʻljallangan Harakatlar strategiyasida”
ta’lim tizimini takomillashtirish, sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish
alohida ta’kidlangan
1
. Shunday ekan, turli tizimli tillardagi milliy-madaniy
xususiyatlarni ifodalovchi frazeologizmlar va ularning lingvokulturologik tahlili
bo‘yicha qiyosiy aspektda ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish zarurati mavjud.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi PK-2909-son
“Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori,
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-avgustdagi
610-son “Ta’lim muassasalarida chet tillarni oʻqitishning sifatini yanada
takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori, shuningdek, mazkur
faoliyatga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni
amalga oshirishga dissertatsiya muayyan darajada xizmat qiladi.
1
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar
strategiyasi togʻrisida”gi Farmoni / Xalq soʻzi, 2017-yil 8-fevral. – №28.
6
Do'stlaringiz bilan baham: |