Tursunov Javohirbek
6-sinf adabiyotidan savol-javoblar
1.
Odil Yoqubov qayerda tug`ilgan?
Janubiy Qozog‘iston viloyatiga qarashli
Qarnoq qishlog‘ida
2.
Odil Yoqubov Ikkinchi jahon urushi paytida qaysi davlatga
qarshi janglarda ishtirok etgan?
Yaponiya
3.
O.Yoqubov qaysi gazetalarda faoliyat yuritgan?
“Literaturnaya gazeta” , “O‘zbekiston
adabiyoti va san’ati” gazetalarida
4.
O.Yoqubov qaysi tashkilotlarda rahbarlik lavozimida
ishlaydi?
Yozuvchilar uyushmasi va
O‘zbekiston
Atamalar qo‘mitasida
5.
O.Yoqubov qaysi tashkilotning birinchi vitse-preszidenti
lavozimida faoliyat yuritgan?
Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati
assambleyasida
6.
Odil Yoqubovning dastlabki yirik asari qaysi?
“Tengdoshlar” qissasi
7.
O.Yoqubovning “Tengdoshlar” qissasidan so`ng yaratgan
hikoyalar to`plamlari qaysilar?
“Dastlabki qadam”, “Ikki muhabbat”
8.
O.Yoqubovning qissa va hikoyalar to`plami qaysi?
“Tilla uzuk”
9.
O.Yoqubovning pyesalari qaysilar?
“Chin muhabbat”, “Aytsam tilim,
aytmasam
dilim
kuyadi”, “Yurak
yonmog‘i kerak”, “Olma gullaganda”
10. O.Yoqubovning qissalari qaysilar?
“Bir felyeton qissasi”, “Muqaddas”,
“Qanot juft bo‘ladi”, “Izlayman”, “Billur
qandillar”
11. O.Yoqubovning romanlari qaysilar?
“Er boshiga ish tushsa...”, “Ulug‘bek
xazinasi”, “Ko`hna dunyo”, “Diyonat”,
“Oqqushlar, oppoq qushlar”
12. Adibning mustaqillik yillarida yaratgan romani?
“Adolat manzili”
13. Adibning mustaqillik yillarida yaratgan pyesalari?
“Muzaffar Temur”, “Bir koshona sirlari”
14. O.Yoqubov qaysi ordenlar bilan mukofotlangan?
“Do`stlik”, “El-yur hurmati”
15. “Muzqaymoq” hikoyasidagi bosh qahramon necha yoshli
bola edi?
10 yoshli
16. “Muzqaymoq” hikoyasidagi bolaning uyi qayerda joylashgan
edi?
Turkiston shahridagi Lager ko‘chasida
17. Bolaning uylari necha xonali edi?
Ikki
18. 5 xonali uy tasviri qaysi asarda uchraydi?
“Po`latjon yuz tup ko`chat ekmoqchi”
she’rida (A.Muxtor)
19. “Muzqaymoq” hikoyasidagi bolaning otasi kim edi?
Egamberdi Jaqipov (Yoqubov)
20. Uyning boloxonasida nima saqlanar edi?
Pichan
21. Boloxonaning eshigiga ilingan qulfning kattaligi nimaga
qiyoslangan?
Otning kallasiga
22. Odam kallasidek qulf qaysi asarda uchraydi?
“Sariq devni minib” (X.To`xtaboyev)
23. Boloxonaga
yashiringan
kitoblarda
qanday
suratlar
tasvirlangan edi?
Charm palto kiyib, bellariga qilich va
to‘pponcha
taqib
olgan
harbiy,
ba’zilarida esa ot o‘ynatgan, qizil alvon
ko‘tarib dushman sari ot surib
ketayotgan mard-u maydonlar.
24. Egamberdi Jaqipovning uyiga kelgan mehmon bo`lib kelgan
ikki kishi qanday kiyim kiyishgan edi?
Yashil rang galife shim va gimnastyorka
25. Mehmonlar aslida kim edi?
Egamberdi Jaqipovning SAKU da birga
o`qigan do`stlari edi
26. “Muzqaymoq” hikoyasidagi bolaning opasi va pochchasi
qayerda ishlashar edi?
Maktabda