Fano dayridamastulouboli.
Biri qudsiyasarlik orifi Jom,
Ki jomi Jamdursing’on safoli.
Navoiy nazmig’a boqsang emastur
Bu uchning holidin har bayti xoli.
Hamono ko’zgudurkim, aks solmish
Anga uch sho’x mahvashning jamoli.
(MAT, 6-tom, 516-bet)To’gri, bu misol ko’pgina olimlar tomonidan foydalanilgan va sharhlangan. Biz esa unga mavzu taqozosiga ko’ra munosabatda bo’lib, uning haqida qisqacha so’z yuritmoqchimiz. Ma’lumki, g’azal sharq mumtoz she’riyatining eng ko’p qo’llanadigan nav’laridan biri bo’lib, Alisher Navoiyhacha bo’lgan davrda turkiy va forsiy tilli ko’pgina shoirlar bu nav’da ijod qilganlar, devonlar tuzganlar. Alisher Navoiy ularni chuqur o’rganib, tahlil qilib, g’azal sohasidagi eng mashhur uch nafarni – “sohiri hind” – XusravDehlaviy, “rindi Sheroz” – Xoja Hofiz Sheroziy va “orifi Jom-AbdurahmonJomiylarni alohida ta’kidlaydi va qit’aning birinchi baytida shunday yozadi:
G’azalda uch kishi tavridur ul nav’
Kim, andin yaxshi yo’q nazm ehtimoli.
Demak, Alisher Navoiy bu uch daho g’azallari “tavri”ni – uslubini, “andin yaxshi yo’q nazm ehtimoli”, ya’ni “mening tushinishimcha, ulardan yaxshi nazm – she’riyat yo’q”, deb biladi. Alisher Navoiyning bu xulosasi g’azal nav’i-janri xususiyatlari tadrijiytakomulining bu uch daho asarlarida mujassam bo’lganligini chuqur idrok etish hamdir. Buning uchun Alisher Navoiy g’azal taraqqiyoti bosqichlari va xususiyatlarini faqat shoir sifatidagina emas, balki adabiyotshunos sifatida chuqur tahlil va talqin qilgan hamda shoir-adabiyotshunos Alisher Navoiyning aqidasiga ko’ra yuqoridagidayxulosaga kelgan. Bu qit’aning “Favoyid ul-kibar” devoniga kiritilgani e’tiborga olinsa, uning yozilish tarixi ham 90-yillarning ikkinchi yarmiga to’g’ri kelsa kerak, deb o’ylash mumkin. Buni eslatishdan maqsad shuki, 1496-yilda (ya’ni “Favoyid ul-kibar” devoni tuzilayotgan davrlarda) yozilgan “Nasoyim ul-muhabbat”daXusravDehlaviy, Hofiz Sheroziy, AbdurahmonJomiyga bag’ishlangan bo’limlarda bizni qiziqtirayotgan masalaga oid fikrlarning qit’ada bayon etilgan fikrlar bilan hamohangligi diqqatga sazovordir. Jumladan, Alisher Navoiy unda XusravDehlaviyning she’rlari haqida quyidagicha yozadi:
“Anga (XusravDehlaviyga) ishq va muhabbat mashrabidinchoshniyi (halovat) tamom bor emish.
Andoqki, so’zlaridinzohirdurki, bag’oyat vajduholliq (zavqushavqlik) ekandur. Shayx (Nizomiddin
Avliyo – XusravDehlaviyning piri, murshidi) der ekandurki, “qiyomatda har kishi bir nima bila faxr
Etgay. Men bu turkning, ya’ni Xusrav (Dehlaviy)ning ko’ksining kuyuki bila faxr qilg’umdur” (Asarlar. 15 tomlik, 15-tom, 178-bet). Agar e’tibor qilinsa, qit’ada XusravDehlaviy – “sohiri Hind” (Hind Sehrgari) haqida gapirib, “ishq ahlini o’rtar so’zu holi” deyilgan bo’lsa, “Nasoyim ul-muhabbat”daShayx Nizomiddin avliyo tilidan “Xusravning ko’ksining kuyuki bila faxr qilg’umdur”ning keltirilishda umumiylik, xususan ishq-muhabbat bobidagi “kuyib-yonish”ning shoir shaxsiyatida ham, uning ijodi she’riyatida ham uyg’unligi ta’kidlanadi. Bu bejiz emasdek tuyuladi. Chunki Alisher Navoiy ham ishq-muhabbat tasvirida ana shu fazilatni (“so’zu hol” – kuyib-yonish, ko’ksining kuyuki) ardoqlaydi. Bu hol, albatta, boshqa g’azalnavis shoirlarda ham ko’zga tashlanadi. Jumladan, “Nasoyim ul-muhabbat”daShayx Sa’diyni “g’azal tavrig’a… muxtare’dur” deyish bilan bir qatorda” ishqbozlarg’a va dilafro’xtalarg’a (yuragi kuyganlarga) va jongudozlarg’a (jon kuydiruvchilarga) filvoqe’ g’arib haqqe(ajoyib ishni) sobit qilibdur” (Asarlar. 15 tomlik, 15-tom, 172-bet), deb ham uqtiradi. Bas shunday ekan, Alisher Navoiy qit’asida XusravDehlaviy g’azaliyotida ishq-muhabbat tasviri bobidagi “so’zu holi” – kuyish-yonishlariga alohida diqqat qilinishi XusravDehlaviyning bu sohada Shayx Sa’diy an’analarini rivojlantirganiga ishora hamdir, deb tushinmoq mumkin.Navoiyning 560 yillik yubileyi arafasida taniqli adabiyotshunos olim AbduqodirHayitmetov navoiyshunoslar oldiga Navoiy ijodini o’rganish va tadqiq etishning bundan keyingi rivojlanishini ta’minlash maqsadida o’n ikki qismdan iborat bo’lgan metodolik asoslarini qo’yadi va shu asosda izlanishlar olib borishga undaydi. Rahim Vohidov “O’zbek mumtoz adabiyoti tarixi” kitobida shoir ijodi va hayoti bo’yicha tadqiqot olib borayotgan olimlar to’rtta muhim manbaga tayanib izlanish olib borayotganliklarinita’kidlaydiTurkiy adabiyotni jahoniy mavqega ko’targan Alisher Navoiy ijodiy merosini o’rganish turli millat va tilga mansub sharqshunos olimlarning diqqatini ham o’ziga jalb etdi. Navoiyshunoslik fan sifatida shakllana boshladi va uning oldida shoir asarlarini to’plash, Navoiy merosining mukammal bibliografiyasini tuzish, asarlarining nodir nusxalarini aniqlash va ilmiy tekshirish, adib ijodini keng kitobxonlar o’rtasida ommalashtirish hamda undagi dolzarb muammolar yuzasidan ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishdek g’oyatda muhim vazifalar turardi. Shunday qilib, ulug’ shoir tavalludining besh asrlik to’yi soha ravnaqi uchun tub burilish pog’onasi vazifasini o’tadi. XX asrning 40-yillarida ibtido topgan ko’lamdor ilmiy yo’nalishlar 500 yillik umr to’yi tantanalari shaxdam ilgarilayotgan navoiyshunoslikni yanada yangi taraqqiyot pillapoyalariga olib chiqdi. Taniqli adabiyotshunos PorsoShamsiyev tomonidan amalga oshirilgan “Xamsa”ning mukammal nashri, Hamid Sulaymon sa’y-harakati bilan “Xazoyin ul-maoniy” akademik nashri hamda Alisher Navoiy asarlarining o’zbek tilidagi o’n besh tomligining nashr etilishi o’zbek xalqining madaniy hayoti tarixida juda katta ijtimoiy-ma’naviy voqea bo’ldi. Adabiyotshunos olimlardan Yo.Is’hoqovning “Alisher Navoiyning ilk lirikasi(1965)M.Shayxzodaning “Ustodning san’atxonasida” maqolalar turkumi (1965-66), A.Hayitmetovning “Navoiyning ijodiy metodi masalalari” (1963), “Sharq adabiyotining ijodiy metodi tarixidan” (1970), Navoiy adabiy an’analarining davomi va takomili xususida V.Abdullayev, B.Valixo’jayev, H.Yoqubov, A.Qayumov, H.Rasulov, E.Ibrohimova, R.Majidiy singari o’nlab salohiyatli o’zbek olimlarining katta-kichik ijodiga doir turfa ilmiy, ilmiy-ommabop asarlar yaratildi va kichik tadqiqotlari vujudga keldiA.Hayitmetovning “Navoiy lirikasi”1 monografiyasida ulkan San’atkorning boy lirik merosi batafsil tahlil qilinadi. Shoir lirikasining asosiy Janrlari, uning g’oyaviy-tematik asoslari, asosiy obrazlari maxsus boblarda izchil Tekshirildi. Navoiy lirik she’rlarining sharqona lirik an`analarga munosabati Ustida muhim fikrlar bayon qilindi.Oldimizda turgan eng muhim vazifa navoiyshunoslikni metodolgikJihatdan mustahkam asosda qurish va mukammallashtirish, shu yo’nalishda Uning bundan keyingi rivojlanishini ta’minlashdir. Bu o’rinda taniqli olim A.Hayitmetov shunday mulohazalarni ilgari suradi: “Navoiy ijodini O’rganishdagi muhim masalalardan biri- shoir asarlarini davrlarga bo’lib tadqiq Etish. Navoiy o’zi ham o’z she’riy merosini bolalik, yigitlik, o’rta yosh va, Nihoyat, keksalik davriga bo’lishga harakat qilgani bejiz emas. Lekin uning bu Rejasi ba’zi sabablar bilan amalga oshmay qolgan. Bizga shoirning bir qancha Asarlarini qaysi vaqtda yozgani ma’lum. Katta qiyinchilik uning lirik she’riyMerosi bilan bog’liq. Shoirning rasmiy devonlarida uning turli davrlarda Yaratgan she’rlari o’zaro aralishib ketgan. Yaqin o’tmishda bu masalalarga Oydinlik kiritishga harakat qilingan. Ammo bu muammo to’la hal qilingan Deyish qiyin. Mavjud davriy jadvallar shartli ma’nodadir. Xususan, shoirning Bolalik va yigitlik davridagi sh’erlari, forsiy tilda yozgan she’rlari davriysistemaga solinmagan. Bu sohada prof. H.Sulaymonov boshlagan ishlarni Davom ettirish zarur” .
.
Do'stlaringiz bilan baham: |