Tabiiy materiallar tarbiyachi rahbarligida ekskursiyalarda to‘planadi. Ekskursiya uyushtirishdan oldin bolalarga bo‘lajak ish namunasi ko‘rsatiladi. Bolalar uni diqqat bilan ko‘rib, unda ishlatilgan barg plastinkalarining shaklini, daraxt navlarini aniqlaydilar. Shundan so‘ng uyushtiriladigan ekskursiya rejasi tuziladi. Ekskursiya marshrutida alohida e’tibor beriladigan obyektlar (eman, zarang, akatsiya daraxtlari, hasharotlar) Bolalarning e’tiborlari va faoliyatlarini kuzatilayotgan оbyektning zarur bo‘lgan asosiy muhim belgilari va xususiyatlarini ajratishga, to‘planayotgan materialni to‘g‘ri baholashga yo‘llaydigan savollar tuziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |