Faoliyat joyiga kura:
1. Maxalliy (ichki) turoperatorlar. Ular uzi yashayotgan mamlakat chegaralari doirasida yunalishlar bilan turpaketlar tuzadilar.
2. Chikish turoperatorlari turpaketlarni xorijiy davlatlarga yunaltiradilar.
3. Kabul kiluvchi turoperatorla. Ular borildigan mamlakatda joylashgan buladi va keladigan turistlarga xizmat kursatishadi.
Bundan tashkari, turoperatorlarni outgoing va incoming tuoperatorlarga bulish xam kabul kilingan.
Outgoing turoperatorlar – bular turistlarni kabul kiluvchi (incoming) operatorlar yoki tugridan-tugri turistik korxonalar bilan shartnoma asosida xorijga yoki boshka regionlarga junatadigan operatorlardir. Ularning fakat boshkalarning turlarini sotish bilan shugullanadigan turagentlardan farkli tomoni ular BTT me’yorlari buyicha kamida uchta xizmatlardan (joylashtirish, turistlar transportirovkasi va yukoridagi ikkitasidan boshka istalgan boshka xizmat turi) tashkil topadigan turmaxsulot komplektatsiyasi bilan shugullanishadi. Klassik outgoing turoperator turli joylardagi maxalliy turoperatorlar xizmatlaridan foydalanib, murakkab yunalishli turlar shakllantiradi, sayoxat boshlanadigan joyga borishni va u erdan kaytib kelishni ta’minlaydi va yunalish ichida transport xizmati kursatilishini tashkil etadi.
Incoming turoperatorlar –kabul kilish joyida turlar va xizmat kursatish dasturlarini tashkil kiladigan kabul kiluvchi va xizmatlar etkazib beruvchilar bilan tugridan-tugri shartnomalar asosida xizmat kursatadigan turoperatorlardir. Bu sof turizm faoliyati kurinishidir.
Birok kabul kilishda turizm faoliyati mamlakatimizda unchalik faol rivojlanishiga ega emas. Xizmat kursatish darajasi buyicha xalkar standartlardan bir necha parametrlar buyicha orkada kolmokda. Bu eng avvalo xizmat kursatish dasturlarining zaif darajalanganligi, taklif etiladigan xizmatlarning etarli emasligi, shuningdek kursatiladigan xizmatlar sifati darajasining xalkaro darajalaridan pastligidir.
Uzbekistonda aynan outgoing turoperatorning boshkalarga nisbatan ilgarilab ketishiga ta’sir kiluvchi axamiyatli omillar: 1991-92 yillarda xorijiy safarlarga yukori talabning yuzaga kelishi; xorijiy turistlar tomonidan Uzbekistonga sayoxat kilishga talabning kamayishi (servis va infrastruktura muammolari sababli); davlat tomonidan xalkaro turizm bozorida uzbek turmaxsulotlari xarakatini moddiy kullab-kuvvatlash yukligi, shuningdek turmaxsulotlar xarakatini moliyalashtirishga kodir yirik turistik tashkilotlarning mavjud emasligidir.
Bunga yana shuni kushish kerakki, outgoing turoperatorlarning tiklanishi va tez rivojlanishi imkoniyati ma’lum darajada yillar davomida garb turoperatorlari tomonidan kayta ishlangan sxemalar asosida paydo buldi. Va yana mamlakatimiz turistlarining ularga dam olish va sayoxatga borishlaridan manfaatdor kullab-kuvvatlashlari natijasi xamdir. Chikish va kirish turizmini rivojlantirish yuli bilan iktisodiyotimizni kutarishga yordam berish – bizning turistik firmalarimiz va tadbirkorlarimizning vazifasidir. Bunga esa zamonaviy professional bilimlar va uz xarakatlarimiz tufayligina erishishimiz mumkin. Shuning uchun maxsus turmaxsulotning asosiy ishlab chikaruvchisi sifatida aynan incoming turoperatorlik firmasi ishining muammo va masalalarini urganish dolzarb xisoblanadi.
Real turizm tadbirkorligida kupincha turizm bozori uchun xarakterli bulgan vazifalarning aralashuvi uchrab turadi. Turistik firma uzinig ba’zi maxsulotlariga nisbatan xam incoming, xam outgoing turoperator, ba’zi xollarda esa boshka turoperator tomonidan shakllantirilgan tayyor turlarni sotish buyicha turagent sifatida xam kelishi mumkin.
Amaliyotda kup firmalarda outgoing va incoming turoperator vazifalari birga olib boriladi. Masalan, AO «Uzintur» bir vaktning uzida maxalliy turistlarni xorijga yuborish buyicha va Uzbekistonga xorijiy turistlarni kabul kilish buyicha operator sifatida faoliyat yuritadi. «Planeta-Tur» kompaniyasi esa (Sharkiy-Osiyo regioni buyicha turoperator), uzini turoperator deb sanab, kabul kilish buyicha xorijiy turoperatorlar bilan shartnomalar buyicha Tailand, Malayziya kabi davlatlarga turlar tashkil kilib, unga kator boshka xizmatlarni kushishi bilan sof outgoing turoperator vazifasini bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |