Turoperatorlik faoliyati


-BOB. TURIZM XIZMAT BOZORIDA TUROPERATORLIK FAOLIYATINING ASOSIY FUNKSIYALARI



Download 0,75 Mb.
bet13/171
Sana27.09.2021
Hajmi0,75 Mb.
#187136
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   171
Bog'liq
turoperat oquv qollanma (1)

2-BOB. TURIZM XIZMAT BOZORIDA TUROPERATORLIK FAOLIYATINING ASOSIY FUNKSIYALARI

2.1.Turoperatorning asosiy funksiyalari.

2.2.Qabul qilish bo‘yicha turoperatorning asosiy funksiyalari.
2.1.Turoperatorning asosiy funksiyalari.

Turoperator firmada asosiy funksiyalar va ularni ketma – ket bajarilishi o‘z yurtdoshlarini xorijga safarini tashkil qilishda namoyon bo‘ladi. Belgilangan funksiyaga muvofiq turistlarning xorijga safarini tashkil etish texnologiyasi bosqichma-bosqich qo‘llanadi. Ana shu bosqichlarni tavsiflaymiz:



1.Turistik safarni umumiy rejalashtirish, yo‘nalishni tanlash (tashrif buyuriladigan mamlakat), turizm turlari, turizmning sonli hajmi, safar davomiyligi va taxminiy sanasi, narx darajasiga yaqinroq xizmatlar to‘plami va klassikligi. Bu ko‘rsatkichlar bozor konyuturasi, maqsadli bozor potensialini baholash va turistik talablarni sigmentlash tahlili asosida aniqlanadi. Bunda yana turoperatorning moliyaviy, moddiy-texnik, odamlar va ma’muriy resurslari hisobga olinishi kerak.

2.Tegishli mamlakat (mamlakatlar)da mahalliy turoperatorlar bilan ular orqali turistlarga xizmat ko‘rsatish va qabulni tashkil qilish bo‘yicha hamkorlik o‘rnatish. Ular bilan qabul va xizmat ko‘rsatish aniq shartlari kelishib olinadi:



  • qabul qilinadigan turistlarning umumiy soni, guruhlar soni va ularning son jihatdan tarkibi;

  • guruh jo‘nab ketish va etib kelish sanasi;

  • marshrutlar va dasturlar (turistlarning sayohat kunlari bo‘yicha);

  • ko‘rsatiladigan xizmatlar paketi (joylashtirish, ovqatlanish, uchrashuv va kuzatuv, ekskursiya va boshq.), ularning miqdori va sifatiy xarakteristikasi;

  • xizmat paketi bahosi;

  • xorijiy tomon majburiyatlari, viza olishga yordamlashish, hisob- kitob shartlari, safarni bronlash va bekor qilish, sotilgan xizmatlarni bekamiko‘st bajarilishiga javobgarlik, reklamatsiya tartibi va boshqa mavjud shartlar.

3.Xorijiy mamlakatda turistlarga xizmat ko‘rsatish shartlarini kelishib olish bilan birga turoperator milliy yoki xorijiy tashuvchilar bilan guruhlarni yoki individual turistlarni xalqaro tashish uchun zarur o‘rinlar bronlashtiradi.

4.Shunday tarzda shakllangan turmahsulot (mahsulotlar)ni turoperator barcha vositalar imkoniyati bilan chiqish turizmning milliy bozoriga chiqarish choralarini ko‘radi. Shu maqsadda o‘z moliyaviy imkoniyatlaridan kelib chiqib, u imkoni bo‘lgan potensial xaridorlar barcha kommunikatsiya vositalaridan foydalaniladi. Ommaviy axborot vositalarida reklama sotilishni rag‘batlanitirish, jamoatchilik bilan aloqa, bevosita marketing, taklif qilinayotgan turmahsulotga potensial xaridor chorlashda reklama ta’sirchanligiga erishish muhim.

5. Bir vaqtning o‘zida turoperator o‘z turlarini vatandosh turistlarga sotish tizimini yaratish chora-tadbirlarini ko‘rishi kerak. Sotish hududi masshtabi va bozor talabini sigmentlashga bog‘liq holda ko‘p yoki kam sonda xususiy va tobe bo‘lmagan chakana turagentliklaridan foydalaniladi. Turoperator vazifasi – o‘z sotish tarmog‘i ishini faol ishlashga rag‘batlantirish, sharoit yaratish va o‘z turlarining sotilishi ustidan doimiy nazoratni ushlab turish.

Turistik safarlarni tashkil qilishning yakuniy bosqichi turistlar bilan ishlash. U quyidagilardan iborat:

1) Xaridorlarga taklif qilinadigan safar chog‘ida taqdim etilgan turlar haqida to‘liq axborotlar, xorijga sayohatni turistik tashkil qilish shartlari va turfirmaning o‘zi haqida ma’lumotlar. Bu axborotlar xaridorga u aniq turni sotib olishga qaror qilgunicha taqdim etiladi. Bunday axborotlar oddiy ommaviy axborot kanallari yoki xaridorlarga turlarni sotuvchi turfirma xodimlari orqali yozma yoki og‘zaki tarzda etkaziladi;

2) Xaridordan aniq turga buyurtma olingach, sotishni tasdiqlash undan turhujjatlarni rasmiylashtirish uchun to‘lov olinadi. Ko‘p hollarda bu funksiyani turagent bajaradi u turoperator bilan turlarning chakana sotilishi bilan shug‘ullanishga kelishib olgan bo‘ladi. Turist qo‘liga har ikki tomon imzolagan turning oldi-sotdi shartnomasi bir nusxasini, tur-1 shaklidagi yo‘llanmani, dasturlar, marshrut varaqasi (ichki turizm uchun), xalqaro uchastka safar uchun transport xujjatlarini, qabul qiluvchi firma uchun vaucher, sug‘urta shartnomasi va sug‘urta polisi, tanlangan mamlakatga sayohat xususiyatlari haqidagi eslatmani oladi. Turoperator turistning xorijga chiqish vizasi bilan bog‘liq masalalarni xorijiy konsullik bilan hal etish, rasmiylashtirishni zimmasiga oladi.

3) Turistga sotilgan xizmatlarni turist xorijga jo‘nab ketgan payt (moment)dan boshlab kam-ko‘stsiz bajarilish uchun nazorat o‘rnatadi. Bu maqsadda turoperator turistlar berayotgan mamlakatdagi o‘zining vaqtinchalik vakilidan foydalanishi mumkin. Uning vazifasiga turistlar tomonidan sotib olingan xizmatlarni o‘z vaqtida kamchiliksiz bajarilishi, xorij tomonidan yo‘l qo‘yilgan nuqsonlarni tezda bartaraf etishni ta’minlash kiradi. Ko‘zda tutilmagan vaziyatlar vujudga kelsa turistga yordam ko‘rsatadi. Xuddi shunday funksiyani turistlar guruhini xorijga turmarkazlarga kuzatib boradigan, u erda mavsumiy vakillari bo‘lmagan turfirmalar xodimlari ham bajaradi. Mavsumiy vakillar va kuzatuvchi guruh qabul qiluvchi tomondan turistik xizmat ko‘rsatilishida ruy beradigan qoida buzilishlari haqida firmalari rahbarlariga xabar qilishadi, bu ishga doir muzokaralar chog‘ida prinsipial baholanadi.

4) reklamatsiya ishlari, bundan ko‘zda tutilgan maqsadga erishishda yo‘l qo‘yilgan kamchilik yuzasidan turistlarning da’volari va shikoyatlarni tartibga solish. Milliy turoperator vazifasi shundan iboratki, shikoyatlarni nisbatan oddiy yo‘llar bilan ko‘rib chiqadi, zarur bo‘lganda turistga etkazilgan moddiy zararni undirib beradi.



Turoperator vazifalariga quyidagilar kiradi:

1.Potensial turistlarning turlar va turistik dasturlarga bo‘lgan talablarini o‘rganish.

2.Prespektiv xizmat ko‘rsatish dasturlari, turlarni tuzish va ularning turistlar talablariga mos kelishini aniqlash maqsadida bozorda aprobatsiyadan o‘tkazish.

3.Turlarga shartnoma asosida xizmatlar etkazib beruvchilar bilan quyidagicha hamkorlik qilish:



  • mehmonxonalardan turistlarga yashash uchun joy berishda;

  • ovqatlantirish korxonalari bilan turistlarga ovqatlantirish xizmatini ko‘rsatishda;

  • transport korxonasi, firmasi va kompaniyalari bilan - turistlarga

  • transport xizmatini ko‘rsatishda;

  • ekskursion firmalar, muzeylar, ko‘rgazmalar zallari, parklar va boshqa joylarda turistlarga ekskursion xizmatlarni ko‘rsatishda;

  • turli maishiy xizmatlar ko‘rsatuvchi firmalar bilan turistlarga tegishli xizmatlarni ko‘rsatishlarida;

  • sport inshootlari ma’muriyati bilan turistlarning sport inshootlaridan foydalana olishlarida;

  • shou, kino, video, teatr korxonalari menejerlari bilan turistlarning u erlarga borishlarida;

  • qo‘riqxonalar, bog‘-xiyobonlar, ov va baliqchilik xo‘jaliklari direksiyasi bilan u joylarda turistlar dam olishini va ularga xizmat ko‘rsatilishini ta’minlashda.

4.Tur, transtur qiymatini hisoblash va bozor holatini hisobga olgan holda narxlarni aniqlash. Turli tarkib klassi bo‘yicha, turlar komplektatsiyasi bo‘yicha o‘z xizmatlariga narx va tariflarni belgilash.

5.Tur yo‘nalishi bo‘yicha sayohat qilayotgan turistlarni barcha zarur reklama-suvenir xarakteridagi materiallar, maxsus anjom va inventarlar bilan ta’minlash.

6.Yo‘nalishda turistlar bilan aloqada bo‘ladigan vazifalarni bajaradigan kadrlarni tanlash, tayyorlash va belgilash, xizmat ko‘rsatish dasturlarining bajarilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish (gid-ekskursovodlar, instruktorlar, animatorlar, metodistlar va boshqalarni).

7.Iste’molchilarga o‘z turistik mahsulotini etkazish uchun reklama-informatsion faoliyat.

8.Turagentlik tizimi orqali iste’molchilarga turlarni etkazish va sotish.

9.Xizmat ko‘rsatishning sifati va ishonchliligini nazorat qilish.

10.Xizmat ko‘rsatish jarayonida turistlar bilan doimiy tezkor aloqa, paydo bo‘ladigan muammolarni hal qilish.

Turoperator turizm bozorida xizmatlar ishlab chiqaruvchilar va ulaming iste’molchilari (turistlar) orasidagi pozitsiyani egallaydi. Uning vazifasi alohida ishlab chiqaruvchilar xizmatlarini, ham asosiy xizmatlar, ham qo‘shimcha xizmatlar sifatidagi turmahsulotni kompleks ko‘rinishida iste’molchilarga etkazib berishdan iboratdir.



Download 0,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish