Ko‘rgazmalilik metodlari. Ta’lim sifati va samaradorligini ta’minlashda ko‘rgazmali metodlar ham alohida ahamiyatga ega.
Inson miyasining 30 foiz hajmini ko‘rishni, faqat 3 foizigina eshitishni ta’minlovchi neyronlar tashkil yetadi.
-44-
Pedagogik-psixologik yo‘nalishda olib borilgan tadqiqotlar natijalaridan ma’lum bo‘ladiki, shaxs tomonidan o‘zlashtirilayotgan bilimlarning 85 foizi ko‘rish retseptorlari yordamida o‘zlashtiriladi. Demak, o‘zbek xalqi tomonidan ko‘p bora qo‘llaniladigan «Yuz marta eshitgandan bir marta ko‘rgan yaxshi» maqoli ilmiy asosga ega ekan. Bu guruh metodlar harakatga o‘rgatish jarayonida keng qo‘llaniladi Ularning aniq vazifasi bolalarni o‘rganilayotgan harakatlar va ularni amalga oshirish yo‘llari haqida tavavvurlarga ega qilishdan iboratdir. Shu sababli harakat faoliyatini ko‘rish, eshitish hamda harakat analizatorlari orqali qabul qilish harakatga o‘rgatish jarayonini samarali va qiziqarli kechishini ta’minlaydi. Jismoniy tarbiyada quyidagi ko‘rgazmalilik metodlari qo‘llaniladi:
Bevosita ko‘rgazmalilik- mashqlarning o‘qituvchi-murabbiy tomonidan bevosita ko‘rsatilishi. Shug‘ul-lanuvchilarda mashq texnikasi haqida to‘g‘ri, aniq tasavvur hosil qilishga mo‘ljallangan bo‘lib, ko‘pincha yosh bolalarda murabbiyga taqlid asosida amalga oshiriladi. Ko‘r-ko‘rona, mexanik taqlid amalga oshirilmasligi uchun, ushbu metod og‘zaki bayon metodlari bilan uyg‘unlikda amalga oshiriladi.
Namoyish metodi sxema, grafik, foto, videomateriallarni namoyish qilish orqali ma’lum vazifalarni hal etish. O‘rganilayotgan harakat haqidagitasavvurlarni chuqurlashtirish, kengaytirishga mo‘ljallangan bo‘lib, o‘qituvchi-murabbiy namoyish etilayotgan harakatni sekinlashtirish, to‘xtatish, ko‘p martalab takrorlash va kerakli o‘rinda sharhlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.
O‘rganilayotgan harakat faoliyatini his etishga
yo‘naltirilgan metodlar. Harakatlanayotgan mushaklar, bo‘g‘inlar hamda tana qismlaridan kelayotgan signallarni his etish va shu asosda mashqlarni bajarishni boshqarishga mo‘ljallangan
“Tezkor ma’lumot” metodlari. Bajarilayotgan harakat faoliyati va mashqlar holatini tezkor tahlil qilish va shu asosda bajarilishi lozim bo‘lgan topshiriq ko‘rsatkichlari( temp, ritm, tezlik, amplituda)ni saqlash yoki korreksiyalash imkoniyatini beradi. Bunda o‘qitishning maxsus texnik vositalari, axborot texnologiyalari, turli elektron trenajorlardan foydalanish muhim a hamiyat kasb yetadi. Umuman olganda, jismoniy tarbiya metodlarini kompleks, o‘zaro uyg‘unlikda qo‘llash o‘qituvchi-murabbiy tomonidan mashg‘ulotlarning samarali kechishi hamda turli harakat faoliyatini mo‘ljallangan rejaga asosan tashkil etish imkoniyatini beradi. Jismoniy tarbiyada qo‘llaniladigan xususiy hamda umumpedagogik metodlar o‘zaro aloqadorlikda shug‘ullanuvchilarning ruhiy-jismoniy sifatlarini takomillashtirish bilan bir qatorda axloqiy-ma’naviy tarbiyasini ham amalga oshirishga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |