TURON REPETITORLIK MARKAZI
8-SINF “O’ZBEKISTON TARIXI”
7
59. Ogahiyning quyidagi asarlarini Xorazm
tarixining nechanchi yillar tarixini aks ettirishi
bilan moslang.
1) “Zubdat ut-tavorix”; 2) “Riyoz ud-davla”;
3) “Jome ul-voqeati sultoniy”
a) 1825-1842-yillar; b) 1846-1855-yillar;
c) 1843-1846-yillar
A) 1-a, 2-c, 3-b B) 1-c, 2-b, 3-a
C) 1-c, 2-a, 3-b D) 1-b, 2-a, 3-c
60. Quyidagi asarlarni mualliflari bilan
moslang.
1) “Xorazmning sug‟orilish tarixi”;
2) “O‟zbekiston tarixi”; 3) “Xorazmning
qadimgi davrdan hozirgi kungacha bo‟lgan
tarixi”; 4) “Xiva xonligida feodal yer egaligi va
davlat tuzilishi”
a) I. Mo‟minov; b) Y. G‟ulomov;
c) M. Yo‟ldoshev; d) D. Alimova
A) 1-c, 2-a, 3-d, 4-b B) 1-c, 2-d, 3-a, 4-b
C) 1-b, 2-d, 3-c, 4-a D) 1-b, 2-d, 3-a, 4-c
61. Quyidagi qaysi sulola o‟z hokimiyatining
qonuniyligini e‟tirof etilishi uchun sulolaning
nomini Bobur Mirzodan boshlanishi haqidagi
“Oltin beshik” rivoyatidan foydalangan?
A) qo‟ng‟irotlar B) mang‟itlar
C) minglar D) ashtarxoniylar
62. Quyidagi yillarda bo‟lgan voqealarni
aniqlang.
1) 1563-yil; 2) 1581-yil; 3) 1569-yil; 4) 1598-yil
a) Rossiya-Usmonli davlati o‟rtasida urush
boshlandi; b) Rossiya Sibir xonligiga qarshi
Yermak boshchiligida qo‟shin yubordi;
c) Rossiya va Sibir xonligi o‟rtasidagi hal
qiluvchi jangda rus qo‟shini g‟alaba qozondi;
d) Abdullaxon II ning harbiy yordami bilan
shayboniy Ko‟chimxon Sibir xonligi taxtini
egalladi
A) 1-b, 2-d, 3-a, 4-c B) 1-c, 2-d, 3-a, 4-b
C) 1-a, 2-b, 3-d, 4-c D) 1-d, 2-b, 3-a, 4-c
63. “Sharafnomayi shohiy” asarining muallifini
aniqlang.
A) Muhammad Haydar
B) Fazlulloh ibn Ro‟zbexon
C) Hofiz Tanish al-Buxoriy
D) Hofiz Toshkandiy
64. Quyidagilar orasidan Buxoroda joylashgan
madrasalarni aniqlang.
1) Shayboniyxon madrasasi; 2) Abdullaxon
madrasasi; 3) Ko‟kaldosh madrasasi;
4) Qo‟lbobo Ko‟kaldosh madrasasi;
5) Mir Arab madrasasi; 6) Baroqxon
madrasasi; 7) Mingoyim madrasasi; 8) Ernazar
elchi madrasasi
A) 1, 2, 3, 5, 7, 8 B) 2, 4, 5, 7
C) 1, 3, 4, 6, 7 D) 2, 3, 4, 8
65. Quyidagilar orasidan Amir Shohmurod
faoliyatiga bog‟liq bo‟lmagan javobni aniqlang.
A) hunarmandlardan pul yig‟ish, ularni
majburiy mehnatga jalb etish taqiqlandi
B) asosiy soliq – xiroj bekor qilindi
C) Buxoro aholisiga Tarxon yorlig‟i yozib
berildi
D) muhtasib va harbiy sud mansablarining
nufuzini yanada oshirdi
66. O‟ratepani qo‟lda saqlab qolish uchun
Qo‟qon xonligiga qarshi harbiy harakatlar olib
borgan Buxoro amiri faoliyati bilan bog‟liq
ma‟lumotni aniqlang.
A) uning huzurida tez-tez diniy va ilmiy
munozaralar o‟tkazilib turilgan
B) urush kelib chiqqanida qo‟shinning xarajati
uchun jul deb ataluvchi yangi soliq joriy etdi
C) 1842-yilda Qo‟qon xonligini bosib oldi
D) u qo‟shinni mustahkamlashga, unga tayanib
ish ko‟rishga harakat qildi
67. Buxoro amirligida mavjud bo‟lgan quyidagi
harbiy mansablardan qaysi biri o‟sha davr
Rossiya harbiy unvonlariga taqqoslaganda polk
sardori mavqeyiga teng edi?
A) pansodboshi B) to‟pchiboshi
C) dodxoh D) to‟qsoba
Do'stlaringiz bilan baham: |