Ilk qadam
BAHOR!
Bugun daraxtlarda o‘zgacha titroq.
Hayajon bosadi mudroq ko‘zini.
Asta bosh ko‘tarar har bitta yaproq.
Maysalar tutadi zamin yuzini.
Erta sahar esgan tongning sabosi.
Kulib yuzim silar, erkalab mayin.
Toshqin soyda oqqan suvning navosi.
Aslo, muz etaolmas endi izg‘irin.
Sekin qish o‘rnini oladi bahor.
Yorug‘ olam uzra ochar gullarin.
Ko‘ngillar zavqlanib atrofga boqar.
Quyosh ham o‘zgacha sochar nurlarin.
Ko‘zini ochadi nozik kurtaklar.
Bahor sabosiga sassiz tebranar.
Sevgidan mast bo‘lar oshiq yuraklar.
Bahor nafasidan yonib zavq olar.
Yomg‘ir ham bahorga aytib madhiya.
Go‘yoki samodan baraka yog‘ar.
Turnalar qo‘shig‘i biz uchun hadya.
Kelinchak Navro‘zim, muborak kelar!
Maydalab yog‘ilgan, yomg‘ir yakuni.
Kamalak bo‘yanmish osmonning qoshi.
Sharshara-tog‘larning yoyilgan sochin.
Taroqlab oladi jilg‘alar shoshib.
36
Do'stlaringiz bilan baham: |