D I Q Q A T ! - Asosiy hikoyachi Baxshilla maxsum. U o‘z hayotida ko‘rgan-kechirganlarini, kattalardan eshitgan rivoyatlarni nabirasiga yo‘l davomida nihoyatda qiziqarli tarzda aytib boradi.
- O‘qishidan ta’tilga chiqqan Toshtemir buvasi Baxshilla maxsumdan Turbat qishlog‘iga olib borishni iltimos qilishi bilan boshlangan bu qissa o‘nlab hikoya, afsona, rivoyat va ertaklarni o‘z ichiga oladi.
“DO`NAN” hikoyasi Hikoya qahramonlari
Eslab qoling!
- Bola Baxshilla
- Oyisi
- Dadasi
- Akasi
- Fayzi dasturxonchi
- Do`nan
BILIB OLING!
DO`NON
4 YOSHLI OT
QULUN
|
TOY
|
G`O`NON
|
Yangi tugʻilgan toychoq
|
2 yoshli ot
|
3 yoshli ot
| BILASIZMI? - Hozirgi zamondagi ot zotlari boʻyi 2,5 m gacha, balandligi 50 sm dan 185 sm gacha, vazni 60 kg dan 1500 kg gacha boradi.
- Sutidan qimiz tayyorlanadi.
- Dunyodagi barcha mamlakatlarda 250 dan ziyod ot zotlari mavjud.
Baxshilla maxsum: Yoshligimda mening bir chiroyli, kelishgan do‘nanim bo‘lardi. Onasining qornidan tushiboq, dingillab menga qaragan, bo‘ynini bo‘ynimga solgan, ingichka-ingichka oyoqlari titrab turardi. Oyoqlarining to‘pig‘ida olasi bor edi, peshanasida qashqasi. Ko‘zlari katta-katta, kiyiknikiga o‘xshagan chiroyli.
Do`nancha
Buvam bu seniki, dedilar, katta bo‘lganida ham men boqdim, mendan boshqadan yem yemasdi, suvga ham meni undardi, birga borardik o‘rta ariqqa, o‘rta ariqdan suv ichmay turib olardi, Toshloqqa borardik, Toshloqdan ichardi, erinmasdan cho‘miltirardim, uzoq yuvardim.
Faqat men minardim uni. Juda yugurik chiqdi, chavandozlar ko‘zmunchoq taqib qo‘y, deyishdi, ko‘zmunchoq taqib qo‘ydim, ko‘z tegmasin deb. Ko‘pkarlarda minardim, aralashmasdim-u, uzoq-uzoqlarda ko‘pkarchilar orqasidan chopardim. U shu qadar quvonib yurardiki, boshini qo‘yib yuborsam yetib olishi hech gap emasdi. - Faqat men minardim uni. Juda yugurik chiqdi, chavandozlar ko‘zmunchoq taqib qo‘y, deyishdi, ko‘zmunchoq taqib qo‘ydim, ko‘z tegmasin deb. Ko‘pkarlarda minardim, aralashmasdim-u, uzoq-uzoqlarda ko‘pkarchilar orqasidan chopardim. U shu qadar quvonib yurardiki, boshini qo‘yib yuborsam yetib olishi hech gap emasdi.
Axir u, otmas, odam edi. Xuddi odamlar singari yurardi yo‘lda ham. Hech o‘rtadan yurmasdi, nuqul o‘ngdan yurardi odamlarga o‘xshab, hatto uyga o‘zi kirib kelardi, jilovini qo‘yib yuborganda ham. Ovqatni ham tanlab yerdi, har narsani yem deb yeyavermasdi. Suvni ham tanlab ichardi, faqat buloq suvini ichardi. Yurganda yurganini bilmasding, chopganda chopganini...
Ertalab barvaqt turib qarasam, do‘nan yo‘q, yugurib oyimning oldiga kirdim, oyim boshimni silab, «xafa bo‘lma, bolam, odatimiz o‘lsin, shunaqa, qaysi befarq u yerga bog‘lagan ekan, yo o‘zing bog‘labmiding?» dedilar. - Ertalab barvaqt turib qarasam, do‘nan yo‘q, yugurib oyimning oldiga kirdim, oyim boshimni silab, «xafa bo‘lma, bolam, odatimiz o‘lsin, shunaqa, qaysi befarq u yerga bog‘lagan ekan, yo o‘zing bog‘labmiding?» dedilar.
O`YLAB KO`RING! - «Do‘nan» asarida Sizga eng kuchli ta’sir qilgan epizod qaysi bo‘ldi?
- Odam va otning bir-biriga bu qadar mehr qo‘yishining bosh sababi nimada deb bildingiz?
- «Shang‘illab butun hovlini boshiga ko‘taradigan» Fayzi dasturxonchi, Sizning nazaringizda, qanday odam?
- Bolaning otasi mehmondan otni qaytarib olib kelmaganini qanday baholaysiz?
E’TIBORINGIZDAN XURSANDMIZ!
Do'stlaringiz bilan baham: |