Turli XIL yordamchi moddalarning miqdorini dori vositalarining biosamaradorligiga ta



Download 290,48 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana01.06.2022
Hajmi290,48 Kb.
#628357
  1   2
Bog'liq
1-laboratoriya mashg'uloti.



1-LABORATORIYA MASHG‘ULOTI 
TURLI XIL YORDAMCHI MODDALARNING 
MIQDORINI DORI VOSITALARINING 
BIOSAMARADORLIGIGA TA’SIRI 
Yordamchi moddalar tabiiy, sintetik va yarim sintetik bo„lishi mumkin. Dori 
shakllarini tayyorlashda ular turli funksiyalarni bajarishi mumkin: erituvchilarni, 
solyubilizatorlarni, 
stabilizatorlarni, 
asoslarni, 
PAV, 
quyuultiruvchilarni, 
emulgatorlarni, konservatlarni, korrigentlarni, bo„yovchilarni va boshqalar. Bu 
quyidagi moddalardir: kraxmal, glyukoza, tozalangan suv, etil spirti, vazilin, kakao 
moyi, talk, bentonitlar, aerosillar, parafin, bug„doy uni, polietilen oksidlari
sellyulozani turli hossalari va boshqalar. Farmatsiyani ko„p asrli tarixida yordamchi 
moddalar farmokologik va kimyoviy jihatdan shakl beruvchi indiffirent modda 
sifatida ko„rsatilgan. Ularni dorivor moddaga ishlatish, tashish va saqlash uchun 
qulay ma‟lum shakl berish maqsadida qo„shilgan. Dorivor preparatlarni ishlab 
chiqarishda oson topiladigan va arzon moddalar ishlatilgan. Bunda yordamchi 
moddani tabiatiga va sonini dorivor moddani biologik faolligiga ta‟siri hisobga 
olinmagan. Shu bilan birga hech qaysi farmokologik faktor dorivor preparat 
xususiyatiga yordamchi modda kabi shuningdek sezilarli va murakkab ta‟sir 
etmaydi. Biofarmatsiya birinchi bo„lib yordamchi moddalarni ishlatilishini ilmiy 
asoslab berdi. Yordamchi moddalarni o„rganish shu darajada ahamiyatli edi-ki, bir 
qator olimlar biofarmatsiyani yordamchi moddani dorivor moddani terapivtik 
effektiga ta‟sirini o„rganuvchi fan sifatida tanishtirdilar. Biofarmatsevtik 
tadqiqodlarga asosan, yordamchi moddalar texnologik jihatdan ishlatiluvchi 
indifferent massa emasligi ko„rsatilgan. Ular ma‟lum fizik-kimyoviy xususiyatlarga 
ega bo„lib, substansiya tabiatiga bog„liq holda, turli sabablar ta‟sirida kompleks 
hosil bo„lishi va adsordsiya, molekulyar reatsiyalar va boshqalar dorivor modda 
ta‟sir etish xarakterini kuchaytirish, susaytirishi mukin, natijada dorivor preparatni 
so„rilishini to„liqligi va tezligi keskin o„zgarishiga olib kelishi mumkin. Dorivor va 
yordamchi moddalarni o„zaro ta‟siri ularni tayyorlashda va shuningdek saqlash 
jarayonida sodir bo„lishi mumkin. Demak yordamchi moddalarni bilogik 
kirishuvchanligiga ta‟sir etish mexanizmi turlicha bo„lishi mumkin. Biologik 
faollikni o„zgarishining asosiy sababi - “dorivor modda - yordamchi modda” 
sistemasida ingredentlar orsidagi kimyoviy ta‟sir natijasida, polimerlar kompleksi, 
VMS makromalekulalari, xomosorbsillar va boshqalar hosil bo„lishi mumkin. 
Hosil bo„lgan birikmalar mustahkam yoki yengil uziluvchi yuqori yuza faolligi 
bilan xarakterlanuvchi yoki balanslangan sistema energiyasi bilan, dorivor 
moddani asosiy farmokologik reaksiyasini tezlatishi yoki susatirishi mumkin. 
Ma‟lumki o„zaro ta‟sir darajasi fizik-kimyoviy yoki kimyoviy bog„lanish 
energiyasi bilan belgilanadi. Agar bog„lanish kuchiz bo„lsa [van-der-valls kuchi-4,2 
kdj/mol (1 kall/mol) yoki vadarodli bog„lanish 29-42 kdj/mol (7-10 kall/mol)], yani 
jarayon qaytar bo„lishi mumkin, chunki organizm bu bog„lanishni yenga oldi, 
maydalashi mumkin, ko„rinishini o„zgartirishi va dorivor modda utilizatsiyalanadi. 
Lekin kovalent energiyasi 420-585 kdj/mol bo„lgan mustahkam bog„lanish hosil 


bo„lsa, jarayon qaytmas bo„lib qolishi mumkin, chunki organizmda bu 
bog„lanishni uzish uchun sharot mavjut emas. Shuning uchun yordamchi moddalar 
dorivor modda terapevtik ta‟sirini minimumiga tushirishi, tostik ko„rishishgacha 
oshirishi yoki butunlay o„zgartirishi mumkin. Masalan: amfetamsin karboksimetil-
sellyuloza bilan kompleksi butunlay so„rilmaydi, demak formokologik effekt 
taminlanmaydi. Polietilenglikolga fenobarbitan kam eriydi, demak so„rilmaydi. 
Tuproq minerallari adsorbsiyalash xususitigya ega va alkaloidlar, anestetiklar, 
antibiotiklar va boshqa preparatlarni ajralib chiqishini to„xtadi. Magniy trisikilati va 
magniy oksidi steroid gormonlarini paydo bo„lishi (destruksiyasi)ni ta‟minlaydi. 
Natriy sulfit, bisulfit va metasulfit, tiamin bufer eritmasiga kiruvchi (pH=3.5), 
taniqli antiaksidiantlar tiazolgacha parchalaydi. D vitamini qattiq dori formasida 
yordamchi moddalar bo„lganida oson izomerlanadi (talk, amoniy silikati, kalsiy 
fosfat, limon kislotasi va boshqalar). 
Yordamchi moddalar dori vositalarining farmokolik faoliyatini nafaqat pasaytira 
oladi, balki yana katta darajada parchalanish va biokirishish bilan xarakterlanuvchi 
bog„lanishlarni yaratadi (masalan, prednizolon bilan polivinilpirrolidon, 
salitsilamid bilan polivinilpirrolidon, salitsil kislotali sorbit, mochevina bilan 
norsulfazol). Saponinlar oshqozon-ichak traktida glyukozani so„rilish jarayonini 
kuchaytiradi. Natriy lauril sulfat penetsillin, grizeofulvin va boshqalarni so„rilishini 
tezlashtiradi. 
Shuningdek, tanlangan rezorbsiya dori moddalarining biologik aktivligini 
o„zgarishi sababchisi hisoblanadi. 
Dori moddalarining biologik membranalardan so„rilish jarayonini murakkab 
retseptor mexanizmi, ya‟ni diffuziya qonuniga asoslangan Fik qonuniga to„g„ri 
keluvchi rezorbsiya deb qabul qilish lozim. 

Download 290,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish