Turli xil siyosiy institutlar manfaatlarining g’oyaviy-mafkuraviy xarakteri
Mundarija
Kirish……………………………………………………………………3
I bob Dunyoda kechayotgan globallashuv jarayonlari va g'oyaviy-mafkuraviy maqsadlarning namayon bo'lish xususiyatlari…………..5 1.1.Dunyoda kechayotgan globallashuv jarayonlari………………….….5
1.2. Globallashuv jarayonlari va g'oyaviy-mafkuraviy maqsadlar……….10
II bob. Mafkuraviy jarayonlarning globallashuvi……………….……15 2.1. Mafkuraviy jarayonlarning globallashuvi……………………….……19
2.2. Globallashuvning ijobiy natijalari…………………………………..26
Xulosa………………………………………………..………….……….25
Foydalanilgan adabiyotlar …………………………..……….…………..26
Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Globallashuvning hozirgi dunyoda kechayotgan globallashuv jarayonlari va g'oyaviy-mafkuraviy maqsadlarning namayon bo'lish xususiyatlardavlat nazoratidan xoli faoliyat ko‘rsatadigan transmilliy korporatsiyalarning paydo bo‘lganligini alohida qayd etmoq lozim. Bularning iqtisodiyotning muayyan sektorini nazorat qilishi konkret hudud, millat yoki madaniyat doiralari bilan cheklanmagan. Jahon miqyosida faoliyat ko‘rsatadigan xalqaro valuta jamg‘armasi, xalqaro rekonstruksiya va taraqqiyot banki va boshqalar ishlab chiqarishni moliyalashtirishga emas, balki pul oqimlarini yo‘naltirishga doir siyosatni belgilaydi. ular moliyaviy davlat sifatida bir qancha mayda va o‘rtacha mamlakatlar budjetlaridan ortiq imkoniyatlarga egadir. shuning uchun Jahonga chiqmoqchi bo‘lgan istagan mamlakat bularning sharti bilan hisoblashishga majbur.
Kurs ishining maqsad va vazifalari. Ushbu kurs ishining asosiy maqsadi Dunyoda kechayotgan globallashuv jarayonlari va g'oyaviy-mafkuraviy maqsadlarning namayon bo'lish xususiyatlar o’rganishdir.
Mavzuning davriy chegarasi. Mavzuning xronologik doirasi Dunyoda kechayotgan globallashuv jarayonlari va g'oyaviy-mafkuraviy maqsadlarning namayon bo'lish xususiyatlar harakatlantiruvchi kuchlari va omillari.Globallashuv tahlilining keyingi logistik bosqichi globallashayotgan jarayonlarga ta'sir ko’rsatuvchi, bevosita ularni shakllantiruvchi omillar va globallashuvning xarakatlantiruvchi kuchlarini ko’rib chiqishdan iborat bo’lishi lozim. Oxirigisiga jahon iqtisodiyoti doirasida kuch to’playotgan kapitalning jamlanishi va markazlashishini, xo’jalik hayotining transmilliylashtirilishi – yirik transmilliy kompaniyalar va moliyaviy guruhlarning o’sishi va rivojlanishini kiritish mumkin. Zamonaviy globallashuv jarayonlariga nafaqat milliy bozorlarda, shuningdek, jahon miqyosidagi bozorlarda ham globallashuvni rag’batlantiradigan bozor raqobati kabi baquvvat kuch katta ta'sir ko’rsatadi. Raqobatning asosiy vositasi – xarajatlarni kamaytirish, tovar va xizmatlar sifatini oshirish, ularning turlarini kengaytirish globallashtirishning motori hisoblanadi.