Turli tuman faoliyat turlarini


Iqtisodiy balans turlari va ularni tasniflanish



Download 23,42 Kb.
bet2/2
Sana29.04.2022
Hajmi23,42 Kb.
#589571
1   2
Bog'liq
Statistikada balans usulining mohiyati va ahamiyati

Iqtisodiy balans turlari va ularni tasniflanish

Iqtisodiy hodisalar holati, tuzilishi, harakati, foydalanish va rivojlanish jarayonlarini bir-biri bilan uzviy o‘zaro bog‘lanishda o‘rganish uchun turli tuman balanslar tuziladi. Ayniqsa, makroiqtisodiy statistikada balans usuli juda keng ko‘lamda qo‘llaniladi. Balanslar makroiqtisodiy hisoblashlar va ko‘rsatkichlarni ilmiy asosda ishlab chiqish va tahlil qilishning asosiy uslubidir.
Iqtisodiy balanslar o‘rganilayotgan hodisalarning mohiyati, ifodalanish shakllari, qamrab olinish miqyosi, holati va rivojlanish darajasi, vaqt oralig‘iga tegishli va boshqa jihatlari bilan bir-biridan farq qiladi. Bu esa ularni tasniflash, turlarga ajratish uchun imkoniyat yaratadi.

Dinamik balans - bu iqtisodiy hodisalar harakati natijasida ularning holati, tuzilishi hamda ulardan foydalanishdagi o‘zgarishlarni bir-biriga muvofiqlashtiruvchi quroldir.



Balanslar iqtisodiy hodisalar tuzilishi va o‘zaro bog‘lanishlarini muayyan holatda yoki rivojlanishda tavsiflashlari mumkin. Shunga qarab ular dinamik va statik balanslarga bo‘linadi. Dinamik balanslar o‘rganilayotgan hodisalar harakatlanishi natijasida ularning tuzilishi va o‘zaro bog‘lanishlaridagi o‘zgarishlarni tasvirlaydi. Masalan, aholi soni va tuzilishining yillik balansi, ho‘jalik yurituvchi subyektlarning soni va tuzilishining yillik demografik balansi, asosiy fondlar va ishlab chiqarish quvvatlarining chorak va yillik balanslari, ayrim tovar resurslari va yoqilg‘i turlarining natural balanslari, ishchi kuchlar harakati va ish vaqtidan foydalanish balanslari, milliy hisobchilikda amalga oshiriladigan turli balanslama hisoblashlar va h.k.
Umumiy ko‘rinishda bu balanslarni quyidagicha ifodalash mumkin:15

B+K=-Ch (13.1)

Bu yerda: V - davr boshiga zaxira (masalan, yil boshiga hodisa miqdori, qoldig‘i);
K - davr davomida kirim (masalan, yil davomida hodisa miqdorining ko‘payishi);
O - davr oxiriga zaxira (masalan, yil oxiriga hodisa qoldig‘i, miqdori);
Ch-davr davomida chiqim (masalan, yil davomida hodisa miqdorining kamayishi).
Bu balansning kirim va chiqim qismlari o‘rganilayotgan hodisalarning mohiyati, harakatlanish xususiyatlariga va tekshirish maqsadlariga qarab turlicha tafsilotga ega bo‘ladi. Masalan, aholi umumiy yillik balansida V aholining yil boshiga soni O uning yil oxiridagi soni bo‘lsa, K - yil davomida tug‘ilgan bolalar soni, yil davomida boshqa joylardan kelganlar soni, Ch - yil davomida vafot etgan kishilar soni, yil davomida boshqa joylarga ketganlar soni. Ammo bu balansda aholining yashash joyi, jinsi va yoshi bo‘yicha taqsimlanishini ham aks ettirish zarur bo‘lsa, u holda aholining yil boshi va oxiridagi soni har bir guruh uchun ajratib ko‘rsatiladi. Kirim esa yil davomida tug‘ilgan bolalar soni, qishloqlardan shaharlarga va aksincha shaharlardan qishloqlarga kelgan ayollar va erkaklar soni, bir yoshdan ikkinchi yoshga ko‘chgan ayollar va erkaklar sonidan tarkib topadi. Chiqim esa yil davomida muayyan yoshda qishloq va shaharlarda vafot etgan, qishloqlardan shaharlarga va aksincha shaharlardan qishloqlarga ketganlar hamda katta yoshga kichik yoshdan ko‘chgan ayollar va erkaklar sonidan tuziladi. Ho‘jalik yuritiuvchi subyektlarning demografik balansida yil boshi va oxiriga bor bo‘lgan korxonalar soni mulk va tashkiliy-huquqiy shakllari bo‘yicha taqsimlab beriladi. Kirim qismi quyidagi moddalardan tashkil topadi: davlat korxona va tashkilotlarini privitatsiyalash, yangi korxonalarni ishga tushirish - jami va shu jumladan, davlat registrida a) hisobot davrida b) o‘tgan davrlarda qayd qilingan, mulk va tashkiliy-huquqiy shakllarni o‘zgartirish. Balansni chiqim tomoni joriy davr davomida faoliyat to‘xtatish va davlat registridan chiqarish, bir mulk va tashkiliy -huquqiy shakldan ikkinchisiga o‘tish moddalarini o‘z ichiga oladi.
Ayrim tovar resurslarining (taklif) yillik natural balansida yil boshi va oxiriga bo‘lgan zaxiralardan tashqari kirim qismida: yil davomida milliy iqtisodiyot tarmoqlari, sektorlari va mulk shakllarida ishlab chiqarish, import, transfertlar olish, chiqim qismida: yil davomida iqtisodiy va tabiiy yo‘qotish va talofatlar o‘z ifodasini topadi.


Statik balans muayyan payt holatida murakkab hodisalar tuzilishi va joylanishi bilan ularni tarkib topish manbalari foydalanish ko‘rsatkichlarini o‘zaro muvofiqlash jarayonini tasvirlaydi.

Statik balanslar muayyan paytda murakkab hodisalar tuzilishi va joylanishi, ularni shakllanish manbalari va foydalanish qanday holatda ekanligini tasvirlaydi. Masalan, aholi ro‘yxatida belgilab qo‘yilgan hisobga olish paytida muayyan uy-joyda mavjud bo‘lgan kishilarni yoki doimiy yashovchilarni qayd qilish mumkin. Bu holda doimiy aholi va mavjud aholi soni bir-biriga teng bo‘lmaydi. Chunki doimiy yashovchilardan ayrimlari ro‘yxat paytida boshqa joylarda bo‘lishi (vaqtincha ketgan aholi), mavjud kishilar ichida esa vaqtincha boshqa joylardan kelganlar (vaqtincha yashovchi aholi) bo‘lishi mumkin. Natijada doimiy yashovchilardan ro‘yxat paytida mavjud bo‘lganlar soni (13.1a) tenglik bilan ifodalanadi:


B-K=-Ch (13.1a)
Bu yerda V - uy joyda ro‘yxat paytida mavjud bo‘lgan aholining umumiy soni.
K - o‘sha paytdagi vaqtincha kelganlar soni.
O - muayyan uy-joyda doimiy yashovchi aholining umumiy soni.
Ch - ulardan ro‘yxat paytida yo‘q bo‘lganlar soni.

O‘rganilayotgan hodisa va jarayonlarning iqtisodiy tabiati va xarakteri jihatidan iqtisodiy balanslar demografik balanslarga, iqtisodiyotda tabiiy resurslardan foydalanish balanslariga, mehnat, moddiy va moliyaviy balanslarga bo‘linadi.


Tabiiy resurslardan foydalanish balanslariga O‘zbekiston yer maydoni, shu jumladan qishloq xo‘jaligida foydalanish va undan sun’iy sug‘orish uchun yaroqli yerlar zaxirasidan ho‘jalikda foydalanish balansi, iste’mol uchun yaroqli oqma va yer osti suvlari zaxirasidan iqtisodiyot tarmoqlarida va aholi iste’moli uchun foydalanish O‘zbekiston suv xo‘jaligi balansi, o‘rganilgan yer osti boyliklari zaxirasidagi ho‘jalikda foydalanish jarayonini ta’riflaydigan foydali qazilmalar balanslari kiradi. Ularning ko‘rsatkichlar tizimi va tuzish uslubiyati maxsus fanlar tomonidan ilmiy ishlab chiqilgan. Masalan, O‘zbekiston yer balansi va suv xo‘jaligi balansini tuzish uslubiyati qishloq xo‘jaligi statistikasida bayon etiladi.
Mehnat balanslari mehnat resurslari va ulardan foydalanish, ishlovchi kuchlar harakati va ulardan foydalanish, ish vaqti fondlari va ulardan foydalanish, ish haqi fondlari va ulardan foydalanish balanslari, mehnatning (ishlovchi kuchlarning tarmoqlar bo‘yicha taqsimoti va mahsulotlarni ishlab chiqarishda foydalanish) tarmoqlararo va hududlararo balanslarini o‘z ichiga oladi. Umuman bozor iqtisodiyoti nazariyasi jihatidan qaraganda mehnat balanslari toifasiga aholining daromadlari va xarajatlari balansini ham kiritish mumkin, chunki aholi mehnatdagi statusi (holati) jihatidan yollanma ishchilardan, mulk egalaridan, tadbirkorlardan, xususiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchilardan va boshqa mehnatga qobiliyatli shaxslardan tarkib topadi, ular yaratgan va olgan daromadlar aholi daromadlarini bunyod etadi. Mehnat balanslarini tuzish va tahlil qilish masalalari mehnat statistikasida batafsil yoritiladi. Ushbu kitobda mehnat resurslari balansini qarab chiqamiz, xolos.
Moddiy balanslar juda katta turkumni tashkil etadi. Sovet tuzumi qulashidan oldin 2000 dan ortiq moddiy balanslar tuzilgan. Ular tarkibiga asosiy fondlar, ishlab chiqarish quvvatlari, kapital qo‘yilmalar balanslari, iqtisodiyot tarmoqlari va sektorlarida tovar-moddiy ashyolar zaxirasi va ulardan foydalanish, sanoat va qishloq xo‘jaligi tovar resurslari va ulardan kengaytirilgan ishlab chiqarish jarayonida va aholi shaxsiy iste’moli uchun foydalanish, investitsion fondlar va ulardan jamg‘arish uchun foydalanish balanslari va boshqa moddiy balanslar kiradi. Ularning ko‘rsatkichlar tizimi va tuzish tartibi maxsus iqtisodiyot tarmoqlari va sohalari statistikasiga bag‘ishlangan darslik va o‘quv qo‘llanmalarda batafsil bayon etiladi. Ushbu kitobda asosiy fondlar balanslarini ko‘rib chiqish bilan chegaralanamiz.
Moliyaviy balans turlari ham ko‘p, ularni tuzish uslubiyati va tahlil qilish yo‘llari moliya statistikasida batafsil yoritiladi.
Iqtisodiy hodisalarni qamrab olish miqyosiga qarab balanslar mikroiqtisodiy va makroiqtisodiy balanslarga ajraladi. Ularning mohiyati ustida yuqorida biroz to‘xtaldik. Mikroiqtisodiy balanslar orasida eng muhimi korxona faoliyatini har taraflama umumlashtirib ta’riflaydigan buxgalteriya balansi hisoblanadi.
Makroiqtisodiy balanslarga kelsak, ularning o‘zaro uyg‘unlashgan holda tuzish va tahlil qilish milliy hisoblamalar tizimining uslubiy asosini tashkil etadi. Balans ko‘rsatkichlari tegishli vaqtiga qarab iqtisodiy balanslar joriy va yillik balanslardan tarkib topadi. Joriy balanslar sodda shakl va qisqa dasturda, umumiy ko‘rsatkichlar asosida tuziladi. Ko‘rsatkichlarni aniqlashda chamalama hisoblashlar, kamini zaxiriy baholash yo‘li bilan to‘ldirish usuli keng qo‘llanadi. Yillik balanslar batafsil dasturda, iqtisodiy hodisa va jarayonlarning turli tomonlarini ta’riflovchi ko‘rsatkichlardan foydalanib tuziladi. Bu holda statistik axborot asosi bo‘lib maxsus tekshirishlar va hisobotlar xizmat qiladi, ayrim ko‘rsatkichlarni aniqlashda kamini baholab aniqlash usuli ham ishlatiladi.
Iqtisodiy ko‘rsatkichlar qanday shaklda ifodalanishiga qarab balanslar natural va shartli natural hamda pulda (qiymatda) ifodalangan balanslarga bo‘linadi. Natural balanslar ayrim bir turli hodisalar tuzilishi va o‘zaro bog‘lanishlarini o‘rganishda qo‘llanadi. Masalan, chigitli paxta yoki paxta tolasi resurslari va ulardan foydalanish balansi, po‘lat resurslaridan foydalanish balansi va h.k. Shartli natural balanslarga misol qilib to‘yimlik birliklarda tuziladigan chorvachilik yem-xashak resurslari va ulardan foydalanish balansini, shartli kaloriyalarda tuziladigan yoqilg‘i resurslari va ulardan foydalanish balansini ko‘rsatish mumkin. Ammo bozor iqtisodiyoti sharoitida ko‘pchilik balanslar pulda ifodalangan ko‘rsatkichlarga asoslanadi. Makroiqtisodiy balanslar shunday balanslar toifasiga kiradi.


Har qanday iqtisodiy balans ma’lum darajada tizim hisoblanadi, chunki u o‘zaro bog‘langan ko‘rsatkichlardan tarkib topadi. Ammo milliy hisobchilikda tuziladigan balanslar o‘zaro integrallashtirilgan bo‘lib, har biri iqtisodiy doiraviy aylanmaning ayrim jihatlarini o‘zaro bog‘lanishda yoritadi va bir birini taqozo etadi va to‘ldiradi. Demak, iqtisodiy balanslarni oddiy balanslarga va integrallashgan balanslar tizimiga ajratish mumkin. Va nihoyat, ularni tuzilish shakliga qarab jadval (matritsa) shaklli balanslar va shaxmat shaklli balanslarga bo‘linadi. Birinchi toifadagi balanslarga asosiy fondlar balansi, tovar resurslari balansi misol bo‘ladi, ikkinchi guruhga esa - tarmoqlararo va hududlararo balanslarni ko‘rsatish mumkin. Shunday qilib, iqtisodiy balanslar turlarini izohlash yakunida, ularni quyidagicha tasniflash mumkin
Download 23,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish