Turli tillardagi fonetik o`zgarishlar
O`zbek tilidagi fonetik o`zgarishlar
Nutq jarayonida turli xil so`zlarda tovush o`zgarishlari vujudga kelishi mumkin.
Tovush o`zgarishlari turlicha bo`lishi mumkin.
Jumladan, tovush tushishi, tovush almashinishi, tovush ortishi, tovush ikkilanishi kabilar.
Bunday tovush o`zgarishlari pozitsion va kombinator tovush o`zgarishlariga bo`linadi.
Kompozitsion o`zgarishlar
akkomodatsiya
disimilatsiya
metateza
assimilatsiya
diereza
Kombinator tovush o`zgarishlari
Kombinator ( lot. Combinare – qo`shmoq, birlashtirmoq) o`zgarishlar yonma- yon tovushlarning o`zaro ta`sirlashuvi natijasida yuzaga keladi.
Akkomodatsiya- (lot. Accomodatio-moslashish) – yonma-yon turuvchi 2 tovush (unli va undosh) artikulatsiyasining qisman moslashishi.
Masalan: til oldi unlilari (a, e, i) til orqa undoshlari (q, g`, x) ning talaffuz etilishiga muvofiqlashib orqaga siljiydi.
Assimilatsiya – yonma-yon kelgan ikki tovushning o`zaro o`xshashga aylanishi.
Assimilatsiya – yonma-yon kelgan ikki tovushning o`zaro o`xshashga aylanishi.
Mas: ketdi – ketti, sizsiz - sissiz
Dissimilatsiya – yonma-yon kelgan ikki tovushnining aksincha noo`xshashga aylanishi.
Mas: maqsad - maxsat
Metateza – yonma-yon kelgan iki tovushnining o`zaro o`rin almashinishi.
Mas: tuproq – turpoq, daryo – dayro
Diareza – (yun. Diaresis – ajralish, bo`linish) muayyan talaffuz sharoiti tufayli so`z tarkibidagi tovushlarning tushib qolishi.
Mas: pastqam - pasqam
Pozitsion fonetik o`zgarishlar
Pozitsion o`zgarishlar (lot. Positio – holat, joylashish) so`z o`zagidagi yoki unga qo`shiladigan qo`shimchalar tarkibidagi ayrim tovushlarning ma`lum fonetik qurshhov yoki pozitsiya natijasida talaffuz etilmasligi.
Prokopa –so`zning boshida talaffuzda tovush tushishi. Mas: yiring – iring, yilon – ilon.
Sinkopa – so`z o`rtasida tovushnining tushib qolishi. Mas: o`g`il – o`g`lim
Apakopa – so`z oxirida talaffuzda tovush tushib qolishi. Mas: baland - balan
Eliziya – unli bn tugovchi va unli bilan boshlanuvchi ikki so`zning qo`shilishi natijasida unlilardan birining tushib qolishi.
Eliziya – unli bn tugovchi va unli bilan boshlanuvchi ikki so`zning qo`shilishi natijasida unlilardan birining tushib qolishi.
Mas: yoza oladi – yozoladi
Sinerezis – so`z o`rtasida bir joyda kelgan ikki unlining biri kuchsizlanib, nutqda tushib qolishi.
Saodat – so:dat, maorif – mo:rif
Proteza – so`z bshida talaffuzda tovush ortishi.
Mas: stakan – istakan
Epenteza – so`z o`rtasida talaffuzda tovush ortishi. Mas: fikr – fikir
Epiteza – so`z oxirida talaffuzda tovush ortishi.
Mas: bank - banka
Turk tilidagi tovush o`zgarishlari
Turk tilidagi [d] tovushi til oldi, portlovchi, shovqinli, jarangli tovush
bo‘lib, uning artikulyatsiya o‘rni xuddi jarangsiz [t] tovushi kabidir.
Turk tilidagi [g] tovushi til orqa, portlovchi, shovqinli, jarangli undosh
tovush bo‘lib, artikulyatsiyasi xuddi [k] tovushi kabidir.
Turk tilidagi [v] tovushi lablanish, sirg‘aluvchi, shovqinli, jarangli
undosh tovushdir. [v] tovushining artikulyatsiya o‘rni xuddi [f] tovushi kabidir
Do'stlaringiz bilan baham: |