11-kazus: Toxir Rossiyaga borib noqonuniy diniy tashkilotlar targ`iboti ta`siriga uchrab O`zbekistonga qaytdi. U, oila davrasida vatanni tark etib ketib, Qur`on va sunnat dasturulamal bo`lgan mamlakatlardan biri bo`lgan Suriyaga boorish har bir musulmon zimmasida farz ekanini aytdi. Otasi esa O`zbekiston chin ma`noda musulmonobod bir yurt ekanini ta`kidladi. Toxir bu yerda barcha ayollar hijob o`ramasligi, soqol kabi sunnat amallarini bajarish, jamoat joylarida namoz o`qish taqiqlanganini va eng asosiysi mamlakat boshlig` diniy ulamo bo`lishi zarurligini aytib o`tdi. Otasi bu borada farzandiga qanday dalillar keltirishni bilmay qoldi.
Toxir qaysi guruh a`zolari ta`siriga uchragan?
Dunyo mamlakatlari ichida siyosiy jihatdan faqatgina Qur`on va Hadisni dasturulamal sifatida foydalanayotgan to`liq teoktarik davlatlar bormi?
Islom dini qachon va qanday sharoit yuzaga kelganda hijrat qilish kerakligini buyuradi?
Otasi bolasiga o`z fikrini isbotlash uchun qanday dalillar keltirishi mumkin edi?
Javob: Bu kazusga javob berishdan avval hijrat so’ziga taarif berib o`tsak. Hijrat ko`chib o`tish, safar qilish ma`nolarini anglatadi. Musulmonlarning Makka fathiga qadar Makkadan Madina va Habashistonga qilgan safarlari. Hijrat o`zi qanday bo`ladi, qanday sharoitlarda hijrat qilish kerak? Keling bu savollarga javob berishdan avval Payg`ambarimiz Muhammad Mustafo (s.a.v) davrlariga nazar tashlasak. Payg`ambarimiz (s.a.v) Payg`ambar bo`lganlaridan yani Alloh taolo U zot (s.a.v)ga vaxiy tushira boshlaganidan so`ng, Rasulimiz Alloh tomonidan nozil bo`lgan oyatlarni o`qib, odamlarni davat qila boshladilar. Asta sekin islomga kirib borayotgan musulmonlar ko`payib borib, bu xabar butun Qurayshga tarqaydi. Bundan xabar topgan Qurayshning taniqli qabila oqsoqollari yani Qurayshni o`sha vaqtda boshqarib turganlar bu xabarga avval ahamiyat qaratmaydilar. Asta sekin odamlar islomni qabul qilib borishlari barobarida bu qabila boshliqlariga yoqmaydi. Ular o`zlari Muhammad(s.a.v) Allohning elchisi ekanligini bilsalarda buni tan olishga va imon keltirishga nafslari yo`l qo`ymaydi. Shuning uchun Payg`ambarimiz(s.a.v) ustilaridan turli xil bo`xtonlar, uydirmalar to`qiy boshlaydilar. Bu ham ish bermaydi. So`ng ular kuch ishlatish yo`liga o`tadilar va o`zlarining qo`l ostilaridagi islomni qabul qilgan qullarni qiynab ularga zulm qila boshlaydilar. So`ng zolimlar qo`lida qiynalayotgan qullar va boshqa musulmonlar Habashistonga ko`chishga, hijrat qilishga otlanadilar. Bundan keyin ham tinchimagan qurayshlik zolim kishilar qolgan musulmonlarga ham zulm qilishni boshlaydilar. Bundan keyin o`z yurtlarida qolish imkoni bo`lmaganidan Makkada qolgan musulmonlar ham Madinaga hijrat qilishga buyuriladilar. Madinada yashab turgan vaqtlarida ham ularga tinchlik bermadilar va Madinaga bostirib kelayotganlari ma`lum bo`lganlaridan so`ng Alloh musulmonlarga jang qilishni buyuradi. Hijrat haqida yuqoridagi vaziyatdan kelib chiqib shuni aytish mumkinki, hijrat musulmon uchun o`z yurtida imonini saqlash, ibodatlarini bemalol ado etish uchun qilinadi. Demak hijrat qilinayotgan joy musulmonlar uchun o`ta xavfli, agarda bu joyda qolsalar imonlariga, butun yaxshi amallariga putur yetishi, ularga bu joyda e`tiqodlarini qilish uchun hech qanday imkon yo`q bo`lsa, agarda imonda, ibodatda davom etadigan bo`lsa dushman tomonidan mo`minlarga omonlik bo`lmaydigan sharoitda qilinadi. Hijratga ketayotgan yurt esa buning aksi ya`ni imonlarini saqlashda, ibodat amallarida bardavom bo`lishda, hech qanday xavf bo`lmasa shu yurtga hijrat qilinadi.
Yuqoridagi kazusga to`xtaladigan bo`lsak Toxir oila davrasida Suriyaga hijrat qilish kerakligini ta`kidlamoqda. Endi bu hijrat yuqoridagi hijrat qilish shartlariga to`g`ri keladimi yo`qmi solishtirib ko`raylik. Hijrat qilib tark etilayotgan yurt mo`min uchun o`ta xavfli, agarda tark etmasa imonidan ayrilishi mumkin bo`lgan vaziyatda qilinishini keltirdik. Bu taarif hozir yashab turgan yurtimizga to`g`ri kelmaydi. Bu yurtda namoz o`qishimizni hech kim taqiqlamaydi, yoki birov bizni dindan chiq, chiqmasang o`ldiraman deb ham tahdid solmayapti. To`g`ri yuqorida Toxir otasiga keltirgan holatlar chindan ham mavjud. Ya`ni jamoat joylarida va davlat idoralari, maktab, kollej, institut binosi ichkarisida namoz o`qish taqiqlangan. Bu holatni shaxsan o`zim ham qoralayman. Yana ba`zi holatlar: maktab yoki davlat idoralariga diniy mansublikni bildirib turuvchi liboslarda kirish taqiqlangan. Bu holatni ham shaxsan qoralayman. Menimcha ba`zi insonlarning yuqorida paydo bo`layotgan fikrlari va o`zining manfaati yo`lida qilayotgan asossiz ishlarini hijrat deb atayotgan holatlarga shu kabi aniqlik kiritilmayotgan holatlar ham qaysidir ma`noda sababchi bo`lib qolayapti. Masalan yaqinda o`zgartirish kiritilgan diniy tashkilotlar tog`risidagi hujjatda avval jamoat joylarida diniy libosda yurish taqiqlangan edi, yangi taxrirda esa diniy libos to`g`risidagi tushuncha dinda ham, yurisprudensiyada ham yo`qligi sabab olib tashlandi. O`ylaymanki g`araz niyatli kishilarga bizning qonunchilikdagi kamchiliklar ham foyda keltirayapti.
Siyosatda faqat Qur`on va sunnatga tayanadigan davlatlar haqida gapiradigan bo`lsak, bular : Saudiya Arabistoni, Livan, Eron, fors ko`rfazidagi bir qancha davlatlar, Baxrain, Misr, Tunis, BAA, Qatar, Malayziya va shu kabi davlatlar. Ammo bu davlatlar aniq Qur`on va sunnatga amal qiladi deb ayta olmayman. Chunki bazilarida hokimiyat avloddan-avlodga me`ros bo`lib o`tsa, yana bazilarida hamma dam olish joylari, kurort, plyajlarda hohlagan libosida(ko`rinish)da yuradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |