Turli davlatlarda gidrotexnika inshootlari xavfsizligini qonun yo‘li bilan boshqarish tajribalari



Download 18,37 Kb.
Sana26.02.2022
Hajmi18,37 Kb.
#470331
Bog'liq
8-Ma'ruza (1)


Turli davlatlarda gidrotexnika inshootlari xavfsizligini qonun yo‘li bilan boshqarish tajribalari.
Reja:

  1. Turli davlatlarda gidrotexnika inshootlari xavfsizligini qonun yo‘li bilan boshqarish tajribalari

  2. Gidrotexnika ob’ektlari xavfsizligini qonun yo‘li bilan boshqarishning umumiy yo‘nalishlari

Tayanch iboralar: ekspluatatsiya, rekonstruksiya, evakuatsiya, indikator, sivilizatsiya, munitsial organlar, litsenziya.
Hozirgi vaqtda qator davlatlarda gidrotexnika ob’ektlarini qonun yo‘li bilan boshqarish bo‘yicha anchagina tajriba orttirilgan. Bunday boshqarishning samaradorligi, uzoq vaqt ekspluatatsiya qilinishiga qaramasdan ob’ektlardagi avariyalarning asta-sekin kamayishi, ularning ekologik xavfsizligini oshishi va ijtimoiy tang holatning pasayishi bilan tasdiqlanmoqda.
AQSHda aholining gidrotexnika inshootlariga qurilishiga nisbatan salbiy munosabati, ushbu muammoni federal darajada hal etish zaruriyatini keltirib chiqarganiga uncha ko‘p vaqt bo‘lgani yo‘q. Muammoning o‘ziga xos xususiyati, gidrouzellarning anchagina qismi (70% atrofida) xususiy mulk egalari tasarrufida ekanligida edi. Energetika bo‘yicha federal agentlik gidrotexnika ob’ektlarini bir maqsadga yo‘naltirgan holda tekshirish va ular xavfsizligini deklaratsiya qilish kompaniyasini boshladi. Natijada gidrotexnika inshootlarini ekspluatatsiya qilish uchun litsenziya berish tartibini belgilab beradigan me’yoriy hujjat qabul qilindi. Mazkur hujjat gidrotexnika ob’ektlarining atrof-muhitga salbiy ta’sirlarini kamaytirish majburiyligiga rioya qilinishini o‘z ichiga olgan inshootni ekspluatatsiya qilish rejimiga qo‘yilgan talablardan iborat.
Buyuk Britaniyada ham gidrotexnika ob’ektlari xavfsizligini nazorat qilish muammolarini hal qilish bo‘yicha yaxshi muvaffaqiyatlarga erishilgan. Bu erda 1975 yilda suv omborlari to‘g‘risidagi qonun qabul qilingan bo‘lib, unga asosan mavjud 2450 ta to‘g‘on, (ulardan faqat 20% igina balandligi 15 m dan yuqori, qonun) yo‘li bilan boshqarilishga o‘tkazildi. Qonunda hukumatning, tadbirkorlarning, nazorat qiluvchi hokimiyatning va muhandislik ta’minotining gidrotexnika inshootlari ishonchliligi va xavfsizligini nazorat qilishdagi o‘rni belgilab berilgan. Atrof-muhit himoyasi Departamenti qonun talablarini joriy etish bo‘yicha mas’ul hisoblanadi. Gidrotexnika inshootlarini qurilishi va ekspluatatsiyasi borishining nazorati alohida topshiriq bajaradigan muhandis tomonidan amalga oshiriladi. Muhandislik korpusi ixtisosligi bo‘yicha guruhlarga bo‘linadi. Har o‘n yilda inshootlarning holati majburiy tekshiriladi. Buyuk Britaniyada qurilgan to‘g‘onlarning yarmi 80 yildan ortiq vaqt davomida ekspluatatsiya qilinayotganini aytib o‘tish lozim.
Finlyandiyada 1962 yildan boshlab gidrotexnika inshootlari holatini nazorati Davlat energetika kompaniyasi tomonidan olib boriladi. 1978 yilda to‘g‘onlar ishonchliligi bo‘yicha Milliy kompaniya tashkil etildi, 1984 yilda esa to‘g‘onlar ishonchliligi bo‘yicha Qonun hamda me’yorlar (QM va Q ga o‘xshash) ishlab chiqilib, 1985 yilda ular chop etildi va 1991 yilda yangilandi. Qonunning ta’sir doirasiga 450 ta to‘g‘on kiradi. To‘g‘onlar avariya vaqtida vujudga keladigan xavfning turi va darajasiga ko‘ra tasniflanadi. SHu narsa xarakterliki, bunda to‘g‘on balandligi hal qiluvchi ahamiyatga ega emas. Finlyandiyada to‘g‘onlarni tekshirish har besh yilda tegishli vakolatga ega bo‘lgan vakillar tomonidan ochiq oshkoralik sharoitida o‘tkaziladi. Xavf-xatarni baholash uslubi ishlab chiqilgan. Asosiy e’tibor avariyalarni oldini olish, ular oqibatlarini tugatish usullariga qaratilgan.
So‘nggi vaqtlarda turli davlatlarda gidrotexnika ob’ektlari xavfsizligini qonun yo‘li bilan boshqarishning quyidagi umumiy yo‘nalishlari yaqqol namoyon bo‘lmoqda:
1) to‘g‘onlar xavfsizligi bo‘yicha yangi me’yoriy-huquqiy aktlarni ishlab chiqish;
2) ijroiya hokimiyatining davlat organlari maxsus vakillari tomonidan olib boriladigan nazorat funksiyasini kuchaytirish;
3) gidrotexnika ob’ektlari holatining nazoratini tashkil etishning ikki parallel shaklini qo‘llash:
-gidrotexnika inshootini nazorat qilish va uning ishonchliligi va xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha mulk egasiga shakllantirilgan asosiy majburiyatlari va mas’uliyat yuklaydigan me’yorlar; unga ko‘ra davlat mulk egasi tomonidan inshootni ekspluatatsiya va nazorat qilishni tashkil etishda umumiy me’yorlarga rioya qilinayotganini nazoratini olib boradi; bunday holatda davlat (Buyuk Britaniya, Norvegiya, Slovakiya) gidrotexnika inshootlarini loyihalash, qurish va uning holatini va xavfsizlik darajasini baholaydigan muhandislar va muhandislik firmalari malakasiga muayyan talablarni qo‘yadi;
-davlat mulk egasi yoki ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot tomonidan olib boriladigan nazoratga parallel, yana bir inspeksiya nazorati tartibini belgilab beradi va tashkil etadi. Bunday holatda ba’zi bir davlatlar (masalan, Portugaliya, SHveysariya) me’yoriy hujjatlari mulk egasidan gidrotexnika ob’ektlarining holatini tekshirish, uning ishonchliligi va xavfsizligini baholash uchun chetdan mutaxassislar yoki ekspertlarni jalb etishni talab etadi.
Avariyalar natijasida bo‘ladigan xavf-xatarni miqdoriy baholash uslublari takomillashgan sayin, ularni to‘g‘onlar xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlarini ularning mas’uliyati va tartibi bo‘yicha tasniflash maqsadida me’yoriy hujjatlarga kiritish yanada yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Masalan, 1999 yilda amalga kiritilgan Norvegiya me’yoriy hujjatlarida ekspluatatsiya qilinayotgan gidrotexnika inshootlarini loyihalash, nazorat qilish va to‘g‘onni rekonstruksiya qilish jarayonida qabul qilinadigan eng maqbul muhandislik echimlarini aniqlashda hamda avariyani oldini olishga qaratilgan tadbirlar rejasini tuzishda xavf-xatar tahlilidan foydalanish zarurligi to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatilgan. Xuddi shunday yondashuv Avstraliya, Kanada, Niderlandiya, AQSHda qabul qilingan yangi me’yoriy hujjatlarda o‘z aksini topgan. Bunda «xavf-xatar» tushunchasi barcha salbiy ko‘rinishlar, jarayonlar va holatlarni o‘zida mujassam etgan bo‘lib, agar ular o‘z vaqtida bartaraf etilmasa, gidrotexnika ob’ektlarida avariya yoki buzilishlarni va natijada u bilan bog‘liq bo‘lgan talofatni keltirib chiqarishi mumkin.
Hududida juda ko‘p to‘g‘onlar ekspluatatsiya qilinayotgan ko‘pgina davlatlar, o‘zlarining qonun va boshqa me’yoriy hujjatlarida to‘g‘onlarda avariya sodir bo‘lganda, aholini xavfli joydan ko‘chirish (evakuatsiya) va avariya oqibatlarini bartaraf etish rejasining asosiy holatlarini ishlab chiqish zarurligini belgilab berganlar. Bundan tashqari avariyalardan ogoh etish tizimlarini yaratish zarurligi ham belgilangan. Avariyaga qarshi qaratilgan tadbirlar rejasi avariyalar xavf-xatari tahlili natijalariga asoslanadi va ro‘y berish mumkin bo‘lgan xavf ro‘yxatini, har bir aniq bo‘lgan inshoot uchun sodir bo‘lishi va kengayish ehtimoli bo‘lgan avariyalar ssenariysi hamda ularning asosiy indikatorlari va boshlanish mezonlarini o‘z ichiga oladi. Reja tarkibiga gidrotexnika inshootlarida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan avariyalardagi o‘pirilishlar natijasida hosil bo‘lgan to‘lqin ko‘rsatkichlari hisobi va avariya oqibatlari keltiriladi hamda shu asosda pastki befda hududni zonalarga bo‘lish ishlari olib boriladi.
Avariyaga qarshi ishlarni va zaruriy resurslarni jalb etishni tashkil etishga bag‘ishlangan bo‘limlar, avariyaga qarshi tadbirlar rejasining asosiy muhim elementi hisoblanadi. Bu bo‘limlarda ekspluatatsiya xizmatlari va maxsus avariya bo‘linmalari shtatini boshqarish masalalariga hamda TFV to‘g‘risida ogohlantirish va avariya oqibatlariga qarshi kurashish bo‘yicha tuzilgan markaziy xizmat bo‘linmalari bilan hamkorlikda ishlarni tashkil etish masalalariga katta e’tibor qaratilgan.
Hozirgi kunda barcha sivilizatsiyalashgan davlatlarda gidrotexnika inshootlari xavfsizligi bo‘yicha qonunlar yoki majburiy me’yoriy hujjatlar qabul qilingan.
YUqorida keltirilgan gidrotexnika inshootlari xavfsizligini qonun yo‘li bilan boshqarishni kengaytirishga bo‘lgan intilishlar Rossiyada 1997 yilda «Gidrotexnika inshootlari xavfsizligi to‘g‘risida» gi Federal Qonun qabul qilinishi bilan to‘liq amalga oshirildi. Mazkur qonun avariya tufayli odamlar hayoti va sog‘lig‘iga, atrof-muhitga xavf tug‘diradigan TFV larni keltirib chiqaradigan barcha gidrotexnika inshootlariga taalluqlidir. Qonun gidrotexnika ob’ektlari xavfsizligini ta’minlash masalalari bo‘yicha Rossiya Federatsiyasi hukumati, ijroiya hokimiyati organlari, federatsiya sub’ektlari va hokimiyat munitsial organlari o‘rtasida vakolatlarini ajratib bergan.
Hukumat, ijroiya hokimiyati federal organlariga tayangan holda gidrotexnika ob’ektlarining mulk egaligi va qaysi sohaga tegishli ekanligidan qat’iy nazar, ularning xavfsizligi bo‘yicha federal davlat nazoratini tashkil etadi, federal mulk tarkibida bo‘lgan gidrotexnika inshootlari ishonchliligi va xavfsizligini ta’minlaydi.
Rossiya Federatsiyasi hukumatining 1997 yil 16-oktyabrdagi 1320-sonli qarori bilan gidrotexnika ob’ektlari elektrostansiyalar xavfsizligi bo‘yicha federal organning davlat nazorati funksiyasi Rossiya Issiqlik energetikasi vazirligi zimmasiga yuklatilgan. Hukumatning 1998 yil 13-avgustdagi 950-sonli qarori bilan Issiqlik energetikasi Vazirligi nazorat funksiyalari, ularga issiqlik energetikasi kompleksi mulki yoki ekspluatatsiya qiluvchi tashkiloti tasarrufida bo‘lgan gidrotexnika inshootlari xavfsizligini davlat nazorati funksiyasini kiritilishi hisobiga hamda gidrotexnika inshootlarining Rossiya registrini shakllantirishda va olib borishda ularning ishtirok etishi hisobiga kengaytirildi.
Ushbu qaror bilan Rossiya Federatsiyasi Transport vazirligi zimmasiga o‘zining tasarrufida bo‘lgan kema qatnovchi gidrotexnika inshootlari xavfsizligi ustidan davlat nazoratini olib borish yuklatilgan. Issiqlik energetikasi vazirligi, transport vazirligi va Davshaxtexnazorat tasarrufiga kirmaydigan gidrotexnika ob’ektlari hamda mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish organlariga nazoratga berilgan gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi bo‘yicha Davlat nazoratini olib borish Rossiya tabiiy resurslari vazirligiga yuklatilgan.
Davlat nazorat organlariga juda katta, jumladan, Qonun bilan belgilangan tartibda, ishonchsiz inshootlarni ekspluatatsiya qilishni to‘xtatish va ularni tugatish yoki qayta qurish to‘g‘risida qaror chiqarish, gidrotexnika ob’ektlarini ekspluatatsiya qilish uchun berilgan litsenziya va ruxsatnomalarning amal qilinishini to‘xtatish kabi huquqlar berilgan.
Qonun gidrotexnika ob’ektlari egalari va ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlarning majburiyatlarini belgilab bergan. Unga ko‘ra ular, inshootning holatini doimiy vizual ravishda nazorat qilib borishlari, asbob-uskunalar bilan tuzatib, o‘z vaqtida zaruriy ta’mirlash tiklash ishlarini olib borishlari, gidrotexnka inshootlarini xavfsiz ekspluatatsiya qilish qoidalari qat’iy rioya qilishlari, TFV larni oldini olish va bartaraf etish uchun material va moliyaviy zahiralarni yaratishlari, nazorat organlariga gidrotexnika ob’ektlari xavfsizligi to‘g‘risidagi deklaratsiyani taqdim etishlari, aholini inshootning holati va xavfsizlik darajasi to‘g‘risida xabardor qilishlari, avariya oqibatlari va u keltirgan zarar uchun huquqiy va moliyaviy javobgarlikni olib borishlari lozim bo‘ladi.
Xulosa
Qonun yo‘li bilan boshqarishning samaradorligi, uzoq vaqt ekspluatatsiya qilinishiga qaramasdan ob’ektlardagi avariyalarning asta-sekin kamayishi, ularning ekologik xavfsizligini oshishi va ijtimoiy tang holatning pasayishi bilan tasdiqlanmoqda. Demak boshqarishning prinsipial yo‘lini tanlashimiz kerak.

Nazorat savollari


1.Turli davlatlarda gidrotexnika inshootlari xavfsizligini qanday yo‘l bilan boshqarish mumkin?
2.Gidrotexnika ob’ektlari xavfsizligini boshqarishning qanday yo‘nalishlari mavjud?
3. Avariyalar natijasida bo‘ladigan xavf-xatarni miqdoriy baholash uslublari qanday bosqichlardan iborat?
Download 18,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish