Turkum: Ecaudata – Dumsizlar Oila



Download 0,77 Mb.
bet1/7
Sana26.02.2022
Hajmi0,77 Mb.
#471605
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Amfibiyalar sinfi tashqi va ichki tuzilishi 15715


Amfibiyalar sinfi. Suvda ham quruqlikda yashovchilarning tashqi va ichki tuzilishi
Tip:Chordata– Xordalilar
Kenja tip: Vertebrata –Umurtqalilar
Sinf: Amphibia – Amfibiyalar
Turkum: Ecaudata – Dumsizlar
Oila: Ranidae – Baqalar
Tur:Rana ridibunda – Ko’l baqasi.


Tashqi tuzilishi. Baqa bosh, tana, bir juft oldingi va bir juft orqa oyoq qismlaridan tashkil topgan. Uning tanasi kalta va keng bo’lib, kattagina yassi boshiga qo’shilib ketadi. Baqaning bo’yin qismi deyarli bo’lmaydi. Baqaning gavdasi bezlariga bosh terisi yumshoq shilimshiq modda bilan qoplangan (32-rasm).





32-rasm. Ko’l baqasining tashqi tuzilishi.
1 – burun teshigi, 2 – nog’ora parda, 3 – rezonator, 4 – teri qatlami,
5 – kloaka teshigi, 6 – ko’z.
Amfibiyalarning xaltasimon teri bezlari ko’p hujayrali bo’lishi bilan baliqlarnikidan farq qiladi. Baqa terisi ma’lum joylardagina gavdaga yopishgan bo’lib, bu faqat baliqlarga xos xususiyatdir. Buni baqa terisini pinset bilan kesib har tomonga tortib ko’rib, ishonch hosil qilish mumkin. Terining gavdaga yopishgan joylari oralig’ida keng limfa bo’shliqlari bo’lishi tufayli teri shunday tuzilgan.
Baqalarda limfatik xaltachalarning soni ko’p bo’lib, ular o’zaro choklar orqasida chegaralanib turadi. Baqalar limfatik sistemasida qisqaruvchi apparat vazifasini ikki juft limfatik xaltachalarining soni ko’p bo’lib, ular o’zaro choklar yuraklar vazifasini bajaradi. Baqaning chanoq qismida joylashgan limfatik yurak juftlarining qisqarishini tirik baqalarda ko’zdan kechirish mumkin. Bu limfatik yuraklar qisqarishi natijasida yelka limfatik xaltachasidagi limfatik suyuqliklar quymich venasiga quyiladi. Bu yuraklar asosan bezchalar ko’rinishida bo’lib, ularning baqalarning yelka limfatik xaltachasini yorganda ko’rish mumkin.
Gavda bo`limlari. Baqa boshining ikki yon tomonida bo’rtib chiqqan ko’zlari o’rnashgan. Bu ko’zlarda quruqlikda yashovchi umurtqalilar uchun xarakterli organ ustki va pastki ko’z kovaklari bor. Yuqori kovaklari ko’z olmosiga birikkan bo’lib, pastki kovaklari esa erkin va harakatchan. Bundan tashqari, ko’zning oldingi burchagida quruqlikda yashovchi umurtqalilarga xos o’pka yumgich parda yoki uchinchi qovoq bor. Bu parda ko’zining oldingi qismiga surilib kesma ko’z olmosini qoplashi mumkin (pinset bilan ushlab ko’ring).
Ko’zning orqa qismida teshigini yupqa nog’ora parda qoplagan quloq joylashgan. Uning ikki tomonidan markazga bitta eshitish, ya’ni uzangi suyagi itarib turadi(bu suyak baqalarning giomandibulyar suyagiga gomologdir). Nog’ora parda asosan, o’rta quloq bo’shlig’ini tashqi muhitdan ajratib turadigan devor hisoblanib, u baliqlarga nisbatan baqalarning eshitish organlarining murakkablashganligini ko’rsatadi.
Baqalar urug’iga kiruvchi turlar tanasining yon tomonida bo’yiga cho’zilgan teri qatlami bo’ladi. Boshining tumshuq qismi ustiga yopgich klapanli bir juft burun teshigi joylashgan bo’lib, tirik baqalarda bu klapanlar ochilib-bekilib turadi. Klapanlar baqaning ichki burun teshigi (xoanalar)ni qoplagan bo’lib, klapan harakati engak osti harakati bilan navbatlashib turadi. Tumshug`i juda keng og`iz teshigi bilan chegaralanadi. Agar baqa og`zini ochib, barmoq yoki pinset bilan yuqori jag` silansa, undagi qator joylashgan uchi orqaga qayrilgan oddiy bir xildagi konusimon tishlar seziladi. Baqaning tishlari jag`lar aro suyak bilan yuqaro jag` suyaklarining ichki qirrasi va dimog` suyagiga o`rnashgan. Amfibiyalarda dimog` tishlarining bo`lishi baliqlardagiga o`xshash ularda ham tishlar faqat jag` suyagida joylashishiga moslanmaganligini ko`rsatadi. Baqaning pastki jag`ida bunday tishlar yo`q. Baqaning bunday tuzilgan tishlari ovqatni faqat ushlab turish vazifasinigina bajarib uni chaynay olmaydi. Umuman amfibiyalarning ko`pchiligida tish bo`lmaydi. (qurbaqada). Baqa og`iz bo`shlig`ining tubida haqiqiy tili bor. Til maxsus muskullardan iborat bo`lib, tashqariga ancha cho`zilib chiqa oladi. Baqa tili oldingi uchi bilan og`iz tubining oldingi qismiga birikkan bo`ladi. Tinch holatda ikkiga ajralgan ikkinchi uchi orqa, ya’ni xalqum tomonga qarab erkin (yopishmasdan) turadi. Amfibiyalar usti yopishqoq shilimshiq modda bilan qoplangan, tili yordamida mayda jonivorlarni tiliga yopishtirib tutib yeydi. Pinset orqali baqa og`zini ochib, tilining tuzilishi bilan tanishing.
Og`iz tepasining oldingi qismiga bir juft teshik joylashgan bo`lib, bular ichki burun teshiklari yoki xoanalar deb ataladi. Burunning tashqi va ichki teshiklari bilan o`zaro bog`lanishini kuzatish uchun tashqi burun teshigiga nina tiqib ko`rish kerak.
Baliqlarda, umuman (ikki xil nafas oluvchi baliqlardan tashqari) xoanalar bo’lmaydi, suvda va quruqda yashovchilarda esa xoanalarning bo’lishi ularning atmosfera havosidan nafas olishga moslashganliklari bilan bog’liq. Og’iz bo’shlig’i turini aniq ko’rish uchun ularni pastga va yuqoriga ko’tarish lozim. Bunda og’iz turi yon tomonlarida joylashgan bir juft teshik yevstaxiyev naylarini ko’ramiz. O’rta quloq bo’shlig’i bilan og’iz bo’shlig’ini birlashtirib turuvchi yo’l yevstaxiyev nayi deb ataladi (33-rasm).






Download 0,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish