Turkmaniston (turkmancha. Türkmenistan), Turkmaniston Turkmenlar Respublikasi


partiya roʻyxatga olingan: Turkmaniston



Download 289,99 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana01.07.2022
Hajmi289,99 Kb.
#723121
1   2   3
Bog'liq
Turkmaniston - Vikipediya


partiya roʻyxatga olingan: Turkmaniston
demokratik partiyasi (sobiq Kommunistik
partiya negizida 1991 y. tuzil gan).
Xoʻjaligi


 Turkmaniston — agrar
industrial mamlakat. Milliy daromad
tarkibida sanoatning ulushi 50%, qishloq
xoʻjaligi.niki 18%, xizmat koʻrsatish
sohasiniki 32%.
Sanoatining yetakchi tarmoklari: gaz va
neft qazib chiqarish, energetika, kimyo,
mashinasozlik, yengil (qishloq xoʻjaligi.
xom ashyosini qayta ishlash), oziq-ovqat
(yogʻmoy, vinochilik), binokorlik
materiallari sanoati. Buzmayin GRES,
Turkmanboshi, Nebitdogʻ, Turkmanobod,
Xoʻjaligi


Mari, Gugurtdogʻda issiqlik elektr styalari
barpo etilgan. Yiliga oʻrtacha 10,5 mlrd.
kVt soat elektr energiya hosil qilinadi.
Neft qazib chiqarish va uni qayta ishlash
T.ning gʻarbiy rnlarida olib boriladi,
Cheleken gʻarbida dengiz tubidan neft
qazib olinadi. Asosiy gaz konlari:
Gazoʻchoq, Naip, Shatlik, Gugurtdog va
boshqa Neftni kayta ishlash tarmogʻida
benzin, kerosin, dizel yonilgʻisi, mazut,
bitum, elektrodli koks, kir yuvish
vositalari, kimyo sanoatida natriy sulfat,
yod, brom, oltingugurt, mineral oʻgʻit,
oltingugurt kislotasi, superfosfat, ftorli
alyuminiy ishlab chikariladi,
mashinasozlik va metallsozlik
korxonalarida teplovoz va avtomobillar


taʼmirlanadi, markazdan qochirma neft
nasoslari, kultivator, elektr kabeli, gaz
plitalari, oziq-ovqat sanoati uchun
uskunalar ishlab chiqariladi. Yengil
sanoat paxta, jun, pillani dastlabki qayta
ishlash, ip gazlama, jun va ipak gazlama,
trikotaj ishlab chiqarish., qorakoʻl
oshlash, pillakashlik, tikuvchilik,
koʻnchilik, poyabzal korxonalaridan
iborat. Yogochsozlik, poligrafiya, shisha
sanoati ham muhim oʻrin oladi. Asosiy
sanoat markazlari: Ashxobod, Toshhovuz,
Turkmanobod, Mari, Turkmanboshi,
Nebitdogʻ, Bayramali va boshqa
Qishloq xoʻjaligining yetakchi tarmogʻi —
dehqonchilik. Unda paxtachilik asosiy


oʻrin egallaydi. Vohalarda va togʻ yon
bagʻirlarida yetishtiriladi (asosan,
ingichka tolali paxta). Donli ekinlardan
bugʻdoy, arpa, sholi, oq joʻxori va
makkajoʻxori, yemxashak ekinlari, poliz
ekinlaridan qovun, tarvuz yetishtiriladi.
Bogʻ va tokzorlar bor. Atrek daryosi va
uning irmoqlari boʻylarida subtropik
ekinzorlar (anor, zaytun, anjir,
bodomzorlar) bor. Chorvachilik qishloq
xoʻjaligi.ning muhim tarmogʻi
hisoblanadi. Togʻli joylarda qoramol, qoʻy,
echki, yilqi boqiladi, tekisliklarda
qorakoʻlchilik va tuyachilik,
Turkmanobod, Ashxobod, Mari
viloyatlarida pillachilik, suv havzalarida
baliq xoʻjaligi rivojlangan.


Transport yoʻli uzunligi 2,12 ming km,
umumiy foydalanishdagi avtomobil
yoʻllari uz. 13,6 ming km, jumladan, qattiq
qoplamali yoʻllar uz. 11,6 ming km.
Asosiy dengiz porti — Turkmanboshi.
Turkmanboshi — Boku, Bekdash — Boku
yoʻnalishi boʻyicha t.y.li dengiz paromi
mavjud. Amudaryo va Qoraqum kanalida
kema katnaydi. Truboprovod transporti
mavjud. Neft va gaz quvurlari, jumladan,
Vishka — Turkmanboshi, Cheleken —
Turkmanboshi neft quvurlari mavjud. T.
chetga tabiiy gaz, neft va neft
mahsulotalari, paxta, mineral oʻgʻit va
boshqa chiqaradi. Chetdan mashina va
Transporti


uskunalar, kora metallar, transport
vositalari, kiyimkechak, poyabzal, don,
kandshakar oladi. Rossiya, Ukraina, Oʻrta
Osiyo mamlakatlari va Qozogʻiston bilan
savdo qiladi. T.ning OʻzR bilan tashki
savdo aylanmasi 2003 yilda 2002 yilga
nisbatan 17,3% ortdi va OʻzR ning tashki
savdosidagi ulushining 1,3% ni tashkil
etdi. Pul birligi — manat.
Davlatga karashli tibbiyot muassasalari
bilan bir qatorda xususiy shifoxonalar
ham bor. Vrachlar Ashxobod tibbiyot
intida tayyorlanadi. Mashhur kurortlari:
Bayramali, Feruza iqlimiy, Archman
Tibbiy xizmati


balneologiya va Mullaqora balchiq bilan
davolash sanatoriylari.
Maorifi, ilmiy va madaniymaʼrifiy
muassasalari. Maorifi boshlangʻich,
toʻliqsiz oʻrta va umumiy oʻrta taʼlim
maktablaridan iborat. Oʻrta maxsus taʼlim
oʻquv yurtlari turli kasblarni oʻrgatadi.
T.da bir qancha oliy oʻquv yurti, jumladan,
Ashxobodda T. universiteta, politexnika,
qishloq xoʻjaligi., ped., sanʼat, tibbiyot,
xalq xoʻjaligi va boshqa intlar,
Turkmanobodda ped. instituti
mavjud.institutlar uning tarkibidagi
intlardan tashqari Sil kasalliklari instituti,
Koʻz kasalliklari instituti, Nevrologiya va
fizioterapiya instituti, Radiologiya va


rentgenologiya instituti, Onkologiya
instituti, Chorvachilik va veterinariya
instituti, Tuproqshunoslik instituti va
boshqa ilmiy muassasalarda olib
boriladi.
T.da T. davlat kutubxonasi bir qancha
teatr, sirk, 15 davlat muzeyi, shu
jumladan, Ashxobodda T. tarixi muzeyi,
tasviriy sanʼat muzeyi, "Nisa"
tarixiymadaniy qoʻriqxona va boshqa
madaniymaʼrifiy muassasalar mavjud.
T.da 20 ta gaz. va jurnali, jumladan, rus
tilida "Neytralnoʻy Turkmenistan"
Matbuoti, radioeshittirishi,
telekoʻrsatuvi


("Betaraf Turkmaniston"), turkman tilida
"Turkmenistan" gaz.lari nashr etiladi.
T.davlat axborot agentligi
(TURKMANPRESS), T. milliy
teleradiokompaniya faoliyat yuritadi. T.da
muntazam radioeshittirish 1927 yildan,
televizion koʻrsatuvlar 1959 y. noyab.dan
boshlangan.
Adabiyoti xalq ogʻzaki ijodiyotidan
boshlangan. Oʻrta Osiyo xalklarining
mushtarak asari boʻlmish "Kitobi dadam
Qurqut" oʻgʻuz elati hayotini tasvirlaydi.
"Shohsanamgʻarib", "Sayot va Hamro",
"Goʻroʻgʻli", "Layli va Majnun", "Yusuf va
Zulayho" kabi dostonlarning turkman
variantlari keng tarqalgan. 18-a.da


turkman shoirlari nazm tilini xalq tiliga
yaqinlashtirdilar. Mahtumquli adabiyetda
yangi yoʻnalishni boshlab berdi. 18-a.
oxiri — 19-a. boshlarida Durdi Shoir,
Saidiy, Ziloliy, Misqinqilich, Andalib,
Shaydoiy, Ozodiy, Gʻoyibiy, Kamina
turkman adabiyoti rivojiga katta hissa
qoʻshdilar. 19-a.da yashab ijod etgan
turkman shoirlari ijodida lirika yetakchi
janr boʻldi. Asl muhabbatni madh etuvchi
"Zuhro va Tohir" dostonining muallifi
Mullanafas turkman adabiyotidagi lirika
janrining yorqin namoyandasidir.
20-a. 20-yillarida badiiy nasrchilik
rivojlana boshladi. Shoir va
yozuvchilardan Yoqub Nosirli, B.


Kerboboyev, N. Sarixonov, A. Durdiyev, X.
Deryayev, dramaturglardan A. Karliyev, B.
Omonov va boshqa adiblar hikoya, qissa,
roman va pyesalarida xalq hayoti,
quvonch va tashvishlarini haqqoniy
tasvirlashga intildilar. 1934 y. T.
yozuvchilar uyushmasi tashkil etildi.
1928 yildan yozuvchilarning oylik
adabiybadiiy jurnali nashr etila boshladi.
2jaxrn urushi yillari turkman adiblari
bosqinchilarga qarshi xalq nafratini
ifodalovchi nazmiy va nasriy asarlar
yaratdilar. Jumladan, Yo. Nosirlining
"Leytenantning oʻlimi", P. Nurberdiyevning
"Vatanparvar chol" dostonlari, K,.
Seytliyevning sheʼrlari, D. Xoldurdining
"Oqxalatli qiz" dostoni va boshqa


asarlarda urush va turkman xalqining
front orqasidagi fidoiyligi oʻz aksini
topgan. Urushdan keyingi turkman
adabiyotida tinchlik uchun kurash,
odamlar oʻrtasidagi munosabat asosiy
mavzu boʻldi. 50-yillarda A. Otajonov, M.
Saidov, K. Qurbonnapasov, A. Xaydov va
boshqa adabiyotga kirib keldilar. 60—70-
yillardan yirik nasriy asarlar adabiyetda
yetakchi oʻrin egalladi. Qilich Quliyevning
"Qora karvon", Beki Seytoqovning
"Birodarlar", X. Deryayevning "Qismat"
romanlari va boshqa yaratiddi. B.
Kerboboyev, X. Ismoilov, M. Garriyev, K.
Tangriquliyev, A. Boymurodovlar bolalar
adabiyetiga qiziqarli asarlari bilan hissa
koʻshdilar.


20-a.ning 2yarmida yirik nasriy asarlar
adabiyetda yetakchi oʻrin egalladi. B.
Xudoynazarov, A. Kurbonov, O.
Okmamedov, Ya. Mametyev, T.
Jumageldiyev va boshqa adiblarning
romanlari bosilib chikdi. A. Murodov, U.
Abdullayev, J. Allakov, R.Rajabovlar
adabiyotshunoslik va adabiy tanqid
sohasida barakali ijod qildilar. Boshqa
xalqlar adiblari, jumladan, oʻzbek
yozuvchilarining eng yaxshi asarlarini
turkman tiliga tarjima qilishga katta
ahamiyat berib kelindi.
Meʼmorligi va tasviriy
sanʼati


Turkmaniston hududida qad.
manzilgoxlar (Ashxobod yaqinidagi
Jaytun va Passajiktepa) qoldiqlari
saklanib qolgan. Bundan tashkari, yirik
qishloklarning qoddiqlarini ham uchratish
mumkin (Namozgohtepa, Ulugʻtepa,
Oltintepa). Turli davrlarda mustahkam
devorlar bilan oʻralgan shaharlar
(Marvdagi Erkqalʼa, Kaushut yaqinidagi
Elkentepa) vujudga kelgan. Mil. 5— 7-
a.larda xom gʻisht va paxsadan
qoʻrgʻonlar, 2 qavatli koʻshklar qurildi. 11
— 12-a.larda shaharlarda masjid,


Madrasa, karvonsaroy, timlar, maqbaralar,
turar joy mahallalari barpo etildi (Abu
Sayd maqbarasi, Abulfazl maqbarasi va
boshqalar). Pishiq gʻishtdan mahobatli
imoratlar qurilib, tomi gumbaz shaklida
ishlana boshladi. 12-a.da binolarni
bezashda bir tomoni sirlangan gʻisht va
koshindan foydalanish rayem boʻldi.
Maqbaralar oʻziga xos meʼmoriy shaklda
bunyod etilgan. Marvdagi Sulton Sanjar
matsbarasi, Koʻhna Urganchdagi
Najmiddin Kubro maqbarasi, Faxriddin
Roziy matsbarasi, Sulton Takash
maqbarasi va boshqa sirkorlik va
naqshkorlik usulida serhasham
bezatilgan. Marvdan Xorazmga borish
yoʻlidagi Oqchaqalʼa, Choshqalʼa,


Doyaxotin karvonsaroyi ichki hovlisining
4 tomoni peshayvonli qilib qurilgan. 14—
15-a.larda Temuriylar davri meʼmorligiga
xos mahobatli va peshtokli binolar qurila
boshladi. 19-a. 2yarmida Krasnovodsk,
Ashxobod, Chorjoʻy, Bayramali, Qizilarvot
kabi yangi shaharlar paydo boʻldi. Ammo
koʻchmanchi qabilalar hamon kigiz
oʻtovda yashar edi.
20-a.ning oʻrtalaridan turkman meʼmorlari
uyjoy qurilishida issiq iklim sharoitini
qisobga ola boshlagan boʻlsalar, 1948 y.
Ashxobod zilzilasidan soʻng
shaharsozlikning T. uchun alohida
usullarini ishlab chiqdilar. 60—70-yillar
meʼmorligida sodda shakllarga intilish


kuchaydi, 70— 80-yillarda meʼmorlik bilan
bezak sanʼatini birga qoʻshib, atrofdagi
manzaraga moslashuv tamoyillari
ustunlik qila boshladi (A. Ahmedov va F.
Ahmedov rahbarligida ijodiy jamoalar
loyihalagan "Ashxobod" mehmonxonasi,
"Ayna" restorani, Davlat banki, Qurilish
banki binolari).
Badiiy hunarmandlikda kulollik (8-a.dan
qolipaki naqshlangan sirsiz sopol
idishlar), badiiy toʻquv, zargarlik,
gilamdoʻzlik rivojlangan. Ayniqsa, 18—20-
a.larda geometrik shaklli naqshlar bilan
bezatilgan kizil, jigarrang , taka, salor,
yovmut gilamlari badiiy kimmati bilan
mashhur boʻlgan.


Zamonaviy tasviriy sanʼat T.da 19-a.ning
2yarmida paydo boʻla boshladi.
N.N.Karazin, K.S.Mishin, Nazar Yovmutiy
turkmanlar turmushining ijtimoiy
jihatlarini ifodalashga harakat qildilar. 20-
a.ning 20-yillarida "Sharq sanʼati zarbdor
maktabi" ochilgach, T.da professional
badiiy taʼlim yoʻlga qoʻyildi. Shu
maktabda tahsil olgan B. Nurali,
S.N.Beklarov, keyinchalik ularning safiga
qoʻshilgan Yu.P.Daneshvar, I. Klichev, A.
Hojiyev, A. Quliyev, N. Xoʻjamuhamedov,
A. va Ch. Omongeldiyevlar tasviriy
sanʼatni rivojlantirishga muhim hissa
qoʻshdilar. 20-a.ning 2yarmida turkman
badiiy sanʼatida grafika, dastgoh
gravyurasi, natyurmort, avtoportret, teatr


va kino bezakchiligi kabi janrlar rivoj
topdi.
Istiklol yillari T. tasviriy sanʼatida
milliylikka eʼtibor kuchaydi. Dastgoh
rangtasviri, grafika, maxrbatli
haykaltaroshlik rivojlandi. Keksa avlod
vakillaridan I. Kdichev, A. Almamedov,
shuningdek, Sh. Akmuhammedov, A.
Muhammedov, Ya. Bayramov, J.
Amandurdiyev, Ch. Amandurdiyev, G.
Guseynov, A. Murodaliyev, K. Nurmurodov
va boshqa samarali ijod qilmoqdalar.
Chunonchi, Sh. Akmuhammedov ijodida
oʻtmish bilan hozirgi kunning uzviy
bogʻliqligini koʻrsatish, milliy estetik
tamoyillarni ifodalash, Ya. Bayramov


ijodida dadil novatorlik, atrof muhitni,
umuman hayotni falsafiy talqin qilishga
intilish seziladi. 1939 y. T. Rassomlar
uyushmasi va 1994 y. Milliy Badiiy
akademiya tashkil etilgan.
Anʼanaviy shakllari qad. ironii elatlar
musiqa ijodi hamda turkoʻgʻiz
qabilalarining musiqa anʼanalari negizida
qaror topgan. Parfiya poytaxti Niso,
Margʻiyona poytaxti Marv, Saraxsdan
topilgan arxeologik yodgorliklari
islomgacha boʻlgan musiqa madaniyati
(musiqa cholgʻulari) haqida tasavvur
beradi. Saljuqiylar davlati davri (11—12-
Musiqasi


a.lar)da turkmanlarning musiqa
madaniyati ravnaq topdi. Turkman xalq
qoʻshikdari orasida dehqon jamoalari
hayotiga xos mavsum marosim
qoʻshiqlari ("Yilan oyni", "Chemche gelin",
"Ximmil", "Xeshelle" va boshqalar),
shuningdek, oilaviy marosim va maishiy
("Xushroy", "Edemekrem", "Oʻlan", "Azadi",
"Chapak", "Zikir", "Xuvdi", "Agi")
qoʻshiqlari, bayram va sayillarda ayollar
ijro etadigan "Lyale", "Mavrike" kabi
janrlar keng oʻrin olgan. Musiqa
cholgʻulari orasida qad. xizlavuk, juljul,
gopuz (changqoʻbiz) hamda puflama
tuyduklar, doirasimon deprek, dutor va
gʻijjaklar mavjud. Ayniqsa, turkman dutor
kuylari (Qirqlar, Saltikdar, Muqamlar)


shakli murakkabligi, nolalarga boyligi
bilan ajralib turadi. Milliy professional
musiqa yoʻllari turkman baxshi va
sozandalar ijodida namoyon boʻladi.
Baxshilar dutor (dutor va gʻijjak, baʼzida
gargituyduklar) joʻrligida qahramonlik va
ishqiy mavzudagi ("Goʻroʻgʻli", "Nejeb
oʻgʻlon", "Sayot va Hamro", "Shohsanam
va Gʻarib" kabi) dostonlarni mahorat
bilan, maxsus kuylash usullaridan keng
foydalanib ijro etadilar. 1929 y.
Ashxobodda badiiy texnikum musika
boʻlimi bilan birga ochildi (1935 yildan
musiqa bilim yurtiga aylantirilgan). Ilk
turkman kompozitorlari A. Kuliyev, V.
Muxatov, D. Ovezovlar yetishib chikdi.
1929 y. simfonik orkestr, 1934 y. xor,


1941 y. Opera va balet teatri tashkil etildi.
1941—45 ylarda "Zuhro va Tohir",
"Shohsanam va Gʻarib" operalari, "Aldar
koʻsa" baleti yaratildi. Kompozitor A.
Shaposhnikov bilan V. Muxatovning
"Kamina va qozi" hajviy operasi, M.
Ravich bilan N. Muxatovning "Zoʻraki
tabib" baleti, A. Quliyev, A. Shaposhnikov,
V. Ahmedovning orkestr uchun yozgan
konsertlari 50—60-yillardagi turkman
musiqasining yutugʻi boʻldi. 70—80ylarda
turkman musiqasi uslubida yangi siljish
sodir boʻldi. Kompozitorlardan Ch.
Nurimov ("Garmselning oʻlimi", "Qoʻhitang
fojiasi" baletlari, simfonik konsertlari), N.
Xolmamedov (vokal qoʻshiklari), A.
Agajikov ("Soʻna" va "Taxdikali tun"


operalari, "Feruza" baleti), R. Ollayorov
(oratoriya va simfoniyalari) yangi ifoda
usullaridan foydalandilar. Ch. Ortiqov, D.
Nuriyev kabi yosh kompozitorlar ijod kila
boshladi. Ijrochilar orasida dirijyor X.
Allanurov, xonandalardan A.
Annaquliyeva, M. Quliyeva, M.
Shaxberdiyeva, raqqos va raqqosalardan
G. Musayeva, A. Pursiyanovlar mashhur.
Ashxobod va Toshhovuzda musiqali
drama teatrlari, Ashxobodda Milliy
konservatoriya, Ashxobod, Mari va
Turkmanobodda musiqa va sanʼat bilim
yurtlari, turli shaharlarda musiqa
maktablari bor.
Teatri


1918 yildan havaskor teatr toʻgaraklari
tuzila boshladi. 1926 y. dastlabki millim
drama studiyasi tashkil etildi. Unda
dramaturglar K. Burunov, A. Kaushutov,
rej. Yu. Alimzoda dare berdilar, Suray
Murodova, A. Qulmamedov, K. Berdiyev,
O. Durdiyeva, K. Qulmurodov va boshqa
aktyorlar tahsil oldilar. 1929 y. shu
studiya negizida turkman teatri (xoz.
Mullanafas nomidagi drama teatri) barpo
etildi. Unda B. Kerboboyevning
"Yuksalish", A. Karliyevning "Ayna"
pyesalari va chet el dramaturglarining
asarlari sahnalashtiriddi. Mari, Karki,
Qizilarvot va boshqa shaharlarda yangi
Teatri


teatrlar ochildi. 20-a.ning 2yarmida
turkman teatrlarida G. Muxtorov, K.
Seytliyev, B. Omonov, Q. Quliyev, A. N
Ostrovskiy, U.Shekspir pyesalari qoʻyildi.
Teatr jamoalari orasida Ashxoboddagi
yosh tomoshabinlar teatri, Maridagi
Kamina nomli drama teatri,
Turkmanoboddagi musikali drama teatri,
sanʼat arboblaridan B. Omonov, A.
Durdiyev, M. Cherkezov, M. Kirillov, S.
Otayeva, T. Gʻafurova, N. Suyunova, M.
Aymedovalar mashhur.
1926 y. kinofabrika tashkil etildi,
keyinchalik u "Turkmanfilm"ga aylantirildi
Kinosi


(hozirgi A. Karliyev nomidagi
kinostudiya). Shu yerda dastlabki hujjatli
filmlar — "Oq oltin" (1929, rej. A.
Vladichuk), "Choʻlda birinchi" (1932, rej.
M. Bistritskiy), "Misli koʻrilmagan voqea"
(1936) yaratildi. Dastlabki badiiy filmlar —
"Unutib boʻlmaydi" (1931, rej. D.
Poznanskiy), "Yetti yurak" (1935, rej. N. I.
Tixonov), "Men qaytaman" (1935, rej. A.
Ledashchev), "Dursun" (1940, rej. Ye.
IvanovBarkov) ekranga chiqarildi. 40—50-
yillarda yaratilgan filmlar ("Olisdagi kelin",
"Keksa Ashirning hiylasi", "Oila
nomusi","Birinchi imtihon") muvaffaqiyat
qozonmadi va tanqidga uchradi. 60-
yillarda voya ga yetgan X. Narliyev, K.
Yazxonov, M. Qurbonklichev, Ya. Saidov,


M. Suyunxonov kabi yosh rej.larning ijodi
kinematografiyani jonlantirdi. B. B.
Mansurovning "Musobaqa" filmi (1964)
goyaviy yetukligi, ifoda vositasining
taʼsirchanligi bilan ajralib turadi. Unda
murakkab insoniy muammolar tarixiy
voqealar asosida hal etilgan boʻlsa, oʻsha
rej.ning "Chanqovni bosish" filmida
(1967) mazkur muammolar zamonaviy
voqeliqda ifodalab berilgan.
"Mahtumquli" (1968) va "Maqom sirlari"
(1974) filmlari tarixiy shaxslarga
bagʻishlangan. X. Narliyevning "Qoraqum,
soyada 45°" (1983) filmida gazchilarning
hayoti tasvirlangan. Yosh rej. X.
Kakaboyevning "Otam qaytsinchi,
kurasan", X. Narliyevning "Jamol daraxti"


filmlari turkman kinematografiyasining
soʻnggi yillardagi yutuqla]ei jumlasiga
kiradi.
Oʻzbek va turkman xalqlari azaldan
iqtisodiy, madaniy va adabiy aloqada
boʻlib kelganlar. Alisher Navoiyni turkman
xalqi Mir Ali nomi bilan tanigan, uning
asarlari shoir hayot chogʻidayoq
turkmanlar orasida mashhur boʻlgan.
Navoiy gʻazallarini turkman baxshilari
hozirgi kungacha ham kuylab keladilar.
Xiva madrasalarida tahsil olgan turkman
Oʻzbekiston —
Turkmaniston adabiy va
madaniy aloqalari


mumtoz shoirlari Ozodiy, Mahtumquli,
Andalib Navoiyni oʻzlariga ustoz deb
bilganlar. Ayni paytda Mahtumqulining
sheʼrlarini bilmagan va kuylamagan
oʻzbek xrfizi yoʻq desa boʻladi. Andalib
oʻzining "Layli va Majnun", "Yusuf va
Zulayho" dostonlarini Navoiy va Durbek
asarlaridan taʼsirlanib yozgan.
Mahtumqulining tanlangan sheʼrlar
toʻplami oʻzbek tilida bir necha marta
nashr etildi. Gʻafur Gʻulom va Berdi
Kerboboyev, Abdulla Qahhor va Beki
Seytoqov, Zulfiya va Tovshan Esanova,
Asqad Muxtor va Qora Seytliyev kabi
oʻzbek va turkman yozuvchishoirlari
oʻrtasidagi doʻstlik adabiy aloqalar


tarixida muhim oʻrin egallaydi. B.
Kerboboyevning "Dadil qadam",
"Oysulton", "Nebitdogʻ" romanlari, X.
Deryayevning "Qismat" romanepopeyasi,
Mullanafas, Andalib, Kamina, B.
Kerboboyev sheʼrlari, Ota Kavshutovning
"Nebitdogʻ etaklarida" romani, Q.
Quliyevning "Qora karvon" romani, T.
Togʻanovning "Durlar xazinasi" qissasi va
boshqa asarlar oʻzbek tiliga tarjima
qilingan. Turkman dramaturgiyasining
"Mahtumquli" (B. Kerboboyev), "Oila
nomusi", "Kim aybdor?" (X. Mutalov)
singari namunalari oʻzbek teatrlarida
sahnalashtirilgan. Oʻz navbatida,
H.X,.Niyoziyning "Boy ila xizmatchi", A.
Qaxdorning "Shohi suzana", B.


Rahmonovning "Yurak sirlari", Sayd
Ahmadning "Kelinlar qUzgʻoloni"
pyesalari turkman teatrlarida namoyish
qilindi. Turkman adiblarining (B.
Kerboboyev, J. Orazov, B. Seytokrv, O.
Otajonov va boshqalar) Oʻzbekiston,
oʻzbek shoir va adiblarining (Gʻ.Gʻulom,
Shayxzoda, Mirtemir) Turkmaniston
mavzuidagi asarlari muhim.

Download 289,99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish