“Albayrak” konglomerati rahbari Umar Po’lat ilgari “Musiad” islomiy biznes konfederatsiyasini boshqargan. Uning aytishicha, hukumatning islomiy moliya bozoriga kirishi soha taraqqiyoti uchun siyosiy kafolat yaratadi. Shu paytgacha hukumatlar o’ta dunyoviy bo’lgan va islomiy moliyaga shubha bilan qaragan, deydi u. “Oldingi hukumatlar islomiy bank tizimiga xayrixoh bo’lmagan. Ular yangi qaror yoki qonun bilan bunday banklar faoliyatiga osonlikcha barham berishi mumkin edi. Mijozlar ham, agar bu banklar yopilsa, qo’ygan omonatlaridan ayrilish xavotiri bilan yashagan”, - deydi Umar Po’lat.
Do'stlaringiz bilan baham: |