Tipologiya (tip va ...logiya) — obʼyektlarni mavhum, umumlashgan model (tip)lar yordamida ilmiy tasnif qilish usuli. Bunda oʻrganilayotgan obʼyektlarning eng muhim struktur (tarkibiy) va funksional xususiyatlari kayd etiladi. T.ning asosiy xususiyati shundaki, u nafaqat oʻrganilgan, bilib olingan obʼyektlarni tasnif kilish, balki u yoki bu davrdagi fanga xdli maʼlum boʻlmagan obʼyektlarning mavjud boʻla olishini avvaldan koʻrsatish (aniklash)ga ham imkon beradi (mas., D.I.Mendeleyevning elementlar davriy sistemasi). Ilmiy tafakkurning universal usullaridan biri boʻlgan T. oʻrganilayotgan obʼyektlar oʻrtasidagi oʻxshashlik va tafovutni ochib berishga, ularni aynan oʻxshatish, tenglashtirish yoʻllarini topishga asoslanadi va koʻplab fan sohalarida qoʻllanadi, biroq xilmaxil xossali obʼyektlari koʻp boʻlgan biol. kimyo, geogr. tilshunoslik, psixologiya kabi fanlarda samarali foydalaniladi.
Tilshunoslikda T. — umuman til tuzilishining muhim belgilarini alohida, ayrim olingan tillar qurilishini oʻrganish va ularni har tomonlama taqqoslash asosida aniqlovchi va umumlashtiruvchi tilshunoslik boʻlimi. Tipologik metodlar turlituman tillarning fonologiyasi, morfologiyayetl, sintaksist va leksiGʻsosidagi oʻxshashliklar va tafovutlarni aniklashga, lingvistik universaliyalarni, shuningdek, tillarning tiplarini — til kurilishi tabiati haqidagi umumlashgan, mukammal xrldagi tushunchalarni belgilashga qaratilgan. Tillarning tiplari grammatikada tushunchalarni anglatish usuliga, munosabatlarni ifodalash texnikasiga va birikish, boglanish darajasiga qarab aniqlanadi. Tipologik tadqiqotlar til tizimining alohida, ayrim kichik tizimlari asosida ham olib boriladi, shu tufayli fonologik, morfologik, sintaktik va semantik T.lar farklanadi. Ikki yoki undan ortiq qarindosh yoki qarindosh boʻlmagan har xil tizimdagi tillarning ayrim xususiyatlarini qiyosiy T. oʻrganadi. Aniklanadigan tipologik belgilar maʼlum bir kichik tizimning oʻziga xos xususiyatlarini aks ettiradi, lekin til qurilishida ular turli nisbatlarda birikadi, shuning uchun mazkur belgilardan biri asosiy, yetakchi hisoblanadi. Soʻzning tarkibiy tuzilishi asosida tillarning morfologik (tipologik) tasnifi yaratildi, biroq tadrijiy taraqqiyot natijasida tilning tipi oʻzgarishi mumkinligi sababli tillarning tiplari sof holda uchrashi isbotlanmagan. Tilshunoslik sohasidagi tipologik tadqikrtlar nemis olimi F.Shlegel asarlaridan boshlangan. Keyinchalik tillar T.si boʻyicha nemis olimlari A.V.Shlegel, V.Gumboldt, X.Shteyntal, A. Shleyxer, amerikalik E.Sepir, chex V.Skalichka, fransuz A.Martine, ruslardan F.F.Fortunatov, I.I.Meshchaninov, B.Uspenskiy, Yu.V.Rojdestvenskiy, V.N.Yarseva va boshqa tadqiqotlar olib borganlar. Oʻzbekistonda ham A.Abduazizov, J.Boʻronov, Q.Toymetov va boshqalar T. masalalari bilan shugʻullanganlar.
Affiksal morfemalar o’zak morfemaga birikish xususiyatiga ko’ra muayyan tilning o’ziga xos jihatlarini namoyon qiladi. O’zak morfemalarning tabiatiga ko’ra tillar asosan agglutinativ va flektiv tillarga bo’linadi1.
Turkiy tillar, jumladan o’zbek tili affiksal morfemalari tabiatiga ko’ra agglyutinativ hisoblanadi. Agglutinatsiya «ketma-ketlik» ma’nosidagi so’z bo’lib, qo’shimchalarning o’zakka ma’lum tartib va ketma-ketlikda qo’shilishidan dalolat beradi. Bunday hollarda o’zak va qo’shimchalar chegarasi sezilib turadi. Agglutinativ tillarda so’z shakllari o’zgarmas holda qo’shiladigan affikslar yordamida yasaladi. Bunday tillarda affikslar asosan bir grammatik ma’noni ifodalaydi. Masalan, -lar faqat ko’plik qo’shimchasi sifatida qaraladi. Mazkur qo’shimchaning boshqa hollarda ifodalagan hurmat, kesatiq, kinoyani bildiruvchi grammatik ma’nolari uslubiy jihatlari hisoblanadi.
Turkiy tillarda (o’zbek tilida) o’zakka dastavval, so’z yasovchi qo’shimchalar (morfemalar), keyin shakl yasovchi va oxirida so’z o’zgartuvchi qo’shimchalar birikadi: tila-k-lar-imiz-ni. Bu qat’iy qoida morfem tahlilda, ya’ni so’zlarni ma’noli qismlarga ajratishda ham muhim. Masalan, o’rtoqlarcha, mardlarcha so’zlari o’rtoq-lar-cha, mard-lar-cha ko’rinishida emas, balki o’rtoq-larcha, mard-larcha tarzida ma’noli qismlarga ajratiladi.
O’zbek tilidagi affiksal morfemalar o’zak morfemadan keyin qo’shilish xususiyatiga ega. Shu jihatdan, old qo’shimchalar o’zbek tili tabiatiga xos emas. Tilimizdagi ser-(sersuv), no-( nomard), be-(begunoh), ba-(badavlat).. kabi old qo’shimchalar fors-tojik tiliga xos bo’lib, ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’rifiy omillar ta’sirida o’zbek tiliga o’zlashib ketgan. Old qo’shimchalar rus-baynalmilal so’zlarida ham uchraydi.
Flektiv tillarda o’zak morfema va affiksal morfema chegaralari sezilmaydi. Rus tili, arab tili flektiv tillarga mansubdir: videt-viju; xodit-xoju; hukm-mahkama-hokim-hakam-mahkum; fikr-tafakkur-mutafakkir; zulm-zolim-mazlum; hol-ahvol; xulq-axloq; she’r-ash’or.
Do'stlaringiz bilan baham: |