Turkiy tillar taraqqiyoti
Reja:
I Kirish
Turkiy tillar haqida Umumiy maʼlumot
II Asosiy qism
1Turkiy tillar orasidagi oʻxshashliklar
2Turkiy tillarning kelib chiqishi
3 Klassifikatsiyasi
4 Alisher Navoiyning o‘zbek adabiy tilini yuksaltirishdagi
ulushi
III Xulosa
Foydalangan dabiyotlar
Turkiy tillar — hozirgi va qadimgi turkiy xalqlar va elatlarning tillari. Asosan, Oʻzbekiston, Turkiya, Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Turkmaniston, XXR, Afgʻoniston, Eron, Tojikistonda, shuningdek, Bolgariya, Ruminiya, Ukraina, Germaniya, Kipr, Shimoliy Makedoniya, Albaniya, AQSh, Saudiya Arabistoni va boshqa bir kancha mamlakatlarda tarqalgan. Oʻtgan asr oxiridagi maʼlumotlarga koʻra, Turkiy tillarda soʻzlashuvchilarning umumiy soni 130 million kishidan ortiq.
Turkiyada koʻpchilik bilan turkiy tillar oʻrniga turk lahjalari atamasi qabul qilinadi. Turkiya, Ozarbayjon, Oʻzbek va shuningdek hammasi turk tilining lahjalari hisob qilinadi. Turk tili deganda Turkiya turkchasi emas, butun lahjalarni qamraydigan til sifatida tushuniladi. Universitetlarda Çağdaş Türk Lehçeleri ve Edebiyatları nomidagi kafedralarda turkiy tillar va ularning adabiyotlari oʻrgatiladi.
Umumiy maʼlumot
Baʼzi olimlar Turkiy tillarni moʻgʻul tillari hamda tungusmanjur tillari bilan birga qoʻshib, oltoy tillari oilasiga birlashtiradilar. Ye.D.Polivanov, G.Y. Ramstedt kabi tilshunoslarning fikricha, ushbu tillar oilasi koreys va yapon tillarini qoʻshish hisobiga kengayishi mumkin. Oltoy nazariyasiga koʻra, Turkiy tillarning tarixi oltoy tillari bir til boʻlib tashkil topgan qad. zamondan — oltoy davridan boshlanadi. Oltoy bobotili (asos til) dastlab 2 ga — tungusmanjur va turkmoʻgʻul tillariga, soʻngra turkmoʻgʻul tili ham 2 ga — turk va moʻgʻul tillariga ajralgan. Lekin Turkiy tillarning oltoy tillariga genetik aloqadorligi haqidagi masala hamon faraz darajasida krlmoqda.
Turkiy tillar deganda, Sibirdan Bolqon yarim oroligacha bir chiziq boʻylab choʻzilgan ulkan geografik hududda tarqalgan oʻzbek, uygʻur, qozoq, qirgʻiz, qoraqalpoq, saxa (yoqut), tuva, xakas, oltoy, karagas, shor, turkman, ozarbayjon, turk, gagauz, tatar, boshqird, chuvash, qoʻmiq, noʻgʻay, qorachoybolqor, tofalar, chuvash kabi 25 dan ortiq til tushuniladi. Turkiy tillar hozirgi tarqalish geografiyasiga koʻra, quyidagi mintaqalarga ajratiladi: Oʻrta va Jan.
Sharqiy Osiyo, Jan. va Gʻarbiy Sibir, VolgaKama havzasi, Shim. Kavkaz, Zakavkazye va Qora dengiz boʻyi. Turkiy tillarning genetik, lisoniy xususiyatlar jihatidan oʻzaro munosabati masalasiga qiziqish juda qad.dan davom etib keladi. Turkiy tillarni birinchi marta tasnif qilgan olim Maxmud Koshgʻariydir. Turkiy tillar tasnifi bilan qiziqish 19-asr oxiri va 20-asrda qayta avj oldi va hozirgigacha koʻplab tasniflar vujudga keldi (rus olimlari I.N.Berezin, V.V.Radlov, F.Ye.Korsh, A.N.Samoylovich, V.A.Bogoroditskiy, N.A.Baskakov, B.A.Serebrennikov, turk olimi R.R.Arat, fin olimlari G. Y. Ramstedt va A.M.O.Ryasyanen, nemis olimlari I.Bensing va K.G. Mengeslarning tasniflari). Bu tasniflar metodi, oldiga qoʻygan maqsadi nuqtai nazaridan xilmaxildir. Shuning uchun bu tasniflarning birida biron bir guruhga mansub deb hisoblangan til ikkinchisida boshqa bir guruhga tushib qolishi mumkin. Turkiy tillarni tasnif qilishning oʻziga xos qiyin tomonlari bor. Bu qiyinchilik, avvalo, Turkiy tillarning oʻzaro fonetik, leksik, grammatik jihatdan yaqinligidan kelib chiqadi. Ikkinchidan, alohida olingan har bir turkiy xalqning tarkib topishida turli xil qabilalarning ishtirok etganligi va bir qabila bir paytning oʻzida bir necha turkiy xalqning shakllanishida ishtirok etganligi bilan izohlanadi. Mas., V.A.Bogoroditskiy oʻz tasnifida Turkiy tillarning geografik tarqalish xususiyatini asos qilib, ularni 7 guruhga ajratadi: shim.sharqiy (saxayoqut, karagas va tuva tillari); xakas (mintaqadagi xakas aholining shevalari); o l toy (oltoy va teleut tillari, bir qancha lahjalar); gʻarbiy sibir (sibir tatarlariningbarcha laxjalari); volgaboʻyiuraloldi (tatar va boshqird tillari); oʻrta osiyo (uzbek, uygʻur, qozoq, qirgʻiz, qoraqalpoq tillari); jan.gʻarbiy (turkman, ozarbayjon, qoʻmiq, gagauz, turk tillari va chuvash tili). Bu tasnifda turkiy xalklar va tillarning tarixiy tarakane™ hisobga olinmagan, karaim, noʻgʻay kabi tillar eʼtibordan chetdan qolgan. V.V.Radlov tomonidan Turkiy tillar quyidagicha tasnif qilingan: sharqiy guruh (Oltoy, Ob, Yenisey turkiylari va Chulim tatarlarining til va laqjalari, karagas, xakas, shor va tuva tillari); gʻarbiy guruh (Gʻarbiy Sibir tatarlarining lahjalari, qirgʻiz, qozoq, boshqird, tatar va qoraqalpoq tillari); oʻrta osiyo guruhi (oʻzbek va uygʻur tillari); jan. guruh (turkman, ozarbayjon, turk, qrimtatar tillari). Bu tasnifga Turkiy tillarning fonetik xususiyatlari asos qilib olingan boʻlsada, baʼzi fonetik belgilar muayyan bir guruhga emas, bir necha guruh tillarga xos ekanligi seziladi. Boshqa tasniflar ham u yoki bu darajada kamchiliklarga ega. Tasniflar orasida Turkiy tillarning ham til xususiyatlarini, ham tarixiy taraqqiyotini, ham genetik qarindoshligini atroflicha hisobga olgan hamda Turkiy tillarning barchasini tuliq qamrab olgan tasnif N.A.Baskakov tomonidan taklif etilgan va u kupchilik turkiyshunoslar tomonidan tan olingan.
Turkiy tillar oilasi uchun xos bulgan singarmonizm (hozirgi oʻzbek adabiy tili bundan mustasno), suz boshida undoshlarning ketma-ket kela olmasligi, oʻzakning deyarli oʻzgarmasligi, gap boʻlaklarining joylashish tartibi kabi xususiyatlar uni boshqa til oilalaridan farklab turadi. Turkiy tillarni bir til oilasiga birlashtiruvchi va boshqa til oilalaridan farklovchi xususiyatlaridan biri lugʻat tarkibining bir-biriga juda yaqinligi va grammatik qurilishining oʻxshashligidir. Shuning uchun gʻam chuvash va yoqutlardan boshqa hamma turkiy xalklar vakillari oʻz ona tillarida gaplashganlarida bir-birini muayyan darajada tushuna oladi.
Turkiy tillar umumiy genetik va tipologik belgilarga ega: fonetikada yukrridagi belgilardan tashqari unli va undoshlar oppozitsiyasi mavjud. Hozirgi Turkiy tillarda unli va undosh tovushlar mik, dori bir xil emas. Unlilar miqdori baʼzi Turkiy tillarda (tuva, gagauz, chulimtatar tillarida) 20 dan ortiq boʻlsa, koʻpchiligida 8 ta (xoz. oʻzbek adabiy tilida 6 ta). Undosh tovushlar miqdorida esa bunchalik katta farq yoʻq. Maxsus adabiyotlarda undoshlar miqdori 20 dan kam kursatilmaganidek, 30 dan ortiqham qayd etilmaydi. Baʼzi Turkiy tillarda suz boshida jarangsiz undoshlar (k, p, t) ishlatilsa, boshqalarida ayni urinda jarangli undoshlar (g, b, d) qoʻllanadi; soʻz boshida sonor undoshlar (l, m, n, r) deyarli uchramaydi. Morfologiya sohasida agglyutinatsiya shakl va soʻz yasalishining asosiy usuli hisoblanadi, grammatik jins turkumsi yuq, prefiks va old qoʻshimchalar mavjud emas (koʻmakchilar faol qoʻllanadi), bir turdagi turlanish va bir turdagi tuslanish mavjud; sintaksis sohasida gap boʻlaklari oʻzining muntazam joylashish tartibiga ega (aniqlovchi aniqlanmishdan, ega kesimdan oldin joylashadi), bogʻlovchilar deyarli yoʻq (ularning aksariyati arab va fors tillaridan oʻzlashgan), sifatdoshli, ravishdoshli tuzilmalar keng qoʻllanadi, ikki ot yoki otlashgan soʻzning birikuvidan hosil boʻlgan va turkiy izofa deb ataluvchi aniklovchili soʻz birikmalari barcha Turkiy tillarda uchraydi. Soʻz yasalishi, asosan, affiksatsiyadan iborat, shuningdek, soʻz hosil qilishning analitik va boshqa usullari ham bor.
Eng qad. turkiy yozma yodgorliklar (urxunenisey yozuvida) 7— 11-asrlarga mansub boʻlib, ular, asosan, qabrtoshlar tarzida Shim. Mongoliya, Qirgʻizistonda, Yenisey daryosining yuqori qismi, Talas vodiysida va boshqa joylarda topilgan. Brahmi va sugʻd yoʻzuvlarida bitilgan qad. turkiy yodgorliklar ham uchraydi (Sharqiy Turkiston va Oʻrta Osiyo). Keyinchalik uygʻur va arab alifbolari asosidagi turkiy yozuv sharqsa (Qashqar, Oʻrta Osiyo, Oltin Oʻrda hududi, Volgaboʻyida) va gʻarbda (saljuqiylar davlatida, Ozarbayjon, Turkiya va boshqa hududlarda) rivojlandi. Xitoyda yashovchi uygʻurlar 11-asrdan hozirgigacha arab alifbosi asosidagi yozuvdan foydalanadilar. Qad. yozuv anʼanalariga ega boʻlgan turkiy xalkdarning aksariyati (oʻzbek, uygʻur, turk, ozarbayjon, turkman, tatar, boshqird kabi) 20-asrning 20-yillarigacha arab alifbosi asosidagi yozuvga ega boʻlgan. Turk tili 1929-yildan lotin alifbosi asosidagi yozuvga oʻtgan. Sobiq SSSRdagi barcha Turkiy tillar uchun 20-yillar oʻrtalarida lotin grafikasi asosida alifbolar ishlab chiqildi va ular 1930-yilgacha ixtiyoriymajburiy tarzda ana shu yozuvga oʻtkazildi; 1938—40 yillarda esa ayni shu tartibda rus grafikasi asosidagi yozuvga oʻtkazildi. SSSR parchalanib ketgandan keyin 1991-yilda Ozarbayjon va Turkmanistonda, 1993-yilda Oʻzbekistonda lotin yozuviga asoslangan alifbo joriy etish haqida qaror qabul qilindi va bu qarorlar amalga oshirilmoqda. Turkiy tillarning oʻrganilishi haqida q. Turkiyshunoslik.[1]
Turkiy tillar orasidagi oʻxshashliklar
Tillar Yozilishi
Oʻzbekcha Bolalar maktabda tilimizni lotin alifbosi bilan / ila yozadi.
Turkcha Çocuklar okulda dilimizi latin alfabesi ile yazıyor.
Gagauzcha Uşaklar şkolada / okulda dilimizi latin alfavitindä yazêr.
Ozarcha Uşaqlar məktəbdə dilimizi latin əlifbası ilə yazır.
Turkmancha Çagalar mekdepde dilimizi latyn elipbiýi bile(n) ýazýar.
Uygʻurcha Balilar mektepte tilimizni latin elipbesi bilen yazidu.
Qozoqcha Balalar mektepte tilimizdi latin alfavitimen jazadı.
Noʻgʻoycha Ballar mektepte tılımızdı latın alfabemen yazadılar.
Qirgʻizcha Baldar mektepte tilibizdi latin alfaviti menen jazat
Baldar mektepte tilibizdi latın alfaviti menen jazat.
Tatarcha Balalar mäktäpdä telebezne latin älifbası bilän / ilä yaza.
Boshqircha Balalar mәktәptә telebeҙҙe latin әlifbaһi menәn yaҙa.
Tillar Yozilishi
Oʻzbekcha Yangi yilingiz qutlugʻ boʻlsin.
Turkcha Yeni yılınız kutlu olsun.
Gagauzcha Yeni yılınızı kutlerim.
Qrimcha Sizni yanhı yıl bıla kutleymın.
Ozarcha (Ozarbayjon) Yeni iliniz mübarək olsun.
Ozarcha (Eron) Təzə iliniz mübarək olsun.
Iroq turkchasi (Iqoq) Y’engi iliwiz mübarak olsun.
Turkmancha Taze ýylynyz gutly bolsun.
Uygʻurcha Yengi yılıngızğa mübarek bolsun.
Qozoqcha Janga jılıngız quttı bolsın
Qorachoy-Bolqorcha Cangngı cılığıznı alğışlayma.
Noʻgʻaycha Yana yılınız men.
Qoraqalpoqcha Canga cılıngız kuttı bolsın.
Qirgʻizcha Cangı cılıngız kuttu bolsun.
Tatarcha Yaña yılıgız kotlı bulsın.
Qrimtatarcha Yanı ılınız kaırlı (mubarek) olsun.
Maldoʻva-Ruminya Tatarchasi Ceni cılınız kutlu bolsun.
Boshqircha Һeҙҙe yaңi yil menәn ҡotlayim.
Qoʻmiqcha Yangı yılıgız kutlu bolsun.
Xakascha Naa çılnang alğıstapçam (-alkış) şirerni.
Xakascha Naa çılnang alğıstapçam şirerni.
Tuvacha Caa çıl-bile bayır çedirip or men.
Oltoycha Slerdi cangı cılla utkup turum.
Shorcha Naa çıl çakşı polzun.
Yoqutcha Ehigini şanga cılınan eğerdeliibin.
Chuvashcha Sene sul yaçepe salamlatap.
Eski Turkiy Oʻzbekcha Turkcha Turkmancha Tatarcha Qozoqcha Uygʻurcha Yoqutcha Chuvashcha
ata ota ata ata
ana ona anne/ana ene ana ana ana anʼn
oʻgul oʻgil oğul oğul ul, uğıl ul oghul uol yvul
er(kek) erkak erkek erkek ir yerkek är er ar
kyz qiz kız gyz qız qιz qiz ky:s χeʼr
kiši kishi kişi kişi keşe kisi kihi
kelin kelin gelin geli:n kilen kelin kelin kylyn kilen
Eski Turkiy Oʻzbekcha Turkcha Turkmancha Tatarcha Qozoqcha Uygʻurcha Yoqutcha Chuvashcha
jürek yurak yürek ýürek yöräk zhürek yüräk süreq
qan qon kan ga:n qan qan qan qa:n jon
baš bosh baş baş baş bas baş bas puš
qyl qil kıl qyl qıl kyl kyl kyl χeʼleʼr
köz koʻz göz göz küz köz köz kos kör
kirpik kiprik kirpik kirpik kerfek kirpik kirpik kirbi: χurbuk
qulqaq quloq kulak gulak qolaq qulaq qulaq gulka:k χoʻlga
burun burun burun burun borın murιn burun murun
qol qoʻl kol gol qul qol qol χol
el(ig) el el ili: alaʼ
barmak barmoq parmak barmak barmaq barmaq
tyrnaq tirnoq tırnak dyrnaq tırnaq tιrnaq tirnaq tynyraq
tiz tizza diz dy:z tez tize tiz tüsäχ
baltyr boldir baldır baldyr baltır baldyr baldir ballyr
adaq oyoq ayak aýaq ayaq ayaq ataq
qaryn qorin karın garyn qarın qarιn qor(saq) qaryn χyraʼm
Eski Turkiy Oʻzbekcha Turkcha Turkmancha Tatarcha Qozoqcha Uygʻurcha Yoqutcha Chuvashcha
at ot at at at at at at ut
siyir sigir sığır sygyr síır (sıyır) siyιr
yt it it it et iyt it yt jyda
balyq baliq balık balyk balıq balιq beliq balyk polaʼ
bit bit bit bit bet biyt pit byt pyjda
Eski Turkiy Oʻzbekcha Turkcha Turkmancha Tatarcha Qozoqcha Uygʻurcha Yoqutcha Chuvashcha
ev uy ev öý öy üy öy av
otag otoq otağ otaq otaq otu:
yol yoʻl yol yo:l yul zhol yol suol sol
köprüq koʻprik köprü köpri küpar köpir kövrük kürpe
oq oʻq ok ok uk oq oχ ugu
ot oʻt od ot ut ot ot uot vot
kül kul kül kül köl kül kül kül kö'l
suv suv su suw syw suw su ui syv
kemi kema gemi gämi kimä keme kim
köl koʻl göl köl kül köl köl küöl
atov orol ada ada atan aral aral ută
küneš kun güneş gün qoyaş kün kün kün χĕvel
bulut bulut bulut bulut bolıt bult bulut bylyt pĕlĕt
yulduz yulduz yıldız ýyldyz yoldız zhuldιz yultuz sulus şăltăr
topraq tuproq toprak toprak tufraq topιraq tupraq toburaχ tăpra
töpü tepa tepe depe tübä töbe töbö tüpe
yağac yogʻoch ağaç agaç ağaç ağaš jyvăş
tenri tangri tanrı taňry täñre tängri tanara tură
Eski Turkiy Oʻzbekcha Turkcha Turkmancha Tatarcha Qozoqcha Uygʻurcha Yoqutcha Chuvashcha
uzun uzun uzun uzyn ozın uzιn uzun uhun vărăm
yany yangi yeni yany yaña zhanga yengi sana şĕnĕ
semiz semiz semiz semiz simez semiz semiz emis samăr
tolu toʻla dolu do:ly tulı tolι toluq toloru tulli
aq oq ak ak aq aq aq
qara qora kara gara qara qara qara χara χura
qyzyl qizil kızıl gyzyl qızıl qızıl qizil kyhyl χĕrlĕ
kök koʻk gök gök kük kök kök küöq kăvak
Sonlar Eski Turkiy Oʻzbekcha Turkcha Turkmancha Tatarcha Qozoqcha Uygʻurcha Yoqutcha Chuvashcha
1 bir bir bir bir ber bir bir bi:r pĕrre
2 eki ikki iki iki ike yeki ikki ikki ikkĕ
4 tört toʻrt dört dö:rt dürt tört töt tüört tăvattă
7 yeti yetti yedi yedi cide zheti yättä sette şiççĕ
10 on oʻn on o:n un on on uon vunnă
100 yüz yuz yüz yü:z yöz zhüz yüz sü:s şĕr
Shaxs tuslanishi
Oʻzbek Turk Ozarbayjon Turkman Yangi Uygʻur Boshqir Tatar Qozoq Qirgʻiz Yoqut Chuvash
men ben mən men men min min men men min epĕ / ep
menga bana mənə maňa manga miñä miña mağan maga miexe / miexeğe mana
meni beni məni meni méni mine mine meni meni miigin mana
menda bende məndə mende mende / méningde mindä mindä mende mende - manra
mendan benden məndən menden mendin / méningdin mindän minnän menen menden miigitten manran
mening benim mənim meniň méning mineñ minem meniñ menin miene man / manăn
men bilan / mening bilan benimle mənimlə men bilen / meniň bilen men bilen / méning bilen mineñ menän minem belän menimen men menen miiginen manpa
Oʻzbek Turk Ozarbayjon Turkman Yangi Uygʻur Boshqir Tatar Qozoq Qirgʻiz Yoqut Chuvash
sen sen sən sen sen hin sin sen sen en esĕ / es
senga sana sənə saňa sanga hiñä siña sağan saga eyiexe / eyiexeğe sana
seni seni səni seni séni hine sine seni seni eyigin sana
senda sende səndə sende sende / séningde hindä sindä sende sende - sanra
sendan senden səndən senden sendin / séningdin hindän sinnän senen senden eyigitten sanran
sening senin sənin seniň séning hineñ sineñ seniñ senin eyiene san / sanăn
sen bilan / sening bilan seninle səninlə sen bilen / seniň bilen sen bilen / séning bilen hineñ menän sineñ belän senimen sen menen eyiginen sanpa
Oʻzbek Turk Ozarbayjon Turkman Yangi Uygʻur Boshqir Tatar Qozoq Qirgʻiz Yoqut Chuvash
siz siz siz siz siz / sili heź sez siz siz en esir / esĕr
sizga size sizə size sizge / silige heźgä sezgä sizge sizge eyiexe / eyiexeğe sire
sizni sizi sizi sizi sizni / silini heźźe sezne sizdi sizdi eyigin sire
sizda sizde sizdə sizde sizde / silide heźźä sezdä sizde sizde - sirĕnte
sizdan sizden sizdən sizden sizdin / silidin heźźän sezdän sizden sizden eyigitten sirĕnten
sizning sizin sizin siziň sizning / silining heźźeñ sezneñ sizdiñ sizdin eyiene sirĕn
siz bilan / sizning bilan sizinle sizinlə siz bilen / siziň bilen siz bilen / sizning bilen / sili bilen heźźeñ menän sezneñ belän sizben siz menen eyiginen sirĕnpe
Oʻzbek Turk Ozarbayjon Turkman Yangi Uygʻur Boshqir Tatar Qozoq Qirgʻiz Yoqut Chuvash
u o o ol u ul ul ol al kini văl / ul
unga ona ona oňa uningha uğa aña oğan aga kiniexe ăna
uni onu onu onu uni unı anı onı anı kinini ăna
unda onda onda onda unda / uningda / anda unda anda onda anda - unra / unta
undan ondan ondan ondan undin / uningdin / andin undan annan onan andan kinitten unran / untan
uning onun onun onuň uning unıñ anıñ onıñ anın kiene un / unăn
u bilan / uning bilan onunla onunla o bilen / onuň bilen u bilen / uning bilen unıñ menän anıñ belän onımen al menen kininen unpa
Oʻzbek Turk Ozarbayjon Turkman Yangi Uygʻur Boshqir Tatar Qozoq Qirgʻiz Yoqut Chuvash
biz biz biz biz biz beź bez biz biz bihigi epir / epĕr
bizga bize bizə bize bizge beźgä bezgä bizge bizge bihiexe / bihiexeğe pire
bizni bizi bizi bizi bizni beźźe bezne bizdi bizdi bihigini pire
bizda bizde bizdə bizde bizde beźźä bezdä bizde bizde - pirĕnte / pirte
bizdan bizden bizdən bizden bizdin beźźän bezdän bizden bizden bihigitten pirĕnten / pirten
bizning bizim bizim biziň bizning beźźeñ bezneñ bizdiñ bizdin bihiene pirĕn
biz bilan / bizning bilan bizimle bizimlə biz bilen / biziň bilen biz bilen / bizning bilen beźźeñ menän bezneñ belän bizben biz menen bihiginen pirĕnpe
Oʻzbek Turk Ozarbayjon Turkman Yangi Uygʻur Boshqir Tatar Qozoq Qirgʻiz Yoqut Chuvash
senlar siz siz siz siler / sénler heź sez sender siler ehigi esir / esĕr
senlarga size sizə size silerge / sénlerge heźgä sezgä senderge silerge ehiexe / ehiexeğe sire
senlarni sizi sizi sizi silerni / sénlerni heźźe sezne senderdi silerdi ehigini sire
senlarda sizde sizdə sizde silerde / sénlerde heźźä sezdä senderde silerde - sirĕnte
senlardan sizden sizdən sizden silerdin / sénlerdin heźźän sezdän senderden silerden ehigitten sirĕnten
senlarning sizin sizin siziň silerning / sénlerning heźźeñ sezneñ senderdiñ silerdin ehiene sirĕn
senlar bilan sizinle sizinlə siz bilen / siziň bilen siler bilen / sénler bilen heźźeñ menän sezneñ belän sendermen siler menen ehiginen sirĕnpe
Oʻzbek Turk Ozarbayjon Turkman Yangi Uygʻur Boshqir Tatar Qozoq Qirgʻiz Yoqut Chuvash
ular onlar onlar olar ular ular alar / ular olar alar kiniler vĕsem / vălsem
ularga onlara onlara olara ulargha ularğa alarğa olarğa alarga kinilerge vĕsene
ularni onları onları olary ularni ularźı alarnı olardı alardı kinileri vĕsene
ularda onlarda onlarda olarda ularda ularźa alarda olarda alarda - vĕsenche
ulardan onlardan onlardan olardan ulardin ularźan alardan olardan alardan kinilerten vĕsenchen
ularning onların onların olaryň ularning ularźın alarnıñ olardıñ alardın kiennere vĕsen / vĕsenĕn
ular bilan onlarla onlarla olar bilen ular bilen ular menän alar belän olarmen alar menen kinilerinen vĕsempe
Klassifikatsiyasi
Turkiy tillar Bulgar guruhcha Chuvash tili
Qarluq guruhcha Oʻzbek tili
Uygʻur tili
Qipchoq guruhcha Boshqird tili
Qozoq tili
Qaraim tili
Qoraqalpoq tili
Qorachoy-Bolqor tili
Qo'miq tili
Noʻgʻoy tili
Tatar tili
Oʻgʻuz guruhcha Ozarbayjon tili
Gagauz tili
Turk tili
Turkman tili
Qirgʻiz-qipchoq guruhcha Oltoy tili
Qirgʻiz tili
Uygʻur guruhcha Tuva tili
Xakas tili
Shor tili
Yoqut tili
Turkiy tillar - oila qarindosh tillar taxmin qilingan Oltoy makrofamilasi, Osiyoda keng tarqalgan va Sharqiy Evropa... Turkiy tillarning tarqalish sohasi Sibirdagi Kolima daryosi havzasidan janubi-g'arbiygacha, O'rta dengizning sharqiy qirg'og'igacha cho'zilgan. Ma'ruzachilarning umumiy soni 167,4 million kishidan oshdi.
Turkiy tillarning tarqalish sohasi havzadan uzaygan
R. Sibirdagi Lena sharqiy O'rta er dengizi sohiliga.
Shimolda turkiy tillar Ural tillari, sharqda tungus-manchu, mo'g'ul va. xitoy... Janubda turkiy tillarning tarqalish sohasi eron, semit, g'arbda esa slavyan va boshqa ba'zi hind-evropa (yunon, alban, rumin) tillarining tarqalish sohasi bilan aloqa qiladi. Sobiq Sovet Ittifoqidagi turkiyzabon xalqlarning asosiy qismi Kavkaz, Qora dengiz mintaqasi, Volga bo'yi, O'rta Osiyo, Sibir (g'arbiy va sharqiy) da yashaydi. Litva, Belorusiya, Ukraina va Moldova janubida g'arbiy mintaqalarda karaytlar, qrim tatarlari, krimchaklar, Urum va Gagauzlar yashaydi.
Turkiyzabon xalqlarning ikkinchi turar-joy maydoni ozarbayjonlar, kumuklar, qorachaylar, balkarlar, nogaylar va truxmenlar (Stavropol turkmanlari) yashaydigan Kavkaz hududi bilan bog'liq.
Turkiy xalqlarning uchinchi geografik joylashuvi - tatarlar, boshqirdlar va chuvashlar vakili bo'lgan Volga bo'yi va Ural.
To'rtinchi turkiyzabon hudud - O'zbeklar, Uyg'urlar, Qozoqlar, Qoraqalpoqlar, Turkmanlar, Qirg'izlar yashaydigan Markaziy Osiyo va Qozog'iston hududi. Uyg'urlar MDHdan tashqarida ikkinchi yirik turkiy tilda so'zlashadigan xalqdir. Ular XXRning Shinjon-Uyg'ur avtonom viloyati aholisining asosiy qismini tashkil qiladi. Xitoyda uyg'urlar bilan bir qatorda qozoqlar, qirg'izlar, o'zbeklar, tatarlar, salarlar va sarig'-yugurlar ham bor.
Beshinchi turkiyzabon hudud Sibirdagi turkiy xalqlar tomonidan namoyish etilgan. Ushbu zonaviy guruh G'arbiy Sibir tatarlaridan tashqari yakutlar va dolganlar, tuviniklar va tofalar, xakaslar, shorlar, chulimlar, oltoylardan iborat. Sobiq Sovet Ittifoqi tashqarisida turkiyzabon xalqlarning asosiy qismi Osiyo va Evropada yashaydi. Son jihatdan birinchi o'rinni egallab turibdi
Turklar. Turklar Turkiyada (60 milliondan ortiq odam), Kipr, Suriya, Iroq, Livan, Saudiya Arabistoni, Bolgariya, Gretsiya, Makedoniya, Ruminiya, Frantsiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Belgiya, Shveytsariyada yashaydilar. Evropada 3 milliondan ortiq turklar yashaydi.
Hozirgi geografik taqsimot asosida barcha zamonaviy turkiy xalqlar to'rtta mintaqaviy guruhlarga bo'lingan. Zamonaviy turkiy tillarning hududiy-mintaqaviy tarqalishi (g'arbdan sharqqa): I guruh - Janubiy Kavkaz va G'arbiy Osiyo - 120 million kishi: (janubiy - g'arbiy turkiy tillar - ozarbayjon, turk); II guruh - Shimoliy Kavkaz, Sharqiy Evropa - 20 million kishi: (shimoli-g'arbiy turkiy tillar - kumuk, qorachay - balkar, nog'ay, qrim-tatar, gagauz, karaite, tatar, boshqird, chuvash): III guruh - Markaziy Osiyo - 60 million kishi: (janubi-sharqiy turkiy tillar - turkman, o'zbek, uyg'ur, qoraqalpoq, qozoq, qirg'iz); IV guruh - G'arbiy Sibir - 1 million kishi: ( shimoli-sharqiy Turkiy tillar - oltoy, shor, xakas, tuvan, tofalar, yakut). Zamonaviy turkiy tillarning madaniy lug'ati men tomonidan beshta semantik guruhga bo'linadi: flora, fauna, iqlim, landshaft va iqtisodiy faoliyat. Tahlil qilinayotgan lug'at uch guruhga bo'linadi: umumiy turkiy, areal va qarz. Oddiy turkiy so'zlar qadimgi va o'rta asr yodgorliklarida qayd etilgan, shuningdek, zamonaviy turkiy tillarning aksariyatida o'xshashliklarga ega bo'lgan so'zlardir. Mintaqaviy-mintaqaviy lug'at - bitta umumiy yoki qo'shni hududlarda yashovchi bir yoki bir nechta zamonaviy turkiy xalqlarga ma'lum bo'lgan so'zlar. Qarz olgan so'z boyligi - chet eldan chiqqan turkiy so'zlar. Tilning so'z boyligi milliy xususiyatlarni aks ettiradi va saqlaydi, ammo barcha tillarda ma'lum darajada qarzlar mavjud. Ma'lumki, chet tilidan qarz olish har qanday tilning so'z boyligini to'ldirishda va boyitishda muhim o'rin tutadi.
Tatarlar va gagauzlar Ruminiya, Bolgariya, Makedoniyada ham yashaydilar. Eronda turkiyzabon xalqlarning ulushi katta. Bu erda ozarbayjonlar bilan bir qatorda turkmanlar, qashqaylar, afsharlar yashaydi. Turkmanlar Iroqda yashaydilar. Afg'onistonda turkmanlar, qoraqalpoqlar, qozoqlar, o'zbeklar bor. Mo'g'ulistonda qozoqlar va tuvaliklar yashaydi.
Turkiy tillar doirasidagi tillar va ularning shevalarining mansubligi va o'zaro bog'liqligi bo'yicha ilmiy munozaralar to'xtamaydi. Masalan, G. G.Axatov o'zining "G'arbiy Sibir tatarlarining dialekti" (1963) klassik fundamental ilmiy asarida Tobol-Irtish tatarlarining Tyumen va Omsk viloyatlaridagi hududiy joylashuvi to'g'risida materiallar taqdim etdi. Fonetik tizimni, leksik tarkibni va grammatik tuzilmani har tomonlama keng qamrovli tahlilga o'tkazgan olim Sibir tatarlari tili bitta mustaqil shevadir, u shevalarga bo'linmagan va eng qadimiy turkiy tillardan biri degan xulosaga keldi. Biroq, dastlab V. Sibir tatarlarining A. Bogoroditskiy tili G'arbiy Sibir turkiy tillar guruhiga mansub bo'lib, u tarkibiga Chulym, Baraba, Tobolsk, Ishil, Tyumen va Turin tatarlarini ham qo'shgan.
Turkiy tillar, jumladan, o‘zbek tilining tarixi meloddan
burungi davrlarga ildiz otgan, uning tarixi qadimgi oltoy
davridan boshlanadi.
Tilning tarixiy taraqqiyoti to‘g‘risida so‘z borganda
umumxalq tili va adabiy til tushunchalari amal qiladi.
Bundan tashqari, jonli tilning og‘zaki va yozma ko‘rinishi
bor. O‘tmishda har ikkovining ham o‘z atamasi bo‘lgan. Yusuf
Xos Hojib o‘zining “Qutadg‘u bilig” asarida yozma tilni bitig
söz deb atagan edi. Qadimgi turkiy tilda bitig – “bitig, yozuv;
xat, kitob; yozma hujjat” anglamlariga ega. U “yozmoq,
bitmak” ma’nosidagi biti- fe’lidan yasalgan. Bitig söz atamasi
“bitilgan so‘z; kitobiy so‘z; matn”, tilshunoslik tushunchasi
bilan aytganda, “yozma til, adabiy til” ma’nosini beradi. Mana
o‘sha atamaning Yusuf Xos Hojib baytlaridagi misoli:
Balağat bilä xat teŋäšsä qalï,
Ei egü til bu bitig söz tili.
(Balog‘at bilan xat tenglashsa agar,
Yozma til juda ezgu til bo‘ladi) (QB.2655).
Fikrni yozma ko‘rinishda, ya’ni matnda ifodalash usuli
bitig söz yaŋï deyilgan. Yusuf Xos Hojib yozma til fikrni
ifodalashning eng yaxshi yo‘lidir, deya ta’kidlaydi:
Nekü ter ešitkil İlä sir teŋi,
Ei egü yaŋ bu bitig söz yaŋï.
Eski turkiy adabiy til davri quyidagi bosqichlarni
birlashtiradi: 1) Qoraxoniylar davri tili (qoraxoniylar davrida
yaratilgan yozma yodgorliklar tili); 2) “Chig‘atoy turkiysi”; 3)
Eski xorazm turkiysi (Oltin O‘rda va Xorazm muhitida amal
qilgan adabiy til); 4) Eski qipchoq tili (Misrda yozilgan
grammatik asarlar va lug‘atlar hamda g‘arbiy turk o‘lkalarida
qipchoqlar yaratgan asarlar tili); 5) Eski anato‘li turkchasi (Bu
XIII–XV asrlarda o‘g‘uz turklari qo‘llagan yozma adabiy tildir.
Keyinchalik buning negizida usmonli turkchasi otini olgan
adabiy til yuzaga keldi);
Eski o‘zbek adabiy tili (XIV asrdan XX yuzyillikning
boshlariga qadar). Bu davrda ham “chig‘atoy turkiysi” davom
etdi. XIII–XVI asrlarning adabiy tili “chig‘atoy turkiysi” oti
bilan yuritiladi. Bu davr eski o‘zbek adabiy tilining eng
yashnagan bosqichidir. O‘sha yuksalishning ta’siri va
an’analari XX yuzyillikning boshlariga qadar keldi.
Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Bu davr XX asrning boshlaridan
to shu kungacha amal qilmoqda.
Boshqa fanlarda bo‘lgani singari til tarixining ham o‘z
chegarasi, o‘rganishga asos bo‘lib xizmat qiluvchi manbalari
bor. Til tarixi yozuv yodgorliklariga tayangan holda muayyan
tilning yuzaga kelishi, uning tarixiy taraqqiyoti, hozirgi
ko‘rinishiga kelgunga qadar yuz bergan o‘zgarishlar, ularning
yuz berishida amal qilgan qonuniyatlarni tadqiq etadi. Turkiy,
xususan, o‘zbek tilining tarixi quyidagi tayanch manbalar
asosida o‘rganiladi:
1. O‘tmishdan qolgan yozma yodgorliklar. Til tarixini
o‘rganishda eng ishonchli manba bizgacha yetib kelgan yozuv
yodgorliklaridir. Turkiy tilda yaratilgan diniy-falsafiy asarlar,
badiiy adabiyot namunalari, tarix kitoblari, epigrafik matnlar
Turk davlatlaridan tashqi o‘lkalarda turkiy tilning
mavqei masalasi. Misr va Suriya tarixida mamluklar davlati
(1250–1517 yillar) nomi bilan ataluvchi ijtimoiy-siyosiy tuzum
chuqur iz qoldirgan. Mamluklar ayyubiy sultonlarning qo‘lida
xizmat qilgan, kelib chiqishi qipchoq qullardan edi. Zamona
zayli bilan qachonlardir bu yurtlarga qul (mamluk) sifatida
sotib olib keltirilgan qipchoqlarning yetakchilari, qo‘shin
boshliqlari mahalliy sultonu amirlarning kuchsizlanuvidan
foydalanib, davlatni qo‘lga oldilar. Ushbu mamluk-qipchoq
davlatining asoschisi Sulton Baybars edi.
Mamluklar zamonida davlat va jamiyat boshqaruvi
turklarning qo‘liga o‘tdi. Mamlakatning madaniy, siyosiy
ishlarida turklarning ta’siri kuchaydi. Buning oqibatida
hukumdorlarning tili bo‘lmish turkiy tilga e’tibor qaratildi,
hukumdorlarning tili sifatida turkiyning mavqei ko‘tarildi.
Turkiy til mamluklar davlatining rasmiy tiliga aylandi. Bu
kezlar arablarning turkiy tilni o‘rganishlari uchun grammatika
va lug‘atlar, turli qo‘llanmalar yaratilgan. Misr va Suriyada
turkiy adabiyot ham yuzaga kela boshladi. Amir va
sultonlarning buyrug‘i bilan turkiy tilda badiiy asarlar ijod
etildi, arab va fors tillaridan tarjimalar qilindi. Eng sara turkiy
asarlar ularning kutubxonalari uchun ko‘chirtirildi. Bu kezlar
Misr va Suriya bilan Anato‘li, Xuroson, Turkiston, Oltin O‘rda,
Ozarbayjon o‘rtasida madaniy, adabiy aloqalar kengaydi.
34
Yozishlaricha, Qohira madrasasida Oltin O‘rda va
Turkistondan kelgan olimlar mudarrislik qilganlar (Eckmann
2003,52).
Mamluk-qipchoq adabiyotining eng eski namunasi Berka
Faqihning she’ridir. Berka Faqih 1383 yili Iskandariyada Oltin
O‘rdaning mashhur shoiri Qutbning “Xusrav-u Shirin”
masnaviysini ko‘chirgan. Uning oxiriga o‘zi 51 baytli xotima
ham yozib kiritgan.
Mamluk-qipchoq adabiyotining yirik namoyandasi Sayfi
Saroiydir. Uning kelib chiqishi Saroy shahridan edi,
keyinchalik Misrga ketdi. U 1391 yili Sa’diyning “Guliston”
asarini turkiyga erkin tarjima qildi. Asar “Kitob-i Guliston bitturkiy” deb ataladi.
Mamluklar davlatining ba’zi hukumdorlari ham ijod
qilganlar. Ularning turkiy tildagi she’rlaridan yetib kelgan
(Eckmann 2003,57–59).
Mamluk-qipchoq adabiyotida tarjima asarlar ham yuzaga
keldi. 1510 yili Firdavsiyning “Shohnoma”si turkiyga tarjima
qilingan. Tarjimoni Husayn b. Husan b. Muhammad alHusayniydir.
Mamluklar davrida turkiy tilda ilmiy asarlar ham
yaratilgan, arab yoki fors tillaridan turkiyga tarjima qilingan.
O‘sha davrda yaratilgan fiqh kitoblari, tibbiy asarlar,
chavandozlikka oid asarlardan bizgacha yetib kelgan (Eckmann
2003,60–66).
Fiqh(islom shariat ilmi)ga tegishli asarlar quyidagilardir:
arab tilidan o‘girilgan “Irshodu-l-muluk vas-salotin”, “Kitobul-fiqh” asarlari, “Kitob muqaddimat Abil-Lays asSamarqandiy”, fatvolar majmuasidan iborat “Kitob fil-fiqh bilisoni-turkiy” risolalaridir.
Tibbiyotga oid asarlar otlarning qiliqlari, otlarda
uchraydigan kasalliklar va ularni davolash choralari to‘g‘risida,
ot parvarishi bilan bog‘liq. Bular arabchadan tarjima qilingan
35
“Kitob baytaratu-l-vozih” hamda forschadan o‘girilgan
“Kitobu-l-xayl” risolasidir .
Chavandozlikka tegishlilari arabchadan tarjima etilgan
“Xulosa” yoki “Kitob fi ilmun-nussob” hamda “Munyatu-lquzob” asarlaridir.
Arablarga turkiy tilni o‘rgatish uchun yirik grammatik
asarlar, qo‘llanmalar yaratilgan.
Turkiy til ayrim davrlarda Hindistonda ham amal qilgan.
Hindistonda turkiy tilga Dehli sultonligi davrida, keyinchalik
Boburiylar hukumronligi zamonida katta e’tibor qaratilgan edi.
Atoqli jamoat arbobi, Zahiriddin Bobur o‘z saltanatida turkiy
va forsiyning amal qiluviga katta e’tibor qaratdi, turkiy
adabiyotning gullab yashnashiga imkoniyat yaratib berdi. U va
uning farzandlari zamonida Hindistonda turkiy tilda yirik
tarixiy, badiiy asarlar yaratildi. Bobur o‘z asarlarining ko‘pini
o‘sha tuproqda ekanligi chog‘ida bitdi. “Boburnoma”,
“Mubayyan”, she’riy devoni ham o‘sha chog‘lar Boburning
saltanat davrida yozib tugallandi. Boburdan so‘ng turkiyda ijod
etish an’anasini Kamron Mirzo va boshqalar davom ettirdi.
Hindistonda yaratilgan badiiy adabiyot o‘zbek adabiyoti tarixi,
adabiy tili (“chig‘atoy turkchasi”)ning noyob namunalaridir
Turkiy adabiy tilning rivojiga ulkan hissa qo‘shganlar
orasida ulug‘ mutafakkir Alisher Navoiyga (Nizomuddin Mir
Alisher Navoiy bin G‘iyosuddin Bahodur) tenglashadigani
chiqmadi.
Alisher Navoiy merosini quyidagi turkumlarga ajratish
mumkin:
I. Devonlari: 1) “Xazoyinu-l-moniy” (“Ma’nolar xazinasi”.
Bu to‘rt devonni o‘ziga birlashtiradi: “G‘aroyibu-s-sig‘ar”
(“Bolalik qiziqliqlari”); “Navodiru-sh-shabob” (“Yigitlik
nodiralari”); “Badoyiu-l-vasat” (“O‘rta yosh badialari”);
“Favoyidu-l-kibar” (“Qarilik foydalari”).
2) Forscha devoni (“Devon-i Foniy”).
II. Dostonlari. Bularning beshtasi “Xamsa” tarkibida: 1)
“Hayratu-l-abror” (“Yaxshilarning hayrati”); 2) “Farhod-u
Shirin”; 3) “Layli-vu Majnun”; 4) “Sab’a-i sayyora”; 5) “Saddi Sikandari” (“Iskandar devori”). Yana bir dostoni “Lisonu-ttayr” (“Qush tili”)dir.
III. Tazkiralari: 1) “Majolisu-n-nafois”; 2) “Nasoyimu-lmuhabba min shamoyimi-l-futuvva”.
IV. Filologik asarlari: 1) “Risola-i muammo”; 2)
“Me’zonu-l-avzon” (“Vaznlar mezoni”); 3) “Muhokamatu-llug‘atayn” (“Ikki til muhokamasi”); 4) “Sab’at abhur” lug‘ati.
V. Tarixga oid asarlari: 1) “Tarix-i anbiyo-vu hukamo”; 2)
“Tarix-i muluk-i Ajam”; 3) “Zubdatu-t-tavorix” (“Tarixlar
xulosasi”).
VI. Diniy-axloqiy asarlari: 1) “Munojot”; 2) “Arbain”
(“Qirq hadis”) = “Nasru-l-laoliy” (“Marvaridlar sochmasi”); 3)
“Nazmu-l-javohir” (“Javharlar tizmasi”); 4) “Siroju-lmuslimin” (“Musulmonlar chirog‘i”); 5) “Mahbubu-l-qulub”.
52
VII. Manoqiblar (avtobiografik asarlar): 1) “Holat-i Sayyid
Hasan Ardsher”; 2) “Xamsatu-l-mutaxayyirin”; 3) “Holat-i
Pahlavon Muhammad”.
VIII. Hujjatlar: “Vaqfiyya”; 2) “Munshaot”.
Alisher Navoiy asarlari tilining hozirgi o‘zbek shevalariga
munosabati xususida o‘zbek tilshunoslari orasida har turli
qarashlar yuradi. Shulardan biri Zahiriddin Muhammad
Boburning “Boburnoma”da Navoiy asarlarining tili haqida
keltirgan so‘zlari asosida yuzaga keldi. Chunonchi, Bobur
Farg‘ona viloyatiting poytaxti Andijon ta’rifida yozadi: Eli
türkdür. Šahri-vu bāzārïsïda türkî bilmäs kiši yoqtur. Eliniŋ
lafzï qalam bilä rāsttur. Ne üčün-kim, Mir ‘Ališer Navāyînïŋ
musannafātï bāvujud-kim, Hirida našu namā tapïptur, bu til
bilädür (B.critical.5).
Zahiriddin Boburning ushbu so‘zlarini ro‘kach qilib, ba’zi
olimlar Navoiy asarlari tilining asosini andijon shevasi tashkil
etgan deya qaraydilar (Дониёров 1968). Boshqa bir olimlar
Navoiyning Andijonda bo‘lmaganligini vaj’ qilib, bu fikrni
inkor etadilar (Aбдуллаев 1968).
Ta’kidlash joizki, bu o‘rinda Bobur haq. Tarixda Navoiy
merosiga, qolaversa, uning ijodiga, mahoratiga xolis baho
berganlardan biri ham Bobur bo‘ladi. Biroq, “Boburnoma”dagi
ma’lumotlarni, to‘g‘rirog‘i, matnni xato tushunish, noto‘g‘ri
talqin etish oqibatida olimlarimiz ichida turli bahslar kelib
chiqmoqda.
Anglashilmovchilik matndagi Eliniŋ lafzï qalam bilä rāsttur
jumlasining xato talqin etilayotganida. Buni ular “andijon
elining tili (ya’ni shevasi) adabiy til bilan mos keladi” deya
izohlaganlar. Shunday bo‘lgan taqdirda buning davomidagi
Navoiy asarlari xususida aytilgan mulohazalar ham o‘z-o‘zidan
shunga bog‘lanadi-qoladi. O‘sha qarashni quvvatlaydigan
bo‘lsak, matnni “Hirotda yuksakliklarga erishgan Navoiy
asarlarining tili ham ayni shevaga mos” deya talqin etishdan
boshqa yo‘l qolmaydi.
53
Fikrimizning isboti uchun Bobur aytgan o‘sha jumlalarning
ma’nisini bir boshdan chaqib ko‘raylik. E’tibor berilsa, muallif,
matnda Farg‘ona viloyati to‘g‘risida ma’lumot bera turib, bu
yurtning xalqi turklar, tilining esa turkiy til ekanligini
ta’kidlamoqda. Matndagi Eliniŋ lafzï qalam bilä rāsttur jumlasi
ikki xulosaga olib keladi: 1) mazkur jumlada Farg‘ona
(Andijon) elining lafzi (ya’ni turkiy til) yozma shaklda (badiiy
adabiyot orqali) mashhur ekanligi ta’kidlanmoqda; 2) bu jumla
mantiqan xalq tili adabiy tilga yaqin ekanligini ham anglatadi.
Adabiy til tarixida bunday hodisa uchrab turadi. Masalan,
qoraxoniylar davri adabiy tilida koshg‘ar shevasi yetakchilik
qilgan. Shundan kelib chiqib, o‘sha davr adabiy tili ayrim
manbalarda “koshg‘ar tili” deb ham atalgan. Boburning
yozmalaridan ham o‘sha davrda farg‘ona shevasi adabiy tilga
yaqin ekanligi ma’lum bo‘ladi.
Matn tahlilida davom etamiz. Bobur Hirot adabiy
maktabining namoyandasi bo‘lgan Alisher Navoiy haqida
so‘zlab, uning ham asarlari ushbu turkiy adabiy tilda ekanligini
ta’kidlaydi. Buning bilan Bobur Navoiy asarlarining tiliga
andijon shevasi asos bo‘lganligini emas, balki Farg‘ona va
Hirot adabiy muhitlarida yagona adabiy til amal qilganini
ta’kidlamoqda. Boburning ushbu ma’lumoti temuriylar
davlatining barcha o‘lkalarida yagona turkiy adabiy til (eski
o‘zbek adabiy tili // “chig‘atoy turkiysi”) amal qilganiga
guvoh.
Mulohazalardan kelib chiqib, Boburning Farg‘ona elining
tili to‘g‘risida yozgan so‘zlarini shunday talqin qilish mumkin:
“Eli turkdir. Shahri va bozorlarida turkiy bilmas kishi yo‘qdir.
Elining lafzi qalam bilan [yozma adabiyot tili, yozma adabiy til
bilan] mosdir. Ne uchun-kim [ajablanarlisi], Mir Alisher
Navoiyning tasniflari [asarlari], (uning o‘zi) Hiriyda o‘sibulg‘ayganligiga qaramay, ushbu tilda [Farg‘ona va Hirot
adabiy muhitlari uchun yagona bo‘lgan adabiy tilda]dir”.
54
Navoiy asarlarining tili haqida so‘z ketganda uni o‘sha
kezlardagi mavjud shevalarning birortasiga bog‘lab qo‘yish
mumkin emas. U Xurosondagina emas, butun Temuriylar
saltanatida, Oltin O‘rda, qolaversa, musulmon turk ellarida
amal qilgan adabiy tilda ijod qildi. U o‘z ijodi bilan temuriylar
zamonida amal qilgan butun bir adabiy oqimning boshida turdi,
turkiy adabiy tilga yetakchilik qildi. Buni “Lisonu-t-tayr”
asarida uning o‘zi ham ta’kidlagan edi:
Türk nazmïda ču men tartïp ’alam
Äylädim ul mamlakatni yakqalam (LT.268).
Navoiy mamlakatni yakqalam äylädim deganda o‘z
asarlarining hamma uchun tushunarli bo‘lgan adabiy tilda
ekanligini qayd etmoqda.
Alisher Navoiy asarlarining tili Navoiydan burun o‘tgan
yoki unga zamondosh shoirlarning asarlari tilidan o‘zlashgan
so‘zlar sonining ortiqligi bilan ajralib turadi. Mavlono Lutfiy,
Sakkokiy, Atoiy, hatto Husayn Boyqaro asarlari ham tilining
soddaligi bilan ajralib turadi. Buni o‘sha kezlar Hirot aholisi
asosan forsiyzabonlar edi, bu jarayon Novoiy asarlarining tilida
o‘z aksini topgan, deya baholamaslik kerak. Bu, avvalo, adabiy
muhitning ta’siri, qolaversa, Navoiy asarlari uslubining
ko‘tarinkiligi, o‘ta murakkabligi bilan bog‘liq. Adabiy ta’sir,
adabiy an’analar bilan til vaziyati boshqa hodisa. O‘sha davr
Hirot adabiy muhitida turkigo‘y shoirlar orasida fors tilida ijod
etish an’anaga aylangan edi. Buni “Muhokamatu-llug‘atayn”da Navoiyning o‘zi ham ta’kidlaydi. Temuriylar
zamonida Samarqand, Andijon yoki boshqa o‘lkalarda ikki
tillilik buning qadar emasdi. Navoiy o‘z asarlarini o‘ta badiiy
ko‘tarinki uslubda yaratdi, arabiy, forsiy so‘zlardan keng
foydalandi. Bu xizmatlari bilan u eski o‘zbek adabiy tili
tarixida o‘ziga xos bir uslubga asos soldi.
Xulosa
Yuqoridagi fikr-mulohazalarimiz asosida quyidagi xulosalarga keldik:
. Bobur Hirot adabiy
maktabining namoyandasi bo‘lgan Alisher Navoiy haqida
so‘zlab, uning ham asarlari ushbu turkiy adabiy tilda ekanligini
ta’kidlaydi. Buning bilan Bobur Navoiy asarlarining tiliga
andijon shevasi asos bo‘lganligini emas, balki Farg‘ona va
Hirot adabiy muhitlarida yagona adabiy til amal qilganini
ta’kidlamoqda. Boburning ushbu ma’lumoti temuriylar
davlatining barcha o‘lkalarida yagona turkiy adabiy til (eski
o‘zbek adabiy tili // “chig‘atoy turkiysi”) amal qilganiga
guvoh.
Mulohazalardan kelib chiqib, Boburning Farg‘ona elining
tili to‘g‘risida yozgan so‘zlarini shunday talqin qilish mumkin:
“Eli turkdir. Shahri va bozorlarida turkiy bilmas kishi yo‘qdir.
Elining lafzi qalam bilan [yozma adabiyot tili, yozma adabiy til
bilan] mosdir. Ne uchun-kim [ajablanarlisi], Mir Alisher
Navoiyning tasniflari [asarlari], (uning o‘zi) Hiriyda o‘sibulg‘ayganligiga qaramay, ushbu tilda [Farg‘ona va Hirot
adabiy muhitlari uchun yagona bo‘lgan adabiy tilda]dir
Do'stlaringiz bilan baham: |