Turkiy tillar fakulteti o’zbek adabiyoti kafedrasi



Download 163,5 Kb.
bet8/10
Sana02.01.2022
Hajmi163,5 Kb.
#311882
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2-B Bazarova Rahima kurs ishi

Ruboiy. Ruboiy arabcha so’z bo’lib, “to'rtlik” degan ma’noni anglatadi. U to’rt misradan iborat, a-a-b-a yoki a-a-a-a tarzida qofiyalanib keluvchi o’ziga xos vaznda yozilgan mustaqil she’r ruboiy deyiladi. Ruboiy dastlab fors-tojik she’riyatida Rudakiy ijodida paydo bo’ldi. Bu janr arab adabiyotidan ham o’rin oldi. Unga to’rtliklar asos bo’ldi. O’zbek folkloridagi ko’pgina qadimiy lirik she’rlar shakl jihatdan ruboiyni eslatadi. Bunga “Devonu lug’otut- turk”dagi ko’pgina to’rtliklar misol bo’la oladi.

Jondin seni ko’p sevarmen, ey umri aziz,

Sondin seni ko’p sevarmen, ey umri aziz.

Har neniki sevmak andin ortuq bo’lmas,

Andin seni ko’p sevarmen, ey umri aziz.

(Alisher Navoiy)

Xarakterli o’rni shundaki, Navoiy va Bobur davrlarida yaratilgan ruboiy va ruboiyalaming ko’pchiligida uchinchi misra boshqa vaznda yaratilgan. Ruboiy qofiyalanishiga qarab ikki xil bo’ladi:

1. Xosiy ruboiy: a-a-b-a shaklida qofiyalanadi.

2.Ruboiya yoki taronai ruboiy - hamma misralar qofiyadosh bo’ladi (a-a-a-a).

Ruboiyning birinchi misrasi tezis bo’lib, unda shoir aytmoqchi bo’lgan fikrini o’rtaga tashlaydi. Boshqacha aytganda, ruboiyning birinchi misrasi uning mavzusini ifodalaydi. Ikkinchi misrani ma’lum ma’noda antitezis deyish mumkin. Bunda birinchi misraga qarama-qarshi fikr aytiladi. Ruboiyning uchinchi misrasi moddai ruboiya deb ataladi. Bu misra shoirning to’rtinchi misrada aytmoqchi bo’lgan xulosasi uchun ko’prik vazifasini o’taydi. Ruboiyning to’rtinchi misrasi sintez deb ataladi. Bunda shoir avvalgi uch misradan g’oyaviy xulosa chiqaradi. Bu xulosa shoirning asosiy g’oyasidir. O’zbek mumtoz adabiyotida Alisher Navoiy va Bobur ruboiyning eng yaxshi namunalarini yaratganlar. Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburdan keyin o'zbek mumtoz adabiyotida Poshshaxo’ja, Munis, Ogahiy, Uvaysiy, Komil Xorazmiy, Muqimiy kabi shoirlar ruboiy ijod etdilar. Ularning ko’pchiligi barmoq vaznida yoziladi. Adabiyot vakillaridan M.Shayxzoda, Habibiy, Ramz Bobojon, Sh.Shomuhamedov, T.Yo’ldosh va boshqa shoirlar yaratgan eng yaxshi ruboiylar mavjud.



Tuyuq. Turkiy xalqlar adabiyotining eng ajoyib she’riy shakllaridan biri tuyuq bo’lib, o’zbek adabiyoti tarixida uning yuzlab namunalari yaratilgan. Tuyuq so’zi tuslash va tuymoq ma’nosini bildiradi. Tuyuq so’zi adabiy termin sifatida XIV asr oxiri va XV asr boshlarida ishlatila boshlangan. Alisher Navoiy tuyuq yozish qonun-qoidalarini nazariy jihatdan asoslab bergan hamda amaliyotchi sifatida uning yuzlab namunalarini yaratgan. Navoiy lirik merosidan o’n uchta tuyuq o’rin olgan.


Download 163,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish