Turkiy guliston, yoxud axloq



Download 27,46 Kb.
Sana08.06.2022
Hajmi27,46 Kb.
#644201
Bog'liq
Abdulla Avloniyning “Turkiy guliston, yoxud axloq“ asari


Mavzu: Abdulla Avloniyning “Turkiy guliston, yoxud axloq“ asari
Reja:

  1. Abdulla Avloniy haqida qisqacha ma’lumot


  1. Abdulla Avloniyning “Turkiy guliston, yoxud axloq“ asari haqida


  1. “Turkiy guliston, yoxud axloq“ asari va Psixologiya fanining bog’liqligi


Abdulla Avloniy XIX asr oxiri XX asr boshidagi oʻzbek milliy madaniyatining mashhur vakillaridan biri maʼrifatparvar shoir, dramaturg, jurnalist, olim, davlat va jamoat arbobidir.

U Toshkentning Mergancha mahallasida toʻquvchi Miravlon aka oilasida tavallud topdi. Avval Oʻqchidagi boshlangʻich maktabda, soʻng shahar madrasalaridan birida tahsil oldi. Biroq koʻproq mustaqil oʻqib-oʻrgandi, tez orada oʻz davrining savodxon, maʼrifatparvar kishisiga aylandi. Avloniy asrimiz boshlarida oʻlkamizda avj olgan jadidchilik harakatining faol ishtirokchisi sifatida millat bolalarini savodli qilish, ulardan yetuk olimlar, mutaxassislar tayyorlash, Vatanni ozod koʻrish, farovon etish yoʻlida fidoyilik bilan mehnat qildi. Ana shu maqsadda juda koʻp sohalarda faol ish olib bordi. 1907-yilda oʻz uyida «Shuhrat» nomli gazeta nashr qildi. U mahallasida yangi usuldagi maktab ochdi. «Usulijadid» maktablari uchun toʻrt qismdan iborat «Adabiyot yoxud milliy sheʼrlar», «Birinchi muallim», «Ikkinchi muallim», «Maktab gulistoni», «Turkiy guliston yoxud axloq» kabi darslik va oʻqish kitoblari tuzdi. Maktab-maorif ishlariga yordam koʻrsatish maqsadida xayriya jamiyati tashkil qildi. «Nashriyot» shirkati tuzib, Xadrada «Maktab kutubxonasi» kitob doʻkonini ochdi.


Maʼrifatparvar adib, dramaturg, pedagog, noshir va jamoat arbobi Abdulla Avloniy 1934-yil 25-avgustda Toshkentda vafot etdi. Toshkentdagi Botkin qabristoniga dafn etilgan.

XX asr boshlarida Turkiston madaniy hayotida yuz bergan eng muhim oʻzgarishlardan biri maktab oʻquv ishlarida oʻzgarish boʻldi. Avloniy bu davrda jadidchilik harakatiga qoʻshilib, Toshkentdagi jadidlarning faol ishtirokchilaridan biri boʻlib tanildi. Avloniy 1904 yilda Mirobodda, soʻngroq Degrezliqda (1903–14) xuddi shunday yangi usulda, yangicha maktab ochib, dars berdi va darsliklar yozdi.


1909 yilda maktab maorif ishlariga yordam beruvchi “Jamiyati xayriya” ochib, yetim bolalarni oʻqitdi. “Adabiyot yoxud milliy sheʼrlar” nomli toʻrt qismdan iborat sheʼriy toʻplamining birinchi juzʼini nashr qildirdi. Munavvarqori, Muhammadjon Podshoxoʻjayev, Tavallo, Rustambek Yusufbekov, Nizomiddin Xoʻjayev, Shokirjon Rahimiy kabi taraqqiychilar bilan sheriklikda “Nashriyot” (1914), “Maktab” (1916) shirkatlarini tuzdi. “Taraqqiy”, “Shuhrat” (1907), “Osiyo” (1908), “Turon” (1917) gazetalarini chiqardi. 1918 yilda Turkiston Shurolar hukumatining birinchi gazetasi “Ishtirokiyun”ning tashkilotchilaridan va uning birinchi muharrirlaridan boʻldi. U sovet davrida turli masʼuliyatli lavozimlarda xizmat qildi, qaysi vazifada ishlamasin ilm-maʼrifat tarqatish, taʼlim-tarbiya masalalari bilan shugʻullanib keldi, bilimyurtlarida, oliy maktablarda oʻqituvchilik qildi. 1930–34 yillarda Oʻrta Osiyo davlat universitetida (hozirgi ToshDU) kafedrani boshqardi. U 1934 yilda vafot etdi.
Avloniy 1927 yilda Mehnat Qahramoni unvoniga sazovor boʻldi.
Avloniy 30 yildan ortiqroq ijod qildi. 1916 yilgi mardikorlik voqealarining, soʻng inqilobiy talotumlaru milliy-ozodlik kurashlarining guvohi boʻldi. Oʻtgan davr ichida, oʻzi taʼkidlaganidek, “oʻnlab sheʼr va maktab kitoblari, toʻrt teatr kitobi”qoldirdi. Uning madaniyatimiz tarixidagi oʻrni haqida gap ketganda, ikki jihatini alohida taʼkidlash zarur: pedagogik faoliyati va adabiy badiiy ijodi. Uning pedagogik faoliyati, taʼlim-tarbiya haqidagi fikrlari XX asrning boshlarida yangi bosqichga koʻtarilgan maʼrifatchilikning xususiyatlarini belgilashda muhim manbalardandir.
Avloniy maktabi gumanistik va erkin tarbiya asosiga qurilgan, dunyoviy va ilgʻor ilm-fanni bolalarga oʻrgatishni oʻz oldiga asosiy vazifa qilib qoʻygan, yoshlarni mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotiga aralasha olish qobiliyatiga ega boʻlishini taʼminlaydigan haqiqiy xalq maktabi boʻldi. Adib bu maktablar uchun darsliklar tuzdi. Uning avvalgi sinf shogirdlari uchun “Birinchi muallim”i (1911) Oktyabr oʻzgarishigacha 4 marta, “Alifbedan soʻnggi oʻquv kitobi” – “Ikkinchi muallim” (1912) 3 marta kayta nashr etilgan. Axloqiy didaktik mazmundagi “Turkiy Guliston yoxud axloq” darsligi (1913) XX asr boshlari ijtimoiypedagogik fikr taraqqiyotida alohida oʻrin egalladi. Unda tarbiya va axloq masalalari birinchi marotaba XX asrning talab va ehtiyojlari nuqtai nazaridan tahlil qilingan. Avloniy xulqlarni anʼanaviy yaxshi va yomonga ajratar ekan, mulohazalarini Gippokrat, Platon, Aristotel, Saʼdiy Sheroziy, Bedil fikrlari bilan dalillagan holda zamonaviylikni asosiy mezon qilib oladi. Adib Vatan muhabbatini uning uchun kurashmoqni eng yaxshi insoniy xulqlardan hisobladi. Vatan – bu har bir kishining tugʻilib oʻsgan shahar va mamlakati. Uni qadrlamoq, sevmoq, yashartmoq kerak. Shoir Vatan va unga muhabbat deganda shuni tushungan edi. Tilga, madaniyatga muhabbat esa, har bir kishining oʻz xalqiga boʻlgan muhabbatidir: “Har bir millatning dunyoda borligʻini koʻrsatadurgon oyinai hayoti til va adabiyotidir. Milliy tilni yoʻqotmak millatning ruhini yoʻqotmakdur”.
Avloniy Hijron, Nabil, Indamas, Shuhrat, Tangriquli, Surayyo, Shapaloq, Chol, Ab, Chegaboy, Abdulhaq taxalluslari bilan sheʼr, hikoyalar va maqolalar yozgan. Shuni aytish kerakki, Avloniy ancha murakkab hayot va ijod yoʻlini bosib oʻtdi. U adabiyotga gʻoyaviy kurashlar gʻoyat keskinlashgan bir davrda kirib keldi. Hech ikkilanmasdan maʼrifat va taraqqiyot uchun kurashishini maslak etib qabul qildi. Shoir sheʼriyati bilan tanishar ekansiz, qiziq bir holga duch kelasiz. Unda birorta ishqiy sheʼr yoʻq. U ijtimoiy muammolarni, el-yurt gʻamini muhimroq biladi. Xalq va Vatan baxtsizligi oldida har qanday muhabbatni rad etadi. Oʻz onadiyorini bamisoli “yor kabi sevadi”. Butun mehrini shunga bagʻishlaydi. Asrimiz boshlari Turkiston takdirida gʻoyat masʼuliyatli boʻlgan, uning hayot mamot masalasi hal qilinayotgan bir payt edi. Buni Avloniy davrning peshqadam ziyolisi, yirik maʼrifatparvar, jadidlar taʼlimotining faol tarafdori sifatida tezda ilgʻab oldi.
Dastlabki poetik asarlari “Adabiyot yoxud milliy sheʼrlar” (I, II, III, GUjuzlar), “Maktab gulistoni” (1916), “Mardikorlar ashulasi” (1917) kitoblarida va “Sabzavor” tazkirasi (1914) hamda vaqtli matbuot sahifalarida chop etilgan asarlaridir. Ularda ilm-maʼrifat targʻib qilingan, jaholat va nodonlik, eski tuzumning ijtimoiy-axloqiy asoslari qoralangan, ozod va baxtiyor zamon haqida fikr yuritilgan. Shu jihatdan Avloniyning bu davrdagi sheʼrlari Hamza, Anbar otin poeziyasiga ohangdoshdir. Avloniy barmoq vaznini adabiyotda keng qoʻllagan. Milliy kuylarga moslab sheʼrlar yozgan va poeziyaning imkoniyatlarini boyitgan.
Avloniyning adabiyot oldidagi muhim xizmatlaridan biri shu boʻldiki, u mardikorlik sheʼriyati deb atalgan yangi adabiy hodisaning yaratuvchilaridan boʻldi. 1916 yilgi mardikorlik voqealarini ifodalovchi “Bir mardikorning otasi oʻgʻliga aytgan soʻzlari”, “Onasining oʻgʻliga aytgan soʻzlari”, “Afsus” kabi sheʼrlar yozdi. Ona yurtdan uzoq shimolning qorli-muzli yerlariga, front orqasidagi qora xizmatga olib ketilgan mardikorlarning xayrlashuv manzaralarini, haqsizlikni yoritdi. Bu sheʼrlarning ohang va uslubi xalq qoʻshiqlariga gʻoyat yaqin boʻlib, ular xalqimizning milliy uygʻonishida muhim oʻrin tutdi.
Avloniy 1917 yil fevral inqilobini xursandchilik bilan kutib oldi (“Qutuldik”, “Yotma” sheʼrlari). Oktyabrga bagʻishlab “Hurriyat marshi” (1919), “Ishchilar qulogʻiga” kabi sheʼrlar yozdi, yangi sotsialistik tuzumni ulugʻladi. Lekin koʻp oʻtmay, rus sovet tuzumi eski chor tuzumining oldingidan battarroq shakli ekanligini, sovet siyosati riyokorlik asosiga qurilganligini anglay boshladi. Jumladan, tantanavor vaʼda qilingan erkinlikning berilmaganligi shoir ijodida gʻamgin tushkun ohanglarning paydo boʻlishiga olib keldi (“Haftalik soatda” 1919). Shularga qaramasdan Avloniy turli mavzularda sheʼrlar yozdi. 1919–20 yilgi Afgʻoniston safariga doir “Afgʻon sayohati” kundaliklari esa mamlakatimizning yon qoʻshnimiz bilan oʻzaro doʻstlik, totuvlik aloqalarining oʻrnatilishi tarixini oʻrganishda muhim ahamiyatga ega.
Avloniy oʻzbek teatrining asoschilaridan edi. U 1913 yilda “Turkiston” teatr truppasini tuzdi. “Turkiston” oʻzining qatiy nizomini ham eʼlon qilgan edi. Uning tashkilotchisi ham, gʻoyaviy-badiiy rahbari ham Avloniy edi. Truppa “Zaharli hayot” (Hamza), “Baxtsiz kuyov (A. Qodiriy) kabi XX asr boshlari oʻzbek dramaturgiyasining eng yaxshi namunalarini sahnalashtirgan, teatr ozarbayjon dramaturglari asarlari (“Badbaxt kelin”, “Xoʻr-xoʻr”, “Jaholat”, “Uliklar”, “Joy ijaraga olgan kishi”, “Man oʻlmisham”, “Layli va Majnun”, “Asli va Qaram”) ni oʻzbekchaga tarjima qilib sahnaga qoʻygan. Avloniyning oʻzi Mallu (“Layli va Majnun”), Fayziboy (“Baxtsiz kuyov”), Aliboy (“Toʻy”), Boy (“Padarkush”) rollarini ijro etgan.
Avloniy “Advokatlik osonmi?” (1914), “Pinak” (1915) komediyalari, 1914–17 yillarda yozgan “Biz va Siz”, “Portugaliya inkilobi”, “Ikki sevgi” kabi fojeaviy asarlari bilan oʻzbek dramaturgiyasining maydonga kelishi va teatrchilikning xalq orasigatomir otishiga muhim hissa qoʻshdi. Advokat Davronbek orqali Turkistondagi huquqsizlik, dunyodan xabarsizlikni fosh etdi. “Advokatlik osonmi?” degan asarida bir qator koʻknori va qimorbozlar obrazini yaratib, maʼnaviy turmushning tuban bir holga kelib qolganlini koʻrsatdi. Monarxiyaga qarshi kurash, bayrogʻi ostida kechgan 1910 yilgi Portugaliya inqilobi, 1909 yili Turkiyada yuz bergan “Yosh turklar” inqilobi (“Ikki sevgi”) haqida yozib, adabiyotimizda mavzu va gʻoyalar koʻlamini kengaytirdi. “Biz va Siz”da esa XX asr boshidagi Turkistonning eskilik va yangilik borasidagi kurashini aniq taqdirlar misolida yoritib berdi.
Avloniy asosiy ijodiy faoliyatining eng sermahsul yillari 1917 yildagi Oktyabr toʻntarishiga kadar boʻlgan davrga toʻgʻri keladi.
Avloniy ijodi 60-yillarning oxiridan oʻrganila boshlandi. Hozirda uning turli janrlardagi asarlaridan namunalar alohida kitoblar holida chop etilgan.

XIX asrning ikkinchi yarmi XX asrning boshlarida Turkiston (Markaziy Osiyo) oʻlkasida pedagogik fikrlarning rivojlanishida, xalq maorifi ishlarini yuksaltirishda ilgʻor ziyolilarning xizmatlari kattadir. Bunda jadid adabiyotining yirik vakili shoir, dramaturg, muallim Abdulla Avloniy (1878–1934)ning xizmatlari koʻp. U maktablar ochib, shaxsan oʻzi muallimlik qilish bilan birga maktablarni darsliklar bilan taʼminlash ishiga katta hissa qoʻshdi. Uning qalamiga mansub “Turkiy Guliston yoxud axloq”, “Birinchi muallim”, “Ikkinchi muallim” “Maktab Gulistoni “asarlari bir necha bor nashr etildi. Bular ichida “Turkiy Guliston yoxud axloq” asari oʻzbek klassik pedagogikasining ajoyib namunasi hisoblanadi. Abdulla Avloniy mazkur asarni fors klassik shoiri shayx Muslihiddin Saʼdiy (1184–1310)ning “Guliston” asaridan taʼsirlanib, unga taqlid qilib yozganligi haqida shunday deydi: “Ban bu asari nochizonami bir necha muallim birodarlarimning iltijolari ila yozmoq va nashr qilmoqgʻa gʻayrat va jasorat qilmish edim. Alhamdu lilloh val minna ikkinchi tabʼihada muvaffaq oʻldum, chunki Turkiston maktablarida oʻz shevamizda (oʻzbek tilida demoqchi) yozilmish mukammal “Axloq kitobining shunday asarga tashna va muhtoj ekanligʻi oʻzum muallimlar jumlasidan oʻldigʻimdan manga ham ochiq maʼlum oʻldi. Shuning uchun koʻp vaqtlar tajriba soʻngidan adibi muhtaram shayx Saʼdiy usulida yozmoqni, garchi ogʻir ish bolʼsa ham, oʻzimga muqaddas bir vazifa ado qilaroq bu kamchilikni oradan koʻtarmakni munosib koʻrdim”. Demak, aytish mumkinki, “Turkiy Guliston yoxud axloq” Saʼdiyning “Guliston” asari usulida oʻzbek tilida yozilgan axloq kitobidir.


Abdulla Avloniyning mazkur asari 1913 yilda Toshkentda Ilin bosmaxonasida litografik (toshbosma) usulida nashr etildi. Asar bunday darslikka boʻlgan ehtiyojni hisobga olib 1917 yilda ikkinchi marta chop qilindi. Har ikki nashr ham hajm jihatidan bir-biridan farq qilmaydi. Faqat birinchisi kotib Abdusalom Abdurahmon oʻgʻli, ikkinchisi kotib Abdul Mannon ibni Abdul Majid (oʻzbek milliy teatrining mashhur aktyori Mannon Uygʻur Majidov) dastxatidir.
“Turkiy Guliston yoxud axloq”ning uchinchi nashrini 1967 yili “Oʻqituvchi” nashriyoti amalga oshirdi. Bunda asarda uchragan diniy iboralar, Hadisdan olingan hikmatlar davr talabiga koʻra tushirib qoldirildi. Asarni “Oʻqituvchi” nashriyoti 1992 yil asli nusxa yozuvida (arab yozuvi asosidagi oʻzbek yozuvida) va rus alifbosi asosidagi oʻzbek yozuviga oʻgirilgan matni bilan birga, shuningdek, qiyin soʻzlar lugʻati ilova qilingan holda bosib chiqardi.
“Turkiy Guliston yoxud axloq”ning qoʻlingizdagi beshinchi nashri sobiq nashrlar ichida eng mukammalidir. Bunda kotib Mannon Uygʻur dastxati matnining faksimeli, lotin yozuvi asosidagi yangi oʻzbek yozuviga oʻgirilgan matni, qiyin soʻzlar lugʻati berilgan. Bundan tashqari Abdulla Avloniyning “Birinchi muallim”, “Ikkinchi muallim” “Maktab Gulistoni” asarlaridan tanlangan hikoya, sheʼrlari ham ilova qilindi.
Abdulla Avloniy o`z tarjimai holida yozishicha: “1885 yildan boshlang`ich maktabda o`qidim. O`qchи mahallada Akrom-xon domladan xat-savodim chiqdi. 1890 yilda maktabni bitirib, mahalladagi madrasada dars o`qiy boshladim. Yoshim 13ga etgach, yo`qsullik menga ta`sir qildi. Yoz kunlarida mardikorlik qilib, ota-onamg`a biroz yordamda bo`lib, qish kunlarida o`qir edim. So`ngra O`qchи mahalladagi domlamizning kam havsalaligidan, o`quvda davomsizligidan O`qchi madrasasini tark qilib, 14 yoshimda SHayxantavurdagi Abdulmalikboy dahasiga kelib, Mullo Umar Oxunddan dars o`qiy boshladim. Bu choqlarda ham qish kunlarida o`qib, yoz kunlarida mardikor ishlamoqqa majbur edim”.
U 1894 yildan boshlab she`rlar yozishga kirishdi biroq yoshlik davrida yozgan she`rlari bizgacha saqlanmagan.
Abdulla Avloniy 1904 yilda jadidlar safiga qo`shiladi. “Jadid maktabi” ochib o`qituvchilik qila boshlaydi.
U 1907 yilda Toshkentning Mirobod mahallasida, keyinchalik Degrez mahallasida yangi usuldagi maktablar ochdi. Maktablardagi o`quv asbob-jihozlarini o`zgartirdi, o`z qo`li bilan parta va doskalar yasadi. Maktabga qabul qilingan bolalarning asosiy qismi kambag`al kishilarning farzandlari bo`lganligi uchun ular ta`minotini yaxshilash maqsadida “Jamiyati xayriya” tashkil etadi va bu jamiyatga o`zi raislik qiladi. “Nashriyot” shirkati tuzib, Xadrada “Maktab kutubxonasi” nomli kitob do`koni ochadi. U yangi maktablar uchun qo`llanma va o`quv kitoblar yozib, nashr qildirgan.
Jumladan “Adabiyot yoxud milliy she`rlar” to`rt qismdan iborat, “Birinchi muallim” (1911), “Ikkinchi muallim” (1912), “Turkiy guliston yoxud axloq” (1913), “Maktab guliston” (1915), “Mardikorlar ashuvlasi” (1917) va boshqa darslik va o`qish kitoblarini yaratgan. Bu asarlarida hamda publitsistika maqolalarida dunyo xalqlari madaniyatini, ilm-fanni ulug`lab o`z xalqini madaniyatli bo`lishga chaqiradi.
U 1906 yilda “Taraqqiy”, “Xurshid” gazetalarini chiqargan. Keyinchalik 1907 yilda “SHuhrат” va “Osiyo” nomli yangi gazetalar chiqara boshlagan. Qisqa fursatda bu vaqtli nashrlar el orasida dovrug` qozondi. Bundan tashvishga tushgan chor amaldorlari ushbu gazetalarni yoptirib qo`yadi. Keyinchalik Avloniy “Sadoyi Turkiston”, “Turon”, “Ishti-rokiyun” gazetalarida, “Kasabachilik harakati” jurnalida bosh muharrir bo`lib ishlaydi va shu barobarida o`zbek mat-buotining asoschilaridan biri sifatida xalqqa taniladi.
Abdulla Avloniy o`zbek teatrining asoschilaridan biri edi. U 1913 yilda “Turkiston” nomli teatr truppasini tashkil etishda va uning ishida faol qatnashgan. “Turkiston” o`zining qat`iy Nizomini ham e`lon qilgan edi. Uning tashkilotchisi ham, g`oyaviy-badiiy rahbari ham Avloniy edi. Truppa “Zaharli hayot” (Hamza), “Baxtsiz kuyov” (Abdulla Qodiriy) kabi XX asr boshlari o`zbek dramaturgiyasining eng yaxshi namunalarini sahnalashtirgan. Teatr ozarbayjon va tatar dramaturglari asarlari “Badbaxt kelin”, “Xo`r-xo`r”, “Jaholat”, “O`liklar”, “Joy ijaraga olgan kishi”, “Man o`lmisham”, “Layli va Majnun”, “Asli va Qaram”, “Qotili Karima”, “Uy tarbiyasining bir shakli”, “Xiyonatkor oila”larni o`zbekchaga tarjima qilib sahnaga qo`ygan. Abdulla Avloniyning o`zi Fayziboy (“Baxtsiz kuyov”), Aliboy (“To`y”), Boy (“Padarkush”) rollarini ijro etgan.
U truppa uchun “Advakatlik osonmi?”, “Pinak”, “Biz va Siz”, “Ikki sevgi”, “Po`rtugaliya inqilobi” kabi dramalarini yozadi.
Abdulla Avloniy XIX asr rus mumtoz adabiyoti vakillari I.A.Krilov va L.N.Tolstoyning asarlarini o`zbek tiliga tarjima qilgan, jumladan, I.A.Krilovning 21ta masali, “Maymun ila ko`zoynak”, “G`ayri jinsiy ittifoq”, “It ila yo`lovchi”, “Qarg`a ila Zag`izg`on”, “Tulki ila Qarg`a” kabi asarlari o`zbek tiliga tarjima qilinib, “Maktab gulistoni” kitobida bosilib chiqqan.
Bu borada J.SHaripov “Maktab guliston” kitobidagi tarjimalarini atroflicha tahlil etib, ularning sifatiga ham yuksak baho beradi. “Abdulla Avloniy asl nusxaning mazmunini, badiiy nafosati, chiroyli obrazlarini to`g`ri talqin qilib, ehtiros bilan tarjima etgan”, – degan.
Abdulla Avloniyning 1913 yilda “Turkiy guliston yoxud axloq” asari bosilib chiqdi. U 1917 yilga kelib ikkinchi marta nashr qilindi, asarda insonlarni “yaxshilik-ka chaqirguvchi, yomonlikdan qaytarguvchi bir ilm” – axloq haqida fikr yuritilgan.
U insonga xos xulqni ikkiga – yaxshi va yomonga ajrata-di. “Yaxshi xulqlar” deb nomlangan birinchi qismida u 31 fa-zilat, “Yomon xulqlar” deb atalgan ikkinchi qismda esa 20 il-latga ta`rif beradi. O`z mulohazalarini dalillash uchun Qur-`on oyatlari va hadislardan, shuningdek, Arastu, Suqrot, Ibn Sino, Sa`diy, Mirzo Bedil singari mashhur mutafak-kirlarning fikrlarini keltiradi. Har bir axloqiy katego-riyaga o`z munosabatini bildirgach, o`sha fikrning mazmunini ifodalovchi bayt yo biror maqol-hikmat ilova qiladi.
Avloniy “axloq ulamosi”ning qarashlari asosida insonlarning xulqlarini yaxshi va yomon xulqlarga ajratadi, bunga ularning nafs tarbiyasini asos qilib oladi. U yaxshi xulqlarga fatonat, nazofat, shijoat, intizom, vijdon, vatanni suymak kabi fazilatlarni kiritsa, g`azab, shahvat, jaholat, safohat kabi illatlarni yomon xulqning belgilari deb biladi.
Avloniyning ma`rifatparvarlik va milliy uyg`onish g`oyalarini kuylagan dastlabki she`rlari o`zbek milliy uyg`onish davri adabiyotining hamisha bebaho mulki bo`lib qoladi. U bu turkumga mansub she`rlarida o`zbek mumtoz adabiyotidagi she`riy shakllarni katta ijtimoiy mazmun, ma`rifatparvar-lik g`oyalari, hajviy ruh va xalqona ohanglar bilan boyitdi.
Abdulla Avloniy bolalar uchun ham bir qancha she`r va masallar yozgan. SHoir bu asarlarida maktab yoshidagi bolalarning fikr doirasini kengaytirish, ularda maktab va kitobga, mehnatga, tabiatga, Vatanga muhabbat uyg`otishni maqsad qilib qo`ygan. Uning ko`pgina she`rlari zamirida Vatanni sevish g`oyasi yotadi. SHoir bu she`rlarida Vatanni sodda va samimiy misralarda tasvirlaganki, faqat o`sha 10-yillarning o`rtalaridagina emas, balki bugungi maktab yoshidagi bolalar ham ulardan katta estetik zavq olishlari mumkin. Darhaqiqat, shoir Vatan ta`rifini boshlab, “Tog`laridan konlar chiqar, Erlaridan donlar chiqar… Havosi o`ta yoqumlik, CHo`llari bor toshlik, qumlik, Toshkand emas, toshqand erur, Kesaklari gulqand erur”, deya bolalarda ona diyorga katta mehr uyg`otishga erishadи.
Ma`rifatchilik va ijtimoiy mavzu Avloniy she`riya-tida markaziy o`rin egallaydi. SHoir ilm-fanning fazilat-larini zavq bilan kuylaydi. “Maktab”, “maorif”, “ilm”, “fan” kabi tushunchalar shoir she`rlarida ezgulikning betim-sol ramzi, obrazi darajasiga ko`tariladi, “jaholat” va “nodon-lik” esa zulmat va yovuzlik timsoli sifatida talqin qilinadi.
Jumladan, “Maktab” she`rida shunday ta`riflanadi:
Maktabdur oftobi jahon saodating,
Maktabdur osmoni zamon sabovating.
Maktab u joyi dilkash shirin maqomdur,
Maktab behishtu jannat hur tabiating.
Maktab dilingga sochg`usi ilmu fununni,
Maktab ziyoda qilg`uchidir aqlu hikmating.
Maktab qo`lingni tutdimi, boshlar hidoyata,
Maktab raisu rahbaridur din, millating.
Abdulla Avloniy “Ilm” she`rida esa ilmga bunday ta`rif beradi:
Ilmdur ikki jahon manzilining a`losi,
Ilmdur ikki jahon masnadining bolosi,
Ilmdur ikki jahon rohatining ma`vosi,
Ilmdur ikki jahon shavkatining barposi,
Yashamak istar esak, ilma ravon o`lmaliyuz.
Ilmsiz qolsak, asoratga nishon o`lmaliyuz.
Mumtoz adabiyotimizda ming yillardan beri ishlanib kelgan gul, bulbul, yor, ag`yor, may, charx kabi obrazlar, Avlo-niy ijodida boshqacha ohang, boshqacha mazmun kasb etadi.
SHoirning “Ta`rifi gul” she`rida gul an`anaviy ma`shuqa emas, bu erda beixtiyor xor, zolim istibdodini, bag`ri qon gul esa jafokash xalqni eslatadi. Abdulla Avlo-niy tasvirlagan gul obrazi mehnatkash xalq tushunchasiga yaqindir.
Jumladan, shoir she`rlari orasida “Sadoyi bulbul”, “Hijroni bulbul”, “Fig`oni bulbul” kabi she`rlar bor. Bular ham aksariyat xollarda gul (ma`shuqa) ishqida yonib o`rtanayotgan oshiq emas, ko`p o`rinlardа mazlum Turkistonga qarata: “Uy-g`on!”-deb bong urayotgan lirik shoir obrazini ifodalaydi.
Qo`nub gul shohiga bulbul der: Эy insonlar, insonlar!
Qilursiz tobakay g`ofil yotib, afg`onlar, insonlar.
(“Sadoyi bulbul” she`ridan)
Kecha-kunduz qafasda, oq gul, deb aylayur faryod,
Omon bermas anga zolim qafas, ozor o`lur bulbul.
(“Hijroni bulbul” she`ridan)
Abdulla Avloniyning “Muxtasar tarixi anbiyo va tarixi Islom” asari ham mavjud. Ushbu asar boshlang`iч maktablarning o`quvchilariga mo`ljallangan. Bu asar birinchi marta 1910 yilda Munavvarqori tomonidan Toshkentda Il’in bosmaxonasida bosilgan. Mustaqillik yillarida esa Zokirxon Afzalov SHokirxon o`g`li tomonidan 1994 yilda “Fan” nashriyotida chop etilgan. Risolada Odam alayhissa-lomdan Muhammad alayhissalomgacha o`tgan payg`ambarlarning qissalari va zuhuri islom zikr etilgan.
Islom tarixi fanida payg`ambarlar tarixi, payg`am-barimiz Muhammad alayhissalomning hayotlari va Islom dini tarixi, shuningdek, ilk xalifalik davri tarixi uch bosqichda o`rganiladi. Nasiruddin Rabg`uziyning “Qissayi Rabg`uziy”, Alisher Navoiyning “Tarixi anbiyo va hukamo” asarlari payg`ambarlar tarixiga oid bo`lsa, Alixonto`ra Sog`uniyning “Tarixi Muhammadiy”si ikkinchi va Rizoud-din ibn Faxrud-dinning “Xulafoi roshidin” asari uchinchi davrni o`z ichiga oladi. Abdulla Avloniy asari mana shu uch davrni mujassam-lashtirgan. Adibning asosiy ko`zlagan maqsadi millat kelajagi bo`lgan bolalarni boshlang`ich sinf-danoq qisqacha bo`lsa-da Islom tarixi bilan tanishtirish, diniy ma`rifatlarni oshirish, ularning qalblariga iymon nurini singdirish bo`lgan. Abdulla Avloniyning bu asari tahsinga sazovordir.
U o`zbek xalqi madaniyati, ma`rifati bilan bir qator-da qo`shni afg`on xalqi ijtimoiy-siyosiy hayotidа ham 1919-1920 yillarda muhim rol’ o`ynagan. SHo`ro hukumatining Af-g`onistondagi siyosiy vakili va konsuli vazifasini bajargan.
Abdulla Avloniy asarlar yozish bilan bir qatorda maktablar ochish, xalqni savodxon qilishi, o`zbeк xotin-qizlarini o`qitish, o`qituvchilar va ziyoli kadrlar tayyorlash bilan shug`ullanadi. U 1923-24 yillarda eski shahardagi xotin-qizlar va erlar maorif bilim yurtlari mudiri, 1924-29 yillarda Toshkent harbiy maktabida o`qituvchi, 1925-34 yillarda O`rta Osiyo Kommunistik universiteti, O`rta Osiyo Qishloќ xo`jaligi maktabida, O`rta Osiyo Davlat universi-tetida dars beradi. Pedagogika fakul’tetining til va adabiyot kafedrasi professori va mudiri bo`lib ishladi.
U 1933 yilda o`zbek maktablarining 7-sinfi uchun “Adabiyot xristomatiyasi” tuzib, nashr ettirdi. Abdulla Avloniy “Hijron”, “Nabil”, “Indamas”, “SHuhrat”, “Tang-riquli”, “Surayyo”, “SHapaloq”, “CHol”, “Ab”, “CHig`aboy”, “Abdulhaq” taxalluslari bilan tanqidiy va ilmiy maqola, 4000 misradan ortiq she`r ijod qilgan.
Avloniy 1927 yilda “Mehnat qahramoni” unvoni bilan taqdirlandi. 1930 yilda unga “O`zbekiston xalq maorifi zarbdori” faxriy unvoni berildi.
Hozirda mustaqil O`zbekistonimizda Abdulla Avlo-niy nomida bir qator maktablar bor. O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi bolalar adabiyoti bo`yicha uning nomida mukofot ta`sis etgan. Toshkent ko`chalaridan biri, Respublika o`qituv-chilar malakasini oshirish markazi va mahallalardan biri uning nomida. Respublika o`qituvchilar malakasini oshirish markazida Abdulla Avloniy muzeyi tashkil qilingan.
Abdulla Avloniy 1934 yil 25 avgustda vafot etdi.
Uning pedagogik qarashlari bugungi kunda o`zbek milliy maktabini yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi. Avloniy ijodiy merosini chuqur o`rganishga qiziqish ortib bormoqda.
Abdulla Avloniyning aql, ilm, tarbiya
haqidagi fikrlari
Эng yomon kishilar ilmga amal qilmaydigan kishilar-dir. Agar tarbiya qiluvchi muallim olim bo`lib amalsiz bo`lsa, bu shogirdlar axloqiga yomon ta`sir ko`rsatadi.
* * *
Tarbiya-pedagogika, ya`ni bola tarbiyasining fani de-makdir. Bolaning salomat va saodati uchun yaxshи tarbiya, tanni pok tutmoq, yosh vaqtida maslakni tuzatmoq, yaxshi xulqlarni o`rgatmoq tabiblardek kabidurki, tabib xastaning badanidagi kasaliga davo qilg`oni kabi tarbiyachi bolaning vujudidagi jahl markaziga “yaxshi xulq” degan davoni ichidan, “poklik” degan davoni ustidan berib katta qilmog`i lozimdir.
* * *
Tarbiyani tug`ilgan kundan boshlamoq, vujudimizni quvvatlantirmoq, axloqimizni kuchlantirmoq, zehnimizni rivojlantirmoq lozim.
* * *
Kerak tarbiyat yoshlikdan demak,
Ulug` bo`lsa lozim kelur g`am emak.
* * *
Tug`ib tashlash bilan bo`lmas bola, bo`lg`ay balo sizga,
Vujudi tarbiyat topsa bo`lur ul rahnamo sizga
Temirchining bolasi tarbiyat topsa, bo`lur olim,
Buzilsa xulqi, Luqmon o`g`li bo`lsa, bo`lg`usi zolim
Download 27,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish