Turkiy guliston yoxud axloq so’zboshi o



Download 0,82 Mb.
bet15/35
Sana14.07.2022
Hajmi0,82 Mb.
#794388
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   35
Bog'liq
Turkiy Guliston yoxud Axloq. html

IDROK VA ZAKO
Idrok va zako deb ochuq fikrli, xushtabiat, ziyrak bo’lmakni aytilur. Idrok va zako yaxshi xulqlarning ravzayi rizvoni, ibrat ko’zlarining nuri rahmoniysidur. Chunki idrokli kishilarning har bir maqsadi ostida yashirin o’lg’an zamirlarning ma’nolari na yerdan borib chiqishini bilur. Ilm-u ma’rifat sohibi bo’lmak uchun sa’y va g’ayrat kerak o’ldig’i kabi zehn va idrokning ham salomat bo’lmog’i shartdur. Shuning uchun yoshlikdan boshlab zehn va idrokimizni quvvatlandurmak uchun aziz umrimizni o’yin- kulgi, safsata, moloya’ni kabi behuda so’zlar ila o’tkarmay, har xil kitob, g’azita va jurnallarni o’qub, fikrimizni ochmoq, zehnimizni quvvatlandurmak lozimdur. Zehnsiz kishilarning o’lchovsiz so’zlari o’zlarini uyaltirgoni kabi eshituvchini ham zeriktirur.
Har kishining fikr, idrokin sozi bildurgusi, Pistayi bemagz agar lab ochsa rasvo bolgusi.
Idrok sohibi o’zini fozil va ulug’ bilub hamjinslariga haqorat ko’z ila boqub: «Bilasanmi? Man qanday boy va obro’li kishiman» deb maqtanub, o’zini katta qilub ko’rsatmas. Ustiga yuklangan diniy, milliy va maishiy vazifalarini har birini o’z vaqtida ado qilur. Mana, shunday kishilar ikki dunyoda obro’lik bo’lub o’lganlaridan so’ng «faloni xo’b, yaxshi zot edi, Xudo rahmat qilsun, millatga ko’p xizmat qildi, xalqg’a foyda yetkurdi», deb boshqalar tarafidan maqtalurlar. Hushyor va ziyrak kishilar kuch va
quvvatlari bor vaqtida keladurgan zamonlarini tushunib, pul va mollarini o’rinsiz yerlarga, to’y va ma’rakalarga haddan ortiqcha isrof qilmaslar, o’zlarining rohati, bola-chaqalarining saodati uchun kerak bo’ladurgan yer va bog’larini sotmaslar, zamonaga muvofiq kishi qilmak uchun bolalarini o’qitmak va tarbiya qilmak to’g’risida aqchalarini aslo qizg’anmaslar.
Idrok ila aqling-la ayur yaxshi yomonni, Behudaga sarf etma shu qimmatli zamonni, Say et, jadal et, ilm-u fununa harakat qil, Boq, nayladilar hikmat ila ushbu jahonni.

Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish