Turkistonning xonliklarga bo’linib ketishi, uning sabablari va oqibatlari. Reja



Download 29,68 Kb.
Sana30.12.2021
Hajmi29,68 Kb.
#193847
Bog'liq
Turkistonning xonliklarga bo 'linishi Referat


Turkistonning xonliklarga bo’linib ketishi, uning sabablari va oqibatlari.
Reja:

I Kirish


II Asosiy qism

1.XIV asrning ikkinchi yarmi va XV asr boshlarida Movaraunnahr va Xurosondagi siyosiy vaziyat. Temuriylar davlatining inqirozga yuz tutishi.

2. Shayboniylar davlatining ijtimoiy-siyosiy tuzilishi.

3. Ashtarxoniylar davlati. Davlatning ma’muriy-siyosiy tizimi.

4. Mahalliy sulola vakillarining davlat boshqaruvi. Madaniy hayot.

Vatanimizning tarixi o‘zbek davlatchiligi taraqqiyoti bir tekisda o‘tmaganligi, uning rivojida zafarli va inqiroz davrlar bo‘lganidan guvohlik beradi. Soxibqiron Amir Temur asos slogan saltanat eng yirik va qudratli davlatni jahonga ma’lum. U o‘z vorislari nafaqat qudratli davlatni, shuningdek, saltanat qurish va davlatni boshqarish qonun-qoidalarini bayon etilgan mashhur tuzuklarni ham qoldirgan edi. “… Farzandlarim va avlodimdan bo‘lganlarning har biri, -deb yozgan edi u o‘zining tuzuklarida, unga muvofiq ish yurutsin… Bu tuzuklardan o‘z saltanat ishlarini boshqarishda qo‘llanma sifatida foydalangaylar, toki mendan ularga yetadigan davlat va saltanat zararu tanazzuldan omon bo‘lgay”. Ammo uning dasturi va vasiyatlariga amal qilmadi. Taxt, hokimyat ilinjida avj olgan o‘zaro va ichki kurash, jangu jadallar davlatni zaiflashtirib, mamlakatni inqirozga va parokandalikga olib keldi.Sohibqiron taxtiga valiahd qilib nabirasi Pirmuhammadni qoldirgan bo‘lsada, ko‘pgina amirlar va amaldorlar uning hukmdorligini tan olmadilar. 1405 yil mart oyida Temurning boshqa bir nabirasi Halil Sulton Samarqand taxtini egallaydi. Undan tashqari, Xurosonda Shohruh; Balx, G‘azna va Qandarhorda Pirmihammad; G‘arbiy Eron va Ozarbayjonda Mirzo Umar va Abu Bakr Mirzo; Turkiston, Sarbon, O‘tror, Sayramda Amir Turdibek; O‘ratepa va Farg‘ona Amir Xudoyod; Xorazmda amir Idiku o‘zlarini hukmdor deb e’lon qildilar.

Mamlakatdagi parokandalik va o‘zaro urushlarga barham berish uchun Shohruh Mirzo ko‘p sa’yi-harakatlar qildi. XV asrlarning 20- yillariga kelib Amur Temur mulklarining qariyb hammasi Shohruh va uning oila a’zolari qo‘l ostida edi. Movaraunnahr yerlarini 1409 yildan boshlab Shohruhning to‘ng‘ich o‘g‘li Mirzo Ulug‘bek boshqara boshladi. Ulug‘bekning hukmronlik davri (1409-1449 yy.) asosan Movaraunnahrda ijtimoiy –iqtisodiy hayot, ilm-fan va madaniyatning rivojlanishi bilan izohlanadi.

Ulug‘bek bobosi Amur Temur kabi harbiy iste’dodga ega emas edi. U mamlakat ichidagi va atrofdagi osoyishtalikni saqlash maqsadida ayrim harbiy yurishlar qilib turgan xalos. 1447 yilda Shohruh vafotidaan so‘ng Temuriyzodalar o‘rtasida kurash boshlanib ketdi. Oqil va dono Ulug‘bek bu kurashlarga barham berishga harchand urinmasin buning uddasidan chiqa olmadi. Aksincha, o‘g‘li Abdulatifning bevosita ishtiroki tufayli o‘zi bu kurashlarning qurboni bo‘ldi. Xullas, XV asrning o‘rtalariga Mirzo Ulug‘bek vafotidan keyin (1449 ) Temuriy shahzodalar o‘rtasida taxt- toj uchun kurash yana avj oldi. Abulqosim Bobur (1452-1457 ) va Abusaid Mirzolarning (1458-1468 ) faoliyati hamda o’zaro urushlarga barham bera olmadilar. 1469 yilga kelganda Xurosonda Husayn Boyqaro hokimiyatni egallab, bu hududlarda nisbatan tinchlik o’rnatdi. Uning do‘sti –buyuk shoir Alisher Navoiy (1441-1501) muhrdor, vazir, Astrabod hokimi lavozimlarida ishlab, Xuroson ijtimoiy-siyosiy hayotida katta rol o‘ynaydi. Navoiyning sa’y - harakatlari bilan Hirotda ilm – fan, madaniyat gurkirab rivojlandi. O’zaro urushlarga nisbatan barham berildi.

Movaraunnahrda esa bu davrga kelib siyosiy tarqoqlik avjiga chiqdi. Har bir viloyat, har bir shaharlarda temuriy shahzodalar o’zlarining mustaqil hukmronligini o’rnatishga harakat qildilar. Ular hokimiyat uchun o’zaro kurashlarda Dashti Qipchoq qabilalari kuchlaridan foydalanishar edilar: 1451 yilda Urusxonning nabiralari Abusaidga hokimiyatni egallash uchun yordam bergan bo‘lsa, oradan uch yil o‘tgach Abulhayrxon Muhammad Juqiyga hokimyatni egallashga ko‘maklashdi. Bu o‘zaro kurashlar Movaraunnahr ahlining ahvolini yomonlashishiga olib keldi.

XV asr oxirlariga kelib, Movaraunnahrda Temuriylarning bir- biridan o‘zaro mustaqil bo‘lgan uchta hokimiyatni vujudga keltirdi: 1. Samarqandda Sulton Ahmad Murzo hukmronligi (1468-1503 ); 2. Toshkentta Sulton Mahmud Mirzo hukmronligi (1468- 1498 ); 3. Andijonda Umarshayx I Mirzo hukmronligi (1468-1494 ).

Bu uchala davlatning o‘zaro urushlari Movaraunnahr ahlining temuriylardan noroziligini yanada avj oldirdi. Ayniqsa, yuqori tabaqa vakillari markazlashgan davlat tarafida turdilar. Bu temuriyzodalarning davlat boshqaruvida mustahkam tayancha ega emasligidan dalolat berardi. Bu vaqtda temuriylar huzurida ta’lim olgan Abulxayrxon nabirasi Muhammad Shohbaxt Dashti Qipchoqda dasht urug‘larini birlashtirib, o‘z hokimiyatini birlashtirmoqda edi.

XV asrning oxirida Abulxayrning nevarasi Muhammad Shayboniy bobosining davlatini tiklab, tez orada Utror, Sayram, Yassa (Turkiston), Sig‘noq shaharlarini bosib oldi va 1499 yilda Mavarounnaxrga jilliy harbiy harakatlar boshladi.

Muhammad Shayboniyxon 1500 y. Samarqand shahrini jangsiz egalladi.

Yosh Temuriy shahzoda Zaxiriddin Muhammad Bobur Shayboniyaxonning asosiy raqibi bo‘ldi. Bobur shahar axolisining qarshi qo‘zg‘olonidan foydanib 1500 yilning oxirida Samarqand taxtini egallangan edi. 1501 yilning bahorida bo‘lib o‘tgan jangda Bobur engiladi va Samarqand ikkinchi marotaba Shayboniy qo‘liga o‘tadi.

Shayboniyxon 1505 y. Urganchni. 1507 y. may oyida Xirotni egalladi va qisqa vaqt ichida Sirdaryodan to Markaziy Afgonistongacha bo‘lgan katta xudud Shayboniyxon quliga o‘tdi.

Shayboniyxonning janub tomon yurishlari Eron shoxi Ismoil 1 tomonidan to‘xtatildi. 1510 yil Marvdan 24 km joyda Ismoil 1 ning 1700 ming kishilik qo‘shinlari ko‘chmanchi o‘zbeklar qo‘shinini tor-mor keltirdi. Shayboniyxon xalok bo‘ldi. Natijada Xuroson va Xorazm Ismoil xukmronligiga o‘tdi. Ismoil yordami bilan Bobur yana Samarqandni egalladi lekin Gijdivon yaqinida bo‘lgan jangda Bobur qo’shinlari mag‘lubiyatga uchradi va nihoyat Mavarounnaxrga bo‘lgan da’valaridan voz kechib, kichik bir otryadi bilan Hindistonga yo‘l oladi va 1525 yil Hindistonning Lahor shahrini, 1526 yil Dehli Agra shaharlarini egalladi va hozirgi Bangladesh, Pokiston, Hindistonning shimoli va Afg‘oniston xududida Buyuk Boburiylar saltanatiga asos soldi, bu davlat XIX asrgacha (300 yil) yashadi.

Muhammad Shayboniyxon vafotidan keyin Mavaraunnaxrda markaziy hukumat ancha zaiflashdi. 1512 yildan Buxoro hukmdori Ubaydulla Sulton bo‘ldi, 1534 yilda u butun markazlashgan o‘zbek davlatining Oliy hukmdori etib saylandi. XVI asrning ikkinchi yarmida Sheyboniy avlodlaridan bo‘lgan Abdullaxon II ning mavq’ei ancha mustaxkamlandi. U o‘zbek qabilalari beklarining va musulmon ruxoniylarining yordamida 1557 yilda Buxoro taxtini qo’lga kiritdi. U kuchli Shayboniylar davlatini qayta tiklashni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan edi. 1583 y. Abdullaxon o‘zini barcha o‘zbeklarning xoni deb e’lon qildi. Bu paytga kelib Abdullaxon deyarli butun Markaziy Osiyo erlarini o‘z qo‘l ostiga birlashtirishga muvaffaq bo‘lgan edi. 1595 y. Xorazm ham Abdullaxon II mulklariga qo‘shib olindi. 1598 yilda Abdullaxon II vafot etgach uning o‘g‘li Abdulmumin uzoq vaqt hokimiyatni saqlab qalolmadi va 1599 yilda hokimiyat boshqa sulola vakillari qo‘liga o‘tdi.

Abdullaxon II davrida Shayboniyxon davlatining poytaxti sifatida Buxoro mustahkamlandi va siyosiy, ma’muriy, iqtisodiy markazga aylandi. Shu davrdan boshlab mamlakat Buxoro xonligi deb atala boshlandi. Shayboniylar davrida hokimiyat tepasida xon turardi. Davlat bir necha viloyatlarga bo‘lingan bo‘lib, ularga sultonlar boshchilik qilar edi. Poytaxt Samarqand shahri edi va Abdullaxon (1533-1539) davrida Buxoroga ko‘chirildi. Shayboniylar davlati, ayniqsa, Abdullaxon II davrida chet davlatlar bilan siyosiy aloqalarini kengaytiradi. Shayboniylar davlatida xo’jalikning asosi dehqonchilik bo’lib, dehqonlar asosiy ishlab chiqaruvchi kuch edi. Er egaligi munosabatlari eskicha qolib, erlarning asosiy qismi davlat erlari bo’lib, uning egasi davlat boshlig‘i-xondir. Zodagonlar egallagan davlat erlarining shakllari har xil, suyurgol, iqta, tanho va boshqalar edi. Suyurgol xukmron sulola a’zolari, yirik davlat arboblari va harbiy qo‘mondonlarga berilib ular erni to‘lig‘i bilan o‘zlari boshqarardi va soliqlar yig‘ib oladi va bir qismini davlat xazinasiga topshiradi. Iqta erlari xukmron xon avlodlariga, yirik davlat va harbiy arboblarga berilgan.

XVI asrdan boshlab Markaziy Osiyoda yangi feodal er egaligi tanho, kichik xizmatkorlarda beriladigan erlar paydo bo‘ldi. Feodal er egaligining alohida ko’rinishini vaqf erlar tashkil qilgan. Shayboniylar davridagi aholining asosiy qismini dehqonlar, yarim ko‘chmanchilar va qisman ko‘chmanchi chorvadorlar tashkil etardi. Shayboniylar davlatida dehqonchilikdan tashqari shahar xo’jaligi ham alohida o’rin tutadi. Samarqand Buxoro, Toshkent Markaziy Osiyoning siyosiy, iqtisodiy, madaniy markazi bo’lib qolaverdi. Bu davrga kelib iqtisodiy va madaniy yuksalish natijasida Toshkentning mavqei oshdi. Barakxon madrasasi (Hozirgi mavarounnaxr musulmonlari markazi yoki Xastimom), Ko‘koldosh madrasasi qurildi. XVI asr shaharlarida xunarmandchilik rivojlanib, uning maxsuloti keng ommaning talablarini qondirishga qaratildi. Shayboniylar davlatida kuchli rivojlangan xo‘jalik sohasi to‘qimachilik bo‘ldi. Samarqandda qog‘oz ishlab chiqarila boshlandi. Qog‘oz sifati shunchalar yuqori ediki bu haqda Bobur Jaxonda eng yaxshi qog‘oz Samarqandda tayyorlangan, deb etadi. Shayboniylar davrida dehqonchilik, xunarmandchilikning umuman, shaharlar hayotining rivojlanishiga Markaziy Osiyo xonliklarining tashqi va ichki savdo halqaro aloqalarining kengayishi muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Markaziy Osiyo xonliklarining Hindiston davlati, Turkiya va Rossiya bilan iqtisodiy hamda diplomatik aloqalari rivojlandi. Buxoro, Samarqand, Toshkent va boshqa shaharlarda XVI asrda hayot yuksak darajada bo‘lib, ular siyosiy, iqtisodiy markaz bo‘libgina qolmay, balki madaniy turmush o‘chog‘i ham edi. Shayboniylar ko‘plab yangi binolar qurib, ularni madrasa va machitlar ixtiyoriga topshirdilar. Faqat Abdullaxon II davrida 500 dan ortiq har xil binolar qurilgan. Markaziy Osiyoning ijtimoiy-siyosiy hayotida bu davrda har xil darvishlar uyushmalarini birlashtirgan sufiylik muhim o‘rin egalladi. Bular orasida g‘oyat katta ta’sirga ega bo‘lgani Muhammad Baxuaddin Naqshbandiy insonni mehnatga va halollikka chaqirdi. U: Dil va eru, dast ba kor, ya’ni: Imoningni dilga er tutub, ko’ngilni ishdan ayirma,-deydi.

Bu davrda hirotlik Binoiy fors tilida, Muhammad Solih turk tilida Shayboniyxon to‘g‘risida tarixiy badiiy asarlar yaratdi. O‘sha davrdagi tarixchilardan Hofiz Tanish Buxoriy fors- tojik tilida Abdullnoma asarini yaratdi. XVI asr boshlarida Bobur tomonidan yaratilgan Boburnoma (1526-1530 y) asari jahonshumul tarixiy ahamiyatga egadir.



XVI asr boshlarida Dashti-Qipchoq o‘zbeklarining Movaraunnahrga kirib kelishi bilan o‘zbek xalqi ajdodlariga yana bir qancha qabilalar kelib qo‘shildi va O‘zbek degan nomga ega bo‘ldi.

XVI asrning oxirlaridan, aniqrog‘i 1599 yildan boshlab Markaziy Osiyoda yangi sulola Astroxoniylar sulolasi hukmronligi boshlandi. Bu sulolaning asoschisi Chingiziylar avlodidan bo‘lgan Jonibek Sulton edi. Uning ajdodlari Oltin O‘rda inqirozidan keyin Astraxonga hukmronlik qilinshgan. 1599-1605-yillarda Buxoro taxtiga Jonibek Sultonning o‘rtancha o‘g‘li Boqimuhammad o‘tirdi. 1605-yilda Boqimuhammad vafotidan so‘ng taxtga uning ukasi Vali Muhammad o‘tirdi. Uning davrida beklarning o‘zaro urushlari ko‘payib ketdi. 1611 yilda Vali Muhammadning jiyani Imomqulixon (Boqi Muhammadning o‘g‘li) amakisini taxtdan ag‘darib o‘zi o‘tirdi (1611-1642). Imomqulixon davlatini birmuncha kengaytirishga muvaffaq bo‘ldi. Imomqulixon ko‘chmanchilarga qarshi muvaffaqiyatli kurashlar olib bordi. Uning hukmronlik davri Buxoroda xon hokimiyatining nisbatan kuchayish davri bo’ldi. 1642-1645 yillarda Imomqulixonning ukasi Nodir Muhammad taxtda o‘tirdi. Lekin uning siyosatidan norozi feodal zodagonlar fitna uyushtirib uni taxtdan ag‘dardilar va o‘g‘li Abdulazizonni xon qilib ko‘tardilar. Uning davrida Xiva bilan uzoq urushlar olib borildi, bu urushlar mamlakat hayotiga qattiq ta’sir ko‘rasatdi. 1680-yilda taxtga o‘tirgan Abdulazizxonning ukasi Subxonqulixon davrida Xivaliklarning hujumlariga birmuncha barham berildi. Lekin bu davrda ham mamlakatda ichki tartibsizliklar hukm surardi. 1702-yilda Subxonqulixon vafot etib o‘rniga Ubaydullaxon taxtga o‘tirdi (1702-1711) Ubaydullaxon feodallarning o‘zboshimchiligiga chek qo‘yishga, markaziy hokimniyatni kuchaytirishga harakat qilgan so‘ngi Ashtarxoniylardan edi. Lekin u 1711 yilda uyushtirilgan fitnada o‘ltirildi. Taxtga Ubaydullaxonning ukasi Abulfayzxon o‘tiradi (1711-1747) Abulfayizxon davrida markaziy hokimniyat o‘z ahamiyatini yana yo‘qota berdi. Uning davrida mamlakatni boshqarish mang‘it urug‘lari tomonidan qo‘llab-quvvatlangan va feodallar orasida obro‘yga ega bo‘lgan Muhammad Hakimbiy qo‘liga o‘ta boshladi. 1740-yilning boshlarida mamlakatga Eron shohi Nodirshoh hujum qilib xonlik Eronlikka katta soliqlar to‘lab turushga majbur bo‘ldi. Bu davrda Muhammad Hakimbiyning mavqeyi yanada oshdi. 1747 – yilda Abulfayz vafot etdi. Bundan so‘ng Abdulmo‘minning va Ubaydulla III ning qisqa vaqtlik hukmronligidan so‘ng Ashtroxoniylar suloloasi hukmronligi tugadi. 1753-yilda mang‘itlardan chiqqan Muhammad Hakimbiyning o‘g‘li Muhammad Rahim amir unvoni bilan taxtni egalladi va u 1920 yilga qadar hukm surgan mang’itlar sulolosining asoschisi bo‘ldi. Ashtraxoniylar hukmronligi davri siyosiy taraqoqlikning avjiga chiqqan davri bo‘ldi. Shayboniylar davriga qaraganda ashtroxoniylar davrida mahalliy beklarning o‘zboshimchaliklari ancha kuchaydi. Mamlakat viloyat va tumanlarga bo‘lingan bo‘lib hokimniyat tepasida xon turardi. davlatdagi eng martabali lavozim otaliq edi. Mamlakatda o‘zaro urushlar tufayli hunarmandchilik, ichki va tashqi savdoning rivojlanishi uchun etarli shart-sharoit yo‘q edi. Lekin, shunga qaramasdan, xalq o‘z hunarini va imkoniyatlarini saqlab qoldi. Bu davrda Markaziy Osiyo Rossiya, Hindiston, Eron, Afg‘oniston, Xitoy kabi davlatlar bilan savdo aloqalarini olib bordi. XVII-XVIII asrda me’morchilik sohasida bir muncha siljishlar ro‘y berdi. Samarqandta yirik feodallardan biri Yalantushbiy bo‘yrug‘i bilan XVIII asrda Sherdor va Tillakori madrasalari qurilgan. Buxoroda Abdullazizxon madrasisi qurildi. Badiiy adabiyot va tarix ilmi sohasida bir muncha muvaffaqiyatlar ko‘zga tashlanadi. XVII asrning boshida ijod qilgan Sayido Nasafiy bu davrning yirik shoirlaridan edi. Tarixchilardan Mahmud ibn Vali axborotlar asosida Sirlar dengizi asarini, Muhammad ibn Buhoriy Ubaydullonoma asarini yozdi. Ashtarxoniylar davrida feodallar o‘rtasidagi o‘zaro urushlar haddan ziyod keskinlashib ketdi. XVIII asrning boshlarida (birinchi choragida) yuqoridagi sisyosiy voqealar, xonavayronlik, o‘zaro urushlar Markaziy Osiyo hududida uchta mustaqil xonlikning paydo bo‘lishi bilan yakunlanadi.

Muhammad Rahimboy hukmronligi davridan boshlab Buxoro xonligi amirlik deb atala boshlandi. Muhammad Rahimboy savdo va er egaligi bilan aloqalar bo‘lgan feodallar manfaatiga mos ravishda markazlashtirish siyosatini amalga oshirdi. 1758 yilda 24 martda Rahimboy vafotidan so‘ng Buxoro taxtiga o‘tirgan Doniyorbiy davrida yirik er egalarining markaziy hokimniyatga qarshi kurashi yana avj olib ketdi. 1784-yilda Buxoroda qo‘zgolon ko‘tarilib, qo‘zg‘olon jarayonida mingga yaqin kishi halok bo‘ldi, natijada Donilbiy hokimniyatni shahar aholisi orasida obro‘liroq bo’lgan o‘z o‘g‘li Shohmurodga topshirishga majbur bo‘ldi. 1785-1800-yillarda hukmdorlik qilgan Shohmurod davrida to‘rtta islohot: moliya, sud, ma’muriy va harbiy islohatlar o‘tkazildi. Donilboy va uning o‘g‘li Shohmurod hukmdorlik qilgan davrda Buxoro amirligi nisbatan mustahkamlandi. Shohmurodning vorisi Amir Haydar (1800-1826) davrida ichki nizolar va qo‘shni mamlakatlar bilan ziddiyatlar yanada kuchaydi. Amir Haydar vafotidan keyin 1826-yilda Buxoro taxtiga uning uchinchi o‘g‘li Nasrullo chiqdi. U 1860 yilgacha hukmdorlik qildi. Nasrullo nihoyatda beshafqat bo‘lganligi uchun ham xalq orasida Qassob amir deb ataldi. Amir Nasrullo o‘z hukmronligini Buxoro amirligidagi feodal tarqoqlikni to‘xtatish uchun kurashdan boshladi. Shu bilan birga amir Nasrullo qo‘shni Qo‘qon va Xiva xonliklariga qarshi ham uzluksiz urushlar olib bordi. XIX asrning boshlarida Zarafshon va Qashqadaryo voholaridan tashqari Surxondaryo viloyati, hozirgi Tojikiston hududidagi Hisor, Xo‘jand, Panjikent va Zarafshon daryosining yuqori oqimi, janubiy Turkistonning murg‘obogacha bo‘lgan barcha erlari ham Buxoro amirligiga kirar edi. Buxoro amirligi aholisining soni XIX asr boshlarida salkam ikki million kishiga, Buxoro shahrida esa 60 ming kishiga etib bordi. Samarqandda 50 ming aholi yashar edi. Qishloq xo‘jaligining bosh tarmog‘i sug‘orma dehqonchilik bo‘lib, asosan boshoqli ekinlar ekilardi. Amirlikda aholidon hiroj, zakot kabi asosiy soliqlar olinardi. XVII asr Buxoro xonligida iqtisodiy va siyosiy tushkunlik kuchaygan davrda Farg‘ona vohasi xonlikdan alohida o‘lka sifatida ajralib chiqdi. XVIII asrning boshlarida,1771 yilda o’zbeklarning ming urug‘dan chiqqan Shohruhbiy Qo‘qon xonligiga asos soldi. XIX asrning birinchi yarmiga kelib Qo‘qon xonligiga Toshkent, Turkiston, O‘rtatepa, Xo‘jand ko‘shib olindi. Qo‘qon XIX asrning birnchi yarmida shimolda Rossiya bilan: g‘arbda Xiva va Buxoro bilan: janubda Qoratepa, Darboz va Ko‘lob bilan sharqda Sharqiy Turkiston bilan chegarodosh edi. Qo‘qon xonligi aholisining soni XIX asr o‘rtalarida 3 million ga yaqin edi. XIX asr o’rtalarida Qo‘qon xonligida ko‘pgina shaharlar bo‘lib, ular orasida Qo‘qon, Toshkent, Andijon, Marg‘ilon, Xo‘jand, O‘sh, Chimkent, Turkiston yirik siyosiy iqtisodiy, madaniy va harbiy markazlar hisoblanardi. Xonlikning poytaxti Qo‘qonda 80 mingga yaqin aholi yashardi. 60 mingga yaqin aholi yashaydigan Toshkent o‘z ahamiyati jihatidan xonlik poytaxtidan keyin ikkinchi o‘rinda turardi. Amudaryoning quyi oqimida joylashgan Xorazm qadimiy dehqonchilik markazalaridan biri hisoblanadi. XVI asr boshida Xorazm Muhammad Shayboniyxon davlati tarkibiga kiritildi. 1510 yilda Shayboniyxon vafotidan keyin Xorazm Eron shohi Ismoil Safoviy hukmronligi ostiga tushib qoldi. 1512 yilda bu erda yana Dashti qipchoq vakillaridan bo‘lgan Elbarisxon Xorazm taxtni egalladi va Xorazm xonligi paydo bo‘ldi. XVII asrning birinchi yarmida Arab Muhammad hukmdorligi davrida xonlikning poytaxti Urganch shaxridan Xiva shahriga ko‘chirildi. XVIII asrning boshida Rossiya davlati Xiva xonligini o‘z ta’siriga bo‘ysundirishga urinib ko‘rdi. Shu maqsadda Rossiya podshosi Pyotr I 1714-1717 yillarda A.Bekovich-Cherkasskiy boshchiligida ekspeditsiya uyushtirdi, lekin u muvaffaqiyatsiz tugadi. XVIII asr o‘rtalarida Xiva xonligida siyosiy parokandalik avjiga chiqdi va XVIII asrning 60 yillarida Xiva xonligida hokimniyatni o‘zbek qo‘ng‘irotlari asta sekin o‘z qo‘llariga ola boshladilar. 1806-1825-yillarda hukmronlik qilgan Muhammad Rahim II Xiva xonligini birlashtirishni nihoyasiga etkizadi. Shunday qilib, Rossiya bosqini arafasida O‘rta Osiy hududida uchta mustaqil xonlik bo‘lib, ularda o‘zaro iliq munosabatlar bo‘lmagan. Bu albatta, keyingi davrlarda chor Rossiyasining bosib olishiga sabab bo‘ldi. Biroq har birining o‘ziga xos taraqqiyot yo‘nalishi bo‘lib, ijtimoiy–siyosiy va madaniy hayotda o‘z ahamiyatiga ega edi. Chor Rossiyasi bosqini arafasida jahon davlatlari kapilistik bosqichni boshidan o‘tkazayotgan bo‘lsada, O‘rta Osiyo xonliklari hali feodal tuzumda edi. Bu davrda ular jahon bozoridan ancha uzilib qolgan edi.

Xulosa


Turkistoning bo‘linib ketishi va uning sabablaridan aasosiysi shundaki Sohibqiron Amir Temurdan so‘ng hamjihatlik yo‘qolishi yer, mol-mulk talshishlar orqali katta bir saltanat bo‘linib ketdi va so‘ngida o‘zga davlatlarga qaram bo‘lib qoldi. Sohibqiron o‘z davrida o‘zidan keying avlodlari uchun davlat boshqaruvi to‘g‘risida “Temur tuzuklari” nomli kitob yozib qoldirgan edikitob yozib qoldirgan edi ammo mol-mulkga bo‘lgan nafs barsha qarindosh urug‘chilik qon qarindoshlik rishtalariga rahna soldi va buyuk Turkiston davlati parchalanib ketdi. Buxoro amirligi, Xorazim xonligi va Qo‘qon xonliklariga ajrab ketdi. Shayboniyxonlarni taxtga o‘tirishi va Zahiriddin Muhammad Buburning O‘z vatanida quvilib ketishi va xalqning noroziligi oqibatida saltanat tanazzulga yuz tutdi. Toju-taxt uchun kurash Shaybonilar davridanm keyin ham to‘xtamadi ilm-fan iqtisodiyot va barcha tarmoqlar ortda qolib halq noroziligiga olib keldi va shu asnoda bo‘lingan davlat ruslar tomonidan bosib olindi. Buning asosiy sababi taxt egalarining bir birlariga dushman nigohi bilan qarshlari edi va shu orqali Turkiston davati bo‘linib bo‘linib dushman tomonidan bosib olindi va parokandalik, qaramlikga yuz tutdi. Ochko‘zlar tomonidan talandi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:



  1. Ahmedov B. O’zbekiston xalqlari tarixi manbalari. Toshkent O‘zbekiston. 1991.

  2. O‘zbekiston tarixi. T.Universtitet. 1997.

  3. Bobobekov H.N. Qo’qon tarixi. Toshkent, “Fan”, 1996 yil.

  4. Ziyoev H. Turkistonga Rossiya tajovuzi va hukmronligiga qarshi kurash. T. “SHarq”, 1998 yil.

  5. Google.com

  6. Ziyo.net

Download 29,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish