Turkistonda jadidlar harakatining vujudga kelishi, ularning islohotchilik faoliyati



Download 30,08 Kb.
Sana23.01.2020
Hajmi30,08 Kb.
#36899
Turkistonda jadidlar harakatining vujudga kelishi, ularning islohotchilik faoliyati

Turkistonda o'rnatilgan mustamlakachilik zulmi XIX asr oxiri XX asr boshlarida yanada kuchaydi, iqtisodiy jihatdan mahalliy xalqnitalash, ezish bilan birga, ularni jaholatda, savodsizlikda tutib turish, ma'naviy qashshoqlantirishga intilar edi. Mustamlakachilar shu maqsadda o'lkaga chinovniklar, harbiylar, bankirlar, savdo-sanoat-chilar, muhandis-texniklar, ruhoniylar, ilmiy kuchlar, ishchilar, mujiklardan iborat malaylarini safarbar etgan edi. Zolimlar qanchalik urinmasin, mahalliy aholining hurlik, ozodiik uchun intilishini so'ndirolmadi, milliy-ozodlik harakati kuchayib bordi. Tarixiy vaziyat millat ravnaqini o'ylovchi ziyolilar, mahalliy burjuaziya vakillari, ulamolar orasidan xalqni uyg'otish, milliy ongini oshirish, birlash-tirish uchun kurashuvchi kuchlarni tayyorlab yetishtirdi.

Sharq bilan G'arbni taqqoslab musulmonlar va turkiylar dunyosi, xususan, Rossiya tasarrufiga olingan musnlmonlarning jahon taraqqiyotidan uzilib qolayotganini qrim-tatar farzandi lsmoil Gaspirali (1851-1914) birinchi bo'lib angladi. U turkiy xalqlardagi jaholatni yo'q qilish, ma'naviyat-ma'rifat orqali taraqqiy topgan mamlakatlar darajasiga ko'tarilish harakatini boshlab berdi. lsmoil Gaspirali maorifni isloh qilish, maktablarda dunyoviy fanlarni o'qitish masalasini ko'tardi. U 1884—yilda Qrimdagi Boqchasaroy shahrida jadid maktabiga asos soldi.

«Jadid» arabcha so'z bo'lib «yangi» degan ma'noni bildiradi. U o'zi tashkil etgan maktab o'quvchilari uchun o'quv dasturi tuzdi va darsliklar yozdi. U 40 kun ichida 12 o'quvchining savodini chiqarib, Lezda shuhrat qozondi. «Tarjimon» gazetasini chiqarib, o'z g'oyalarini yoydi. 1888— yilda «Rahbari muallimin yoki muallimlarga yo'ldosh» kitobini nashr etib, jadid m'aktablarining qurilishi, dars o'tish mazmuni, jihozlanishi, sinov va imtihonlar olish usullarini bayon etib berdi.

lsmoil Gaspirali g'oyalari Turkistonga ham kirib keldi. 1893— yilda Turkistonga kelib, ilg'or ziyolilar bilan uchrashdi, Buxoro amiri huzurida bo'lib bitta jadid maktabi ochishga rozilik oldi. Turkistonlik ziyolilar jadidchilikni yoqlab maorifni isloh qilish, «Usuli jadid» maktablarini tashkil etishga kirishdilar. 1898— yilda Qo'qonda Salohiddin domla, 1899— yilda Andijonda Shamsiddin domla va Toshkentda Mannon qori jadid maktabiga asos soldilar. 1903— yilda Turkistonda 102 ta boshlang'ich va 2 ta o'rta jadid maktablari faoliyat ko'rsatdi.

Turkiston jadidlariga Mahmudxo'ja Behbudiy, Abduqodir Shakuriy, Munawar qori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy va

boshqa o'nlab milliy ziyolilar rahnamolik qildilar. Ular dastlab maorifni isjoh qilish yo'lidan bordilar. «Usuli jadid» maktablari tarmog'i kengayib bordi, ularda diniy ta'limot bilan birga tibbiyot, hikmat, kimyo, nujum, handasa kabi dunyoviy bilimlar o'rgatildi, savod chiqarish tezlashtirildi.

Talabalarga Turkiston, turkiylar tarixini o'rgatishga alohida e'tibor berildiki, bu ularning milliy ongini uyg'otishga, jamiyatni etnik jjhatdan birlashtirishga xizmat qilardi. M.Behbudiyning «O'z urug'i otini bilmagan, yetti otasini tanimagan qul-manqurtdir» degan so'zlari talabalarni milliy o'zligini anglashga chaqirar edi. Munawar qorining «Adibi awal», «Adibi soniy», M.Behbudiyning «Kitobatul atfol», «Bolalar maktubi», «Muxtasar tarixi islom», «Jug'rofrya», A.Avloniyning «Adabiyot», «Birinchi muallim», «Turkiy guliston», «Maktab gulistoni» kabi darsliklari milliy maktab va milliy tarbiyani yuqori saviyaga ko'tarishga xizmat qildi. Jadid maktablarida har tomonlama bilimli, ma'naviy yetuk, o'z xalqining tarixini va dunyo ishlarini yaxshi o'zlashtirgan kadrlar tayyorlab chiqarildi.

Jadidlar yoshlarni chet ellarga o'qishga yuborish tashabbusi bilan chiqdilar. Boy tabaqaning ilg'or vakillari jadidlarning bu harakatini ma'qullab, mablag' bilan ko'maklashdilar. Ko'pgina umidli yoshlar Germaniya, Misr, Turkiya va Rossiyaning markaziy shaharlariga o'qishga yuborildi. 1910— yili Buxoroda mudarris Xoji Rafiy va boshqalar «Bolalar tarbiyasi» xayriya jamiyatini tashkil etib, 1911— yilda 15 ta, 1912— yilda 30 ta talabani Turkiyaga o'qishga jo'natdi. 1909— yilda Munawar qori tuzgan «Jamiyati xayriya» ham miskin va ojiz talabalarga yordam berar, yoshlarni chet elga o'qishga yuborishga yordamlashar edi.

Jadidlar Turkistonda milliy matbuotga asos soldilar. Munawar qori 1906— yilda «Xurshid» («Quyosh») jurnalini tashkil etib, unga o'zi muharrirlik qildi. Jurnal xalqning o'z haq-huquqlarini tanishiga, milliy uyg'onishga xizmat qildi. Ammo mustamlakachi ma'murlar tezda jurnalni chiqarishni man qildilar. M.Behbudiy 1913— yilda «Samarqand» gazetasi va «Oyina» jurnalini chiqara boshladi. U «Nashriyoti Behbudiya» xususiy nashriyotini, uning huzurida «Kutubxonai Behbudiya»ni tashkil etdi. Gazeta va jurnalda miilat va ona yurt dardi, xalqni ma'rifatli qilish, erkinligini ta minlash masalalariga bag'ishlangan dolzarb maqolalar chop etiiardi. Ular Rossiya imperiyasi tasarrufidagi turkiy xalqlarga, Eron, Afg'oniston, Hindiston, Turkiyagacha borib yetardi.

Taraqqiyparvar o'zbek ziyolilarining yetakchisi Asadullaxo'ja o'g'li Ubaydullaxo'ja 1913^— yilda «Taraqqiyparvar» deb nom olgan ziyolilarning firqasini tuzadi va 1914— yilda firqaning «Sadoi Turkiston», «Sadoi Farg'ona» gazetalari chiqariladi. Bu gazetalar sahifalarida e'lon qilingan maqolatar ommani mustabid tuzumga qarshi qo'zg'atishga xizmat qildi.

Jadidlar milliy teatrga asos soldilar. Munawar qori rahnamoligida 1913— yilda musulmon drama san'ati havaskorlari jamiyati - «Turon» truppasi tuzildi. 1914— yil 27-fevralda Toshkentdagi «Kolizey» teatri binosida o'zbek milliy teatrining birinchi rasmiy ochilish marosimi bo'ldi. Munawar qori o'zbek milliy teatrining birinchi pardasini ochar ekan shunday degan edi: «Turkiston tilida hanuz bir teatr o'ynal-mag'onligi barchangizga ma'lumdir... Teatrning asl ma'nosi «ibratxona» yoki «ulug'lar maktabi» degan so'zdir. Teatr sahnasi har tarafi oynaband qilingan bir uyga o'xshaydurki, unga har kim kirsa o'zining husn va qabihini, ayb va nuqsonini ko'rib ibrat olur». O'sha kuni sahnada M.Behbudiyning «Padarkush» pyesasi namoyish etildi. Unda islom dinining Turkistondagi buzilishlari tasvirlanib, tamoshabin e'tiborini najot yo'li - maorif, maorifm esa «poklangan din» bera oladi, degan g'oyaga qaratadi. «To'y», «Zaharli hayot», «Juvonboz», «Baxtsiz kuyov» pyesalarida xotin-qizlaming huquqsizligi, ko'pxo-linlik, majburiy nikoh oqibatlari kabi muammolar yoritiladi. Milliy teatr san'ati odamlarga millatda mavjud bo'lgan qusurlar va ijobiy tomonlarni tushunturuvchi oyna bo'lib xizmat qildi.

Jadidlar matbuoti va teatrida ayrim mutaassib ruxoniylarning poraxo'rligi, axloqsizligi ham qattiq tanqid ostiga olindi. Abdurauf Fitrat «Munozara» nomli asarida Buxoro ulomalarining nodonligi va poraxo'rligini ochib tashladi. «Hind sayyohining sarguzashtlari» asarida esa Buxoro, Qarshi va boshqa shaharlardagi iqtisodiy tanazzulga ayrim ruhoniylarning o'z mavqeyini suiiste'mol qilganliklarini asosiy sabab qilib ko'rsatdi. Jadidchi jurnalist va dramaturglar nashavandlik, kashandalik, zinogarlik, fohishalik kabi illatlarni qoralashdi.

Jadidlar, ijtimoiy va hududiy birlik to'g'risidagi masalalarni ko'tarib, xalqni milliy vadiniybirlikka, jipslashishga, hududiy birlikka chaqirdi, ijtimoiy ongni XX asr darajasiga ko'tarishga intildilar.

Jadidlarga, bir tomondan, mutaassib ruhoniylar, ikkinchi tomondan, mustamlakachi ma'murlar qarshilik ko'rsatdilar. Mutaassib ruhoniylar jadidlar ko'targan barcha yangiliklarga qarshi chiqishdi. Ular jadidlarni padarkushlar, maktabiari haqida esa: «Bu xil maktabda o'quvchi-talabalar birinchi yili gazeta o'qiy boshlaydi, ikkinchi yili ozodlikni talab qilishadi, uchinchi yili esa janobi oliylarini taxtdan ag'darib, turmaga tiqib qo'yishadi»,- der edilar. Mutaassiblar tarixni tasvirlash, o'qitish be'manilik, dahriylik deb hisoblashdi. M.Behbudiy ularni fosh qilar ekan, «Qur'oni ICarim» ham, Muhammad payg'ambarning hadislari ham tarixga daxldor ekanligini, «Qur'oni Karim»ning chorak qismi tarixiy ma'lumotlardan iboratligini asoslab beradi.

Mustamlakachi ma'murlar jadidlar harakatini jilovlash chora-larini ko'rdilar. Ular ustidan nazorat o'rnatilib, gazeta va jurnallari man etilar, nashriyotlari buzib tashlanar, kitob do'konlari, qiroat-xonalar yopib qo'yilar edi. Ayniqsa, 1905-1907—yillardagi Rossiya inqilobidan keyin qatag'on kuchaydi. Bu inqilobdan mahalliy burjuaziya va zamindorlarning bir qismi qo'rqib ketib mustamlakachi ma'murlar panohiga intildilar. Jadidlardan o'ng qanot ajralib chiqib, reaksiya lageriga qo'shildilar. Qadimchilar deb atalgan bu guruh, Rossiyaning obro'si bizning obro'yimiz, xudodan qo'rq, podshohni hurmat qil, podshohning amri fuqarolar uchun vojibdur, deb chiqdilar. Ular islohotlarga qarshi chiqib, qadimgi tartiblarni himoya qildilar. Ular panturkizm - turkiy xalqlarni Turkiya davlati qo'li ostida birlashtirish, panislomizm - islom dinidagi barcha xalqlarni birlashtirish g'oyalari soyasida qolib ketdilar.

Jadidlar tobora olg'a yurdilar. Mustamlakachilarning jadidlarga nisbatan qo'llagan zo'ravonlik choralari, ularni ma'naviy-ma'rifiy islohotdan siyosiy qarshilik ko'rsatish darajasiga ko'tarilishiga olib keldi. Dastlabki siyosiy uyushma va partiyalar vujudga keldi.

XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Turkistonda maydonga kelgan jadidchilik madaniy-ma'rifiy, milliy, ijtimoiy-siyosiy harakat edi. U o'sib mustamlakachilarga qarshi ko'tarilgan milliy-ozodlik harakatining mafkurasiga aylandi.



9 -Mavzu. TURKISTONDA MUSTABID SOVET HOKIMIYATINING O'RNATIUSHI VA UNGA QARSHi QUROLLI HARAKAT 

  1. 1917— yil fevral inqilobining Turkiston ijtimoiy-siyosiy hayotiga ta'siri. «Sho'roi Islomiya», 


«Sho'roi Ulamo».

2. Turkistonda mustabid Sovet hokimiyatining o'rnatilishi, uning shovinistik siyosati

3. Turkiston muxtoriyati

4. Xorazm va Buxoroda demokratik harakatlarning o'sib borishi, Xiva xonligi va Buxoro

amirligining yemirilishi

5. Turkistonda mustabid sovet tuzumiga qarshi qurolli harakat, uning mag'lubiyati sabablari va

oqibatlari 


1. 1917— yil fevral inqilobining Turkiston ijtimoiy-siyosiy hayotiga ta'siri. «Sho'roi Islomiya», «Sho'roi Ulamo».

1917 yilgi fevral inqilobi va Turkislon. Rossiyada 1917— yii fevralida burjua - deraokratik inqilob sodir bo'ldi, ko'p asriik Romanovlar sulolasi hukmronligi ag'darildi. Monarxiya siyosiy tuzumining barham topishi Rossiya imperiyasi va Lining turli hududlarida ham ijtimoiy-siyosiy vaziyatning keskin o'zgarishiga olib keldi. Buning natijasida Rossiyada tarixda kamdan-kam uchraydigan hodisa - ikki hokimiyatchilik vujudga keldi.

- burjuaziya vakillaridan iborat Muvaqqat hukumat

- Ishchi, askar, dehqon deputatlari sovetlari

Agar burjuaziya Muvaqqat hukumati mamlakatni yuqoridan turib boshqaradigan organ sifatida faoliyat yuritib, asta - sekinlik bilan hokimiyat murvatlarini o'z qo'liga olib borgan bo'lsa, ishchi, askar, dehqon deputatlari sovetiari esa hokimiyatni quyidan boshqarishda qatnashib bordilar. Ularning hokimiyat organi - Petrograd Soveti huddi shu yo'nalishda faoliyat yuritdi.

Rossiya imperiyasining mustamlakachilik asorati ta'sirida bo'lib kelgan Turkiston o'lkasi hayotida ham, bu davrga kelib, sezilarli tarixiy voqealar sodir bo'ldi. Mustamlakachilik boshqaruv organi — Turkiston General-gubernatorligitugatildi. lining o'rniga Muvaqqat hukumatning 39J7— yil 7-apre!dagi qaroriga binoan kadet N.N.Shchepkin raisligida 9 kishidan (4 nafari tub yerli aholi)iborat Rossiya Muvaqqat hukumatining Turkiston Qo'mitasi tashkil etildi. Viloyatlarda harbiy gubernatorlik tizimi barham topib, viloyat komissarlari instituti vujudga keldi. Shuningdek, Rossiyada faoliyat yuritayotgan bolsheviklar, mensheviklar va eserlar partiyalarining Turkistondagi mahalliy tashkilotlari yetakchiligida o'lkaning bir qator yirik shaharlarida ishchi, askar deputatlari soveti tashkil topdi. Tez orada mahalliy aholi vakillaridan iborat musulmon ishchi va askar deputatlari sovetlari ham tuzila boshladi. Muvaqqat huku-matning 1917— yil may oyi boshlarida chiqargan farmoniga binoan, Turkistondan jalb qilingan mardikorlar o'z ona yurtlariga qaytib kela boshladi.

Yurt istiqboli va istiqloli uchun qayg'uruvchi vatanparvar, hurri-yatparvar kuchlar harakat qila boshladi va tashkiliy jihatdan uyusha bordi. Bu jarayonda ozod va mustaqil Turkiston uchun ko'p yillar fidoyilik bilan kurashib kelgan jadidlar harakatining rahnamolari alohida o'rin tutdi. Ular mahalliy aholining siyosiy ongini o'stirish, hal qiluvchi kurashlarga yetaklab borish maqsadida o'ikaning ko'plab shaharlarida vaqtli matbuot nashrlari - gazeta va jurnallar chiqara boshladilar. Masalan, Toshkentda "Xurshid", "Sadoi Turkiston", "Turk eli” "Najot", "Kengash", "Sho'roi islom", Samarqandda "Oyna", "Hurriyat", Buxoroda "Turon", "Buxoroi sharif, Qo'qonda "Sadoi Farg'ona", "Tirik so'z" nomli matbuot nashrlari o'z sahifalarida markazdagi siyosiy vaziyatni, joylardagi ahvolni, o'tkir ijtimoiy-siyosiy masalalarni yoritishda, mahalliy aholi ommasini siyosiy - g;oyaviy jihatdan tayyorlab borishda muhim rol o'ynadi.

Abdulla Avloniy tomonidan Toshkentda 1917— yil aprelidan chiqarila boshlagan "Turon" gazetasining ilk sonida "Yashasin xalq jumhuriyati" shiori birinchi bor yangragan edi. Unda aniq maqsad-maslak: "Musulmonlar orasida ko'p yillardan buyon davom etgan umumga zo'rlik, bid'at odatlarni bitirmak, kelajakda bo'ladigan jumhuriy idoraga xalqni tayyorlamoq" g'oyasi ilgari surilgan edi.

Shuningdek, Munavvar qorining o'sha yili "Najot" gazetasining 26-mart sonida bosilgan «Xurriyat berilmas, olinur", degan xitobi ham jadidlarning xalq ozodligi va istiqloli yo'lida jiddiy kurashga bel bog'laganliklaridan dalolat berardi.

Sho'roi Islomiya. Turkiston jadidlari faqat targ'ibot-tashviqotchilik ishlari bilan cheklanib qolmasdan, shu bilan birga, siyosiy tashkilotlar, partiyalar tuzish, ularning faoliyatini islohotchilik maqsadlari sari yo'naltirish bilan ham jiddiy shug'ullanib bordilar. Chunonchi, 1917— yil 14-martda Toshkentda "Sho'roi Islomiya" tashkiloti tuzildi. Hur va demokratik Turkiston uchun kurash uning asosiy g'oyasi va bosh maqsadi edi. 15 kishidan iborat rayosat tarkibidan Munavvar qori Abdurashidxonov (yetakchi), Abduvohid qori, Mirkomilboy Mo'minboyev, Ubaydullaxo'ja Asadullaxo'jayev, Salirnxon Tillaxonov singari yurt rahnamolari o'rin olgan edilar.

O'lkaning turli joylarida "Sho'roi Islomiya"ning quyi sho'balari tuzilib, ular aholi orasida qizg'in faoliyat yuritdilar. Shuningdek, "Sho'roi Islomiya" ta'sirida joylarda turli nomda tashkilotlar tuzildi. Toshkentda "Turon", "Ittihodi taraqqiy", Andijonda "Ozod xalq", "Hurriyat", "Ma'rifat", Samarqandda "Mirvaj-ul Islom", "Klub Islomiya", Kattaqo'rg'onda "Ravnaqul Islom", "Guliston" va boshqalar shular jumlasidandir. M. Behbudiyning "Xaq olinur, berilmas", Munavvar Qorining "Hurriyat berilmas, olinur" shiorlari ularning chinakam kurash bayrog'iga aylangan edi.

Turkiston istiqloli uchun kurashga bel bog'lagan va "Sho'roi Islomiya" ta'sirida faoliyat yuritgan jadidlarning bir qismi "Qa-dimchilar" nomi bilan atalardi. 1917— yil iyuniga kelib "Qadimchilar" "Sho'roi Islomiya" tarafdorlari bilan uzil - kesil aloqani uzib, "Sho'roi Ulamo" tashkilotini tuzdilar (uning rahbarlari: Sherali Lapin, Abdumalik hoji Nabiyev va boshqalar).

Bo'linishning asosiy sabablari Turkistonning milliy mustaqilligiga erishish yo'lidagi ikki xil qarama-qarshi taktik kurash masalasi edi. Konservativ, mutaassib qarashlar nuqtayi nazaridan yon-dashgan "Qadimchilar" o'lka mustaqilligini hukmron mustam-lakachilarga qarshi faqat g'azovot, ya'ni qurolli kurash yo'li bilan qo'lga kiritishni yoqlardilar.

Jadidlarning ilg'or namoyandalari esa Rossiyada yuzaga kelgan qulay inqilobiy shart-sharoitlardan foydalanib, yurt mustaqilligini siyosiy vositalar orqali, behuda qon to'kmasdan, bosqichma-bosqich qo'lga kiritishni istardilar. Ularning demokratik Rossiya Federatsiyasi tarkibida Turkiston muxtoriyati tuzish talabi ham shu maqsadni ko'zdatutardi.

O'lkaning milliy kuchlari o'rtasida yuz bergan bu ajralish va g'oyaviy ixtiloflar, shubhasiz, ularning harakat birligiga jiddiy putur etkazardi. Ayniqsa "Sho'roi Ulamo"ning nashri - "Al-lzoh" jurnali sahifalarida miUatning ilg'or kuchlariga, vatanparvar milliy ziyolilarga nisbatan adovat urug'ini yoyishga alohida urg'u berildi. Bu esa aslida shovinistik kuchlar tegirmoniga suv quyish edi. Negaki, bundan o'lkada faoliyat yuritayotgan yot-begona siyosiy kuchlar o'z maqsadlari yo'lida foydalandilar.

Turkistonda demokratik harakatlarning o'sib borishida, turli ijtimoiy qatlamlar va tabaqalarni istiqlol uchun kurash bayrog'i ostida birlashtirishda 1917— yilda bo'lib o'tgan Umumturkiston musul-monlari qurultoylari va ular ishlab chiqqan dasturiy hujjatlar, tashkiliy tadbirlarning roli katta bo'ldi.

Turkision o’lika musulmonlar sho’rosi. "Sho'roi Islomiya" Tashkiloti tashabbusi bilan 1917 yil 16 aprelda Umumturkiston musulinonlarining I qurultoyi chaqirildi. Qurultoy ancha vakolatli anjuman bo'lib, unda Turkistonning ko'plab atoqli kishilari qatnashadilar. Ularorasida M. Cho'qayev, M. Abdurashidxonov, M. Behbudiy, U. Asadullaxo'jayev, Sh. Lapin, T. Norbo'tabekov, A. Z. Validiy, S. Yusupov, I. Shoahmedov va boshqalar bor edi. Qurultoy kun tartibiga 16 ta masala qo'yilishining o'zi ham uning katta ahamiyatidan darak berardi. Qurultoyda o'lkaning bo'lajak davlat qurilishiga alohida to'xtalinib, Turkistonga keng muxtoriyat huquqini beradigan demokratik Rossiya federatsiyasi tuzilishi g'oyasi ilgari surildi. Qurultoyda - Turkiston oika musulmonlari sho'rosini tuzish to'g'risida qaror qabul qilindi. Turkiston o'lka musulmonlar Sho'rosining birinchi yig'ilishida uning markaziy organi - Markaziy sho'ro tuzildi. Mustafo Cho'qayev Markaz raisi, Munavvar qori rais muovini, Ahmad Zakiy Validiy kotib, M. Behbudiy, U.Asadullaxo'jayev va boshqalar a'zolar etib saylandilar. Markaziy sho'ro zimmasiga o'lkadagi barcha tarqoq, o'z holicha ish yuritayotgan, nizom va dasturlariga ega bo'lmagan uyushma va tashkilotlarni birlashlirish, faoiiyatini muvofiqlashtirish vazifasi yuklandi. Buni uddalashda Markaziy sho'roning joyiarda tashkil etilgan sho'ba (bo'lim)lari muhim rol o'ynadi. Jumladan, Toshkent sho'basini M. Abdurashidxonov, Samarqand sho'basini M. Behbudiy, Farg'ona sho'basini esa Nosirxon To'ra Kamolxon To'ra o'g'li boshqardi. Shu tariqa, Turkistonda uchta hokimiyat organi vujudga keldi:

- Rossiya Muvaqqat hukumatining Turkiston Qo'mitasi;

- Ishchi, askar deputatlari soveti;

- Turkiston o'lka musulmonlari sho'rosi, uning markaziy organi - Markaziy sho'ro.

O'lka xalqlarining rahnamolari bo'lgan jadidlar, ruhoniyat arboblari o'z sa'y-harakatlarida mahalliy, hududiy manfaatlar, qiziqishlar bilan cheklanib qolmay, boshqa mintaqalardagi musulmonlar ommasi, ularning ilg'or vakillari bilan ham yaqindan hamjihat bo'lishga intildilar. Shu maqsadda, ular 1917— yilning 1-2 mayida Moskvada bo'lib o'tgan Butunrossiya musulmonlari 1 qurultoyida ishtirok etdilar. Unda musulmonlar manfaatini himoya qiluvchi davlat qurilishi shaklan milliy-hududiy, federatsiya asosidagi demokratik respublika bo'lishi ta'kidlandi. Qurultoyda Butunrossiya Musulmonlari sho'rosi, uning Ijroiya Qo'mitasi ta'sis etildi. Ijroiya Qo'mitasiga o'lkamiz vakillaridan U.Asadullaxo'jayev va I. Shoahmedovlar a'zo etib saylandilar.

Turkiston vakillari ishtirok etgan va 1917— yilning 21-31-iyul kunlari Qozon shahrida bo'lib o'tgan Butunrossiya musulmonlarining II qurultoyi ham Rossiya musulmon aholisining ozodlik va mustaqillik sari harakatlanishyo'lini aniqlashtirish va muvofiqlashtirishda muhim qadam bo'ldi. Unda Turkiston, Kavkaz va Qrimda davlat boshqaruvini mehnatkashlarning o'zlari hal etishi, musulmonlar kurashini tashkil etish uchun Butunrossiya Harbiy Sho'rosi ta'sis etish to'g'risida qarorlar qabul qilindi.

1917— yilning 17-20-sentabr kunlari Toshkentda bo'lib o'tgan Umumturkiston musulmonlari vakillarining II Qurultoyi o'lka xalqlari hayotida muhim rol o'ynadi. Unda 500 nafar vakil ishtirok etdi. Qurultoyda tarkibi 12 kishilik Turkiston o'lka Qo'mitasi, 24 kishilik "Mahkamai Shariya" (parlament) tashkil etildi. Qurultoyning maxsus qarorida ularning Rossiya davlati konstitutsiyasiga muvofiq keladigan shariat qonunlari asosida faoliyat yuritishi ta'kidlangan edi. Qurultoyda "Sho'roi Islomiya", "Sho'roi Ulamo", "Turon", " Ittihod" va shu kabi boshqa mahalliy milliy tashkilotlarni birlashtirib, ular negizida yagona "Ittifoqi Mustimin" ("Musulmonlar Ittifoqi" siyosiy partiyasini tuzish g'oyasi ilgari surildi. Qurultoyda M. Behbudiy otashin nutq so'zlab, hammani birlikka, jipslashishga da'vat etgandi. "Ulug' Turkiston" gazetasi qurultoy ruhini aks ettirib, Turkistonning o'z ichki ishlarini mustaqil hal etishga qodirbo'lgan o'lkaning mahalliy va milliy muxtoriyatini tuzish g'oyasini asosiy o'ringa qo'ygan edi.

Shunday qilib, Turkistonning ilg'or ziyolilari milliy istiqlolga erishish yo'lida o'lkadagi barcha sog'lom, vatanparvar kuchlarni birlashib, jipslashib harakat qilishga da'vat etgandilar. Biroq, afsuski, Turkistonda ayricha faotiyat yuritgan, o'z nafsiga berilgan hamda muxolifatchilik ustivor bo'lgan ayrim mahalliy, milliy tashkilotlar mana shu yuzaga kelgan imkoniyatiardan foydalana olmadilar. Bu esa, shubhasiz, vaziyatni ustamonlik bilan o'z izmiga burib yuborishga intilayotgan bolsheviklarga qo'l keldi.



2. Turkistonda mustabid Sovet hokimiyatining o'rnatilishi, uning shovinistik siyosati

Muvaqqat hukumatning mamlakatni jahon urushidan olib chiqa olmaganligidan, agrar va milliy masalalarni hal etolmayotganligidan bolshcviklar ustamonlik bilan foydalandilar. Bolsheviklar ilgari surgan "Butun hokimiyat Sovetlarga!", "Yer dehqonlarga", "Xalqlarga tinchlik" shiorlari ularning hokimiyatga kelishlarida, ayniqsa, asqotdi. Rossiya poytaxti Petrogradda 1917— yil 24-25-oktabrda davlat to'ntarishi sodirbo'ldi. Uni Lenin boshchiligida bolsheviklar partiyasi zo'rlik bilan amalga oshirdi. 1917— yil 25-oktabrda bolsheviklar tomonidan Petrogradda Butunrossiya Sovetlarining H qurultoyi chaqirilib, unda Lenin boshliq Sovet hukumati — Xalq Komissarlar Soveti tuzildi. Sulh va Yer to'g'risida dekretlar qabul qilindi. Sovet hukumati nafaqat Markazda, balki shu bilan birga, sobiq Rossiya imperiyasi tasarrufidagi barcha hududlarda ham o'z hokimiyatini omatish harakatida boidilar.

Turkistonda sovet hokomoyatining o’rnatikishi. Bolsheviklar Markazda siyosiy hokimiyatni qo'lga kiritgach, Turkistonda ham sovet hokimiyatini qaror toptirishga intildilar. Turkistonda sovet hokimiyatini o'rnatish g'oyatda murakkab jarayonda kechdi. Buning boisi, avvalo, oktabr g'oyalarining mahalliy tub joy aholining dili va shuuriga botmaganligidadir. Negaki, bu zamin aholisi bolsheviklar partiyasi dasturida nazarda tutilgan sotsialistik o'zgarishlar orqali hamma narsani umumlashtirish va milliylashtirishni yoqtirmasdi. Mahalliy xalq o'zining tarixan tarkib topgan, asrlar davomida shakllangan o'ziga xos turmush tarzini, yashash sharoitini, xo'jalik yuritish, idora qilish tartib-qoidalarini bir lahzada tubdan o'zgar-tirishni xohlamasdi. Bu narsa uning ongi, tafakkuriga, milliy o'zligi va ma'naviy qiyofasiga mos kelmasdi.

REFERAT


Mavzu: Turkistonda jadidlar harakatining vujudga kelishi, ularning islohotchilik faoliyati

Bajardi:________________



Tekshirdi:________________
Download 30,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish