Turkiston-Nurota okrugi
Reja:
Geografik o`rni
Molguzar tog`i
Hisor-zarafshon okrugi
Zarafshon tizmasining Mariyondaryo vodiysidan g`arbdagi qismi
Oqsuv daryosining uzunligi
Nurota tabiiy-geografik rayoni
Okrug Turkiston tizmasining g`arbiy qismini va Nurota tizmasini o`z ichiga olyb, janubda O`rta Zarafshon, g`arbda Qizilqum, shimolda Toshkent-Mirzacho`l okruglari bilan chegaradosh. Okrugning faqat janubi-sharqiy qismida chegara shartli ravishda Uzbekistonning Tojikiston bilan bo`lgan davlat chegarasi orqali o`tadi.
Okrug hududi respublikadagi qadimiy quruqliklardan birk bo`lib, ashsan paleozoy davrining gilli slaneo`lari, qum va ohaktoshlaridan tarkib topgan. Bu yotqiziqlar gero`in orogenetik jarayonlari ta`sirida burmalangan va metamorfiklashib, marmarva kristall slaneo`larga aylangan. Shuningdek, okrugda mezozoy va kaynazoy davrlarining kvaro`lari, qumtoshlari, mergellari va gillari ham uchraydi. Daryo vodiylarida va botiqlarida esa antropogen konglomeratlari, shag`allari, qum, qumloq va lyossimon jinslari uchraydi. Gero`in tog` burmalanish davrida okrugda kuchli vulkan jarayonlari ro`y bergan. Shu sababli cho`kindi yotqiziqlar orasida otqindi (diorit, granit) va effuziv jinslar uchraydi, okrugning hozirgi relefini vujudga kelishida alhp tektonikasi ayniqsa katta rol o`ynagan. Tog`lar bu davrda qaytadan ko`tarilgan (4000 metrga yyetgan).
Turkiston tizmasi Mastchoq tog` tuguni yaqinida Oloy tizmasidan ajralib chiqadi va kenglik bo`ylab 350 km ga cho`ziladi. Uning eni o`rta xisobda 60 km, balandligi esa 3600—4000 m. Ba`zi yyerlarda uning balandligi 5580 metrga yyetadi (Piramida cho`qqisi). Turkiston tizmasining Mastchoh tog` tugunidan Shahriston dovonigacha bo`lgan qismining relef shakllari alhp turida bo`lib, cho`qqilari qoyali, qirrali, balandligi esa 5000 metrdan ham ortiq. Lekin tizmaning Shahriston (3351 m) dovonidan g`arbda bo`lgan qismi ancha past, alp turli relef shakllari juda kam uchraydi.
Turkiston tizmasini Shaxriston dovonidan g`arbda Sangaor daryosi vodiysining yuqori oqimi ikkiga ajratib turadi. Sangzor vodiysining janubiy qismidagi tizma Chumqortog` deb, shimoldagisi Molguzar tog`i deb yuritiladi. Molguzar tog`i Temurlang darvozasi yoki Ilono`tdi darasi orqali Nurota tizmasidan ajralib turadi.
Turkiston tizmasining okrug hududidagi g`arbiy qismi ancha past bo`lganligidan bu yyerda muzliklar yo`q. Lekin tog`lar orasidagi chuqurliklarda qor uyumlari yozgacha erimay turadi. Turkiston tizmasining Shahriston dovonidan Guralash (2710 m) dovonigacha bo`lgan qismi past bo`lsada, biroq ba`zi nuqxalari 4000 metrdan xam ortiq (Shovqartog 4033 m). Bu qiomda Turkiston tizmasidan shimolga qarab qator-qator tor tizmalari ajralib chiqadi. Ulardan eng muhimi Uratepa tog`i, u Zominsuv soyi orqali Molguzar tog`idan ajralib turadi.
Chumqortog` Turkiston tizmasinilg bevosita g`arbiy davomi bo`lib, uzunligi 70 km, ba`zi cho`qqilari 3000 m dan baland (Bozorxonim 3405 m). Chumqortog` Qo`shtepa dovoni yaqinida janubi-g`arbga burilib pasayib qoladi va Lattaband (2035 m) dovoniga yyetgach, ikki qismga ajraladi: janubiy qism Qizilqanor tog`i deb atalyb (o`rtacha balandligi 1000 m), butunlay Tojikiston hududida joylashgan; shimoliy qism esa Lattaband tog`i deyiladi. U Qiziltanor tog`idan baland (2200 m). Ana shu Lattaband tog`ining suvayirg`ich qismidan okrugning chegarasi o`tadi.
Chumqortog` g`arbda Mo`g`ul qishloqi yaqinida tugab, so`ngra tepaliklarga aylanib ketadi. Bu tepaliklarning balandligi 700— 800 m bo`lib, birbirlaridan soylar orqali ajralvb turadi. Chumqortog` shimoli-g`arbga davom etib, uncha baland bo`lmagan G`o`bduntoqqa tutashib ketadi. Bu tog`ning o`rtacha balandligi 800—900 m (eng baland yyeri esa 1666 m), G`o`bduntog` bilan Chumkrrtog` orasida esa lyossli qumli jinslardan tuzilgan baland (750—800 m) tekislik joylashgan. Zarafshon daryosini Sangzor daryosi bilan birlashtirgan Tuyatortar kanali shu tekislikdan o`tadi. G`o`bduntog` shimoli-g`arbga qarab asta-sekin pasayib, Marjonbuloq balandligiga aylanib, eng baland yyeri 948 metrta yyetadi. Bu balandlikdan oltin koni topilgan. Marjonbuloq balandligi g`arbda Oqtepa daryo vodiysi orqali Qaroqchitog`dan ajralib turadi.
Molguzar tog`i Shovqortog` cho`qqisidan to Temurlang darvozasigacha 75 km ga cho`zilgan. Bu tog`ning shimoliy yonbag`ri asta-sekin pasayib, Toshkent-Mirzacho`l okrugiga tutashib ketadi. Molguzar tog`ining o`rtacha balandligi 1500 m bo`lib, markaziy qismi 2622 m ga yyetadi. Ana shu balandlikning o`rta qismidan Molguzar tog`i g`arbga ham, sharqqa ham pasayadi.
Molguzar tog`i Ilono`tdi (Temurlang) darvozasida Sangzor daryosiga qoyali, tik yonbag`irlar hosil kilib tushadi. Bu yyerda vodiyning kengligi 120—130 m chamasidadir.
Nurota tizmasi Turkiston tizmasining shimoli-g`arbga cho`zilgan davomidir. Tizmaning uzunligi Temurlang darvozasidan Nurota kishlorigacha 200 km, eng keng yyeri markaziy qismida (75 km) bo`lib, undan g`arbga va sharqqa borgan sari tog`ayadi. O`rtacha balandligi 1500 m, eng baland yyeri — markaziy qismidagi Hayotboshi yoki Zargar cho`qqisi 2165 metrga yyetadi. Nurota tizmasining sharqiy qismi Qo`ytosh tog`i deb ataladi.
Nurota tizmasi asimmetrik tuzilgan, janubiy yonbag`ri uzun, keng, Nurota cho`kmasiga asta-sekin pasayib tushadi, shimoliy yonbagri esa qisqa, Mirzacho`lga tikka tushadi hamda parallel yo`nalgan past tog`larni hosil kiladi. Bularning kattalari Pistali va Balikchi tog`idir. Turkiston-Nurota okrugining orografik chizmasi:
1. Qaraqchitog`. 2. Ro`bduntog`. 3. Lattaband tog`i. 4. Qizilqanor tog`i. 5. Chumqartog» 6. Zomintog. 7. Jizzax suv ombori. 8. Sangzor daryosn. 9. Xayotboshi cho`qqpen —2165 m. 10. Oqtog`ning Taxnu cho`qqisi —2003 m. Turkiston tizmasining Shovroqtog` cho`qqisi—4033 m. 12. Turkiston tizmasi. 13— Chumqortogning Bozarxonim cho`qqisi — 3405 m.
Nurota tizmasi janubdagi Nurota-Qo`ytosh botig`i orkali Baxiltog`, Oqtog`, Qaroqchitog` va G`o`bdintog`lardan ajralib turadi.
Chumqortog`ning g`arbiy davomi bo`lgan G`o`bduntog` g`arbda Oqtepa daryo vodiysi orqali Qaroqchitog`dan ajralib turadi. Bu tizmaning eng baland joyi markaziy qismida bo`lib (1200 m), tevarak–atrofga sekin–asta pasaya boradi hamda g`arbdagi Tusun daryo vodiysi orqali Oqtog`dan ajralib turadi. Oqtog` bir necha kichik tog`larning yig`indisidan iborat bo`lib, ularni eng muximlarn Oqtosh, Qizko`rgan, Jo`ltash va Baxil tog`lardir.
Oqtog` o`zining kattaligi jihatidan Nurota tizmasidan kichikroq bo`lib, g`arbga qarab davom etadi va Nurota qishlog`i yaqinida pasayib (600 m), so`ngra tekislikka aylanib ketadi. Bu tog`ning o`rtacha balandligi 1000—1200 m, eng baland yyeri — Taxnu cho`qqisi 2003 m. Bu tog` oq marmardan tuzilganligi uchun shunday nom olgan.
Oqtog` janubi-g`arbga qarab pasayadi va undan Qoratog` ajralib chiqadi. Bu tog` juda yassi bo`lib, atrofga asta-sekin pasayib tushadi. Uning balandligi 1000—1200 m.
Turkiston–Nurota okrugidagi bunday antiklinal tog`lar orasida sinklinal botiqlar ham bor. Bulardan eng kattalari Sangzor, Qo`ytosh, Nurota botiqlaridir.
Sangzor vodiysi Chumqortog` bilan Molguzar tog`lari orasida bo`lib, yuqori qismi tordir. U Balx Qishloqi yaqiiida (Encha kengayib, tekislik xarakteriga ega bo`ladi, so`ngra shimolga qarab burilib torayadi va Temurlang darvozasini hosil qiladi. Vodiy Temurlang darvozasidan o`tgach asta-sekin kengayadi va Jizzax vohasiga qo`shilib ketadi. Sangzor vodiysi G`allaorol qishlog`i yaqinida ancha kengayadi va g`arbga tomon balandlasha borib Qo`ytosh tekisligiga tutashib ketadi. Qo`ytosh tekisligi esa G`o`bduntog`, Qaroqchitog` va Qo`ytosh orasidagi botiqda joylashgan, balandligi 600 m. Bu tekislik g`arbga tomon qarab davom etadi va Qo`shrabot qishlog`i yaqinida Nurota botig`i bilan tutashadi. Nurota batig`i Nurota antiklinallari orasidagi sinklinalda joylashib, o`rta qismida balandligi 520 m ga boradi. Lekin u g`arbga tomon pasaya boradi va shu yo`nalishda kengayib, so`ngra Qizilqumga tutashib ketadi.
Okrugning pastroq joylarida yoz quruq va issiq, qish esa u qadar oovuq bo`lmaydi. Balandroq joylarida yoz salqin, qisqa, qish esa sovuq bo`lib, uzoq davom etadi. Shu sababli yanvarning o`rtacha harorati okrugning tekislik qismlarida 0,2°S bo`lsa, tog` tepalarida — Shahriston dovonida—11,4°, eng past harorat esa —25°—34°S gacha yyetadi. Turkiston — Nurota okrugi baland bo`lganidan yoz oylari atrofga nisbatan salqin bo`ladi. Shuning uchun iyul oyining o`rtacha harorati tekislik joylarda 26°, 25°S bo`lsa, balandroq joylarda 25°—15°S bo`ladi. Eng yuqori harorat 23°—45°S orasida o`zgaradi.
Turkiston–Nurota okrugida sovuqsiz kunlar Toshkent-Mirzacho`l okrugiga nisbatan kamroq. Chunki tog`li o`lka bo`lganligidan bahorda oxirgi sovuq tushishining o`rtacha muddati aprelning birinchi yarmiga, kuzgi birinchi sovuq tushishining o`rtacha muddati oktabrning ikkinchi yarmiga to`g`ri keladi, binobarin sovuq bo`lmaydigan davr 100—200 kun atrofida bo`ladi. Okrugda kuzgi birinchi sovuq tushishigacha foydali (effektiv) haroratning yig`indisi 1500—2300°S ni tashkil qiladi, vaholanki bunday davr Toshkent–Mirzacho`l okrugida 230 kungacha bo`ladi.
Okrugda o`rtacha yillik yog`in miqdori 250—450 mm, tog`larning g`arbiy havo massasiga qaragan yonbag`irlarida 600—700 mm, teskari qismlarida va berk botiqlarda 250—350 mm yog`inning ko`p qismi bahorda (41—48%) va qishda (34—43%), kam qismi; yozda (2—5%) yog`adi. Lekin tog` yonbag`ri bo`ylab yuqoriga ko`tarilgan sari yozgi yog`in miqdori ortib boradi. Okrug tog`li o`lka bo`lganligidan yog`inlarning bir qismi qor va do`l shaklida yogadi. Shu sababli qor qoplamining qalinligi 15—30 sm, ayrim joylarda 1 m bo`lib, mart oyigacha va balandroq joylarda may oyigacha erimay turadi.
Okrugda shamolning o`rtacha tezligi sekundiga 2,0—3,2 m ni tashkil etadi. Yil bo`yi shamol ko`proq shimoldan, shimoli-sharqdan va shimoli-g`arbdan esadi. Okrugning janubi-sharqiy qismida (G`o`bduntog` va Qaroqchitog`lar atrofida) shimoli-sharqdan va sharqdan, ya`ni Sangzor vodiysi tomonidan «Ilon o`tdi» nomi bilan ataluvchi shamol esib, tezligi ba`zan sekundigi 28 metrga yyetadi. Bu shamol yozda va kuzda chang–to`zon aralash esib, qishloq xo`jaligiga zarar yyetkazadi.
Okrug daryolari tog` daryolari bo`lib, eroziya jarayoni kuchli.
Hisor-Zarafshon okrugi
Okrug respublikamizning janubiy qismidagi Hisor va Zarafshon tizmalarining g`arbiy va janubi-g`arbiy qismini o`z ichiga olib, shimolda Zarafshon, sharqda Surxondaryo, janubda Amudaryo va g`arbda Qashqadaryo botiqlari bilan o`ralgan.
Hisor-Zarafshon okrugi Pomir va Tyanshan tog` tizmalari orasidagi oraliq landshaft zonasida joylashgan, geologik tuzilishi jihatidan ham Turkistonning shimoliy va janubiy tog` yoylari o`rtasidagi kontakt regiondir. Shu sababli okrugda Turkistonning shimoliy yoyida joylashgan Tyanshan tog`laridagiga nisbatan paleozoy jinslari kam bo`lib, ko`proq mezozoy va kaynazoy yotqiziqlari uchraydi; paleozoy (silur, devon, karbon) ohaktoshlari, slaneo` va qumtoshlari juda kam bo`lib, faqat okrugning shimoli-sharqiy va markaziy qismidagi antiklinal tog`larining zaminini ishg`ol qiladi. Lekin bu jinslar gero`in burmalanish ta`sirida marmarsimon ohaktoshlarga va metamorfiklashgan slaneo`larga aylanib ketgan. Okrugdagi asosiy yotqiziqlar esa mezozoy qumtoshlaridan, gilli slaneo`laridan, ohaktoshlaridan, qizil gil va mergellaridan iborat bo`lib, so`nggi tektonik jarayonlar ta`sirida strukturalari o`zgargan.
Okrugdagi Hisor, Chaqilkalon va Qoratepa tog`larida cho`kindi, jinslar orasida intruziv yotqiziqlar ham uchraydi. Bular granit, diorit, porfirlardan iborat bo`lib, gero`in orogenetik jarayoni bilan bog`liq holda paydo bo`lgan.
Gero`in orogenetik jarayonida vujudga kelgan tog`lar keyinchalik tekislangan va ancha pasayib, tipik tog`lik xususiyatlarini yo`qotgan. Biroq pasayib, tekislanib qolgan tog`lar alhp tektonik jarayonining bu rayonga kuchli ta`sir etishi tufayli (chunki okrug Pomir tog`lariga yaqin joylashgan) yana qayta ko`tarilgan. Lekin keyinchalik turli kuchlar ta`sirida tog`lar yyemirilib, hozirgi holatiga kelib qolgan.
Okrug orografiyasining o`ziga xos xususiyati shundaki, butun tog`lar Hisor va Zarafshon tizimlariga kiradi va g`arbga hamda janubi-g`arbga tomon pasaya borib, qator tog`larga aylanib ketadi. Bu tog` dahalari bir-birlaridan chuqur daryo vodiylari orqali ajralib turadi. Okrugning mutloq balandligi 500—4500 m, ayrim cho`qqilari esa 4600 m ga yyetadi. Bu esa okrugning alp turidagi baland tog`li o`lka ekanligidan dalolat beradi. Darhaqiqat, okrugning yyer yuzasi juda past-baland bo`lib, tog`larning o`q qismi daryo vodiylaridan 1500—3000 m tik ko`tarilib turadi va cho`qqilari qoyali, qirralidir.
Hisor-Zarafshon okrugi relefining bunchalik murakkab bo`lishiga uning geologik tuzilishi ham juda katta ta`sir ko`rsatgan: hududda slaneo` va ohaktoshli jinslarning ko`p bo`lishi, tog` yonbag`irlarining qoyali, daryo vodiylarining esa tog`, chuqur va tik bo`lishiga olib kelgan. Aksincha, okrugning g`ovak, bo`sh cho`kindi jinslardan iborat bo`lgan adir qismining relefi uncha murakkab emas. Bu kismida daryolar denudao`iya jarayonida o`zangini emas, balki yon tomonini ham yuvib, chuqur bo`lmagan keng vodiylar hosil qilgan.
Zarafshon tizmayei okrugning shimolida bo`lib, uning Egribugri dovonidan g`arbda bo`lgan qismi shu okrugga qaraydi. Zarafshon tizmasining bu qismi ancha past bo`lib, eng baland yyerlari 2500 m ga yyetadi.
Zarafshon tizmasi sharqdan g`arbga qarab bir necha bo`laklarga bo`linib, Chaqilkalon, Qoratepa, Zirabuloq, Ziyovuddin tog`lari nomi bilan ataladi.
Zarafshon tizmasining Mariyondaryo vodiysidan g`arbdagi qismi Chaqilkalon tog`i deb ataladi, u deyarli kenglik bo`ylab cho`zilgan. Bu tog`ning sharqiy qismi baland (Zebon cho`qqisi 2336 m). Chaqilkalon tog`i asimmetrik tuzilgan, shimoliy yonbag`ri qisqa va tikdir. Bu yyerda tog` Zarafshon vodiysidan birdaniga ko`tarilib ketadi, janubda esa aksincha, Farob-Mariyon va Qashqadaryo vodiylariga qiya bo`lib, asta-sekin pasayib boradi. Bu tog` devon ohaktoshlaridan tuzilganligi sababli voronkasimon, konussimon — karot shakllari ko`p, ba`zi karst konuslarining diametri 80 m, chuqurligi esa 35—40 m keladi.
Chaqilkalon tog`ining g`arbiy qismidagi Qoratepada bir necha rorlar mavjud. So`nggi paytda Chaqilkalon tog`ining rarbidagi Qirqtog` platosida Turkistondagi eng chuqur Qili g`ori (chuqurligi 1082 m) topildi.
Chaqilkalon tog`i Taxtaqoracha (1630 m) dovonida tugaydi, shu yyerdan g`arbga qarab Qoratepa tog`i davom etadi. Bu tog` intruziv jinslardan tuzilgan bo`lib, eng baland joyi Kamqo`ton cho`qqisi bo`lib, 2195 m. ga yyetadi. Bu tog` shimolga qarab asta-sekin pasaya boradi va baland tekisliklarga aylanadi. Lekin tog`ning janub tomoni tikdir. Qoratepa tog`i G`arbga qarab davom etadi va Kattaqo`rg`on shahri janubida yana balandlashib, Zirabuloq tog`ini xosil qiladi. Zirabuloq tog`i g`arbga qarab taxminan 100 km cho`zilgan (nisbiy balandligi 500—600 m). Eng baland joyi sharqiy qismidagi Zindontog` cho`qqisidir (1116 m). Zirabuloq tog`i g`arbda Qarnob yo`lagi orqali Ziyovuddin tog`idan ajralib turadi. Bu tog` Zarafshon tizimining eng g`arbiy qismi bo`lib, nisbiy balandligi 300 m, mutlaq balandligi esa 900 m. ga yyetadi. Ziyovuddin tog`ining eng baland yyeri Navoiy shahridan sharqdagi Dartko`l cho`qqisidir (914 m).
Ziyovuddin va Zirabuloq tog`lari denudao`iya jarayonida pasayib, yassilanib qolgan, ularda quruq soylar ko`p. Har tog` ham asta-sekin shimolda o`rta Zarafshon va janubda Qashqadaryo okruglariga tutashib ketadi.
Chaqilkalon tog`ining janubida Qashqadaryo, Jinnidaryo va Oqsuv daryolarini bir-biridan ajratib turadigan qator tog`lar bor, ular Zarafshon tizmasini Hisor tizmasi bilan qo`shib turadi. Bu tog`lar ichida Jinnidaryo bilan Oqsuv daryosi orasidagi Sumsar va SHertog` toglari ancha baland bo`lnib, 2500 m dan ortiqdir. Hisor okrugidagi asosiy tizma hisoblanadi. Lekin uning faqat Mura (3799 m) dovonidan g`arbda bo`lgan qismigina O`zbekiston xududidadir. Hisor tizmasi taxminan 68° sharqiy uzunlikda Kishtut daryosining (To`polon daryosining iredori) yuqori oqimi orhali 2 qismga ajraladi;
1) janubi-g`arbga qarab yo`nalgan va Kishtut hamda Qorptog daryolari orasida suvayirg`ich hisoblanadigan Machitli tog`i. Bu tog`ning faqat g`arbiy qismigina shu okrug doirasidadir (eng baland yyeri 3476 m);
2) shimoli-g`arbga tomon chegara bo`ylab yo`nalgan qismi — Hazrati Sulton tog`i Hisor tizmasining bevosita davomidir. Hazrati Sulton tog`y Oqsuv daryo vodiysishshg yuqori oqimigacha davom etib, so`ngra Sumsar va SHertog` tog`lari orqali Zarafshon tizmasi bilan tutashadi hamda bu yyerda undan janubi-g`arbga qarab qatog` tarmoqlar ajralib chiqadi.
Hazrati Sulton tog`i ancha baland bo`lib, 4000 m dan rrtiq, qoyali, qirrali, muzliklar va doimiy qorliklar bilan, o`ralgan cho`qqilari bor. Hazrati Sulton tog`ining markaziy qismi (To`polon daryosining yuqori oqimi bilan Mura dovonining orasidagi qismi) juda baland; bu yyerda Xarbitog—4395 m, Hazarxon—4496 m, Xojisharq — 4424 m, Hoji Qarshavar—4304 m, Zarrak—4299 m, G`ova —4145 m va boshqa cho`kqilar bor. Butun okrugning hamda O`zbekistonning eng baland nuqtasi Hazrati Sulton nomli cho`qqidir (4643 m), u Hisor tizmasining o`sha Hazrati Sulton tog`idan boshlanadigan Dioxondaryo (To`polon daryosining chap irmog`i) bilan Bodomiston (Qoratog` daryosining o`ng irmog`i) daryolarining yuqori oqimidadir.
Umuman, Hisor tizmasining Hazrati Sulton tog`i alhp turli relef shakllari bilan okrugning boshqa qismlaridan farq qiladi, bu yyerda bir necha kichik-kichik muzliklar bor.
Hisor tizmasidan (Hazrati Sulton tog`ida) Oqsuv daryo vodiysining yuqori oqimida janubi-g`arbga qarab birbiriga parallel qator tarmoqlar ajralib chiqadi. Bu tarmoqlar Qashqadaryo bilan Surxondaryo orasida suvayirg`ich hisoblanadi, ulardan eng muhimlari Chaqchar, Boysun, Osmontarosh, Beshnov tog`laridir. Bular ichida eng kattasi Chaqchar tizmasidir (Xuroson cho`qqisi— 3744 m).
Chaqchar tog`i janubga davom etib, undan janubi-g`arbga Osmontarosh (3700 m) tog`i ajralib chiqadi. Bu tog` Oqsuv va Tanxoz daryolari orasidadir. Osmontarosh bilan Chaqchar tutashgan yyerda (G`ova dovoni atrofida) qator muzliklar bor. Bular ichida eng kattalari Seversev va Botirboy muzliklaridir. Seversev muzligining bo`yi 2,3 km, eng 550 m, maydoni 1,38 km2, Botirboy muzligining bo`yi esa 2,2 km, maydoni 1,3 km2.
Osmontarosh tog`ining janubida Beshnov tog`i bo`lib, ularni Tanxoz daryosi ajratib turadi. Beshnov shimoli-sharqqa davom etadi va Chaqchar tog`iga borib tutashadi.
Chaqchar tog`idan janubi-g`arbda Eshakmaydon, Toydala, Xontaxta, Maydanon kabi tarmoqlar ajralib chiqadi. Bu toglar bir-biridan Qizildara, Guldara (Qashqadaryoning chap irmog`i) daryolari orqali ajrali|b turadi.
Chaqchar tog`ining shaoqida unga parallel holda yo`nalgan Boysun tog`i joylashgan. Bu tizma Hisor tog` tizimiking eng uzun tarmori bo`lib, u shimoli-sharqda Qo`shtang (3273 m), o`rta qismida Qetmonchopti (3168 m) va janubida esa Suvsiztog` tog`lari deb, Hisor-Zarafshon okrugining orografik chizmasi:
Boysun tog`ining janubida Kuhitang tog`i bor. Bu tizma janubi-g`arbga 50 km cho`zilgan va balandligi 3137 m ga etadi, bu yyerda karet jarayoni rivojlangan. Ko`hitang tog`ida uzunligi 4 km ga yyetadigan g`orlar bor.
Boysun tog`ining sharqida unga parallel holda Surxontok joylashgan, u kichkina, lekin ancha baland (3722 m) tizmadir. Bu tog`ning janubida shimoli-sharqdan janubi-g`arbga yo`nalgan Qlif-SHerobod past tog`lari o`rnashgan. Klif-SHerobod past tog`larining o`rtacha balandligi 900—1000 m, eng baland yyeri esa 1,126 m. Bu tog`lar SHerobod daryo vodiysida tugab, so`ngra shimoli-sharkqa qarab SHerobod-Sariqamish past tog`lari boshlanib ketadi. Past tog`larning eng baland yyeri 1216 m ga yyetadi va janubi-g`arbdan shimoli-sharqka qarab Gazlafon, Beshqiz, Qorabunadir, Takasakradi, yyetimkalas tog`lari deb ataladi.
Hisor-Zarafshon okrugining iqlimi o`ziga xos bo`lib, ham pastdan yuqoriga, ham shimoldan janubga o`zgarib boradi. Shu sababli okrug shimolining quyi qismida o`rtacha yillik harorat 12°— 13°S bo`lsa, janubining quyi qismida 14°—15°S. Lekin tog`larning eng baland qismlarida o`rtacha yillik harorat past bo`lib, 0°—6°S atrofida bo`ladi.
Yoz okrugning quyi qismida issiq va quruq bo`lib, iyulning o`rtacha harorati 24°—28°S, tog`larning baland qismida esa 12°— 17°S ga tushib qoladi. Eng yuqori harorat quyi qismida 40°—45°S, baland qismida 25°—30°S atrofida bo`ladi. Okrugda qish uning kuyi qismida nisbatan iliq bo`lsa, yuqori qismida sovuq va davomli bo`lib, yanvarning o`rtacha harorati pastki qismida 0,5°—2°, yuqori qismida esa —6° —10°S. Eng past harorat okrugning pastki qismida —25° —26°S, yuqori qismida —30° 35°S. Okrugda sovuqsiz davr uning quyi qismida 200—220 kun bo`lsa, yuqori qismida 100—110 kunga tushib qoladi.
Hisor-Zarafshon okrugida yog`in relefning ta`sirida hudud bo`yicha bir xil taqsimlangan zmas.
Tog`larning quyi qismlarida, berk vodiylarda yillik yog`in miqdori kam (200—400 mm) bo`lsa, balandroq qismlarida va ayniqsa g`arbiy havo oqimlariga qaragan yonbag`irlarda yog`in ko`p (400—1000 mm) bo`ladi.
Yillik yog`inning ancha qismi (45—50%) bahorda, (34—40%) qishda, oz ismi (8—10%) kuzda va (2—3%) yozda yog`adi. Qor qoplamining qalinligi 80—90 sm ga yyetadi.
Tog` etaklarida va vodiylarda qor qoplami yupka, uzok turmaydi, tog` tepalarida esa qalin, baland kismlarida ba`zan yozgacha erimay yotadi.
Hisor-Zarafshon okrugida yog`in ko`proq yoqqanligidan Turkiston-Nurota okrugiga nisbatan daryolari ko`p va nisbatan sersuvdir. Okrugdagi daryolar asosan Qashqadaryo, Surxondaryo va SHerobod havzalariga kiradi. Okrugdan boshlanuvchi Jinnidaryo, Oksuv, Tanxoz, Yakkabog` va G`uzordaryolar Qashqadaryo xavzasiga kiradi. Jinnidaryo Qashqadaryoning birinchi ancha sersuv irmog`i hisoblanib, Hisor tizmasining Oqota va SHerdog` cho`qqilari orasidagi buloq va jilg`alardan boshlanib, uzunligi 57 km, suv yig`adigan havzasi 367 km2. Bu daryo qor va muz erishidan to`yinib, uning suvi martiyun oylarida ko`payadi. Daryoning o`rtacha yillik suv sarfi Qalandar qishlog`i yonida sekundiga 1,50 m3. Ushani 68,3% mart-iyun oylariga, 11,4% iyul-sentabrga, 20,3% esa oktabr-fevral oylariga to`g`ri keladi.
Oqsuv daryosining uzunligi 115 km, suv yig`adigan havzasining maydoni 1050 km2 bo`lib, Hisor tizmasidagi Botirboy va Seversev muzliklaridan boshlanuvchi Botirboy va Xonakasuv irmoqlarining qo`shilishidan vujudga keladi. Hisorak qishloqigacha tor o`zanda tez oqadi, so`ngra vodiysi kengayib, qayirlar xosilqiladi. Oqsuvga chap tomondan Gilyandaryo, Qizilyamchak, Tomshush Sutshar o`ng tomondan Qorasuv kabi irmoqlarni qo`shnb oladi. Oqsuv qormuzlarni erishidan to`yinadi. Uning o`rtacha yillik suv sarfi Hazarinov yonida sekundiga 12,3 m3 bo`lib, o`shani 48,3% mart-iyunda, 36,1% ni iyul-sentabrda, 15,6 ni esa oktabr-fevralda oqizadi.
Tanxozdaryo — uzunligi 104 km, suv yig`adigai maydoni 459 km2. Daryo Hisor tog`idagi G`oziko`ldan boshlanib, Sartug`ay irmog`igacha bo`lgan yuqori oqimi Qaranqul nomi bilan yuritiladi. Tanxozdaryo yukori qismida tog` o`zanda shiddat bilan oqadi. Uning eng muhim irmoklari Sarito`qay, SHo`rsoy, Qizilsuv hisoblanadi. Tanxozdaryo xam korlarning erishidan va yyer osti suvlaridan to`yinib, o`rtacha suv sarfi sekundiga 4,23 m3 ni tashkil etib, o`shani 63,6% mart-iyun oylarida, 25,4% iyul-sentabrda, 11% esa oktabr-fevralda oqizadi.
Yakkabordaryo. Uzunligi 108 km, xavzasining maydoni 1060 km2. Daryo Hisor tizmasining janubi-g`arbiy tarmoqlaridan boshlaiib. Tanxoz daryosiga kelib qo`shiladi. Uning asosiy chap irmoklari Shilxazor, Katta Xurson, Qalon, Turnabuloq xisoblanadi. Yakkabordaryo qorlarning erishidan to`yinib, o`rtacha yillik suv sarfi sekundiga 6,73 m3, o`shani 61,6% mart-iyunda, 27,8% iyul-sentabrda, 10,6% oktabr-fevralda oqizadi.
G`uzordaryo. Uzunligi 86 km, havzasining maydoni 3220 km2. G`uzordaryo Chaqchar tog`idzn boshlanuvchi Kattauru va Kichikuru, Ulmas tog`idan boshlanuvchi irmoqlarni qo`shshshshidan vujudga keladi. Daryo qorlarning erishidan va yyer osti suvlaridan to`yinib, yillik suv sarfi sekundiga 5,90 m3, o`shani 63,9% mart-iyunda, 14,7% iyul-sentabrda, 21,4% oktabr-fevralda oqadi.
Surxondaryo havzasiga kiradigan asosiy daryolar To`polon, Qoratog`, Sangardak, Xo`jaipok daryolaridir.
To`polondaryo Hisor togidagi Hazrati Sulton (4643 m) cho`kqisi yakinidan Qorasuv nomi bilan boshlanib, so`ngra Tamshush nomini oladi va Gova irmog`ini qo`shib olgach To`polondaryo deb ataladi. So`ngra unga Shatrut va Dashnobod irmoqlari qo`shiladi. To`polondaryoning uzunligi 112 km, havzasining maydoni 2200 km2. Daryo qormuz suvidan to`yinib, o`rtacha yillik suv sarfi sekundiga 51,9 m3. Ushani 60,8% mart-iyunda, 28,6 iyul-sentabrda, 10,6% oktabr-fevralda oqadi.
Qoratog`daryo — Hisor tizmasining janubiy yonbag`ridan boshlanib, uzunligi 95 km, havzasining maydoni 682 km2. Daryo qor va muzlarning erishidan to`yinib, yillik o`rtacha suv sarfi sekundiga 56,5 m3. O`shani 56,5% mart-iyunda, 32,2% iyul-sentabrda, 11,3% ni oktabr-fevralda o`tkazadi. Daryoning asosiy irmoqlari SHerkent va Oqjarsoy hisoblanadi.
Sangardak Hisor tog`idan Tegiqonor nomi bilan boshlanib, Qizilsoy irmog`ini ko`shib olgach Qizilsuv, so`ngra Sangardak norliii oladi. Daryoning uzunligi 114 km, havzasining maydoni 948 km2 bo`lib, qor va yomg`ir suvlaridan to`yinadi, o`rtacha yillik suv sarfi sekundiga 17,1 m3. O`shani 68,0% mart-iyunda, 19,2% tog`larini oladi. Rayon shimolda O`rta Zarafshon, g`arbda Quyi Zarafshon, janubda Qashqadaryo okruglari bilan, janubi-sharqda Hisor tabiiy-geografik rayoni bilan, sharqda esa Tojikiston bilan chegaralanadi.
Rayon relefi jihatidan past va o`rtacha balandlikka ega bo`lgan tog`larni hamda ular orasidagi botiqlarni olib, eng bayaand Chaqalikalon tog`ining Zebon cho`qqisi 2336 m. yyetadi.
Rayon iqlimiy xususiyatlari jihatidan uncha sovuq bo`lmaydigan qish (yanvarning o`rtacha harorati—1—2° atrofida), uncha issiq bo`lmagan yoz (iyulning o`rtacha harorati 25—28° atrofida) bilan tavsiflanib, yillik yog`in miqdori ortib, 400 mm.dan 880 mm. ga yyetadi.
Rayon past va o`rtacha balandlikdagi tog`larni o`z ichiga olganligi tufayli tipik, to`q hamda jigarrang tuproqlar tarqalib, o`rmonlar uning faqat sharqiy qismidagina uchrab, asosiy qismini cho`l va adirga xos bo`lgan o`simliklar qoplyb olgan.
Rayonda quyidagi landshaftlar mavjud.
Ziyovuddin va Zirabuloq tog`larining shimoliy yonbag`irlarini o`z ichiga oluvchi qorabosh, qo`ng`irbosh o`suvchi, tipik (asosiy) bo`z tuprokli past tog`lar landshafti.
Qoratepa va Chaqilkalon tog`larining shimoliy yonbag`irla
rini o`z ichiga oluvchi qo`ng`irbosh va qorabosh hamda butalar
(bodamcha) o`suvchi tipik va to`q bo`z tuproqli o`rtacha balandlik dagi tog`lar landshafti.
Qoratepa va Chaqilkalon tog`larining eng baland qismlarini egallagan archalar o`suvchi va jigarrang tuproqli parchalangan tog`lar landshafti.
Chaqilkalon tog`ining ohaktoshlari tarqalgan jigarrang tuproqli har-xil o`tlar o`suvchi karst jarayoni mavjud bo`lgan platolar landshafti. Bunga Qirqtog` platosi kiradi. Qo`ng`irbosh va qorabosh o`suvchi, tipik va to`q bo`z tuproq tarqalgan o`rqirli lyossimon tekislik landshafti. Bu landshaft Jom botig`ini, Qoratepa tog`ining janubi-g`arbiy yonbag`irlarini, Zirabuloq-Ziyovuddin tog`larining janubiy yonbag`irlarini o`z ichiga oladi.
Chaqilkalon va Qoratepa tog`larining janubiy yonbag`irlarini o`z ichiga oluvchi efemeroidli burdoyiq va qisman archalar o`suvchi, to`q bo`z tuproqli parchalangan tog`lar landshafti.
II. Hisor tabiiy-geografik rayoni o`z ichiga Hisor tizmasi va uning janubi-g`arbga qarab yo`nalgan tarmoqlari — SHertog`, Sumsar, Osmontarash, Beshnov, Eshonmaydon, Xontaxta, Maydonon, Chaqchar, Boysun, Surxontog`, Machitli, Ko`hitang tog`larini va Qlif-SHerobod marzasini oladi.
Rayon shimolda Tojikiston bilan, shimoli-g`arbda Zarafshoi rayoni bilan, sharqda Surxondaryo okrugi bilan, g`arbda Qarshi rayoni bilan, janubda esa Turkmaniston bilan chegaralanadi.
Rayonning yyer usti tuzilishi bir xil emas. Uning hududida O`zbekistonning eng baland Hisor (Hazrati Sulton — cho`qqisi 4643 m.) tizmasi va uning tarmoqlari hamda ular orasida Qashqadaryo irmoqlarining tog` va chuqur vodiylari joylashgan.
Rayon iqlimiy xususiyatlari jihatidan Zarafshon rayonidan kam farq qilib, qish Hisor tog`idan istisno iliqroq (yanvarning o`rtacha harorati 0,5—1,5° atrofida), yozi esa issiq (28—29° atrofida) va nam (yillik yog`in miqdori tog`larning janubi-g`arbiy yonbag`irlarida 500—1000 mm, aksincha, sharqiy yonbag`irlarida tamroq).
Rayonda asosan jigarrang, qo`ng`ir-tog`-o`rmon va tog`-o`tloq tuproqlar tarqalib, baland bo`yli boshoqli o`tlar, archa, bodom, pista kabi daraxtlar o`sadi.
Rayon quyidagi tabiiy-geografik landshaftlarga bo`linadi.
Rayonning g`arbiy qismida joylashgan qo`ng`irbosh va qora
tosh o`suvchi tipik bo`z tuproqli adirlar landshafti.
Klif-SHerobod va SHerobod-Sariqamish marzalarini o`z ichiga oluvchi o`ta nuragan, qorabosh va qo`ng`irbosh o`suvchi, skeletli bo`z tuproq tarqalgan past tog`lar landshafti.
Tog`larning 1200—1500 m. balandliklarini o`z ichiga oluvchi
bug`doyiq o`suvchi, to`q bo`z tuproqli, ancha parchalangan past tog`lar landshafti.
Tog`larning 1400—1500 m.dan 2000—2500 metr baland qismlarida joylashgan, archazorlardan iborat jigarrang va tog` o`rmon-qo`ng`ir tuproqli parchalangan tog`lar landshafti.
Tog`larning eng baland (2400—2500 m.dan yuqori qismi) qismida joylashgan subalhp va alhp o`tloqlari mavjud bo`lgan ochqo`ng`ir va tog`o`tloq tuproqlar tarqalgan baland tog`li land shaft. Bu landshaft hududning eng baland qismida qoyalar, qor muzliklar bilan qoplangan glyao`ialnival landshaftlar ham uchraydi.
O`zlashtirilgan joylardagi madaniy landshaft.
Foydalanilgan adabiyotlar:
Yermakov Y.G. i dr. Fizicheskaya geografiya materikov i okeanov. M: Vqsshaya shkola, 1988.
Ryabchikov A.M. Fizicheskaya geografiya materikov i okeanov. M: Vqsshaya shkola, 1988.
Fizicheskaya geografiya mirovogo okeana. M: Izdatelpstvo Moskovskogo Universiteta, 1988.
Ryabchikov A.M. Dunyo qitoalari tabiiy geografiyasi, Toshkent, 1968.
Vlasova T.M. Fizicheskaya geografiya materikov i okeanov. Tom I-II, M: Prosveo‘yeniye, 1976.
Vlasova T.M. Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi. I-II tom.Toshkent, 1985.
Leontpev O.K. Fizicheskaya geografiya mirovogo okeana. M: 1982.
Ensiklopeditseskiy slovarp geograficheskix terminov. M.1968.
http://ziyonet.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |