Muxtoriyat hukumati milliy qo‘shinni tashkil qilishga kirishdi. Harbiy vazir Ubaydulla Xo‘jayev ishtirokida 1918-yil boshlarida o‘tkazilgan ko‘rik (parad) vaqtida askarlar soni 2000 kishi bo‘lgan. Bundan tashqari Qo‘qonda taxminan shuncha mirshablar bor edi. Hukumat iqtisodiy sohada 30 million so‘m miqdorida ichki zayom chiqarishni yo‘lga qo‘ydi. Shuningdek, hukumat a’zolari ocharchilik changalida qolgan Turkiston aholisiga Kavkazdan Orenburg orqali g‘alla keltirish muammosini hal qilish uchun ham amaliy qadamlar tashladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |