Turk tili leksikologiyasi



Download 224,88 Kb.
bet25/43
Sana13.06.2022
Hajmi224,88 Kb.
#664270
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   43
Bog'liq
Turk tili leksikologiyasi-fayllar.org

ketyapti), “Şu yıkımı ovadacağım?” degani “Şu güzeli alacağım” (Shu go‘zalga

uylanaman) deganidir. Misollardagi tagi chizilgan so‘zlar jargonlar hisoblanadi.
Jargon qaysi ijtimoiy guruhga mansub kishilar orasida yuzaga kelgan bo‘lsa,
faqat o‘sha guruh vakillari uchun tushunarli bo‘ladi, o‘sha toifadagi kishilarning
vaziyat, sharoit taqozosiga ko‘ra boshqalardan yashirin tutiladigan maqsadlariga
xizmat qiladi
7
. Jargonlar ham leksik, ham uslubiy jihatdan turli-tuman va

o‘zgaruvchan bo‘ladi.


6
Aktunç H. Büyük Argo Sözlüğü (Tanıklarıyla). YKY. –İstanbul. 1998, –S.10.

7
O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi. 3-qism (G-Z). –T.: “O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi” Davlat


ilmiy nashriyoti. –B-567.
35


Turk tilida jargon leksikasi boshqa tildan kirgan o‘zlashmalar evaziga ham


boyib kelmoqda. Ayrim soha vakillarining o‘z nutqlarini tejash maqsadida
jargon qo‘llashlari ham jargon leksikasining boyishiga sabab bo‘lmoqda.
Jargon so‘zlar qiziqishlari, mashg‘ulotlari umumiy bo‘lgan kishilar tomonidan
so‘zlashuv nutqida va badiiy adabiyotda sotsial-ramziy vazifa bajarish uchun
ishlatiladigan so‘zlardir. 
Turk tilshunosligida jargon leksikasiga berilgan ilmiy ta’riflardan eng
mukammali qo‘yidagi ta’rif hisoblanadi: “Bir jamiyatda barcha aholi tomonidan
qo‘llanilayotgan umumiy tildan ayri, ammo u tilning ichidan ajralib chiqib yoki
yasalib, faqat muayyan doiralarda qo‘llanilayotgan va jamiyat a’zolarining
hammasi ham tushunavermaydigan o‘ziga xos so‘z, ibora va ifodalardan tashkil
topgan maxsus til, yoki o‘z ijtimoiy doiralari bilan chegaralangan holda
yashayotgan va jamiyatning boshqa guruh va sinflaridan alohida bo‘lish yoki
ulardan himoyalanishni ma’qul ko‘rgan guruh o‘zlashtirgan maxsus so‘zlar
lug‘atiga jargonlar deyiladi”
8
.

Turkcha jargonlar dastavval ma’lum guruhlar tilida yuzaga kelgan,


keyinchalik esa kengayib, leksik birliklar shaklida adabiy tilga sizib o‘tgan. 
Turkcha jargonlarni bir necha guruhga ajratish mumkin:
- jinoyat olami (o‘g‘ri, firibgar, kissavur shaxslar) kishilar tiliga tegishli
jargonlar: banka (bank) – tartibsizlik,dızlak(yalang‘och; kal) - silliq amalga
oshayotgan ish, muslukçu (suv quvuri ustasi) – firibgar, qallob; çakal (shoqol) –
ablah, yaramas; beyaz (oq) – geroin kabi.
- yashirin jamiyat kishilari tiliga tegishli jargonlar: delik(teshik) – qamoqxona,


çakmak(zajigalka) – kaltak (qamoqxonada muddat o‘tayotgan shaxslar tilida),

çiçekçilik yapmak (gul yetishtirish) - qo‘shmachilik, gümüş (kumush) - xotin;
ayol, çiçekçi(gulchi) - qo‘shmachi (islovatxona va mijozlari tilida) kabi. 
Ta’kidlash joizki, bugungi kunda turk tilidagi jargonlarning anchasi
ko‘pchilikka tushunarli. Masalan, toz(kukun), beyaz (oq - rang) so‘zlari
giyohvandlik moddasi ma’nosida nafaqat bu moddani iste’mol qiluvchi,
sotuvchi shaxslar, balki xalq ommasiga ham tushunarli bo‘lib qolgan. Yoki turk
tiliga yevropa tillaridan o‘zlashib, qo‘llanilib kelayotgan patron, boss,

şef(xo‘jayin, boshliq) so‘zlari jargon hisoblansa-da, ularni hamma tushunadi va
ko‘pchilik qo‘llanadi. Masalan, turkcha dam so‘zining o‘z ma’nosi tom, ya’ni
“binoning ust qismi” bo‘lsa, jargon sifatida qamoqxona ma’nosida qo‘llaniladi.
Holbuki, kelib chiqish jihatdan qamoqxona so‘zi ham “usti yopiq bino” ma’no-
siga ega va jargon ma’nosi so‘zning asl, boshlang‘ich ma’nosidan unchalik
uzoqlashib ketmagan. Undan tashqari, dam so‘zi turk tilida eskirgan so‘z
hisoblanadi. Uni, badiiy asarlarda, maqol va iboralar tarkibida (damdan düşenin

hâlini damdan düşen anlar – tomdan yiqilganning ahvolini tomdan yiqilgan

(kishi) tushunadi), shuningdek, turk tilining ba’zi shevalarida uchratish mumkin.
8
Ana Britannica Genel Kültür Ansiklopedisi, c. 2, –S.266; Büyük Larousse Sözlük ve Ansiklopedisi, c. 2,

–S.778.
36




Hozirgi zamon turk tilida dam so‘zi o‘rnida çatı so‘zi faol qo‘llanadi. Agar rus


tili bilan qiyoslaydigan bo‘lsak, dam (tom) so‘zi крыша bo‘lib, bu (krisha) so‘z
o‘z ma’nosida “binoning ust qismi”, ko‘chma ma’noda uy-joy,

boshpana(крыша над головой) ma’nolarida qo‘llansa, jargon sifatida so‘z

noqonuniy ish yurituvchi shaxsga homiylik qiluvchi shaxs” ma’nosini


ifodalaydi (У него есть крыша – uning ishongan odami, qo‘llab-quvvatlovchi


kishisi bor).
Turk tilida ba’zi jargonlar qo‘shma so‘z shakliga ega. Masalan, bilezik(o‘z
ma’nosi: bilak uzuk; jargon sifatida: kishan, qo‘l kishani) so‘zi bilek (bilak) va

yüzük (uzuk) so‘zlarining qo‘shilishidan yasalgan. Ushbu so‘z XX asrda
politsiya xodimlari va jinoyatchi, sudlangan shaxslar tilida paydo bo‘lgan. Bu
jargon o‘zbek (bilakuzuk) va rus (braslet) tillarida ham qo‘llaniladi. Yoki,

yağlıboya(o‘z ma’nosi: yog‘li bo‘yoq; jargon sifatida: ehtiyot bo‘ling! yo‘l

bering!) so‘zi yağlı (yog‘li) va boya (bo‘yoq) so‘zlarining qo‘shilishidan
yasalgan (масляная краска). Bu qo‘shma so‘z shaklidagi jargonning paydo
bo‘lishiga quyidagi holat sabab bo‘lgan. Inson yangi bo‘yoq surilgan joy (devor,

panjara, skameyka va b.)dan ehtiyot bo‘lib o‘tadi. Demak, yog‘li bo‘yoq
birikmasini bemalol ehtiyot bo‘ling! ma’nosida qo‘llash mumkin ekan. Bu
holatni yaxshi tushungan kishi (masalan, aravakash) o‘zining kundalik nutqi va
faoliyatida qo‘llashi mumkin (o‘zbek tilida: Po‘sht, arava). Bu jargon bozor
kabi aholi ko‘p bo‘ladigan makonlarda paydo bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
Hozirgi turk tilida jargon sifatida qo‘llanib kelayotgan so‘zlar jumlasiga armut


(nok) – ahmoq; kaltafahm; festival (festival) – shovqin-suron; imamsuyu

(imomning suvi) – spirtli ichimlik, intihar (o‘z joniga qasd qilish) – uylanish

(haydovchilar tilida), makina (avtomobil; apparat) – pistolet, radarcı

(radiolokal uskuna operatori) – chaqimchi, simit (teshik kulcha) – past baho

(talaba jargoni) kabi so‘zlarni kiritish mumkin.
Demak, jargon so‘zlar ikki guruh: soha jargonlari(alan argosu) va


umumlashgan jargonlar(genel argo)ga ajratiladi. Faqat muayyan soha ya’ni
guruh yoki sinf (toifa) kishilari tomonidan qo‘llanilib, ko‘pchillikka notanish
bo‘lgan so‘zlar soha jargonlari (alan argosu)ni tashkil etsa, keng qo‘llanilmasa-
da, barchaga tanish va tushunarli bo‘lgan jargon so‘zlar va birikmalar
umumlashgan jargonlar (genel argo)ni tashkil etadi.


Download 224,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish