Turk tili leksikologiyasi



Download 224,88 Kb.
bet20/43
Sana13.06.2022
Hajmi224,88 Kb.
#664270
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   43
Bog'liq
Turk tili leksikologiyasi-fayllar.org

Sinonim qo‘shimchalar grammatik sinonimlarni hosil qiladi. Ularning shakli
har xil, lekin ma’nosi bir-biriga yaqin bo‘ladi.


Ma’ruza Omonımlar

(Sesteşler)

Dars rejasi:
1. Turk tilshunosligida omonimlarga berilgan ta’rif 
2. Umumiy tilshunoslikda omonimlarning turli so‘z turkumlariga mansub
bo‘lishi mumkinligi 
3. Leksik va grammatik omonimlar orasidagi farq
4. Omofon (omograf) larning o‘ziga xos xususiyatlari
5. Turk tilida qo‘shimchalarda omonimiya hodisasi
6. Turk tilida iboralar orasidagi omonimlik munosabatlari
7. Paronim so‘zlarning o‘ziga xosliklari
8. Uyadosh so‘zlarning o‘ziga xosliklari


Tayanch tushunchalar: omonimlar (sesteşler), omonimik munosabat, leksik

omonimlar (sesteş kelimeler;kelime şeklindeolan sesteşler), gammatik omonimlar,

tajnis; jinos san’ati (tecnis), tajnisli qofiya, omofon (omograf)lar
27


Talaffuzi va yozilishi bir xil, ma’nosi turlicha bo‘lgan so‘zlar omonimlardir.


Turk tilshunosligida omonimlarga sesteşler deyiladi: ot (o‘simlik); - ot (o‘t; olov);


dahi (hatto) - dahi (dohiy). Turk tilshunosligida so‘zlarning o‘zaro omonim
bo‘lishi uchun talaffuzi va yozilishi bir xil, ma’nosi turlicha bo‘lishi yetarli
hisoblanadi. So‘zlar qaysi so‘z turkumiga qarashli bo‘lishiga e’tibor berilmaydi:

kapama - yopish (harakat nomi); kapama – yopma (buyruq mayli shakli); it -
hayvon; it – sur; itar, siljit (buyruq mayli shakli); metin – matn (ot); metin - metin,


mustahkam (sifat); saçma - pala-partish, tartibsiz (sifat); saçma - sochma (buyruq
mayli shakli); gelme - kelish (harakat nomi); gelme - kelma (buyruq mayli shakli);


tat - tot, maza, ta’m (ot); tat - tot, totib ko‘r (buyruq mayli shakli) kabi.
Omonim so‘zlarni turkcha maqol va iboralar tarkibida ham aniqlash mumkin.
Masalan, eli uzun olanın dili kısa olur (qo‘li uzunning tili qisqa boladi) deganda

(el – ‘qo‘l’ degani), El elin eşeğini türkü çığırarak arar (birov birovning eshagini

ashula (hushtak) chalib qidirqdi) yoki Elin ağzı elek değil ki, bűzesin (El og‘ziga

elak tutib bo‘lmaydi) deganda (el – ‘el’, ‘xalq’, ‘begona’, ‘birovlar’ degani).
So‘zlar omonim bo‘lishi uchun, asosan, bitta so‘z turkumiga tegishli bo‘lishi
kerak. Masalan: sır(I) – sir. 1. Ba’zi narsalarga jilo berish, tashqi ta’sirlardan
himoya qilish, silliqlash maqsadida suriladigan bo‘yoq: Küpün sırı dökülmüş


(Idishning siri ketibdi). 2. Oynalarning orqasiga yoki qoplamali metall ashyoning
ustiga suriladigan yupqa metall qoplama. Sır (II) – sir. 1. Borligi yoki ba’zi
jihatlari namoyon etilishi istalmagan, yashirin bo‘lgan, yashirincha saqlangan
narsa: “Açma sırrını dostuna, o da söyler dostuna” (turk xalq maqoli) («Ochma


siringni do‘stingga, u ham aytar do‘stiga»). Yoki: som (I) – sof, so‘m. Ichi to‘la,
ustiga hech narsa qoplanmagan: Denizin dibinden som altından yapılmış iki şarap


kupası bulundu («Dengiz tubidan sof oltindan qilingan ikkita sharob soladigan

idish topildi). Som (II). Kema ustaxonasining suv ustidagi qismi. Som (III) – som
(baliq turi), laqqa baliq.Ham dengizda, ham chuchuk suvda yashaydigan, go‘shti
sevib iste’mol qilinadigan suyakli baliq (Salmo salar). Som (IV) – som.
Qirg‘izistonning pul birligi. Sağ (I) – o‘ng. 1. Tanada yurak joylashgan joyga
qarama-qarshi bo‘lgan tomon, chapga qarama-qarshi tomon: sağ el (o‘ng qo‘l),

sağ kulak (o‘ng quloq), sağ omuz (o‘ng yelka). Sağ cebinde kocaman bir gazete

tomarı görünüyordu – Ö.Seyfettin (O‘ng cho‘ntagida katta bir gazeta o‘rami

ko‘rinib turardi). 2. (o‘ng) taraf (chap tomonga qarama-qarshi taraf): sağa dönmek

(o‘ngga qayrilmoq); sağdan yürümek (o‘ngdan yurmoq). 3. Iqtisod va siyosatda
eskilik tarafdori bo‘lgan, an’anaparast kishi. O sağcı biriydi (U eskilik tarafdori bir


kishi edi)Sağ (II) – sog‘. 1. Sog‘, omon. 2. sof, toza, hech narsa qo‘shilmagan:

sağ yağ (toza yog‘). 3. tirik: Ahmet sağ mı, yoksa öldü mü? (Ahmad sog‘mi yoki

o‘ldimi?»).
Umumiy tilshunoslikda ham ko‘p hollarda omonimlarning turli so‘z
turkumlariga mansub bo‘lishi mumkinligi ham aytiladi. Masalan: dik (tik) –
sifat, dik – dikmek (fe’l), dik – dik durmak (tik turmoq - ravish). 


Sağmak (sog‘moq) fe’lining buyruq mayli shakli (sağ)ni yuqoridagilarga
omonim deyish ushbu nuqtayi nazarga to‘g‘ri kelmaydi.
28


Agar omonim so‘zlar bir so‘z turkumiga mansub bo‘lsa, gramma-tik


qo‘shimcha qo‘shilgach, ular orasida omonimik munosabat saqlanadi.
Omonimlar boshqa-boshqa so‘z turkumlariga mansub bo‘lsa, qo‘shimcha
qo‘shilgach, ular orasidagi omonimik munosabat yo‘qoladi. Ularga qo‘shimcha
qo‘shilsa ham, omonimligicha qoladi. Masalan: Ammo dik+ti+m (tikdim - fe’l)
so‘zida omonimlik munosabati uziladi.
Omonimlarning turli so‘z turkumiga tegishli bo‘lishini yoqlovchi tilshunoslar
ularni ikki turga ajratishadi: leksik omonimlar va grammatik omonimlar.
1.
Leksikomonimlar – so‘z omonimlar (kelime şeklinde olan sesteşler): ot,


to‘p, yosh va b.
2. Grammatikomonimlar – qo‘shimcha qo‘shilgach, omonimga aylangan
so‘zlar (eş sesli gramer şekilleri)süz+me (ad), süz+me (fiil).
Adabiyotda omonimlardan foydalanish badiiy san’at hisoblanib, u


tecnis(tajnis yoki jinos san’ati) deb yuritiladi. She’riyatda omonimlar asosidagi
qofiya - tajnisli qofiya hisoblanadi.
Umumiy tilshunoslikda talaffuzi va yozilishi bir xil bo‘lib, ma’nolari (yoki
vazifalari) jihatidan bir-biri bilan hech qanday aloqasi bo‘lmagan so‘zlarga omofon
(omograf)lar (eş sesli kelimeler) deyiladi. Bunday so‘zlar turkiy tillarda qadimdan
bo‘lib kelgan. Masalan: ög (anne - ona), ög (akıl - aql); balık (şehir - shahar), balık
(balık – baliq); ot (ateş - olov), ot (ot – o‘t, o‘simlik) kabi.
Turk tilida qo‘himchalarda hamomonimiyahodisasi uchraydi.Omonim
qo‘shimchalar,bir xil shakldagi qo‘shimchalar bo‘lib, ular bir necha so‘z turkumi
doirasida ishlatiladi va turli vazifalarni bajaradi. Masalan, -im (-ım, -üm, -um)
qo‘shimchasi ham so‘z yasaydi (giy-im, biç-im, doğ-um, öl-üm,ter+im, bil+im
ot), ham shakl yasaydi (kitab+ım, yüzüğ-üm, kol-um – egalik shakli); Yoki -i (-ı,


-ü, -u) qo‘shimchasi ham so‘z yasaydi (tak-ı, yap-ı), ham shakl yasaydi (kitab+ı,

yüzüğ-ü, kol-u – egalik shakli), -ma (-me) fe’lning bo‘lishsiz shakli va harakat
nomi shaklini yasovchi qo‘shimcha ham shakl yasaydi: yap+ma, söyle+me
(bo‘lishsiz fe’l), ham so‘z yasaydi: döv+me(o‘yib yozilgan yozuv, rasm) – ot va
sifat; süz+me (suzma) – ot va sifat) kabi. 
Omonimlik iboralar orasida ham mavjud. Ular frazeologik omonimlar deyiladi:

el kaldırmak – a) qo‘l ko‘tarmoq; b) urmoq; göz yummak – a) ko‘rib ko‘rmaslikka
olmoq; b) dunyodan o‘tmoq kabi. 



Download 224,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish