4.
Yedekli (qo‘shimchali) manilarda mazmunni kuchaytirish
uchun band so‘ngida yana ikki misra qo‘shiladi.
Dardim var bellar kabi
So‘ylemem yellar kabi
Qalbimi xuzuni var
Yiqilmish ellar kabi
Ko‘zlarimdan yosh oqar
Bo‘shagan sellar kabi
10
Shoirlar ham mani shaklida she’rlar yozganlar. Orxan Seyfi
Beyning quyidagi misralari bunga dalildir:
Ne Hindda, ne Chindaymish
Ajab nerdaymish, neymish
Izlaganim mahalda
Ko‘nglimni ichindaymish.
K O‘ Sh M A
Xalq adabiyoti nazm shakllaridan biri. Asosan 11 hijoli, bandlari
to‘rt misrali, eng oz uch, eng ko‘p 6, gohida undan ortiq to‘rtlik
bo‘ladi. Ko‘shmalar mazmuniga qarab turlicha nomlanishi mumkin.
Tabiat va inson go‘zalligidan bahs etganlari go‘zalleme, yigitlik
mardlik, urush mavzusi bo‘lsa ko‘chaklama, o‘lim haqidagi ayit, bir
kimsa yoki guruhning yomon tomonlarini ko‘rsatgani tashlama. Ko‘p
uchraydigan qofiya shakllari.
________ a _________ a __________ x
________ a _________ b __________ b
________ b _________ a __________ x
________ a _________ b __________ b
Ko‘shmalar ohang uslubiga ko‘ra, Ajam, Anqara, Kerem, Sivri-
hisar ko‘shmalari nomlari bilan atalishi mumkin. Tuzilishiga ko‘ra
ko‘shmalar duz, yedekli, musammat, ayakli zanjirband ayakli, zin-
jirleme kabi turlarga bo‘linadi.
Musammat ko‘shmaning ilk bandidagi birinchi va ikkinchi bay-
tlarida besh hijoli ziyoda bog‘lovchi so‘z bo‘ladi.
Ey banim jononim, jon ichra jonim
Sho‘x navjuvonim o‘lma bevafo
Rahmayla bana
Men sana qurban kel kes gardanim
To‘k yerlarga qonim faqat bo‘l oshino
Bo‘lma bevafo
Ko‘shma so‘zi “qo‘shoq” fe’lidan. Prof. Fuad Ko‘pruli
qo‘shmani “so‘zga kuy bog‘lamoq va moslamoq” deydi.
K O‘ Sh M A
Go‘zal ko‘zlarini sevdigim dilbar
11
Kel bizim ellarni kez, karam ayla
Go‘la qo‘llaring var, kezar qalamla
Ol meni daftara yoz, karam ayla
Yiroqtir yo‘llarim, adashdim keldim
Totlidir tillaring, aylandim keldim
Vafolim bo‘ynuna, endi men o‘ldim
Mozor ko‘ksinga qaz, karam ayla
I L O H I Y
Diniy mavzulardagi oshiq adabiyoti she’riy shaklidir. Tekkelarda
olloh ishqida kuylagan manzumalardir. Ilohiy – Allohga oid demak.
Ilohiylarda, asosan, tangri sevgisi va diniy mavzular aks ettirilgan.
Xalq adabiyotidagi ilohiy, devon adabiyotidagi “tavhid” va “muno-
jotlarga” o‘xshash. Ilohiy diniy – tasavvufiy mavzuda bo‘lgani bilan,
biror tariqatning o‘ziga xosligi, afzalligini targ‘ib etmaydi.
Tariqatlarning o‘ziga xosligini ifoda etgan ilohiylar bektoshiy-
likda – nafas, yassaviylikda – hikmat, mavlaviylarda ayin, gulshehri-
lar – tapuu, xalvatilarda-durak, boshqa tariqatdagilarda jumhur
deyilgan.
Ilohiylar 7,8,11,14,16 hijoli vaznlarda yozilgan. 7-8 hijoliklari
to‘rtlik, 11,14,16 hijoliklari bayt shaklida yozilgan. Bayt shaklida
yozilganlari g‘azal kabi qofiyalangan. Aruz vaznida yozilgan
ilohiylar ham bor. Ilohiylar mavlud va bosh-qa diniy bayram kunlari
ko‘pchilik bo‘lib tekkelarda (bir tariqat yo‘lidagi darveshlarning
yigiladigan joyi) ham aytiladi.
Ilohiyning eng yaxshi namunalarini Yunus Emre ijodida ko‘rish
mumkin.
12
Do'stlaringiz bilan baham: |