Turk adabiyoti tarixi xiii-xviii asrlar



Download 0,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/58
Sana31.12.2021
Hajmi0,63 Mb.
#220055
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   58
Bog'liq
turk adabiyoti tarixi xiii-xviii asrlar

AHMAD POShO 
(?-1497) 
XV  asr  turk  adabiyotining  eng  yorqin  yulduzlaridan  bo‘lgan 
shoir  Ahmad  Posho,  o‘sha  vaqtda  Usmonlilarning  poytaxti  bo‘lgan 
Edirna shahrida tug‘ildi. Uning otasi Valiyuddin Ilyos Murod II ning 
qoziaskari, ya’ni bosh harbiy qozisi edi. o‘z davrida yaxshi ma’lumot 
                                                           
1
 Сарбастга – эркинча, озодликка.
 
2
 Мифтаћ – калит.
 
3
 Дандон - тиш
 


 
58
olgan  Ahmad  Posho  faoliyatini  Bursadagi  Murodiya  madrasasida 
mudarrislikdan  boshladi.  Tez  orada  Edirna  qozisi  bo‘ldi.  1451  yil 
taxtga o‘tirgan Fotih Sulton Mehmet nazariga tushgan Ahmad Posho 
qoziaskar,  shahzodalar  otabegi  va  vazir  lavozimigacha  ko‘tarildi. 
Vazir  Ahmad  Posho  ko‘plab  shoirlarga  valine’matlik  qiladi,  ustozi 
Malihiyni  sultonga  tanishtirib,  hurmatini  bajo  keltiradi.  Ammo  sa-
roydagi kurashlar shoir Ahmadiyni ham chetlab o‘tmaydi. Shoirning 
“axloqsiz”ligi haqida podshoga chaquv bo‘ladi va Ahmad Posho zin-
donga tashlanadi. 
Yedi-Kule  (Yetti  minora)  zindonida  yotgan  shoir  “Karam 
qasidasi”ni  yozib  sultonga  yetkazadiki;  “Qullarning  adashmog‘i 
mumkin,  ammo  podshoning  avfi  qaerda”  misralarini  o‘qigan  shoh 
shoirni avf qilib Bursaga jo‘natadi. Shoir Bursada Orxan va Murodi-
ya  madrasalarida  dars  beradi.  Keyinchalik  Anqara  sanjaqbeyi  etib 
tayinlanadi, Mehmet II ni vafotidan so‘ng taxtga chiqqan Boyazid II 
Ahmad Poshoga iltifot ko‘rsatib Bursa sanjaqbeyligini beradi. Ayrim 
manbalarda  Ahmad  Posho  oila  qurmaganligi  aytilsa,  boshqalarida 
Fotih Mehmet Ahmadni To‘ti ismli joriyaga uylantirgani, shoirning 
bir  qizi  bo‘lib,  qizi  ham,  xotini  ham  erta  vafot  etgani,  undan  so‘ng 
Ahmadning oila qurmaganligi aytiladi. Ahmad Posho umrining oxir-
igacha  Bursada  yashaydi  va  1497  yil  qazo  qilgach  o‘zi  qurdirgan 
madrasaga dafn qilinadi.  
Ahmad  Posho  lirik  shoir  bo‘lib,  uning  she’riyati  turk  adabiyoti 
tarixida  o‘ziga  xos  o‘rin  tutadi.  Ahmad  Posho  dunyo  go‘zalligini 
ta’rif  etar  ekan,  inson  mana  shu  go‘zallikdan  bahramand  bo‘lishini 
kuylaydi.  Shoir  sifatida  u  Hofiz  Sheroziy  ijodini  bir  namuna  deb 
bilgan  va  ijodda  unga  ergashgan.  Ahmad  Posho  g‘azallari  o‘zining 
nafisligi,  arab,  fors  so‘zlarini  qo‘llashi  bilan  ajralib  turadi.  Shoir 
ijodini  ikki  davrga  bo‘lish  mumkin:  1.  A. Poshoning  zindonband 
bo‘lguniga qadar yozgan ijodi. Bu davrda shoir qasidalar va g‘azallar 
yozib  ijodda  ko‘proq  fors  shoirlariga  (Hofiz)  ergashgan.  2.  Hazrat 
A. Navoiy  ijodi  bilan  tanishgandan  keyingi  she’riyati.  Manbalarda 
ko‘rsatilishicha 1481 yil A. Navoiy o‘zining 33 g‘azalini Sulton Bo-
yazid IIga yuborgan. Sulton bu g‘azallarni Bursaga, Ahmad Poshoga 
jo‘na–tadi  va  Navoiy  g‘azallariga  nazira  bag‘ishlashni  shoirdan 
so‘raydi.  Ahmad  Poshoga  A. Navoiy  g‘azallari  shunchalik  ma’qul 
keladiki, A. Posho Navoiyning 33 g‘azaliga nazira bag‘ishlaydi. Ma-
na shu naziralardan biri: 


 
59
Zulfingki uzoringda etar jilvalar, ey do‘st, 
Tovusi junondirki ochar bolu par, e do‘st. 
Xattinki tilsim etdi labing doirasiga,  
Shirinlik uchun mushk ila afsun yozar, e do‘st. 
Qo‘y, borma qo‘nog‘iga raqibingki, bilursen, 
It bo‘lgan yerga hech malak etmas guzar, e do‘st. 
Zulfi siyohing chiqmadi zebo kulohingdan, 
Zeroki harir ichra bo‘lur mushki tar, e do‘st. 
Voiz so‘ziga voqif o‘lub, yosh tukmadi chashmim. 
Sard bo‘lsa-havo bo‘lmagay mardumda gar, e do‘st. 
Ne vajh ila yuz surmag‘ay Ahmad ayog‘ingga, 
Ne bosh ila tark etmagay yo‘lingda sar, e do‘st. 
Shoir o‘zining Fotih Mehmet zamonidagi kunlarini eslab, o‘zini 
A. Navoiyga, Fotihni Husayn Boyqaroga qiyoslashga ishora bor. 
Ahmad Posho g‘azallarida muhabbat – bosh mavzu. Shoir o‘zini 
“muhabbat  kuychisi”ligini aytadi.  Sevgi jamiki  shodliklarning,  ayni 
paytda  g‘am-anduhning  sababchisidir,  u  oshiq-ma’shuq  munosaba-
tlarini tasvirlarkan, tabiat ko‘rinishlaridan ustalik bilan foydalanadi. 
Har kiminkim hamdami gul yuzli bir jonon o‘lur, 
Xonasi jannat kibi doim bahoriston o‘lur, 
Oshig‘u ma’shuqqa o‘xshar oftob ila zamin 
Kim biri yig‘laguncha birisi xandon o‘lur. 
(Tarjima bizniki A.A.) 
 
Ahmad  Posho  ijodining  undan  keyingi  ko‘plab  turk  shoirlari 
ijodida ta’siri kuchli bo‘lgan. 
Ahmad Posho devonida usmonli turk tilida yozilgan g‘azallar bi-
lan barobar, arab, fors tilida yozilgan g‘azallar borkim, bu shoirning 
shu tillarni yaxshi bilganligini ko‘rsatadi. 
Ahmad Posho g‘azalnavis sifatidagina emas, qasidanavis sifatida 
ham  mashhur  bo‘lgan.  Birinchi  yozgan  “Saroy  qasidasi”  1461  yil 
Sulton Mehmet Fotih Istambulda qurdirgan, Yevropada Several nomi 
bilan mashhur, nihoyatda go‘zal saroy xaqidadir. Shoir saroyni foto-
grafik  aniqlikda  tasvirlash  bilan  cheklanmay,  shohona  odob-axloq 
haqida  ham  fikr  yuritadi.  Asar  badiiy  jihatdan  ham,  madaniyat 
obidasi haqida ma’lumot berishi jihatidan ham ahamiyatlidir. Ikkin-


 
60
chi  qasida  “Karam  qasidasi”  olijanoblikni  madh  etsa,  uchinchi 
“Quyosh qasidasi” Sulton Mehmed II ga bag‘ishlangan.  
Umuman  Ahmad  Posho  usmonli  tilining  keng  imkoniyatini  o‘z 
she’riyati misolida ko‘rsata oldi va o‘rta asr turk adabiyotini yanada 
yuksaklikka ko‘tardi. 

Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish